Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      05:20 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:40 "Страна спортивная".
      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Новости.
      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Ma'murjon Ibragimov

Futbol sharhi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yosh Ronaldo shunchalar ajoyib edi (1-qism)

Baho:
+0; -1
 
 

Ronaldoning iqtidori shu qadar hayratlanarli ediki, “San-Kristovana” jamoasi bosh murabbiyi Roberto Galiaone 1992-yilda shu so‘zlarni aytgan edi: “Biz Kruzeyroga bir bolani berdikki, u Braziliya terma jamoasining keyingi buyuk hujumchisi bo‘ladi. U albatta 1998-yilgi jahon chempionatida o‘ynaydi. Uning ismi Ronaldo”.

Shunday ham bo‘ldi. Hatto undan ham ajoyib. Ronaldo karyerasini shu darajada muvaffaqiyatli boshladiki, 1994-yilgi mundialda ishtirok etdi, 1998-yilda esa dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 1994-yil AQShdagi jahon chempionatidan so‘ng u hamyurti Romario tavsiyasiga ko‘ra “PSV Eyndxoven” jamoasiga o‘tdi. O‘sha paytlarni Klarens Zeedorf hayratlangancha eslaydi: “U boshqa sayyoradan edi. Bizning yo‘llarimiz Gollandiyada kesishdi. U soatiga 3000 kilometrga yugurar edi. Faoliyatining so‘ngida va jarohatidan keyin ham maydondagi har qanday o‘yinchidan 10 barobar tezroq yuguradigandek ko‘rinar edi”.

“PSV”dagi eng zo‘r o‘yinini Ronaldo “Bayer Leverkuzen”ga qarshi UYEFA kubogi doirasida o‘tkazgan. O‘yindan so‘ng “Bayer” bosh murabbiyi Rudi Fyoller shok holatida – “men hech qachon 18 yoshli bolaning bunday o‘ynaganini ko‘rmaganman”, — degan edi (keyinroq, Fyoller jahon chempionati 2002 finalida ham Ronaldodan jabr ko‘rganini bilasiz). Yakuniy hisob esa — 5:4. «Bayer» foydasiga. Ronaldo esa bahsda xet-trikka erishgan edi.

«Match Ronaldo uchun yorqin tarzda o‘tdi. U uchta urdi, lekin gap uning gollarida emas. Misol uchun, bir vaziyatda, o‘ng qanot himoyachisi uning ortidan xavfli podkat tashladi. U esa to‘pni chap oyog‘ining tashqi tomoni bilan ko‘tarib himoyachi yaqiniga tashladi, uni quvib o‘tdi va ajoyib “yurish”ni boshladi. O‘ylaymanki, o‘sha paytda Ronaldoning kimligini butun Yevropa bilib oldi». Bu so‘zlar o‘sha paytda “PSV”da texnik direktor bo‘lib ishlagan Frank Arnesenga tegishli edi.

Gollandiyada o‘tkazgan ikki mavsumida “so‘yloq tish” (uning laqabi) jami 58 o‘yinda 54 ta gol urdi. Luis Enrike esa: “Men uning “PSV”dagi o‘yinlarini televizorda kuzatardim va qichqirardim: “Vau!” Keyin esa u “Barsa”ga o‘tdi va biz birgalikda o‘ynadik. Ronaldo – shubhasiz men ko‘rgan o‘yinchilar ichida eng hayratlanarlisi. U ungacha hech kim bajarmagan ishlarni qila oldi”, – degan edi.

1996/97-yilgi mavsumda, balkim, Barselona shahrida juda ko‘p “Vau!”lar quloqqa chalingandir. Ulardan eng asosiylari “Kompostella” darvozasiga urilgan goldan keyin yangragan bo‘lsa kerak. Uni Ronaldoning o‘zi ham faoliyatidagi eng sevimli goli deb ataydi (golga ko‘rsatgan Bobbi Robsonning reaksiyasini ko‘rish uchun ham golni albatta ko‘ring).

«Dunyoning hech qaysi burchagidan bunday gollar uradigan futbolchini topa olmaysiz». Bu so‘zlar o‘sha paytda «Barselona»ni boshqargan Ser Bobbi Robsonga tegishli edi. O‘sha paytda murabbiylar o‘rindig‘ida Robson bilan birgalikda hammamiz biladigan Joze Mourinyo ham bor edi. Balki, u shuning uchun ham haligacha u “o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ichida eng zo‘ri”, deb Ronaldoni aytsa kerak. “AS” nashri esa ertasiga “Pele qaytdi”, – deb yozgan edi.

O‘sha Ronaldoning kuchli ekanligini Robson ko‘rdi, Pele ham tan olgan edi. Xususan, 2007-yili Robson bu haqida shunday deydi: «Men Angliya terma jamoasida Billi Rayt, Jon Xeyns, Bobbi Charlton bilan birgalikda o‘ynaganman. Men Terri Butcher, Brayan Robson, Pol Gaskoyn, Romario, Garri Lineker, Alan Shirer kabi buyuk o‘yinchilarni shug‘ullantirganman. Mening jamoamda yosh Rud van Nistelroy, Luish Figu o‘ynagan. Men Diyego Maradonaning “qo‘li” sabab jahon chempionatidan chiqib ketgan Klaf va Fergyuson bilan doimo tortishganman. Mening ko‘rganlarim ichida eng kuchli futbolchi bo‘yicha pozisiyam aniq. Bu o‘yinchi – braziliyalik Ronaldo».

O‘sha paytdagi “Barsa”da o‘ynagan Oskar Garsiyaning aytishicha, klubdagi jamoadoshlari Ronaldo bilan hazillashishardi: «Hech bo‘lmaganda gol urgandan keyin sal sekinlash».  Bir vaziyatda Ronaldoning golidan keyin unga Garsiya yaqinlashadi-da jiddiy ohangda undan sekinlashishini so‘raydi. Albert Saladesning aytishicha, mashg‘ulot paytida Ronaldo 10 kishini (ba’zilarni bir martadan ortiq) aldab o‘tadi va gol uradi.

“Las-Palmas” bosh murabbiyi Anxel Kappa esa “Barselona” bilan o‘yindan so‘ng Ronaldoni “aqlbovarqilmas iqtidor” va ajoyib karkidon (bu vaziyatda murabbiy uning raqiblarini yiqitib ketishini nazarda tutgan bo‘lsa kerak. U raqiblarini aldab o‘tgan holda, teginmasdan yiqitardi) deb atagan edi. Xorxe Valdano esa “fenomen”ni quyidagicha tariflagandi: “Qachonki Ronaldo hujumga o‘tganida butun stadion hujumga o‘tgandek bo‘ladi”.

O‘sha mavsum La liga eng dahshatlilaridan biri bo‘lgan edi. Tashkilotchilar ”Sevilya” va “Selta”ni moliyaviy sabablar tufayli ikkinchi ligaga tushirib yubormoqchi edilar. Lekin so‘nggi pallada bu qaror bekor bo‘ladi va chempionatda 22 jamoa o‘ynaydigan bo‘ladi. Natijada esa pala-partish kalendar vujudga keladi va chempionat iyunning o‘rtasigacha davom etadi. Terma jamoaga chaqiruv sabab Ronaldo so‘nggi uch turni va kubok finalini o‘tkazib yuboradi. “Barsa” esa haddan tashqari braziliyalikka bog‘lanib qolgan edi va chempionlik poygasida mag‘lub bo‘ladi.

“Agar o‘sha o‘yinlarda ham Ronaldo o‘ynaganida biz so‘zsiz chempionatni yutgan bo‘lar edik”, — degan edi Bobbi Robson. Bu fikrga o‘sha paytda “Barsa”da Ronaldoga raqobatchi bo‘lgan hujumchi Xuan Antonio Pissi ham qo‘shiladi: “Men shunchaki futbolchiman, u esa bizning sayyoradan emas”.

1996/97-yilgi mavsumda Ronaldo 48 o‘yinda 45 ta gol uradi. Albatta, kosmik natijalar. U paytlarda bir o‘yin uchun yarimta gol top natija hisoblanar edi. Bir o‘yinda bitta gol esa erishib bo‘lmas natija edi. FIFA hujumkor yarim himoyachilar foydasiga qoidalarni o‘zgartirayotgan, markaziy himoyachilar kuchli texnikaga ega bo‘lmagan, lekin yaxshi himoyalangan, jamoalar tarkiblari esa nisbatan teng bo‘lgan zamonlar edi. Zamonaviy futbolchilar foydalanayotgan bu kabi bonuslarsiz Ronaldo erishgan bu natijalar esa, albatta, noyob ko‘rsatkich.

Keyingi mavsumni Ronaldo “Inter”da boshladi. O‘sha paytlar Italiya A seriyasi sayyoraning eng kuchli ligasi, ligada esa eng ajoyib va kuchli himoyachilar harakat qilishar edi.

 

Quyida o‘sha paytlar himoyadagi katta figuralar bo‘lgan futbolchilar fikrlari bilan tanishamiz. Ularning so‘zlaridan esa o‘shanda Ronaldoga raqiblik qilgan himoyachilarga naqadar qiyin bo‘lganligini osongina tasavvur qilish mumkin: «Men faoliyatimni Diyego Maradona bilan bitta jamoada boshladim. U menga juda buyuk bo‘lib tuyular edi, lekin Ronaldo undan ham buyukroq», — deb eslaydi Fabio Kannavaro. Marsel Desayi esa hayratlangancha: «Ronaldo maydonda mo‘jiza ko‘rsatar edi. Men to‘pni bunday katta tezlikda nazorat qiladigan futbolchini ko‘rmaganman. Men uchun u futbol tarixida eng kuchlisi», – degan edi. Allesandro Kostakurtaning fikri esa ko‘proq shikoyatga o‘xshab ketadi: «Biz Maldini bilan Maradonaning ko‘p yurishlarini to‘xtatar edik. Lekin Ronaldoga kelganda bu ishni amalga oshirish mushkulroq bo‘lgan. U tarixdagi eng kuchli hujumchi. Hatto Van Basten va Peledan ham. Uni to‘xtatishning shunchaki iloji yo‘q».

Mavsum o‘rtalariga kelib «Ronaldo dunyoda tengsizmi?», — degan savolni berishga hojat qolmagan edi. Bu savol esa WorldSoccer jurnalida Ronaldoning surati ostida biroz boshqacharoq tarzda joylashdi: «Futbol tarixida tengsizmi?»

Ronaldoning ajoyib o‘yinlaridan biri UYEFA kubogi finalida “Lasio”ga qarshi o‘yinda yuz berdi. Ronaldoga qarshi Nesta turar edi. “Ronaldoga qarshi o‘sha final – faoliyatimdagi eng yomoni. U katta o‘yinchi. Men o‘sha o‘yinni xatolarimni ko‘rib chiqish uchun ko‘p marta qayta tomosha qilganman. Biz 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganmiz, lekin bunga mening xatolarim sabab emas edi. Shunchaki Ronaldoni to‘xtatishning umuman iloji yo‘q edi. U shunchalar tez ediki, maydondagi qolgan futbolchilar shunchaki yurayotgandek edilar”, — eslaydi Nesta.

Zayniddin Zidan o‘sha finalni televizor orqali tomosha qilgan edi va bir vaziyatni hech qachon esdan chiqarmasligini tabassum bilan ta’kidlaydi: “Men Ronaldoni juda hurmat qilaman, lekin bitta vaziyatni alohida e’tibor bilan kuzatganman. 1998-yilgi UYEFA kubogi finali. Uning chap qanotda Nestaga ishlatgan finti. Men aytayotgan fint uning noyob iqtidorga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ba’zilar, albatta, bu fintni ijro eta olishi mumkin. Lekin Ronaldodan tashqari hech kim buni bunday tezlikda amalga oshira olmaydi. Va u buni Nestaga qarshi amalga oshirgandi! Mening buvimga qarshi emas! “Inter” murabbiyi Luidji Simeone esa sekin-asta bunday harakatlarga o‘rganib ketganini aytadi: «Ronaldo – ajoyib talant. U mashina kabi edi. Mashg‘ulotlarda esa yanada kuchliroq edi. Ba’zida shunday vaziyatlar bo‘lar ediki, men ko‘zlarimga ishonmas edim. U uchun esa bu odat edi. Faqat u uchun!»

1998-yilgi mundial paytida Xorxe Valdano yozgan edi: “Ronaldo Fransiyaga o‘z davrining futbolchilariga raqiblik qilish uchun emas, ming yillik va yana keyingi ikki ming yillikdagi eng kuchli futbolchisi unvoni uchun kurashishga keldi. Finaldan oldin fransuzlar agar Ronaldo bilan hammasi joyida bo‘lsa, ularga hech narsa yordam bera olmasligi haqida mashg‘ulotda baland ovozlarda suhbat uyushtirishgan edi.

Mana sizga o‘sha mashg‘ulotdagi suhbatdan parcha: «U menga qarshi “Milan” o‘ynaganimda shunday qilgan. Men hatto to‘pni ko‘rmaganman. Uning qayerga harakatlanayotgani muhim emas. Sen hatto to‘pni ko‘rmaysan. Qani to‘p? To‘p yo‘q. Bu – sehr», — degan edi Desayi. Tyuram esa unga qo‘shib qo‘yadi: «Sen uning yonida ekanligingda sen pastga qarashga ulgurmaysan. Chunki ungacha yo to‘p yo‘q bo‘ladi yoki u».

Fransuzlarning baxtiga Ronaldo bilan finalda hammasi joyida bo‘lmadi. Uning finaldagi ishtiroki futbol tarixidagi eng maxfiy masalalardan biri sifatida qoldi. Bu hatto Braziliya parlamentida ham muhokama etilgan edi. O‘shanda bosh murabbiy Mario Zagallo shunday degan edi: «Tasavvur qiling, agar u bilan haqiqatdan ham hammasi joyida bo‘lmaganda, tabiiyki men uni maydonga tushirmas edim. Natijada Braziliya yutqazar edi. Agar Ronaldo mening qarorim sabab maydonga tushmaganda, men hamma narsalarimni yig‘ishtirib Shimoliy Qutbga ketishimga to‘g‘ri kelar edi».

Davomi bor.

Sports.ru nashridan olindi
Tarjimon: Mamurjon Ibragimov 
So‘x tumani

Kiritilgan sana: 25.01.2019 22:41. O'kildi: 121815 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.