
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
| Baho: |
+0; -0
|
.jpg)
«Vest Bromvich» yarim himoyachisi Darren Fletcher The Daily Mail nashriga bergan intervyusida «Manchester Yunayted»dagi faoliyati va hozirgi jamoasining imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
1999 yilning may oyi 15 yoshli Darren maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Shotlandiya kubogining finalidan so‘ng otasi bilan uyga qaytmoqda. «Uchrashuvda bir nechta gol urishlariga yordam berdim. Barcha do‘stlarim o‘yinni bevosita stadionda kuzatishgandi,-deb eslaydi Fletcher. - O‘shanda o‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘lib, to‘pni raqib oyog‘i orasidan o‘tkazib yubormoqchi bo‘lgandim. Lekin otam buni ma’qullamadi. U menga ishlamaganim va himoyaga yordam bermaganimni aytdi. «Agar shunday o‘ynasang, hech qachon futbolchi bo‘lmaysan. To‘pni oldingmi, pas ber. Axir jamoada o‘ynaysanku», degandi. Bu gaplar miyamga bir umrga muhrlanib qolgan. 5:0 hisobida yutib, uyga medal bilan qaytsamu otam meni sirk ponisiga o‘xshatyapti. Vaholanki, u haq edi».
To‘pni oldingmi, pas ber. Hozirda Darren 32 yoshda. Ammo bu so‘zlarga hamon amal qiladi.
«Vest Brom»da menejer intizomli o‘yin ko‘rsatishimni istaydi. O‘zimni butun maydon bo‘ylab yugura oladigandek his qilaman. Lekin murabbiy tajribamni ishga solishimni xohlaydi»,-deydi shotlandiyalik futbolchi.
Fletcherning «Manchester Yunayted» asosiy tarkibidagi debyuti jarohat tufayli ikki yilga cho‘zilib ketgandi.
«Meni o‘ng qanot hujumchisi sifatida maydonga tushirishdi. Ronaldu o‘shanda tryuklarni bajarardi, himoyaga qaytmasdi va barchani g‘azablantirardi. Men esa himoyaga qaytaman, umuman, buyurgan ishlarini qilaman. Pol Skoulz, Roy Kin kabi ajoyib futbolchilar bilan bir jamoada o‘ynaganimdan faxrlanaman.
Bir safar Roy menga «Yana 10 yil o‘ynashim mumkin. Chunki mening o‘rnimga ham sen yugurasan», degandi. Bu men uchun qanchalik ta’sir qilganini tasavvur ham qila olmaysiz. qisqasi, qilgan ishim o‘zimga yoqardi. Hozir ham yoqadi»,-deydi Fletcher.
U «Vest Bromvich»da ikki yildan buyon to‘p surmoqda. E’tiborli tomoni, «Manchester Yunayted»dan o‘tganidan so‘ng «Vest Brom»ning APLdagi barcha 74 uchrashuvida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Bu esa yo‘g‘on ichagida «yazva» qiynayotgan futbolchi uchun yomon emas.
«Xayriyatki, bu o‘tib ketdi. O‘shanda qattiq og‘riqni his qilardim. Shu bilan birga maydonga qayta olmasmikanman, deb qo‘rqardim.
Yaqinda quyi ligada o‘ynaydigan bir yigit bilan gaplashdim. Uni kasallikni yengib, yuqori marralarni zabt eta olishiga ishontirdim. Hamma menda pul ko‘pligi uchun kasallikdan xalos bo‘lgan, deb o‘ylaydi. Aslida esa, men ham oddiy odamlar singari kasallikka yo‘liqqanman.
Davomi www.interfutbol.uz saytida.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|