
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
| Baho: |
+0; -0
|

«Qirollik klubi» o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal Real Madrid Televisiun kanalida yo‘lga qo‘yilgan Campo de Estrellas ko‘rsatuvining birinchi mehmoni bo‘ldi. Bu bejiz emas, albatta. Chunonchi, madridliklar bu yigitga kelajak umidi sifatida qarashmoqda. Xullas, futbolchi teleko‘rsatuv doirasida asosan o‘zi haqida gapirib berdi. Ya’ni professional sportchi bo‘lib shakllanish jarayoniga bog‘liq voqealarni yodga oldi, shaxsiy hayotining ayrim jihatlariga to‘xtaldi.
Ilk qadamlar
- Esimda, maktabdagi darslar soat 9:30da boshlanardi, ammo men ancha ertaroq borardim. Maqsad - sinfga kirishdan oldin ozgina futbol o‘ynab olish. Tanaffus payti ham darrov maydoncha tomon yugurardim. Deylik, oshxonada biror marta uzoq ushlanib qolgan emasman. Har safar shosha-pisha ovqatlanib, oyimdan futbol o‘ynab kelish uchun ruxsat so‘rardim. Baxtimga, u meni tushunib, xohishimga sira mone’lik qilmasdi.
Tahsil jarayoni
- Hozirgi darajaga aynan ota-onam tufayli erishganimni g‘urur bilan tilga olaman. Ha, futbolga sira to‘ymasdim, ammo oilamiz qadriyatlariga biror marta bepisand qaragan emasman. Boshqacha aytganda, ota-onam o‘rgatgan qoidalarga to‘liq amal qilib, ular bergan tarbiyaga jiddiy yondashganman. Ayni shunday munosabat o‘laroq, mashg‘ulotlardan belgilangan vaqtda uyga qaytardim hamda garchi yoqtirmasamda, dars tayyorlashni sira kechiktirmasdim.
Buning samarasi ham ko‘ringan, albatta. Hech yodimdan ko‘tarilmaydi, bir safar ingliz tili imtihonini a’lo baho - 9,75 ballga topshirganimda, mehribon onajonim shunchaki, lol qolgandi. Uning o‘sha vaqtdagi xursandchiligi hamon ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Bu dunyoda onalarga quvonch bag‘ishlashdan ham yaxshiroq ish bormi o‘zi...?
Himoya vositasi
- Ko‘pincha tizzamni bog‘lagan holda o‘ynardim. Sababi oddiy: odatda uchrashuvlar chog‘i o‘zimni sira ayamasdim va ko‘pincha tizzam shilinardi yoki qandaydir jarohat orttirardim. Shu ko‘yi uyga qaytganimda, onam tizzamga maxsus himoya vositasini bog‘lab qo‘yardi. Aslida o‘zimga qolsa, uni yechib tashlardim, ammo oyim mashg‘ulotga borishimni taqiqlab qo‘yishidan cho‘chib, bunday qilmasdim.
Birinchi jamoa - «Lemans»
- Futboldagi ilk jamoam ancha raqobatbardosh edi. O‘sha vaqtdayoq himoyadan joy olgan va har qanday o‘yinga o‘ta jiddiy qarardim. Bir safar ota-onamni juda g‘azablantirganim xuddi kechagidek esimda. Chunonchi, o‘sha kuni durangga rozi bo‘lgandik. O‘yin davomida raqiblarga necha martalab aldanganim og‘ir botgan va buni ko‘tarolmay, shunchaki, maydondan chiqib ketgandim.
Boz ustiga, tribunada o‘tirgan ota-onam yoniga borib, alamimni to‘kib solganman: «Bo‘ldi, yetar, ketdik uyga...». Shunda otam bosiqlik bilan javob bergandi: «O‘g‘lim, agar o‘ynashni xohlamasang, mayli. Lekin bu o‘yinni oxirigacha tomosha qilmasligimizga sabab bo‘lolmaydi. Boshqa bolalar harakatlarini kuzatish ham maroqli...». Ochig‘i, uning bu qadar sovuqqon munosabati men uchun bir umrlik dars bo‘lgan. Professional futbolchi sifatida shakllanishimda ayni o‘sha javobning ahamiyati katta. Zero, shundan so‘ng ozgina qiyinchilik oldida taslim bo‘lmaslikni o‘rgandim.
«Santyago Bernabeu»ga ilk safar
- Stadionga ilk marta kirganimda, boshim gangib qolgandi. Bizga berilgan abonementga ko‘ra, eng yuqori tribunadan joy olganmiz. Unutilmas taassurotlar... O‘sha sayohat xotiramga abadiy muhrlangan. Rosti, eng yuqoriga ko‘tarilganimizdan keyin meni biroz hayajon bosgandi.
«Real»ga daxldorlik
Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|