Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yana o‘sha dasturxonmi? (3-qism)

Baho:
+0; -0

Olimxo‘ja Bo‘ronov. Otaxon, Siz futbol jurnalistikasining eng muhim belgisi bo‘lgan hozirjavoblikni tan olmaysizmi, deyman. Barcha gaplaringizni kechikib aytasiz. SA sayti mojarosi o‘tdi-ketdi. Hamma uni unutib yubordi. Siz u haqda endi yozmoqdasiz.

Hasanali Qodirov. To‘g‘ri, hozirjavob emasman, qarichilik. Va tirikchilik. Bo‘sh vaqtim kam. Buning ustiga bo‘sh maqola yoza olmayman. Yozganim ustida qayta-qayta ishlayman. Shuning uchun kechikaman. Lekin yozganlarim eskirgan gaplar bo‘lmaydi. Masalan, “Paxtakor” “Lokomotiv”ga muhim o‘yinni boy berganidan keyin Arveladzega o‘ta achinib ketganman. Hozir o‘sha og‘riqli achinish o‘tib ketdi. Eskirdi. Lekin “Paxtakor” haqida achinib aytar gapim sababiyati o‘tib ketgani yo‘q. Eng hujumkor, futbolimizda hech kimda bo‘lmagan hujumkor futbol modelini yaratgan murabbiy eng muhim to‘qnashuvda yutqazib qo‘ydi. Buning sababini hali hech kim ochib bergani yo‘q. Shunga o‘xshab islohatlar uchun o‘z xissasini qo‘shyapgan Omon G‘ofurov boshida tag‘in kaltak sinmoqda. Buning sababini men ham bilmay qiynalib yuribman. Bunga noshudligi sababmi, yo atrofidagi maslahatchilari sababmi, yo karyeristligi sababmi, bilmadim. Karyerist doim tepaga intilib yashaganidan biror sohada ko‘ngli to‘q, o‘zi to‘q, mag‘zi to‘q mutaxassis bo‘la olmaydi.

Omonjon, man achchiq gapiraman, achitib, o‘yib gapiraman. Lekin Siz ishlayapsiz. Sizning sobiq kasbdoshingiz, o‘rindoshingiz ancha yil shu o‘rindiqda o‘tirib hech narsa qilmagan edi. Faqat vaziyatni kuzatar edi, kerak bo‘lsa uni tuzatar edi. Eskini tuzatar edi. Yangi vaziyatni, yangilikni yaratmas edi. yangilanishni o‘ylamas edi.

O.B. Eng qattiq gaplaringizni endi gapirmoqchisiz, shekilli. Yumshatib gap boshlaganingizdan shuni payqadim. Maqtovlaringizdan kelib chiqib aytyapman.

H.Q. Maqtov emas, e’tirof. Olimxo‘ja, suqulib aytgan gapingizni eshitmadim. Omonjon, Siz Firdavsxon bilan o‘tkazgan xos suhbatingizni o‘zingiz o‘qib chiqdingizmi? Shu intervyuni so‘zma-so‘z tahlil qilmoqchiman. Qo‘limdan kelarmikan? Jurnalist Sizga tarafkashlik qilib suhbat qurgan. Natijada uch bet zerikarli narsa, oqlash, oqlanish so‘zlari nashrga chiqqan. Agar muallif o‘z sohasining ustasi bo‘lganida edi, u neytral yoki atayin Sizga qarshi nuqtai nazardan turib xos suhbat qurardi. Va intervyu jonli chiqardi. Buni Siz ham, maslahatchingiz ham sezmagan. Jurnalistikamizning saviyasi juda past. Aytgan gaplaringizni o‘qigan odam zerikib o‘z futbolimizga qiziqmay qo‘ya qoladi. Jumladan shunday jurnalistikamizning shunday “xizmatlari” tufayli stadionlarda muxlislarimiz borgan sari kamayib bormoqda. Yevrofutbolni emas, aavalo O‘zbek futbolini targ‘ib qilish borasida, Siz ham futbolimizga qarshi tomonga og‘ganingizni o‘zingiz sezmay qolgansiz. Tushuntirib beraman.

Siz nima uchun tashkilot puliga (davlat puliga, demak, xalq puliga) bo‘zchining mokkisiday Ispaniyaga qatnab qoldingiz? Gapni shundan boshlaylik. Nima uchun bizni yupatib, yo maqtanib “O‘zbekiston Ispaniya futboli bilan hamkorlik kilish bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanib” oldi deb aytmoqdasiz? Shunday savol tug‘ilishi tabiiymi? Sharqiy Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Bolgariya, Polsha, Vengriya, Ruminiya davlatlari ham Ittifoq tizimi yemirilib KPSS diktati tugagach, bizning ahvolimizda qolib, o‘z futbolini rivojlantira olishmagan. Nima uchun ular, Ispaniya bilan bir musobaqa xududida joylashgan bo‘lishsada, o‘z futbolini rivojlantirish yo‘lida Ispaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmagan? Ular o‘z futbolining rivojlanishini xohlashmaydimi? Faqat biz xohlaymizmi? Bu savolim ham o‘rinlimi? “O‘z futbolchilarimiz Yevropaning kuchli chempionatlarida to‘p surishini istaganimiz uchun shu yo‘lda Ispaniya bilan yaqindan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yganmiz”, degan javobni suhbatingizdan topdim.

Shunday tahlilim, tahminim to‘g‘ri bo‘lsa, Siz rivojlanish modelini tanlashda katta xatoga yo‘l qo‘ymoqdasiz. Ispaniya qachondan boshlab Yevropa klublariga futbolchi yetishtirib beruvchi davlatga aylanib qolibdi-ki, Siz ulardan andoza olmoqchisiz? Portugaliya, Gollandiya, Fransiya chempionatlari o‘z sportchilari va kelgan legionerlar uchun Yevropaning katta futboliga tramplin vazifasini bajarmoqda. Ispaniyadan chiqqan Fabregas, Torreslar “Arsenal”da, Moriyentes “Monako”da, “Shalke”da bir oz Raul o‘ynaganini bilaman. Qachondan boshlab Ispaniya Yevropa futboliga o‘yinchi yetishtirib beruvchiga aylanib qolibdi? Ispaniya alla qachondan beri buyuk futbol davlati hisoblanadi.

Siz avvalo, “2018 yilgi mavsum boshidan beri muxlislarni stadionlarimizga qaytarish uchun qanday ishlar qilish kerak bo‘lsa, hammasini bajaryapmiz” deb oqlanish o‘rniga har bir o‘yinga 30ming-50ming muxlisni yig‘ingda, keyin rivojlanishning Ispaniya modelini o‘ylasangiz bizga yarashadi. Yoki ular Sizga muxlis yig‘ishni o‘rgatib ketishsinmi? Talabingizga muvofiq stadionlarga kelib ispancha konsert ko‘rsatib berishsinmi? Yoki muxlislar uchun ispancha ovqatni ularga pishirtirib tekin tarqatmoqchimisiz? O‘yinlariga 100ming muxlis keladigan Eron futbol rahbarlari Ispaniyaga qatnab qolgani yo‘q. Biz “birinchi” ekanmiz. Kulaymi, yig‘laymi?

Futbolni rivojlantirish bo‘yicha eng birinchi omil futbol biznesidir. Uni yaratish birinchi vazifamiz emasmi? U esa, avvalo muxlislar ishtirokisiz kattakon 0 narsadir. Kattakon ZERO! Bizda o‘yinlar protokol uchun, statistika uchun, sponsorlardan pul undirish uchun, amaldorlar oylik olishi uchun o‘ynalmoqda. Muxlislar uchun emas. Tribunalar bo‘m-bo‘sh.

“Nasib qilsa, keyingi yilda La Liganing O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochmoqchimiz. Ispaniyaning kuchli jamoalari bilan yurtimizda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish (o‘zimizning muhim o‘yinlarimiz paytida) yuzasidan yangi loyihalarni ishlab chiqyapmiz” deb kimni ovutib, kimni avrab yo aldab, kimni quvontirmoqchisiz? Bu gaplarni suhbat chog‘ida gapni gapga ulash uchun to‘qib chiqargan bo‘lsangiz, mayliga. Nahotki, federasiyamiz, kechirasiz, as-so-si-a-si-ya-miz bu gaplaringizni o‘ziga dasturulamal qilib olgan bo‘lsa? Bu gumrohlik bo‘lmaydimi? Bu nima degani? Yoki bu savlatparastlikmi? Rivojlanish uchun ko‘pdan ko‘p pullarni haqiqiy futbol, haqiqiy o‘yin “spektakllarimizni yaratishga” emas, Yevropalik sobiq futbolchilar ijrosida soxta saxna ko‘rinishlarini o‘tkazishga ketkazamiz deganimi? O‘z chempionatimiz chetda qolib Ispaniya chempionatiga qiziqishni oshiramiz deganimi? Narigi mahalla boyining, kechirasiz adashdim, Salor Siti boyining to‘yidan (boylar bundan buyon Sitilarda yashashadi) qolgan oshni yalab qo‘yamiz deganimi? Bultur “Real” mavsum oldidan Xitoyda, AQShda katta pullarni o‘ylab, o‘rtoqlashib o‘ynab berib o‘z o‘yinini yo‘qotayozgan edi. Mavsum boshida Zidanning qiynalgani esingizdami? Yevropaning “boylari” uchun ham bizdek “faqir” futbol klublari uchun ham hech narsa bermaydigan o‘yinning sahnavar spektakllarini uyushtirib chiranib maqamiz. Bunday tadbirlar Xitoy uchun bir nima berishi mumkindir. Xitoyning to‘nini bizga kiydirmoqchimisiz? Bizning futbol uchun hech narsa bermaydigan qo‘qon manzirat sahnalar bular. Balkim Omon, Siz uchun bunday o‘yinlar bir nima berar?

Bular Futbolimizni rivojlantirish uchun hech narsa bermaydi. Puyol yoki Ronaldularni katta pullar evaziga olib kelib, o‘rtaga chiqarib uni tomosha qovoq qilamizu, ming yildan beri Chig‘atoyda futbolchilarni yetishtirib kelayotgan Spartak futbol maktabini qayergadir surgun qilamiz. Omonjon, Futbolimizning qoloq holatidan chin dildan qayg‘urib, rivojlanish yo‘lida izlanib, adashib shunday ishni ma’qul ko‘ryapgan bo‘lsangiz, Sizni nodon odam deb hisoblashim mumkin bo‘ladi. Shunday bo‘lsa, Yevrofutbolni deb vatanparvarlikni unutgan, stadionga umuman tashrif buyurmaydigan, biron bir futbol klubimiz hayotini o‘rganib chiqib, u haqda birgina maqola yozmagan, ertayu kech devonda yotib La Ligayu Premyer Ligani o‘ylaydigan taniqli junalistlarimiz maslahati bo‘yicha ish tutyapsiz. Shunday bo‘lmasa, Siz futbolimizdan o‘zingiz uchun hashamat izlayapsiz. Shunday bo‘lsa-chi, Siz o‘z nuqtai nazaringizga, futbol qarashingizga ega bo‘lmay turib rahbar xonasining eshigini ochgansiz, o‘rindig‘iga o‘tirgansiz, deb xisoblashim mumkinmi. “ Mana shunday katta loyihalar ustida ishlayotgan bir paytimizda biz Toshkentdagi La Liga tadbirini bir chetga surib qo‘ya olmas edik” deb aytgan gaplaringiz bilan o‘zingizni, futbolda izlayapgan hashamatli ko‘rinishlarni deb o‘z futbolimizni chetga surib qo‘yganingizni fosh etib qo‘ya qoldingiz. Buni o‘zingiz sezmadingiz. Maslahatchingiz ham sezmadi.

Shu o‘rinda Sizning boshqa gapingizni keltirmoqchiman. “Muhtaram Prezidentimiz xorij tajribasi bilan o‘rtoqlashib, joylarga borib o‘rganib, o‘zimizda tadbiq etish borasida ko‘rsatmalar beryaptilar. Biz shu maqsadda ham Toshkentda La Liga tadbirini o‘tkazdik” degan gaplaringiz bilan nima deganingizni bilasizmi? Insonning murg‘ak paytida, go‘daklik, o‘smirlik paytida otaning aytganini bajarishi chiroyli bo‘ladi. Yetuklik yoshiga kirgach ham yigit otaning og‘ziga qarab turishi hunik ko‘rinar ekan. Sizga qolsa, ginekologiya muammolarini hal qilishda ham davlat prezidenti maslahatini kutishimiz kerak bo‘ladimi? Demokratik respublikamiz go‘daklik paytidan allaqachon o‘tib bo‘lgan. Demokratiyamiz balog‘at yoshiga yetgan. Ulg‘ayishning 28 yoshidamiz. Yetuklik qoshidamiz. Omonjon agar futbolimiz ravnaqi yo‘lida o‘z nuqtai nazaringiz, futbolqarashingiz bo‘lmasa, tepaga tikilmang. Kimningdir orqasiga berkinmang. Ochiq eshiklar kunini tashkil qiling, mutaxassislar doirasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazing. Vaxokazo, vaxokazo. Xullas, o‘z tushunchangizni ishlab chiqing

Rahbariyatda Futbolimiz uchun rivojlanishning strategik yo‘nalishi aniqlab olinmagan. Shunga yarasha 1-3-5 yilga mo‘ljallangan vazifalar ishlab chiqilmagan. Futbol xalq o‘yini. Rivojlanish strategisini ishlab chiqishda butun xalq ishtirok etsin. Barcha futbol ommasi mataxassislar ishlab chiqqan barcha takliflarni muxokama qilishda qatnashsin.

Omonjon, mening takliflarim Sizni qiziqtirishi mumkinmikan, bilmadim. Siz Ispaniya emas, Xorvatiya yo Serbiya futboli bilan yaqin aloqa o‘rnating. Ular Yevropa masshtabida kuchli chempionatga ega bo‘lmasalarda, Yevropaga kuchli o‘yinchilarni muttasil yetkazib berishmoqda. Ularning tajribasini o‘rganib chiqaylik. Turkiya futbol federasiyasi bilan yaqin aloqalarni o‘rnataylik. Ularning qarori bo‘yicha Turkiya klublari istagancha, cheklovsiz O‘zbekistonlik futbolchilarni o‘ynatishi mumkin ekan. O‘zimizning bugungi Mirzakarimboylarga aytar gapim bor. Turkiyada faqat o‘zbek futbolchilaridan tuzilgan klub tashkil qiling. O‘sha klub Turkiya futbol olimpini zabt etsin. Omonjon, Qozog‘iston bilan yaqin aloqa o‘rnating. Biror klubimiz Qozog‘iston chempionatida ishtirok etsin. Axir Shotlandiyaning qaysidir klubi Angliya chempionatida qatnashadi-ku. Monako bir necha bor Fransiya chempioni bo‘lgan. Uchta klubimiz OCHLda qatnashsa, tag‘in ikkita jamoamiz Markaziy Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlarida qatnashsin. Shunday musobaqani allaqachon tashkil qilishimiz kerak edi. Har ikki yilda bir bo‘lajak Markaziy Osiyo terma jamoalar turnirini qachon tashkil qilamiz?

O.B. Otaxon, bunday uzoq monolog teatr sahnasiga ham yarashmaydi. Dramaturgiya chidamas ekan, saytimiz qanday qilib chidasin.

H.Q. Asosiy gapim aytilmay qoldi.

O.B. Bu ertaga qolsin. Muxlislaringiz nima gap ekan deb, o‘ylab yurishsin. Sayt sahifasida ko‘rishguncha omon bo‘laylik. Hozircha, xayr.

H.Q. Ertaga Paxtakorda o‘yin bor. Stadionda, 35-burjda ko‘rishguncha Sizlarni sog‘inib Hasanali- otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 17.12.2018 14:55. O'kildi: 11478 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.