Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Taqdir: BARVAQT SO‘NGAN YULDUZ

Baho:
+0; -0

Bundan atigi 15 yil avval Adriano Leyte Ribeyro o‘zining maftunkor o‘yinlari bilan el og‘ziga tushgan, Ronaldoning vorisi maqomiga loyiq topilgandi. Lekin cho‘qqiga talpingan shiddatli parvoz to‘satdan to‘xtab qoldi. Football.ua vakillarining quyidagi materiali vorisning ayanchli faoliyati haqida.

Bu futbolchi mukammal texnika, qudratli jismoniy quvvat va o‘ta chaqqon oyoqlar sohibi edi. 2000-yillar avvalida PES seriyasi musobaqalarining yorqin yulduzlaridan biriga aylangan hujumchining zarbalari afsonaviy «so‘yloq» - Ronaldoni eslatardi. 2003|2004 yillar mavsumining dastlabki turlarida «Parma» safidagi 9 uchrashuvda 8ta gol urgan Adriano tez orada «Inter» darajasiga ko‘tarildi. Sayyoramizning eng sara futbolchilari qatoridan joy olishi aniq bo‘lib ulgurgan da’vogar uchun bu mantiqan to‘g‘ri yo‘l edi. Milandagi faoliyati davomida Adriano «Skudetto»ning 4 karra sohibiga aylangan bo‘lsada, muxlis va mutaxassislarga bir jumboq hanuzgacha tinchlik bermay kelmoqda: «Agarda u boshqa jamoaga o‘tganida nima bo‘lardi?»

Chinakam professional sportchiga xos bo‘lmagan tarzda o‘tkazilgan bir necha yillardan so‘ng Adriano o‘zining asosiy vaqtini Rioning badavlat tumanlaridan biri - Barra-da-Tijukada o‘tkazmoqda. Ba’zan o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Vila-Kruzeyroga yo‘l olib, eski qadrdonlari bilan chaqchaqlashadi, bolakaylarga sovg‘alar ulashadi.

Hozir hujumchi 37ga chiqdi. Lekin bolalarga xos ko‘rinishini boy bermagan, hatto ayrim jihatlarida ijobiy o‘zgarishlar ham yo‘q emas. «Vaqti-vaqti bilan bu yerda kechki bazmlar bo‘lib turadi. Ammo avvalgidek sershovqin emas. Bir paytlari kelib-ketuvchilarning safi arimasdi. Qo‘shnilar esa to‘s-to‘polonlardan shikoyat qilishardi. Endi u ancha bosilib qoldi, vazmin yigitga aylandi», - deydi hujumchining qo‘shnisi Karlos Almeyda.

Garchi bu e’tirofni jiddiy o‘zgarishga tenglab bo‘lmasada, Adrianoda ijobiy fazilatlar ko‘payganligi aniq. Avvallari u ichkilikka ruju qo‘ygan, polisiya xodimlari e’tiborini tortishga ham ulgurgandi. Endi o‘rtoqlari uning futbolga qaytish rejasi haqida gapirishmoqda. To‘g‘ri, bir paytlari hujumchi quyi liga vakili - «Mayami Yunayted»da o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgandi. Biroq uning «Instagram»da namoyish etgan suratidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, tarvuzdek qorin bilan jiddiy mashg‘ulotlarda qatnashishiga shubha uyg‘onadi. Ammo kechki bazmlarga chek qo‘yganligi haqiqatga yaqin. Futbolchining ruhiy holati ham avvalgidek emas, raqib jarima maydonchasiga o‘ziga xos shiddat bilan bostirib kirishiga ko‘pchilik ishonmayapti. Yillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib, futbolchida ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirgan. Bu esa Adrianoga o‘z faoliyatini chinakam prfessionallarga xos tarzda yakunlashida xalal berishi mumkin.

Xo‘sh, jahon miqyosidagi yulduzga qiyoslanayotgan, Italiyada «Imperator» unvoniga sazovor bo‘lgan hujumchining g‘oyib bo‘lishi sababi nimada?

Burilish nuqtasi

Bir mudhish voqea, aniqrog‘i, fojia Adriano uchun kuchli zarba bo‘ldi va oqibatda Ronaldoning vorisi 30 yoshli baqaloqqa aylandi. Futbolchi otasidan judo bo‘lgandi.

2004 yilning 25 iyulida Adriano Amerika kubogining Limadagi finalida hisobni tenglashtirgan, keyin Braziliya penaltilar seriyasida Argentinani mahv etgandi. «Imperator» o‘sha asabiy pallada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, birinchi zarbani o‘ta sovuqqonlik bilan golga aylantirgan va jamoadoshlariga ruhiy madad bergandi. Nufuzli sovrinni hujumchi eng yaqin kishisi - otasiga bag‘ishladi. «Bu kubokni otamga bag‘ishlayman. U mening eng yaqin do‘stim, doimiy hamkorim», - degandi ko‘z yoshlarini tiya olmagan Adriano o‘yindan keyin.

Afsuski, futbolchining otasi Almir jiddiy xastalikka chalingandi. Perudagi tarixiy g‘alabadan keyin 9 kun o‘tgach, 45 yoshli Almir yurak xuruji tufayli olamdan o‘tdi. O‘shanda Adriano 22ga chiqqandi.

«Otasi Adrianoga doimo g‘amxo‘rlik qilar va imkoni boricha qo‘llab-quvvatlab turardi. Biroq kutilmaganda Braziliya­dan otasi vafot etganligi haqida xabar qilishdi. Go‘shakni o‘rniga qo‘yishga ham holi yetmagan Adriano o‘kirib yig‘lab yubordi.

O‘sha kundan boshlab men va Moratti uni xuddi o‘z ukamizdek asrab avaylaydigan bo‘ldik», - degandi «Inter»ning sobiq himoyachisi Xavyer Zanetti o‘z jamoadoshi haqida.

Braziliyaliklarning o‘sha davrdagi bosh murabbiyi Karlos Alberto Parreyrani yosh shogirdi qanchalik lol qoldirganini quyidagi e’tirofdan bilib olish mumkin: «Adriano albatta, futbol tarixiga kiradi.

Navbatdagi 3ta JChda u bundanda samaraliroq o‘yin ko‘rsatishiga aslo shubha qilmayman». Biroq hujumchining saviyasi shiddatli tarz­da pasaya boshladi. Aytishlaricha, Adriano har oqshom hech bir sababsiz bazmlar uyushtirar, ichkilikka mukkasidan ketgandi.

«O‘sha davrda men faqat ichganimdan keyin o‘zimni baxtiyor his etardim. «Inter»dagi ustozim Roberto Manchini va jamoadoshlarim mast holda mashg‘ulotga kelayotganimni bilishardi. Men esa mashg‘ulotdan qolib ketish yoki kechikib borishdan qo‘rqib, uxlamasdim.

Shu bois, tibbiy bo‘limda tunab, jurnalistlarga mushaklarimni davolayotganimni bahona qilardim», - degandi hujumchi 2017 yilda bergan intervyusida. Jamoadoshlarining Adrianoni tushkunlikdan xalos etish yo‘lidagi barcha urinishlari zoye ketdi.

«U futbol o‘ynashni, gollar urib, barmog‘i bilan osmonni ko‘rsatgan holda ularni otasiga bag‘ishlashni davom ettirdi. Bir kuni Ivan Kordoba Adrianoga shunday dedi: «Adri, sen Ronaldo va Ibragimovichning qorishmasi ekaningni bilasanmi? Istasang, futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi bo‘lasan!» Ammo bu maqtovlar ham samara bermadi», - degandi Zanetti ma’yus ohangda.

Shunga qaramasdan, Adriano o‘z faoliyatini tiklash yo‘lidagi urinishlarini to‘xtatmadi va ikki yildan keyin shunday imkoniyatga ega bo‘ldi.

2006 yilda Ronaldinyo, Kaka va Adrianolar yetakchiligidagi Braziliyaning Germaniyaga yo‘l olishiga bir necha kun qolganida, «Imperator» bazm uyushtirishga qaror qilgandi. «Tantana Riodagi Olimpiya parki yonidagi «Kuebra Mar» klubida tashkil etildi.

Hammamiz Didikodan (Adrianoning eng yaqin qadrdonlari orasidagi taxallusi) hayratda edik. Uning Germaniyadan jahon kubogi va eng yaxshi to‘purar unvoni bilan qaytishiga shubha qilmasdik», - deya xotirlaydi o‘rtoqlaridan biri.

Bazm uchun bu xilvat go‘shaning tanlanishi bejiz emasdi. U Adriano ulfatlari ichidagi narkotik moddalar savdosiga aloqador kishilar uchun xavfsiz joy edi. Qahramonimiz ular bilan birga ulg‘aygan, Vila-Kruzeyro ko‘chalarida yalangoyoq to‘p surgandi. Endi ularning ko‘pchiligi taniqli jinoyatchilarga aylanishgandi.

«Depressiya va alkogol Adrianoning doimiy hamrohiga aylanib qolgandi. Oxir-oqibat, u yolg‘iz qoldi. «Instagram»da doimo muxlislar qurshovida, ammo aslida unday emas, Adriano futbolga bo‘lgan qiziqishini ham yo‘qotdi», - deydi o‘z nomini aytishni istamagan do‘sti.

Germaniya mundiali Adrianoni yanada yuksakroq cho‘qqiga olib chiqishi kutilgandi. Biroq hujumchi avvalgi «Imperator» emasdi. U Avstraliya va Ganaga gol urishdan nariga o‘ta olmadi, Fransiya bilan bo‘lgan chorak final bahsida oyoqlari to‘pga tegmadi, hisobi. Braziliya musobaqani barvaqt tark etdi.

24ga chiqqan paytida Adriano terma jamoada 12, klub miqyosida esa 156 marta maydonga tushgandi. Intihoning ilk bosqichi shu ko‘rsatkichlar bilan boshlandi.

2006|2007 yillar mavsumida hujumchi «Inter»ga atigi 6ta gol taqdim etdi, keyingi mavsumni ham sust boshladi. Muhitni o‘zgartirish zarurligini anglagan Moratti uni Braziliyaga ta’tilga jo‘natdi.

Adriano «San-Paulu» bilan mashq qilib, ke­yin mavsum yakuniga qadar ijarada to‘p surishga rozi bo‘ldi. Debyut uchrashuvidagi «dubl»dan keyin muxlislarda ishonch uyg‘ondi, uning nomi yozilgan futbolkalar tezda sotilib ketdi.

Yangi joy, eski «tog‘ora»

Biroq muvaffaqiyat chaqmoqdek yarq etdiyu, so‘ndi. «Santos» himoyachisi Domingoga bosh bilan zarba bergani uchun Adriano maydondan chetlatildi, keyin mashg‘ulotga kechikkani va fotograf bilan mushtlashgani uchun jarimaga tortildi. Oxir-oqibat, hujumchi «Inter»ga qaytgan bo‘lsada, 2009 yilda yana vataniga yo‘l oldi.

To‘g‘ri, bu safar tashrifi muvaffaqiyatli bo‘ldi. U «Flamengo» safida 19ta gol urib, jamoaning 17 yillik tanaffusdan so‘ng shohsupaga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shdi. Keyin uni «Roma» Yevropaga qaytardi. Ammo tez orada «bo‘rilar» chuchvarani xom sanashgani ma’lum bo‘ldi - Rimdagi 7 oy davomida «Imperator» bor-yo‘g‘i 8 marta ko‘rinish berdi.

2011 yilning noyabrida «Korintians» Adriano uchun oxirgi, lekin ajoyib imkoniyatni tuhfa etdi. Natijada muxlislar yaqinda butsalarini mixga ilgan Ronaldoni eslab qolishdi.

Biroq taqdirning qaltis hazili barcha umidlarni puchga chiqardi - Adriano jiddiy jarohat tufayli safdan chiqdi. Shundan keyin talab darajasida o‘ynay olishiga ko‘zi yetmagach, alamini ichkilikdan ola boshladi.

Ortga qaytib, yana olg‘a!

Olti oydan keyin tarkibga qaytgan Adriano ilk uchrashuvda «Atletiko Mineyro» darvozasini ish­g‘ol etib, «Korintians»ni faxrli chempionlikka yaqinlashtirdi. Bartaraf etishning umuman iloji bo‘lmagan kuchli zarba natijasida to‘singa tegib darvozadan joy olgan to‘p o‘z sohibiga unutilgan shuhratini qaytardi.

Qizig‘i shundaki, Adriano golni nishonlash chog‘ida futbolkasini yechib, sportchiga xos bo‘lmagan do‘mboq qornini ko‘z-ko‘z qildi. Yakunda uning jamoasi shohsupaga ko‘tarildi, unga ishonmaganlar tillarini tishlab qolishdi. Biroq tez orada Adriano yana g‘oyib bo‘ldi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda

Kiritilgan sana: 12.03.2019 14:11. O'kildi: 9259 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.