Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Интернасьонал".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      14:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Интернасьонал".
      17:55 LIVE Чемпионат Турции. "Генчлербирлиги" - "Галатасарай". Прямая трансляция.
      20:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      20:55 LIVE Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор". Прямая трансляция.
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Интернасьонал".
      01:00 Чемпионат Турции. "Генчлербирлиги" - "Галатасарай".
      03:00 "Бесконечная история". "1995 год".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Палмейрас". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      05:45 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Финалы.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Минеральных Водах. День 2.
      09:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Квалификация. Прямая трансляция.
      12:40 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Понтеведре, Испания. Женщины.
      14:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Прямая трансляция.
      19:55 "Дело №".
      20:20 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      20:50 "Лучшие из лучших".
      21:15 Художественная гимнастика. Гала-концерт "Любовь и свет" в Москве.
      23:05 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Минеральных Водах. День 3.
      00:55 "Эволюция спорта".
      01:25 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Квалификация.
      03:40 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Хоккей с мячом. Кубок России. Финал.
      08:00 Смешанные единоборства. UFC 315 в Монреале, Канада. Предварительный кард. Майк Мэлотт против Чарли Радтке.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 Д/ф "В поисках Джека Чарльтона".
      13:35 Новости.
      13:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Прямая трансляция.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 11-й тур. "Локомотив" (Москва) - "Краснодар". Прямая трансляция.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Рома" - "Дженоа". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Эдмонтоне, Канада. Хоакин Бакли против Майка Мэлотта. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 3.
      09:00 Велоспорт. Тур Энеко. Этап 3.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      14:00 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      15:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 4. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 4. Прямая трансляция.
      19:15 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      23:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 6. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Karantin dasturxoni (4-qism)

Baho:
+0; -0

Olimxo‘ja Bo‘ronov. Bugun va’da qilinganidek futbolimiz islohoti to‘g‘risida gaplashmoqchi edik, shundaymi? Avval hozirgi sharoitdan kelib chiqib karantindan keyingi chempionat formati haqida bosh qotirsak, takliflar kiritsak tuzuk bo‘lmaydimi? Atrof hayotda ham, futbolimiz tushgan bugungi holatdayam kelgusi hayot ko‘rinishidan ko‘ra muhimroq mavzu bo‘lmasa kerak. Yevrofutbol ham shu tashvishda yashamoqda. Belgiya mavsumni poyoniga yetkazmay chempionatini tugatib qo‘ya qoldi. Niderlandiya ham shu ishni qilmoqchi, shekilli. Karantindan keyin Ispaniya va Italiya federasiyalari bo‘sh stadionlarda har uch kunda bir o‘yin o‘tkazib mavsumni tugatib qo‘ymoqchi ekan. Bizda-chi, mavsum qanday o‘tadi?

Orifjon Tolipov. O‘FA yo PFLimiz bir bayonot bilan chiqmagan bo‘lsa, yoki norasmiy bir ma’lumot bermasa, yoki bir nima demasa, bugungi kunga o‘z munosabatini bildirmasa, jim-jitlik bo‘lsa, bunga nima deysiz? Biz nima deymiz? Gapirganimizdan nima foyda. O‘FA nega jim? Yoki Yurtimiz hamma qatori pandemiyadan azob chekmayaptimi? Bunday emas. Nega jim-jitlik? Bu holatdan bizda futbol umuman yo‘qday, O‘FAmiz haliga dovur tashkil topmaganday xulosa kelmaydimi sizga? Rahbariyatning bunday beta’sir turishidan go‘yo futbolimiz bu ofatdan umuman hech qanday zarar ko‘rmayapti-yu, hammasi o‘z joyida ketmoqda degan xato taasurot paydo bo‘lmaydimi? Yoki rahbariyat bu yilgi mavsum muammolariga befarqmi, yoki bu masalalarni kabinetdan chiqmay erta-yu kech o‘zaro muhokama qilishmoqda-yu, xalqqa bildirishmayaptimi? Xalqni chetga surib qo‘yishlarining sababi nimada? Ular uchun futbol xalq o‘yini bo‘lmay, xalq uchun o‘ynalmaydi-yu, amaldorlar o‘yini bo‘lib, chempionat amaldorlar va rahbarlar uchun o‘tkaziladi deb bilishlari bu holni tushuntirib beradimi? Nima uchun shunday bo‘lmoqda. Futbol ommasini bundan ortiq mensimaslik bo‘ladimi? Otaxon, Siz ishqibozlarimiz nega o‘z futbolimiz qolib Yevrofutbol taqdiri bilan ko‘proq qiziqishadi deb kuyunib, savollarni qalashtirasiz doim. Yevrofutbol targ‘ibchilarini futbolimiz dushmanlariga aylantirib tanqid qilasiz doim. Futbolimiz nazardan qolganiga javob topolmay ezilasiz. Javobi Sizdan boshqa hammaga ma’lum.

Hasanali Qodirov. Futbol rahbariyati doimgidek tepadan ko‘rsatma kutmoqda, shekilli. Tepadagilar uchun bugun futboldan boshqa jiddiy tashvishlar juda ko‘p. Hayot-mamot masalalari hal bo‘lmoqda. Birinchi o‘rinda tibbiyot va iqtisodiyot masalalari hal qilinmoqda.

O.T. Lekin futbol doim futbol bo‘lib qola beradi. Hatto Ikkinchi Jahon Urushi yillari bosib olingan Kiyev shahrida sovet mahbuslari nemis futbolchilariga qarshi yashil maydonda jang qilishgan ekan. Yurt hayotida futbol juda muhim ahamiyatga ega. Futbol ovunchoq emas.

H.Q. Eng muhimi Futbol biror kimsaning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmasin. O‘FA hovlisiga tosh ota bermaylik. Har bir jurnalist o‘z munosabatini bildirsin. “Sport”chilar jim. “Uzreport”chilar, “Oriyat”chilar egarda. Ular omma bilan dardlashib turishibdi. Fikr bildiring. Muhokama qilaylik.

Jamoliddin Bobojonov. Futbolchilarimiz sport formalarini yo‘qotib bo‘lishdi, chamamda. Shu kunlari barcha jamoalarga barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda mashg‘ulotlarini boshlab yuborishlariga ruxsat berish kerak deb o‘ylayman. Ilgari bunaqasi bo‘lmagan. Mavsum oldidan formani tiklab olish, jismoniy potensialni kuchaytirish tajribasi bizda bor. Mavsum ichida tur sayin jismoniy o‘sish, o‘yinni sozlash o‘rniga harakatdan cheklanish, o‘yinni yo‘qotish sodir bo‘ldi bu yil. Fiziologlar, virusologlar, diyetologlar, Yelichich singari fizika bo‘yicha murabbiylar yordamida pandemiya sharoitida jismoniy holatni tiklash borasida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqib, qo‘llanmalarni klublarga tarqatish kerak deb o‘ylayman. Asta-sekin formani tiklash, o‘yinni sozlash uchun may oyini bag‘ishlaylik. Menimcha, pandemiya tufayli mavsumning barcha o‘yinlari tamoshabinlarsiz o‘tsa kerak. Shunday ekan, uy-mehmon tizimining ma’nosi, ahamiyati yo‘qoladi. Manimcha, mavsum oldidan O‘FA kubogini o‘tkazgan paytimiz kabi barcha klublar Toshkentga yig‘ilib birinchi davraning barcha tur o‘yinlarini o‘tkazib olishlari kerak bo‘ladi. Yoz chillasida dam olib ikkinchi davra o‘yinlarini o‘z o‘rnida, oldingi yillar kabi, doimgi tartibda o‘tkazib, mavsumni tugatib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Yakov Lvovich Saldadze. Pomoyemu po staromu nichego ne budet. Vsyo izmenitsya. Prejde vsego koronavirus ne uydyot. Kak gripp ostanetsya s nami sezonnoy boleznyu. Grippom zlovrednim, nazoylivim, smertelno opasnim. Boyus, chto maska i perchatki u nas ostanutsya na dolgo. Chelovek ne smojet jit kak prejde razvyazno i rastochitelno vo vsex otnosheniyax. I futbol budet drugim. I nash chempionat doljen stat drugim. I nashe otnosheniye k jizni i k futbolu v tom chisle, doljno stat drugim. Mi doljni eto osoznat. Chem ranshe, tem luchshe dlya vsex.

H.Q. Yasha-aka, to‘g‘ri gapirdingiz. Bilamiz, grippning emlama dorisi yo‘q. Chunki ushbu virus juda tez mutasiyalanib turadi. Masalan, qadimgi mamontlarning mutasiya davri yarim mln. yilga cho‘zilib janubda yashovchi hozirgi zamon fillariga aylanishgan. Koronavirus-19 har yarim yilda o‘zgarib turishi mumkin. Yuz yil oldin 1918-yili ispanka virusi Angliyada quturib necha mln. aholining qotili bo‘lgan ekan. Buni bilamiz. Yer yuzida bugungi tadbir-choralar ko‘rilmaganda bu yilgi ofat dunyo aholisining yarmidan ko‘pini qirib tashlagan bo‘lardi, chamamda. Hozir ham ofat yengildim demayapti. Har soniyada epidemiya yana kuchayib ketishi mumkin. Odamzod o‘zini hamma narsadan ustun ko‘rar edi, biri boshqasidan o‘zini ustun qo‘yar edi. 500m.dan baland uy qurdirib faxrlanar edi, kazolanar edi. Buning hammasi bir paqirligini zarradan kichik virus odamzodga ko‘rsatib qo‘ydi. G‘ururini po‘rsitib qo‘ydi. Yer yuzidagi 6 mlrd. aholini titratgan zarracha virus bo‘ladi. Odamzod tabiatida hamma narsa o‘zgarishi kerak. Kamtarlikni bilmaydigan AQSh hukumati pandemiyaga qarshi nima qilganini bilasizmi? Ushbu davlat o‘lib ketayotgan aholisini Nyu-Jersiga yaqin orolga oborib, chuqur va uzun handaq qazdirib, mayitlarini birgalikda ko‘mdirib, ustidan betonlab tashlayapti. Bu bilan nima demoqchiman? Xalqaro munosabat ham, hukumat va xalq orasidagi munosabat ham o‘zgarishi kerak.

O.B. Eng kuchli tibbiyot uskunalari, tibbiyot maskanlari, tibbiyot olimlari ham AQShda. Eng zaif aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi ham AQShda. U yerda adashmasam, 70 foiz shifoxonalar xususiy bo‘lib, ular bir tizimda ishlamaydi. Ularda tibbiyot pulga, kapitalga xizmat ko‘rsatadi, barcha aholiga barobar emas. Biz tibbiyotni bozor iqtisodiyotiga bo‘ysindirar ekanmiz, xususiylashtirishga ehtiyot bo‘lishimiz kerak. O‘z yo‘limizda rivojlanishimiz kerak.

H.Q. Nainki tibbiyotda, balki barcha sohada o‘z yo‘limizdan yurishimiz kerak. Futbolda ham o‘z ravnaq yo‘limizni topishimiz kerak. Pandemiya ham, koronavirus ofati ham ortda qoladi, Xudo xohlasa. Lekin karantin davrida orttirgan ibratlarimiz, fazilatlarimiz immunitet singari hech qachon yo‘qolib ketmasligini istayman. Nimani ko‘zda tutmoqdaman? Virus balosi tufayli o‘limu hayot oldida hamma: yoshu-qari, kattayu-kichik, boyu-faqir, arbobu-ishchi o‘zaro teng bo‘lganini ko‘rdik. Tenglikdan hamjihatlikka erishdik. Bir futbol jamoasi kabi hammamiz birlashdik. O‘zaro mehribonlik, saxovat niyatlari va so‘zlari tildan emas dildan chiqa boshladi. Boshqa bir jihatga e’tibor bering. Bugungi kunda virusolog, immunolog, infeksionist kabi mutaxassislar va olimlar qadri, hurmati behad oshdi.

Bundan buyon barcha soha olimlarining, shu jumladan quruvchilarning ham qadr-qimmati, hurmati, kamoloti oshishini istar edim. Har sohada ilmu-fan qadri yanada oshishini, yo‘lchi bo‘lishini istar edim. Amaldor mutaxassis oldida bosh egishini istar edim. Hozirga dovur aksincha bo‘lganidan, mansabdor kazolanib kasbikomil mutaxassisni xohlasa yotqizib, xohlasa turg‘azib qo‘yishidan har sohada istiqbol bizdan uzoqlashayotganini ko‘r ham ko‘rib turibdi. “Sardoba”dagi voqealar shuni ko‘rsatmadimi? Rahbardan to korandagacha barcha o‘z ishini o‘z joyida puxta va sidqidildan bajarishi maqtovli va tilovli bo‘lmasin. Sahnavar bo‘lmasin. Bunday ish tabiiy, oddiy, odatiy va kundalik holat bo‘lsin. Buning uchun kimnidir olqishlash, ko‘klarga ko‘tarish uyatli bo‘lsin.

O.T. Nimalar deyapsiz, otaxon. Buxoro viloyatida dovul quturib katta talafotlarga, hatto o‘limlarga sabab bo‘lganini bilasiz. Ertasiga yurtboshimiz falokat ko‘rganlar oldiga katta-kichik rahbarlar bilan birga yetib borganlar. Buni ham bilasiz. Tabiiy ofat qurbonliklarini ko‘rish o‘rniga TV orqali biz nimani ko‘rdik? Ogoh bo‘laylik deyishsa-da, barchani gumroh holda tutmoqchi bo‘lishadi. Vayronalarni ko‘rsatishmadi. Yaxshiyam internet bor ekan.

H.Q. Qaysi imijmeyker, qaysi aql bilan 20 nafar odamni bir dalaga olib chiqib, har biriga maska taqtirib, yurtboshimiz oldida bir safga yelkama-elka turg‘azib qo‘yib bunday ko‘rinish hosil qildi? Oldilarida Yurtboshimizni nutq so‘zlatib qo‘yib, nimaga erishmoqchi bo‘ldi? Xalq vakillari ham bunga javoban o‘z prezidentiga tashakkur so‘zlarini aytishdi. Vaziyatga mutlaq to‘g‘ri kelmaydigan holat. Bundan badtar sahnavar ko‘rinish, soxta ko‘rinish bo‘ladimi? Sal kam ikki oydan beri butun yurt o‘z prezidenti boshchiligida koronavirus ofati bilan kurashib kelayotgan bo‘lsa, shunday kunda Olot va To‘rtko‘l tumanlarimizga dovulmi, bo‘ronmi, yo quyun kabi bir ofat yog‘ilsa-yu, qurbonliklar-u halokatlarga sababchi bo‘lsa, yurtboshimiz o‘z ko‘zi bilan falokat qurbonlarini ko‘rish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish uchun ucharoqqa minib tezda yetib kelishi shart bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Bu kutilgan holku. Yasamalik shartmidi? “Sardoba”ning loyihachi va quruvchilarida yasamalik, bitmagan ishni tantanali topshirishlar bo‘lmaganmikan?

Yakov Lvovich Saldadze. Pochti chto, kak “pir vo vremya chumi”.

H.Q. Yasha-aka, o‘xshatmangiz o‘xshamadi. Prezidentimizning yurakdan chiqqan samimiy gaplari “sahna”ni jonlantirib turdi. Lekin bunday favqulodda paydo bo‘lgan og‘ir vaziyatlarda ko‘rinishu-uchrashuvlar ham favqulodda paydo bo‘lgan shaklda sodir bo‘lishi kerak edi. Bunday bo‘lmadi. Yasama bo‘ldi. Masalan, koronavirusning favqulodda yangi o‘zgarishlarini kuzatib borayotgan mutaxassislar yangi choralar ko‘rishga doim tayyor turishibdi. Kishi ko‘ziga sahnavar ishlashmayapti. Chunki ular kasbikomillardir. Barcha sohalarda mana shunday bo‘lishi kerak. Futbolimizda ham. Futbolning boru-yo‘g‘i kutilmagan favqulodda holatlarga qarshi favqulodda yangi choralar ko‘rish bilan o‘lchanadi. Boshidan shunday bo‘lib kelgan. Futbolning asl mohiyati ham shunday.

Alamli bir misol keltiraman. Saudlarga qarshi o‘yinda ikkinchi golni urib oldinga o‘tganimizdan keyin vaziyat biz uchun ham, raqibimiz uchun ham tubdan o‘zgarib ketdi. 2:1. Ikkinchi golga qadar o‘yinda biz ustunlik qilib kelayotgan edik. O‘yin nazorati biz tomonda edi. Goldan keyin yangi vaziyatga qarab raqib murabbiyi yangi chora ko‘rib boshqacharoq, ashaddiyroq o‘yin qildi, Abramov bunday qila olmadi. Oldinga o‘tib olishimizdan keyin raqib o‘zini qanday tutishi, qanday o‘yin qila olishiga biz tayyor emas ekanmiz. G‘alabani ushlashga, yo hisobni orttirishga tayyor emas ekanmiz. Mavsumdagi eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatib o‘yinni, g‘alabani boy berdik. 2:3. Afsus. Ming afsus.

O.T. Abramov shubhasiz kuchli mutaxassis. Lekin uning yonida kim bor, ortida kim turibdi? Hech kim. Qosimov jamoani kollegial boshqaradi. Ko‘p yil Shkvirin yo Amet Memet bilan birgalikda ishladi. Keyin Volkov bilan ishladi. Shkvirin yana uning yoniga kelgach, OTMKning o‘yiniga jon kirdi. Hatto Gvardiola yonida faoliyati boshida Tito Vilanova bor edi. Abramov yonida kim bor? Marat Miftaxuddinovmi? U kim o‘zi? Arveladze yonida Ja’far Irismetov turgan bo‘lsa, ortida Shodiyevlar turishibdi. Abramov ortida-chi? Virusolog olimlar pandemiyaga qarshi kurashni kollegial boshqarishmoqda. Ularning ortida kim turibdi? Davlat prezidenti turibdi. Terma jamoamiz murabbiyi yonida kim bor? Hech kim. Ortida kim turibdi? O‘FA rahbariyati turibdimi? Shunday. Ular tog‘ bo‘lib, yo qo‘rg‘on bo‘lib turishibdimi? Yo‘q.

Kiritilgan sana: 09.05.2020 05:09. O'kildi: 8497 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.