Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Azizbek HAYDAROV: «Imkoniyat bor ekan, kurashaveramiz»

Baho:
+0; -0

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov oz emas, ko‘p emas, naq 6 yil faoliyat yuritgan BAAning «Al-Shabab» klubini tark etgandi. Shundan so‘ng ko‘p vaqt ishsiz qolmadi: qisqa muddat ichida BAA pro-ligasiga qaytgan «Ajman» klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Mazkur kelishuv amalga oshgach, futbolchimiz Toshkentga qaytib keldi. Biz ushbu fursatdan foydalanib, Azizbekdan eksklyuziv intervyu oldik.

- Martning so‘nggi kunlari terma jamoa yig‘ini sabab Toshkentga kelgandim, - deya so‘z boshladi A.Haydarov. - O‘shandan keyin mana, yana shu yerdaman. Bu safar ham ta’til, ham terma jamoa yig‘ini sabab ona Vatanga qaytdim. BAA chempionati yakunlanganidan so‘ng orada bir muddat o‘yin amaliyotisiz qolib ketdim. Shu sababli ham terma jamoa yig‘ini boshlangunicha Toshkentning «Lokomotiv» klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etyapman. Bu yerda mendan tashqari Server Jeparov va Temurxo‘ja Abduxoliqov ham sport formasini ushlab turish maqsadida birga shug‘ullanishyapti. Mana, bugundan (suhbat 30 may kuni uyushtirilgan, - muallif) terma jamoa ixtiyoridamiz. Ertadan Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuviga to‘laqonli tayyorgarlik mash-g‘ulotlari boshlanadi.

- Eronga qarshi kechadigan uchrashuvda ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Bundan avval ham «Ozodi» stadionida o‘ynagansiz. Bunday mahobatli arenada harakat qilish mehmon jamoa futbolchilariga qay darajada qiyinchilik tug‘diradi?

- Ha, o‘ziga yarasha salobat bosadi. Lekin bizni g‘alabadan o‘zga natija qoniqtirmaydi. JCH-2018ga chiqish haqida o‘ylayotgan ekanmiz, bu o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz shart. Shu o‘rinda bir narsani tan olishni xohlardim. So‘zlarim kimgadir og‘ir botishi mumkin, lekin men hamisha haqiqatni gapirishga intilaman. Tasavvur qiling, biz Eron termasini mag‘lub etdik va yakunda JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Lekin ayni payt mundialda o‘ynashga tayyormizmi? Juda ko‘p jamoalar JChga chiqadi. O‘z vaqtida KXDR, Saudiya Arabistoni kabi termalar mundialda ishtirok etdi. Lekin ular muntazam ravishda JChda o‘ynamaydi-ku! Qandaydir omad tufayli yo‘llanmani qo‘lga kiritib oladi va keyin bir necha 10 yil ko‘rinmay ketadi. JCH-2014 final bosqichiga chiqishimiz uchun bizga omad yetishmagandi. Ikkita  gol bizni mundialdan mosuvo qilgandi. Har safar bizda, muxlislarimizda «Termamiz JChga chiqa olarmikan, bu safar orzumiz ro‘yobga chiqarmikan?», degan savollar bo‘lmasligi lozim. Jamoa kuchli va raqobatbardosh bo‘lsa, hammamizda ishonch tug‘iladi. O‘z-o‘zidan bunday savollarga ham o‘rin qolmaydi. Muxlislar, yaqinlarim, rahmatli otam ham «Qachon JChga chiqasizlar?», degan savolni juda ko‘p berardilar. Insonlar o‘zi shunday-da, avval yo‘llanmani qo‘lga kirit, deydi, keyin esa mundialning final bosqich o‘yinlarida g‘alaba qozonishni talab qiladi. Aytmoqchimanki, poydevor mustahkam bo‘lishi shart. Keyingi avlod futbolchilari ham JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga tayyor turishlari lozim. Bir marta JChga chiqib, keyin bunday imkoniyatni yana 50 yil kutish to‘g‘ri emas. Bu shaxsiy fikrim. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Eron termalari so‘nggi 10 yillikni olsak, deyarli muntazam ravishda mundiallarda ishtirok etib kelishyapti. «Nimaga?» degan haqli savol tug‘iladi. Chunki bu mamlakat futbolida barqarorlik bor. Terma jamoasining poydevori mustahkam, ichki chempionati esa kuchli. Turli yoshdagi terma jamoalari ham muntazam ravishda jahon chempionatlari final bosqichida qatnashib kelishyapti. Ertaga bu yoshlar o‘z mamlakatlarining milliy terma jamoalari safida ham munosib tarzda o‘ynay olishadi. Achchiq bo‘lsada aytaman, bizda hozircha bunday emas. Eron, Koreya, Yaponiya kabi qit’amizning kuchli terma jamoalariga qarshi kechadigan o‘yinlarda gol urarmikanmiz, degan xayolda bo‘lamiz. Nima uchun hozir nomi sanab o‘tilgan jamoalarni bemalol yuta olmaymiz? Chunki bizda mustahkam poydevor yo‘q. Bundan 4-5 yil avval o‘smirlarimiz ham, yoshlarimiz ham JCh final bosqichiga chiqardi. So‘nggi bir-ikki yilda bunday bo‘lmayapti. Milliy jamoamizning 4 yil avvalgi tarkibi hozir deyarli o‘zgarmagan. O‘shanda 14 ochko bilan JCH-2014ga chiqa olmagandik. Bu safargi saralashda guruhlarda jamoalar soni bittaga ko‘paygan. Raqiblardan ochko tortib olish qiyin kechyapti. Albatta, mazkur holatda murabbiyning ham juda katta ishi bo‘lishi kerak. Bu saralashning hal qiluvchi bosqichida ularning mahorati birinchi darajaga chiqadi. Taktikalar kurashida qaysi mutaxassis kuchli bo‘lsa, uning jamoasi muvaffaqiyat qozonadi. To‘g‘ri, maydonda futbolchi harakat qiladi, lekin hamma narsa ham unga bog‘liq emas. Masalan, Portugaliya terma jamoasini olaylik. Ronaldu jamoadoshlari nimaning evaziga Yevropa chempioni bo‘lishdi? Albatta, murabbiyning mahorati sabab o‘z maqsadlariga erishishdi. Qolaversa, omadga ham bog‘liq joyi bor. JCH-2014 saralashida Erondan kuchli edik, lekin omad bizga kulib boqmadi. Asosiy raqibni mag‘lub etyapmiz-u, lekin mundialga bizdan yengilgan jamoa chiqyapti. Misol uchun, Suriyaga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Vaholanki, o‘sha bahsda kamida bir ochko naqd edi.

Hujumga berilib ketish natijasida bitta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik va buning natijasida darvozamizga so‘nggi daqiqada penalti belgilandi. O‘sha bir ochko biz uchun juda ham zarur edi. Ishqilib, Malayziyada olinmagan bir ochko bizga yetmay qolmasinda, shunisidan qo‘rqaman. Yana Eron bilan Tehronda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaytaman. Safarda bu jamoani mag‘lub etishning hecham iloji yo‘q, demoqchi emasman. Bundan avvalgi saralashda ham Eron maydonida 3 ochkoni qo‘lga kiritganmiz. Bu ishni yana bir bor takrorlashimiz mumkin. Lekin ayni payt Eron bizdan ham kuchliroq, ham omadliroq ko‘rinyapti. Hali o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi. Murabbiyi Karlush Keyrush ham mana 5-6 yildan beri ishlab kelyapti. Futbolchilar bir-birini juda yaxshi tushunib harakat qiladi. Agar Tehronda to‘g‘ri taktika tanlanib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, g‘alabaga erishishimiz mumkin. Eron o‘z maydonida o‘ynaydimi, mehmondami, himoyaviy futbol namoyish etadi. Raqib nisbatan kuchsizroq bo‘lsa ham himoyadan o‘ynaydi. O‘ylashimcha, shundan kelib chiqqan holda o‘yinga to‘g‘ri taktika tanlab, Eronni mag‘lub etishimiz shart. Bu yil 32 yoshga to‘laman. Kerak bo‘lsa, hozir o‘z o‘rnimni yosh futbolchilarga bo‘shatib berishga tayyorman. Hozir o‘z pozisiyamda eng yaxshi futbolchiman, shuning uchun maydonga tushyapman, demoqchi emasman. Internetda chop etilgan xabarlar ostida muxlislar tomonidan yozilayotgan fikrlarni erinmay o‘qib chiqaman. Aziz qachon terma jamoadan ketadi, qabilidagi gap-so‘zlarga duch kelaman. Men hoziroq ketishga roziman va bunga tayyorman. Lekin murabbiy «Senga ishonyapman», deb tursa, «Yo‘q, menga ishonmang», demayman-ku! Futbolchi oyog‘i yurishdan to‘xtagunicha to‘p tepgisi keladi. Menda ham xuddi shunday istak bor. Muxlislarni to‘g‘ri tushunaman. Ular chin yurakdan muxlislik qilganliklari uchun ham terma jamoani tezroq jahon chempionati final bosqi-chida ko‘rishni xohlashadi. Maydondagi harakati uchun futbolchini koyiydi, lekin ko‘cha-ko‘yda ko‘rib qolsa, salomlashadi. Muxlislar shunday talabchan bo‘lishadi. Keling, yaxshi niyat qilaylik. Shu safar jahon chempionatiga chiqaylik va bu bilan muxlislarning orzusini ro‘yobga chiqaraylik. Darvoqe, futbolga bo‘lgan e’tibor va qarashni o‘zgartirish kerak. Fikrimni Belgiya misolida tushuntirishga harakat qilaman. Bu mamlakatda milliy terma jamoaning ishlari orqaga keta boshlaganidan so‘ng xususiy akademiyalarga urg‘u qaratildi. Turli yosh toifasidagi futbolchilar bir vaqtning o‘zida ham xususiy, ham klublar qoshidagi akademiyalarda tahsil olishni davom ettirishdi. Buning natijasida kuchli raqobat yuzaga keldi. Bu esa o‘z mevasini bermasdan qolmadi. Bugunga kelib Belgiya futbolining oltin avlodi shakllangan, desam yanglishmayman. O‘z vaqtida ular Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishgandi. O‘sha qit’a chempionatidan kelib tushgan mablag‘ to‘laligicha mamlakat futboli rivojiga sarflandi. Aytib o‘tganimdek, xususiy akademiyalarga e’tibor qaratildi. Bizda ham shu usulni qo‘llash kerak. Lekin bilishimcha, mamlakatimizda xususiy akademiya jamoalari shahar chempionatlariga qo‘yilmaydi.

- Xuddi siz aytayotgan holat BAAda qanday yo‘lga qo‘yilgan?

- Amirliklarda har bir jamoaga davlat byudjetidan pul ajratiladi. Homiylar ham o‘z tomonlaridan ma’lum miqdorda mablag‘ berishadi. Ochig‘ini aytaman, BAAning mahalliy futbolchilari bizning o‘yinchilardan kuchli emas. «Al-Ayn» yoki BAAning bosh-qa klublari OCHL doirasidagi uchrashuvlarda bizning jamoalarni Toshkentga kelib mag‘lub etib ketishadi. Lekin bu ularning futbolchilarimizdan ustunligini ko‘rsatmaydi. Biznikilar individual tarzda juda kuchli. Faqat futbol haqida o‘ylashadi. Amirliklarda o‘ynayotgan mahalliy futbolchilarning boshqa kasbi ham bor. Futboldan keyin o‘z ishi bilan shug‘ullanadi. Klublari asosan legionerlarga suyanadi. Ayniqsa, OCHL yo‘llanmalari uchun kurashadigan jamoalar bunga jiddiy e’tibor qaratadi. Saviyasi yuqori legionerlarni xarid qiladi. Mahalliy futbolchilar esa aynan legionerlardan o‘rganadi. O‘z vaqtida mamlakatimizga Rivaldo, Skolari, Ziko kabi dunyo tan olgan futbolchi hamda murabbiylar kelishdi. Biz ulardan ozmuncha futbol sir-asrorlarini o‘rgandikmi? Har bir mashg‘ulotiga chiqqaningizda nimanidir o‘rganasiz. Chunki ular bizdan 100ta ko‘ylak ko‘p yirtgan. Agar «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Nasaf», «Dinamo», «So‘g‘diyona» kabi jamoalar saviyasi yuqori legionerlarni olib kelishsa, raqobat keskin oshib ketadi. Buning natijasida terma jamoamizda ham o‘sish ko‘zga tashlanadi.

- O‘zbekiston chempionatini ham kuzatyapsizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 06.06.2017 12:23. O'kildi: 7487 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.