
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
| Baho: |
+0; -0
|

FIFA Ispaniya futboliga nisbatan sanksiya qo‘llamoqchi - siyosat tufayli. Har holda, mamlakat futbol federasiyasi (RFEF) bu borada maxsus ogohlantiruvchi xat oldi.
Unda hukumat RFEF ishiga aralashishda davom etsa, FIFA nizomiga muvofiq, Ispaniya futboli oldiga to‘siq qo‘yilishi aytilgan.
Zero, milliy federasiyaning mustaqil faoliyat yuritishi ta’minlanmasa, xalqaro futbol uyushmasi uni ma’lum muddatga diskvalifikasiya qiladi.
Xullas, Ispaniyada ishlar tezda tartibga solinmasa, FIFA mamlakat futbol federasiyasini o‘z tarkibidan chiqarib yuborishi mumkin. Bunday holatda hattoki, milliy jamoa ham xalqaro musobaqalarga qo‘yilmaydi.
Muammoning asl mohiyati
Yozda RFEFning sobiq prezidenti Anxel Mariya Vilyar korrupsion harakatda ayblandi va iste’foga chiqarildi. Ayni payt bu lavozimda Xuan Luis Larrea (vaqtincha bajaruvchi maqomida) ishlamoqda.
Lekin FIFAda yangi prezident saylash jarayoniga hukumat bevosita ta’sir o‘tkazayotgani xususida ma’lumotlar bor. Tabiiyki, bu jahon futbolini boshqarayotgan tashkilot qoidalariga zid holat.
Vilyar masalasi
Shu yil Ispaniya futbolida katta mojaro yuzaga keldi: mahalliy federasiya rahbari Anxel Vilyarni korrupsiya - hujjatlarni qalbakilashtirish va mablag‘ kamomadida ayblab, hisbga olishdi. RFEF vise-prezidenti hamda bosh kotibi, shuningdek, Vilyarning o‘g‘li Gorkaga ham qamoq jazosi belgilandi. Katta Vilyar federasiyani deyarli 30 yildan buyon boshqarayotgandi.
Ya’ni 1988 yildan buyon ispan futboli rahbari sifatida ma’lum yutuqlarga erishgan Anxel Mariya hattoki, Mishel Platinidan so‘ng UYEFA prezidenti bo‘lishi mumkin edi.
Umuman, Ispaniyada qamoq haqidagi hukmga nisbatan achinish hissi sezilmadi. Zero, Vilyar futbol bobidagi muvaffaqiyatlar barobarida turli darajadagi ko‘plab mojarolarga ham aralashgandi.
Bu ilk ogohlantirish emas
Ispaniyada 2 yilcha oldin ham (Vilyar davrida) shunga o‘xshash holat yuzaga kelgandi. Aniqrog‘i, telehuquqlarga bog‘liq muammo ko‘tarilgandi - hukumat daromadni taqsimlash bo‘yicha qaror chiqargach, RFEF bunga qarshi chiqib, hattoki, chempionat o‘yinlarini to‘xtatib qo‘ygandi. FIFA va UYEFA sanksiyalar bilan tahdid qilganidan keyingina mojaro bir yoqli bo‘ldi.
FIFAning bu boradagitajribasi
Xalqaro futbol tashkiloti hukumat aralashuvi sabab, asosan Afrika mamlakatlari federasiyalarini jazolagan. Xususan, vaqtida Nigeriya, Kamerun, Togo va Benin futboliga nisbatan diskvalifikasiya e’lon qilingan va bu katta o‘zgarishlarga yo‘l ochgan. Ikkinchi tomondan, odatda «qizil kartochka» olgan mamlakatda tezlik bilan tartib o‘rnatiladi va FIFA shu zahoti sanksiyani bekor qiladi.
Misol uchun, 2 oycha avval FIFA Pokiston futboli oldiga to‘siq qo‘ygandi, qolaversa, Peru federasiyasini a’zolikdan chiqarib yuborish haqida xabarlar tarqalgandi. Gvatemala va Quvaytga nisbatan diskvalifikasiyalar muddati esa bahorda uzaytirildi. Bu ikki davlat milliy federasiyasining FIFA oilasidan chetlashtirilganiga bir yildan oshdi.
To‘g‘ri, Yevropada ogohlantirish odatda rasmiy jazogacha bormaydi. Deylik, FIFA Turkiya, Portugaliya va Polshaga «sariq kartochka» ko‘rsatgan, ammo u «qizil»ga aylanmagan.
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|