Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

EVROPA MILLIY CHEMPIONATLARINING ENG EFFEKTLI HUJUMCHILARI

Baho:
+0; -0

Magomed-Shapi Suleymanov - yetakchi ligalarda to‘p surayotgan eng samarador goleadorlar reytingiga tushgan eng yosh futbolchi. Ha, «Krasnodar» vakilining o‘rtacha samaradorligidan ko‘z yumishning iloji yo‘q. Diqqat qiling, Magomed-Shapi Suleymanov(suratda) 11 dekabrgacha Yevropaning kuchli ligalari (top-5 ] Rossiya PL)da bo‘lgan o‘yinlar yuzasidan chiqarilgan reytingda 2-o‘rinni egalladi. Undan birgina Pako Alkaser («Borussiya» D.) oldinda. Qolaversa, ikki hujumchini qandaydir arzimas 0,1 daqiqa, yanada aniqrog‘i, atigi 6 soniya ajratib turibdi. Umuman olganda, 11 dekabr holati bo‘yicha aytsak, yetakchi ligalarda to‘p surayotgan atigi 8 nafar futbolchida o‘rtacha ko‘rsatkich «1ta o‘yinga 1ta gol»dan yaxshiroq. Soddaroq ifoda etganda, shuncha o‘yinchi har 90 daqiqada 1ta yoki ko‘proq gol hosil qildi (bunda joriy mavsum kamida 5ta gol urgan futbolchilar statistikasiga e’tibor qaratilgan). Aytish o‘rinli, rossiyalik yosh hujumchining eng samarador futbolchilar reytingi yetakchilari qatorida borayotgani yagona qiziqarli holat emas. Har holda «SSF» nashri ro‘yxat yuzasidan bir necha diqqatga sazovor faktlarni keltirdi.

 - 6-9 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlar, ya’ni reytingda hisobga olingan oxirgi tur bahslari eng sermahsul goleadorlarga omad keltirgani yo‘q. Binobarin, ularning har biri o‘z klubi o‘yinida ishtirok etdi, ammo o‘rtacha ko‘rsatkichni yaxshilash hech kimga nasib etgani yo‘q. Qolaversa, yetakchilardan birgina Edinson Kavani («PSJ») gol urishni uddaladi, xolos. Maydonda to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan urugvaylik hujumchiga penalti qo‘l kelganini ham ta’kidlash joiz. Lekin uning samaradorlik bobidagi shaxsiy ko‘rsatkichi yaxshilangani yo‘q, baribir.

- Ijobiy ko‘rsatkich bilan reytingga tushgan futbolchilardan 4 nafari (demakki, 50 foizi) Germaniya Bundesligasi vakilidir. Biroq ulardan birgina Pako Alkaser etakchilar qatorida borayotgan top-klub safida o‘ynamoqda. Misol uchun, Alfred Finnbogason ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Augsburg» sharafini himoya qilmoqda.

- Angliya va Italiya chempionatlaridan vakil yo‘q. Aslida APLda o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘yicha «1ta o‘yinga 1ta gol» talabiga javob beruvchi futbolchilar yo‘q emas. Biroq shunday natijaga ega 3 nafar o‘yinchidan hech biri hali 5ta gol marrasiga yetmagandi. Deylik, Ruben Loftus-Chik («Chelsi») chempionatning dastlabki 16ta turida 3ta gol urdi. Divok Origi («Liverpul») va Yon Gorensa-Stankovich («Xaddersfild») esa atigi 1tadan. Ulardan biri 72, ikkinchisi 90 daqiqa o‘ynagan.

- «A» seriyasida samaradorlik koeffisiyenti (tezligi) bobida eng yaxshi ko‘rsatkich Alessandro Matri-(«Sassuolo»)ga tegishli. U naq 7ta o‘yinda jami 91 daqiqa harakatlangan va 1tagina gol urgan. Kamida 5ta gol hosil qilganlar orasida esa Arkadiush Milik(«Napoli») eng yuqori tezlikka ega - 729 daqiqada 7ta gol (o‘rtacha hisobda har 104,1 daqiqada 1ta aniq zarba).

- «PSJ»ning birdaniga 2 nafar a’zosi - Kilian Mbappe va Edinson Kavani reytingdan joy olishdi. Boshqa yetakchilardan farqli o‘laroq, ular deyarli har bir o‘yinda boshlang‘ich tarkibga kirishmoqda. Oddiy aytganda, Edinson Kavani gollar soni bo‘yicha Pako Alkaser bilan teng ko‘rsatkichga ega, farqi shuki, u buning uchun deyarli ikki baravar ko‘p vaqt sarfladi. Kilian Mbappening statistikasi esa chindan ham, hayratlanarli - dastlabki 11ta o‘yinda 12ta gol. Xullas, Fransiya futbolining yangi javohiri raqiblar darvozasini barqaror ravishda ishg‘ol qilyapti (o‘rtacha hisobda har 69,7 daqiqada 1ta gol).

- Tahlil uchun olingan davrda eng ko‘p gol urgan futbolchi - Kilian Mbappe (12ta). Kristian Stuani hisobida 11ta, Pako Alkaser, Luka Yovich va Edinson Kavani esa reytingga 10tadan gol bilan kirishdi. Magomed-Shapi Suleymanov bu masalada eng past natijaga ega - «Krasnodar» hujumchisi atigi 5ta golga ega.

- Kristian Stuani - maydonda o‘tkazgan vaqt davomiyligi bo‘yicha rekordchi - 1025 daqiqa, 11ta gol. Taqqoslash uchun aytsak, Pako Alkaser, Magomed-Shapi Suleymanov va Ris Nelsonga 11 dekabrga qadar berilgan o‘yin vaqtini qo‘shsak, 923 raqami kelib chiqadi. Qisqasi, shu 3 nafar futbolchi birgina Kristian Stuanidan kamroq o‘ynagan holda, 21ta gol urgan!

-  «Xoffenxaym»da porlayotgan Ris Nelson rossiyalik Magomed-Shapi Suleymanovdan atigi 6 kunga katta. Angliyalik futbolchi 1999 yilning 10 dekabr kuni tug‘ilgan bo‘lsa, «Krasnodar» hujumchisi yana 6 kundan keyin tavallud topgan.

- Yana bir qiziqarli fakt shuki, eng effektli to‘purarlar reytingiga kirgan 4 nafar futbolchi dekabr oyida tug‘ilgan. Ya’ni Magomed-Shapi Suleymanov va Ris Nelsondan tashqari, Kilian Mbappe (1998 yil 20 dekabr) va Luka Yovich (1997 yil 23 dekabr).

- Reytingga kirgan 8 nafar futbolchining o‘rtacha yoshi  24,75ga teng. Eng kattasi - Kristian Stuani (32 yosh 2 oy 5 kun), eng kichigi - Magomed-Shapi Suleymanov (19 yosh 1 kun).

Pako Alkaser (Ispaniya) - 25 yosh. «Borussiya» D. klubi avgust oyi oxirida ispan hujumchisi masalasida «Barselona» bilan ijara shartnomasini rasmiylashtirganida, mashhur transefmarkt.de sayti uning transferini 15 mln. yevroga baholagandi. Vaholanki, nemislar keyinchalik hujumchi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli (23 mln. yevro)ni to‘liq to‘lash barobarida bonus tariqasida yana 5 «limon» berishga rozi bo‘lishgandi. Qarangki, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, xuddi o‘sha transefmarkt.de sayti Alkaser bahosini 30 mln. yevroga oshirdi. Agar Pako hozirgi sur’atini pasaytirmasa, transfer narxi yanada ko‘tarilishi turgan gap.

Magomed-Shapi Suleymanov (Rossiya) - 19 yosh. Iqtidorli futbolchining ushbu reytingdagi o‘rni «Krasnodar» xo‘jayini Sergey Galiskiyga xush yoqishi tayin. O‘zi Suleymanovga qadar ham «buqalar» tarkibidan klub akademiyasining bir qator tarbiyalanuvchilari ko‘rinish berishgan. Biroq Krasnodar shahri faxri sanalgan akademiyada tahsil olganlar orasida faqat Magomed-Shapi hamda Ivan Ignatyevgina yaqqolroq ko‘zga tashlanishdi. Misol uchun, 1 yilcha oldin ham har ikkisini ko‘pchilik tanimasdi, bugun esa ayrimlar Stanislav Cherchesovga murojaat qila boshlashdi: «Shunday iste’dodlarni nega terma jamoaga jalb qilmaysiz?» Endi ular muxlislar ishonchini oqlashsa, bas. Hozircha ishlari chakki emas, deylik, «Krasnodar» bahorda chempionlik uchun kurashishga real imkoniyat hosil qildiki, bunda Suleymanov va Ignatyevning hissalari ham bor.

Ris Nelson (Angliya) - 19 yosh. Kelajakka katta umid uyg‘otayotgan yana bir iqtidor. «Arsenal» tarbiyalanuvchisi Arsen Venger davridayoq asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etilgandi. Qolaversa, u «kanonirlar» libosini 16ta rasmiy o‘yin (APL doirasida 3ta)da kiydi. Biroq yana biroz sabr qilishga sabri chidamadimi, har holda, ijara shartnomasi asosida Germaniya Bundesligasiga yo‘l oldi. Qarang, Ris endi «Xoffenxaym» raqiblari himoyasini «parcha-parcha» qilgancha oy kashfiyoti maqomini olmoqda.

Kilian Mbappe (Fransiya) - 19 yosh. Superyulduz bo‘lishga ulgurgan goleador, jahon chempioni, yaqin 5-6 yilda «Oltin to‘p» sovriniga bosh da’vogar sifatida gavdalanishi kutilayotgan vunderkind. Ha, Kilian hali rivojlanishdan to‘xtamasligi kerak, buning uchun esa Parij superklubini Olimp sari yetaklashi yoki grandlardan biriga yuzlanishi lozim.

Alfred Finnbogason (Islandiya) - 29 yosh. «Augsburg» hujumchisi faoliyatining eng yorqin damlarini 2012-2014 yillar oralig‘ida Shvesiya va Gollandiyada o‘tkazdi. Xususan, «Xelsinborg» safidagi 22ta o‘yinda 13ta gol urgan bo‘lsa, «Xerenven»da yanada salmoqliroq statistikaga erishdi - 70ta o‘yinda 59ta gol. Bunday mahsuldorlikdan hayratlangan «Real Sosyedad» rahbariyati Alfred uchun 8 mln. yevro to‘ladiyu, «kuyib» qoldi. Chunonchi, islandiyalik hujumchining 1ta goli naq 2 mln. yevroga tushdi. Finnbogason 2016 yildan «Augsburg» ixtiyorida va mahsuldorlik bobida nisbatan munosib me’yorni ushlab turibdi: 65ta o‘yinda 29ta gol.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 22.12.2018 12:50. O'kildi: 9216 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.