
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
| Baho: |
+0; -0
|
Internetdagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan navbatdagi fotojamlanma vositasida Angliya chempionatidagi transfer bahosi eng yuqori futbolchilar haqida yana bir bora ma’lumot olishingiz mumkin. Ramziy jamoa bo‘lgach, har bir pozisiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, barchasida yangilangan summa e’tiborga olingan. Yana bir qiziqarli tomoni, muayyan futbolchiga qo‘yilgan baho va uning uchun to‘langan real mablag‘ o‘rtasidagi farq yuzasidan mushohada yuritish mumkin.
DARVOZABON - ALISSON

Klubi: «Liverpul»
Bozor narxi: 95,4 mln. funt
APLning eng barqaror kiperi. E’tiborlisi, «Liverpul» uning uchun 65 mln. funt to‘lagandi (bonuslar bilan). Demak, Alisson Beker xarajatni oqlab bo‘ldi.
Zaxira: Ederson («Manchester Siti», 90,4 mln. funt)
HIMOYACHI - TRENT ALEKSANDER-ARNOLD
![]()
Klubi: «Liverpul»
Bozor narxi: 105,8 mln. funt
«Liverpul»ning yana bir vakili. Trent - jahon futbolidagi eng istiqbolli o‘ng qanot himoyachilaridan biri. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi atigi 20 yoshda. U APL bahslarida 65 marta samarali uzun uzatma amalga oshirib, o‘z pozisiyasi bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibdi.
Zaxira: Kayl Uoker («Manchester Siti», 69,5 mln. funt)
HIMOYACHI - EMERIK LYAPORT

Klubi: «Manchester Siti»
Bozor narxi: 94,1 mln. funt
«Shaharliklar» Xosep Gvardiola talabiga binoan, bask millatiga mansub fransiyalikka 57 million funt to‘lashdi. Emerik atigi 24 yoshda va uning bozor narxi 100 «limon»ga yaqinlashib qoldi. Lyaport - to‘p bilan ishlash bobida qirol. 1789ta uzatma - bu Yevropaning kuchli 5ta chempionati vakillari uchun eng yuqori ko‘rsatkich.
Zaxira: Davinson Sanches («Tottenxem», 84,5 mln. funt)
HIMOYACHI - VIRJIL VAN DEYK

Klubi: «Liverpul»
Bozor narxi: 85,8 mln. funt
2013 yildan buyon APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan birinchi himoyachi. Van Deyk «Liverpul»ga ham orqa chiziqda, ham hujumda yetarlicha yordam bermoqda. Darvoqe, «qizillar» gollandni 75 mln. funtga sotib olishgandi.
Zaxira: Antonio Ryudiger («Chelsi», 75,1 mln. funt)
HIMOYACHI - ENDRYu ROBERTSON

Klubi: «Liverpul»
Bozor narxi: 74,4 mln. funt
Qoyilmaqom transfer yurishi - «Liverpul» 2 yilcha oldin shotlandiyalik yigit uchun 10 mln. funt ham bermagandi. O‘shanda Endryu qisqa vaqtda naq 7-8 barobar qimmatlashishini kim o‘ylagandi? Qarang, Robertson 2018 yili 7ta golga assistentlik qilib, himoyachilar orasida eng yaxshi natijaga erishdi.
Zaxira: Markos Alonso («Chelsi», 58,8 mln. funt)
YARIM HIMOYACHI - N~GOLO KANTE
![]()
Klubi: «Chelsi»
Bozor narxi: 87,8 mln. funt
Jahon chempioni uchun munosib baho. Umuman, «Chelsi» kamtarin yigitni shu summaga ham qo‘yib yubormasa kerak. Muhimi, Kantening o‘zi hozircha Londonda hammasidan qoniqmoqda.
Zaxira: Erik Dayer («Tottenxem», 73,3 mln. funt)
YARIM HIMOYACHI - DELE ALLI

Klubi: «Tottenxem»
Bozor narxi: 135,6 mln. funt
Sayyoramizning istiqboldagi eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri. Aprel oyida 23 yoshga to‘ladigan Dele turli pozisiyalarda birdek yaxshi ishlaydi. Yigitcha faoliyatining ortda qolgan qismida «Gol + pas» tizimida 68 ochko to‘plashga ulgurdi.
Taqqoslash uchun aytsak, APLning tan olingan yarim himoyachilari uning yoshida kamtarona statistikaga ega edilar (Frenk Lempard - 33 ochko, Pol Skoulz - 18 ochko, Stiven Jerrard - 13 ochko).
Zaxira: Pol Pogba («MYu», 117,7 mln. funt)
YARIM HIMOYACHI - BERNARDU SILVA
Klubi: «Manchester Siti»
Bozor narxi: 120,9 mln. funt
Portugaliyalik yarim himoyachi boshida Xosep Gvardiolaning omadsiz xaridi sifatida tilga olingandi. Mana, vaqt o‘tishi bilan futbol bilimdonlari va APL fanatlari uni Pol Pogbadan ham ustun ko‘rishmoqda.
Aytgancha, «Siti» Silva transferini 45 mln. funt evaziga rasmiylashtirgandi. Asosiysi, Bernardu xarajatga yarasha natija qayd etmoqda - APLda 5ta gol va 6ta samarali uzatma.
Zaxira: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», 86,4 mln. funt)
HUJUMCHI - MUHAMMAD SALOH
Klubi: «Liverpul»
Bozor narxi: 165 mln. funt
APLda qanot hujumchilarini alohida qadrlashadi, ular orasida Saloh alohida mavqega ega. Misrlik futbolchi kamdan-kam hollarda o‘yin o‘tkazib yubormoqda, «Liverpul»ning liga doirasidagi 58ta o‘yinida qatnashib, 63ta gol urdi (oxirgi o‘yin hisobga olinmagan). Qoyilmaqom barqarorlik.
Zaxira: Leroy Sane («Manchester Siti», 141 mln. funt)
HUJUMCHI - GARRI KEYN

Klubi: «Tottenxem»
Bozor narxi: 180 mln. funt
Ha, Keyn uchun chamasi 200 mln. yevro to‘lashga to‘g‘ri kelishi haqiqatga yaqin. Axir «shporlar» xaridorlardan 350 mln. yevro so‘rashyapti. Aslida «Tottenxem» uni sotishga moyil emas, chunonchi, gap 25 yoshida faoliyatidagi 200-golini nishonlashga hozirlik ko‘rayotgan samarador yigit haqida ketyapti.
Zaxira: Romelu Lukaku (146,3 mln. funt).
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|