Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Sakkiz yil avvalgi sado yoki 2011 yilgi iliq taassurotlar haqida...

Baho:
+0; -0

Bundan roppa-rosa 8 yil muqaddam aynan dekabrning so‘nggi kunlari futbol muxlislari Osiyo kubogi-2011 startini sabrsizlik bilan kutishayotgandi. Barchani Vadim Abramov milliy jamoamiz o‘yin uslubiga singdirgan «tajovuzkor futbol» g‘oyasi qanday natija berishi qiziqtirardi.

O‘shanda bosh jamoamiz nufuzli turnirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarida shijoat bilan o‘ynab, arab futboli bosimidan qutulgandi. Bugungi yosh avlod balki tasavvur qilolmas, u paytlar jamoalarimiz arab futboli vakillari bilan teng­ma-teng bahslashishga cho‘chirdi.

Bu g‘alati hayiqish ruhiyat bilan bog‘liq edi, albatta. Har holda, futbolchilarimiz iste’dod va mahorat bobida raqiblardan aslo kam emasliklarini yaxshi bilardik. Aksincha, Maksim Shaskix va Server Jeparov, Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov tilga olinsa, butun Osiyo futboli oyoqqa qalqirdi. Jamoalarimizga faqat raqibdan ustunlik kayfiyati va g‘oliblik ruhi yetishmasdi.

Vadim Abramovga xos yondashuv shu ikki bo‘shliqni to‘ldirdi. Intervyularidan birida ta’kidlaganidek, murabbiy buning uchun, avvalo, arab futbolchilarini asabiylashtirish yo‘lini tanlagandi.

«Arab futbolchilarini bir necha daqiqa davomida to‘psiz qoldirish kifoya: ular asabiylasha boshlashadi va o‘yin nazoratini yo‘qotishadi. Vaziyatdan foydalanib, keskin va tajovuzkor hujumga o‘tish - g‘alaba omili» kabi mazmunda so‘zlashni yoqtirardi Vadim Karlenovich.

E’tirof etish kerak, hozir ko‘pchilikka tanish bu xulosa o‘sha davr uchun katta yangilik hisoblangan va terma jamoamizning arab futbolidan ustunligini ta’minlagandi. Turnir davomida futbolchilarimiz Qatar, Quvayt va Iordaniya terma jamoalarini ishonch bilan yengish asnosida muxlislar mehrini qozonishgandi.

Uyda, ishxonada, ko‘chada - qo‘yingki, hamma bir-birini tabriklardi. Biz ham hayratu hayajonlar og‘ushida «Odil - Osiyoda ovoza!», «Toshib o‘yna, dovonlardan oshib o‘yna!», «Nari tur, yevrofutbol!» kabi ehtiroslarga lim-lim sarlavhalar bilan maqolalar yozgandik.

Tahririyatda ish qaynardi, ammo xodimlar charchoq sezishmasdi. Hamkasbimiz Guli Murod terma jamoamizning har bir a’zosiga atab alohida-alohida she’r bag‘ishlagan va ular darhol Doxaga yetkazilgandi.

Muhtaram muxlis! Yuqoridagi mulohazalarni qog‘ozga tushirish chog‘i qalbimizda yana o‘sha shukuhli lahzalarni tuydik, quloqlarimiz ostida yoqimli g‘alaba sadolari yangradi.

Ishonchimiz komilki, Siz ham shunday kayfiyatdasiz va «Qaydasan, zafar sadosi?» deya quvonchli onlarni qo‘msayapsiz. Ishoning, barchamiz sog‘ingan o‘sha g‘alaba va quvonch mash’alasi shundoqqina yaqinimizda porlamoqda.

Shu mash’ala yog‘dusi biz yozayotgan qog‘oz uzra ruchkamiz va so‘zlar ila mayin hazillashayotgandek, Siz o‘qiyotgan gazeta sahifalarini yoritayotgandek, nazarimizda. Har holda, bizga shunday tuyulmoqda. Vakillarimiz guruh bosqichidan hatlab o‘tishsa, ularga Qatar, Livan, Suriya, Falastin, Iordaniya terma jamoalaridan biri raqib bo‘lishi ehtimoli katta. Xo‘sh, falakning gardishi bilan KXDR termasi raqib sifatida gavdalansa, nima?

Mirjalol Qosimovni uyaltirgan birgina xunuk natijani hisobga olmasak, terma jamoamiz shimoliy koreyaliklar bilan basma-bas to‘p surishga qodir. E’tibor berdingizmi, uchinchi variant xususida so‘z ochmadik. Yo‘q, bu kabi taxmin yoki reallikni muxlislarning asabi ko‘tarmaydi. Boshqacha aytganda, futbolchilarimiz Ummon va Turkmaniston terma jamoalari ustidan yorqin g‘alaba qozonib, muxlislarga olam-olam quvonch ulashadilar.

O‘zga natija - biz uchun aql bovar qilmas hodisa. Bunday bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi. Axir termamiz tizgini Ektor Kuperdek salobatli murabbiy qo‘lida bo‘lgach, shunday deymizda qat’iyat bilan. Mayli-da, biz kelishini yoqlamagan bo‘lsakda, u - Ektor Kuper, baribir.

To‘g‘ri, kimdir «Mulohazani sal ehtiyotkorona yozish kerak. Ana, Joze Mourinyodek benazir murabbiy «MYu»ga g‘oliblik ruhini singdirolmay, futbolchilar bilan arazlasha-arazlasha iste’foga chiqdi.

Ser Aleksdan so‘ng Joze va undan oldingi murabbiylar uddalamagan ishni esa Ole-Gunnar Sulsher bir zarb bilan epladi. Qolaversa, Xosep Gvardiola va Maurisio Sarri o‘rtamiyona raqiblar qoshida bosh egishdi.

Yana o‘z maydonlarida. Futbolda katta gapirib bo‘lmaydi!» - deya bizga tanbeh berishi mumkin. Tushunamiz. Haqiqatan ham, hozir futbolimizda shu kabi mubham kayfiyat hukmron. 8 yil avval ham jarayon dastlab shunday xavotirli ruh bilan boshlangan va ke­yinchalik hammasi joy-joyiga tushgan.

O‘tib ketadi hammasi. Futbolimizga yana yorug‘ kunlar qaytadi. 2010 yili bo‘lgani kabi qish sovug‘ida diydiragan qalblarni futbolchilarimiz yoqqan g‘alaba gulxanlari qizdirib, yoritib yuboradi. Bunga juda oz qoldi.

Hozirgacha o‘zining imkoniyatlarini to‘liq namoyish etmagan yoki etolmagan Ektor Kuper kuchini Yaponiya terma jamoasiga kechadigan bahs­da ko‘ramiz. Fikrimizcha, o‘sha uchrashuv, natijadan qat’iy nazar, terma jamoamiz o‘yin uslubi sayqallanishi bilan bog‘liq yakuniy imzoga aylanadi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 27.12.2018 20:30. O'kildi: 8875 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.