Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Osuda futbol og‘rig‘i

Baho:
+0; -0

Bahor - uyg‘onish va yangilanish fasli. Shu bois, ko‘klam ostonasida har bir futbol muxlisi kayfiyatida g‘alabalar sog‘inchi, o‘zgachalikka intilish ishtiyoqi nish urishi tabiiy. Ayniqsa, yangi mavsum boshida shunday nekbin tuyg‘ular to‘foni muxlislar qalbida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bu mavsum ibtidosida ham avvalgilari kabi sog‘inch va sarkash hissiyotlar ziddiyati o‘z ifodasini topdi.

Yangi chempionatning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, oliy ligada ikki nafar tajribali murabbiy ish boshladi. Gap Rauf Inileev va Viktor Kumikov xususida bormoqda. Zukko muxlislar ularning oliy liga bahslariga taraqqiyot shabadasi misol kirib kelishlariga umid bog‘lashdi. Deylik, mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida «Obod» va «Olmaliq» ishtirokidagi nazorat uchrashuvlari natijalarini qiziqish bilan kuzatishdi. Odatdagidek, mavsumga shaylanish oliy liga klublarining aksariyatida ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Muxlislar ham «Bu yilgi chempionat boshqacha kechadi, chog‘i», deya dast­labki tur o‘yinlarini intizorlik bilan kutishdi. Mana, 1-tur ortda qoldi, ertaga esa ikkinchisi boshlanadi.

Xo‘sh, dastlabki tur natijalari muxlislarda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otdi? Avvalo, tilga olingan ikki tajribali murabbiy jamoasi safarda mag‘lubiyatga uchraganini ta’kidlash joiz. «Obod» ham, «Olmaliq» ham munosib raqib bilan kuch sinashdi. Lekin ular juda kuchli sanalmaydi. Zero, «Navbahor» va «Buxoro»ning bugungi holati barchaga ma’lum. Ilhom Mo‘minjonov va Ulug‘bek Baqoyev o‘zlari rahbarlik qilayotgan jamoalarni deyarli qaytadan shakllantirishdi. Ikkisi ham murabbiylik borasida tajribasiz. Rauf Iniliyev va Viktor Kumikov mana shu tajribasiz murabbiylarga yutqazishdi. To‘g‘ri, Rauf Talgatovichning ma’lum sabablar bois, Namanganda jamoasini bevosita boshqarolmaganini aytish kerak. Lekin fakt shuki, yoshlik tajribadan ustun keldi. Shunday xulosa chiqarsak, mantiqan to‘g‘ri bo‘ladimi? Zohiran bu xulosa mantiqqa muvofiq, botinan tajribali murabbiylar jamoalarining mag‘lubiyati bahorgi izg‘irin kabi ongni junjiktiradi. Biz Namangan va Buxorodagi futbol shodiyonasidan zavqlandik, quvondik, «Nav­bahor» va «Buxoro»dagi tub o‘zgarishlar vaqti kelib, futbolimizda jiddiy ijobiy yangilanishlarga yo‘l ochadi. Namanganlik va buxorolik muxlislarning safar uchrashuvlariga safarlari yana ovoza bo‘lishi, mamlakatimiz bo‘ylab dovruq taratishi aniq. Albatta, bu hol barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi, ammo ikki tajribali murabbiyning futbol falsafasi birdaniga mag‘lub bo‘lgani o‘yga toldiradi. Raqib «Nasaf» yoki «Lokomotiv» bo‘lsa ham, mayli edi. Qolaversa, «Olmaliq» tarkibini kuchsiz, deyish adolatdan hisoblanmaydi. Har holda, muxlislarning yangilanish bosqichidagi umidlari dastlabki turda oqlanmadi.

Ana, Antonio Konte va Yurgen Klopp tomonidan Angliya premyer-ligasiga olib kirilgan yangi havoni ta’riflashga til joiz. To‘g‘ri, «Chelsi» va «Liverpul»ning amaldagi murabbiylari «A» seriyasi hamda bundesligada erishgan yutuqlari bilan muxlislar mehrini qozonishgan, lekin APL har ikkisi uchun yangi muhit edi. Ular bu o‘zgachalik oldida esankirashmadi, aksincha, APLning taniqli «bo‘ri»larini esankiratishmoqda. Qarang, o‘yin professori sanalmish Arsen Vengerning boshi xam, bemisl futbol tafakkuri sohibi nima qilishga hayron. «Bavariya»ning qaqshatkich zarbasidan so‘ng «Arsenal» o‘nglanishga urindi, biroq «Liverpul» bunga yo‘l qo‘ymadi va «to‘pchilar» yana g‘alaba snaryadlarini ochisholmadi. Endi Klaudio Ranyeri ortidan Arsen Vengerga ham iste’fo «oq yo‘li» tilanishi aniq bo‘lib turibdi. Hammasiga Antonio Konte va Yurgen Klopp aybdor. Chunki bu ikki murabbiy APLdagi barcha ko‘nikib borayotgan «havo»ni o‘zgartirib yubordi. Muhitni yangilash uchun kurash hech qachon oson kechmaydi. Bu masalada ayniqsa, Yurgen Klopp ancha qiynaldi. Muxlislari baxtiga, u yanvar oyida «Liverpul» osmonida quyuqlashgan qora bulutlarni iloj topib, tarqatdi va nihoyat, «Arse­nal»dek jamoa ustidan g‘alabani ta’minladi. Endi bechora «Arsenal» qudratli  «Bavariya»ga qarshi qanday kayfiyatda o‘ynaydi? Bu - muxlislar uchun jumboq. Nima bo‘lganda ham, Arsen Vengerni tushunish mumkin. Uni Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp kabi yetuk murabbiylar  shakllantirgan «musht» gangitdi. Mag‘lubiyatga uchragan ong raqibning yuksak saviyasini e’tirof etmog‘i darkor. Afsuski, g‘alaba qozongan tomon har doim yuksak saviyali bo‘lavermaydi, ammo kuchli raqibni yengadi. Shu ma’noda aytsak, Viktor Kumikov holatini tushunish shart emas. Negaki, u Arsen Venger kabi kuchli murabbiydan emas, balki Ulug‘bek Baqoyevdan yengildi. Ta’na qilsa arziydigan holat. Bizni to‘g‘ri tushuning, qaysidir klubning muvaffaqiyati bir guruh muxlislar uchun muhim, biroq milliy chempionatimizda «yangi havo» esishi barcha-barchamiz uchun muhimroqdir.

Davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 10.03.2017 08:51. O'kildi: 8135 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.