Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      05:20 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:40 "Страна спортивная".
      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Новости.
      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Boriga shukr

Baho:
+0; -0

OK-2019da bir biriga mutloq o‘xshamagan 4ta o‘yin o‘tkazdik. 7ta o‘yinda ishtirok etib qaytmoqchi edik. 7ta o‘yin tajribasi bosh murabbiy va yigitlarimizga asqotar edi. Uning natijalari Sizu bizga juda-juda maroqli bo‘lar edi. Nima uchun bu orzu-niyat amalga oshmadi? Nimani o‘xshata olmadik? Shu savollar barchaning, shu jumladan mening ham o‘y-xayolimdan o‘chmayapti. Kuper ishining mag‘zini chaqa olmasak-da, hozir hamma uni oqlash, yoqlash bilan ovora. TV orqali Sulsher ishiga tikilamanu, Yevropa futbol to‘ylarida o‘yinlarni maza qilib kuzatamanu, ichimda “aza ochgan” futbolimiz dastidan “o‘z dardimni aytib yig‘layman”. Boshimizga yog‘ilguvchi mavsumiy “ko‘chmanchilik chang-to‘fonidan” asranib uyda qolib gazetalarni o‘qigan bo‘lamanu, tag‘in qayta bor termamiz o‘rtaga tashlagan savollarga o‘z javobimni qidiraman. Lekin javob topolmayman. Savollarga savol qo‘shilib keta beradi.

Saytlarga kira bilmasam-da, ularni o‘qiy olmasam-da, internetning boriga shukr deyman. Ayni saytlaru telegramlar tufayli yozganlarim Sizlarga yetib bormoqda, O‘ZIga shukr deyman. Internetning boriga shukr, ming shukr.

“Dasturxonim”ning boriga shukr qilaman. Uydan chiqmayotgan bo‘lsam-da, Osiyo kubogi paytida jurnalistlarning TVdagi qizg‘in suhbatlarida qatnasha olmagan bo‘lsam-da, hammani xayolan “dasturxonimga” taklif qila olaman. Hamma bilan sirtdan suhbat qura olaman. Sirtqi “Dasturxon”imning boriga shukr.

Ektor Kuperning boriga shukrlar bo‘lsin. Ungacha hech bir bosh murabbiyning ishini bunday qizg‘in muhokama qilmagan edik. Kuperning termamizdagi faoliyati futbolimizdagi islohotlar davriga to‘g‘ri kelgani uchun shunday bo‘lmoqda. Ushbu bosh murabbiy va uning faoliyati islohotlarimizning mantiqiy davomi bo‘lgan so‘z erkinligini o‘zida aks ettirmoqda. Islohotlarimizdagi nuqsonlar Kuper ishida ham, terma faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Termamiz hayoti islohotlar uchun lakmus qog‘ozi bo‘lmoqda. Kuperning boriga shukr.

Sizning, azizlarim, boringizga shukr. Siz bo‘lmasangiz futbol qayda-yu, Kuperning kimga keragi bor edi? Mening yozuvkashligimda nima ma’no bo‘lardi? Quruq valdirash bo‘lar edi. Hammasi sizlar uchun. Hammasi sizlarni deb bo‘lmoqda. Hammasiga shukr. Boringizga shukr.

1. Zidan

Bobur Akmalov. Hasanali-ota, ishimizda hozirjavoblik asosiy o‘lchov-ku. Siz doim kechikib yo‘talasiz. Yangi kun hayoti va voqealari ichidamiz. OCHL saralash o‘yinlarini ham ko‘rdik...

Hasanali Qodirov. To‘g‘ri gap. Qarichilik. Tezkorligim yoshlikda qolib ketgan. Aslida yoshligimda ham og‘ir karvon edim. Lekin boshqa jihat ham bor. Ehtiroslar tinib bo‘lgach, xotirjam fikrlashsak, tillashsak, dillashsak bo‘ladi.

B.A. Albatta, bugun bosh mavzu termamiz atrofida girgitton bo‘la qolsin. Shu bilan birga hech kimni mavzu bo‘yicha cheklash niyatim yo‘q. Hayot davom etmoqda, futbol davom etmoqda. OCHL guruh o‘yinlari saralashiga start berildi. Avval “Paxtakor”da birinchi saralash bahsida “Eyr Fors”ni qabul qilib yutdik (2:1). Keyin Amirlikka borib “An-Nasr”ni ham yutdik. OKMKni gakpirmay qo‘ya qolay. Lekin, terma faoliyati eskirmas, doim dolzarb mavzu bo‘lib qola beradi. Kuperning ko‘rsatgan 4ta o‘yini o‘zining yangidan-yangi tanqidchilarini, tahlilchilarini o‘z atrofiga torta beradi.

H.Q. Hozircha ular ikki toifaga ajralib qolishdi, go‘yo. Qahramon, Siz, kun.uz’da ularning birini “iste’fochilar” deb nomlabsiz. Shunga ko‘ra men ikkinchi toifaga Kuper faoliyatining xayrixohlari deb nom bersam bo‘lar ekan-da? Unday emas. Dasturxonimiz atrofiga bugun uchinchi yo o‘n beshinchi toifani yig‘moqchi emasmiz. Xohlaymizmi-yo‘qmi, istaymizmi-yo‘qmi Kuper JCh yo‘llanmasi kurashida termamizga bosh bo‘ladi. Uning iste’fosi masalasini ko‘tarib chiqa olmaymiz. Iste’foga chiqarsak, bema’nilik bo‘ladi. Shu bilan birga, Kuperga tarafkashlik xam qilmaymiz. Termamiz manfaati diqqat markazimizda tursin. Shunday ekan, mazkur ikki xil bir-biriga qarshi chiqishlar bir kunlik gaplardir. Erta kunimiz uchun 4ta o‘yin sabog‘ini aniqlab olaylik. Shunisi muhimroq. Har bir o‘yin alohida ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Abdurahim Abdurahmonov. Termamizning aniq-tiniq o‘yin uslubi yo‘qligi bizni xavotirga solayotgan edi. Ochig‘i, termamizning qit’a chempionatida yaxshi ishtirok etishiga unchalik ishonmagandik. Umid qilgandik, kutgandik, ammo ishonmagandik, baribir (“Asr futboli”. №4, 2-b.)

B.A. Uzr, gapingizni bo‘ldim. Hozir statistika raqamlaridan qat’iy nazar, nimchorak natijasidan qat’iy nazar, rasmiy nazarga, rasmiy e’tirofga ergashib Ektor Kuperga ishonmoqdamiz. Ishonishga moyilroq bo‘lib qoldik. Shunisi hammaga qulayroqmi, deyman. Davom eting.

A.A. Gapimni tugatdim.

H.Q. Nafaqat Siz Abdurahim, butun futbol ommasi ishonmagan edi. Hozir ham dildan ishonuvchilar kam. Futbolchilarda ham ishonch boshida to‘liq emas edi. Bu hol birinchi o‘yin siyratiga ta’sir qilmay qolmadi. Kuper esa, xotirjamlik bilan o‘ziga ishonib o‘z ishini qila berdi. Kamchiliklarni o‘yin sayin kuzata berdi. O‘yinni tuzata berdi.

Temur Kapadze. Ummonga qarshi uchrashuvdan oldin futbolchilarimizning o‘yin amaliyoti yo‘qligi haqida ko‘p gapirildi. Bu esa, bahs mobaynida bilinib qoldi. Bir-birini tushunib o‘ynashda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi («F.E.», №6, 12-b.).

H.Q. Terma tarkibini o‘zi uchun aniqlab olgunga qadar Kuper o‘rtoqlik o‘yinlarini uyushtirdi. Turkiyadagi yig‘inda o‘yin ustida ishlar ekan, jangu-jadalning o‘zi tugul hidi ham bo‘lmaydigan, 8ta o‘yinchi almashadigan o‘rtoqlashuvlarning unga keragi bo‘lmay qoldi. Temur, Siz e’tibor bergan bir-ikkita uzatmalarning xato ketgani hal qiluvchi xato bo‘lgani yo‘q. Xato, nuqsonlar boshqa sababdan bo‘lgan.

B.A. Temurjon, bilasizmi, Siz futbol targ‘ibotiga yangi nafas olib kirdingiz. Sizdan oldin bizning OAVmizda sobiq futbolchilar, yo mutasaddilar, yo boshqa mutaxassislar o‘yin analizi bilan davlat tilida so‘zlab chiqishmas edi. Yevropada juda ko‘p futbolchilar maydondagi faoliyatidan so‘ng TVda analitik bo‘lib ishlashadi. Bizda bu sohada Siz birinchi bo‘ldingiz. Bardavom bo‘lsin. Onda-sonda afsonamiz bo‘lgan Abduraimovning chiqishlarini hisobga olmadim.

H.Q. Kuper ko‘ngli to‘q odam ekan. Bugungi terma bilan nima qilish mumkin bo‘lsa, nimani lozim topsa shuni qilmoqda. Eng avvalo, u yangi o‘yin uslubini yaratmoqda. Hali to‘liq yarata olgani yo‘q. Yangi taktikani emas, Yangi uslubni yaratmoqda. Yangi o‘yin elementlari ko‘rinib qolmoqda. To‘rtta o‘yinda o‘yin borasida to‘rt xil vazifani o‘z oldiga qo‘ydi. Buni o‘zi biladi. Masalan, Lippi Xitoy termasi bilan bir yilcha ishladi. JCH-2018 yo‘lida jamoa bilan muhim rasmiy o‘yinlarni o‘zi o‘tkazgan edi. Shundan kelib chiqib aytsam, yangi o‘yinni yaratishga vaqt yetarli edi. Biz yangi o‘yinni ko‘rmadik. Qilgan ishi nima bo‘ldi? O‘yin sifatini bir oz oshirdi, xolos. Fikrimni Sizga tushuntirishga harakat qilaman.

Masalan, Gvardiolaning bulturgi o‘yini eskirib bo‘ldi. U yangittan boshqa bir o‘yinni yaratishi kerak. Buni u o‘ylamayapti ham. Mayda o‘ta tezkor oshirmalar bilan to‘pga egalik qilish, chap va o‘ng qanotlardan yorib o‘tish, o‘tkir zarbalar bilan markazga oshirish va yaqin masofadan gol urish. Gvardiola shu o‘yin bilan APLni yutishi mumkindir balkim, lekin bu yil ham YECHLni yuta olmaydi. Bu aniq. Demoqchimanki, Gvardiola eski o‘yin matosiga qo‘shimcha qilib yana bir-ikki bo‘yoq berganidan ko‘ra, yangi o‘yin tasvirini yaratishi kerak.

2017-2018 yilgi mavsum boshida Zidan o‘z oldida yangi o‘yin yaratish vazifasi turganini tushundi. Ba’zi o‘yinlarga qo‘shib La-Ligani ham boy berib bo‘lsa-da, “Real” yangicha o‘ynay boshladi. Natijada Zidan o‘z jamoasi bilan uchinchi marta ketma-ket YECHL g‘olibi bo‘ldi. Bugun ham Zidan yaratgan o‘sha o‘yin tasviri meva bermoqda. YECHLning nimchoragida Ayaksga qarshi o‘yinini eslang. “Real”ning qayta tiklanishida o‘sha o‘yin asqotyapti.

Mavzuga, OK-2019ga qaytaylik. Masalan, Vyetnam va Qatar jamoalarining ijrochilar saviyasi har xil darajada bo‘lsa-da, har biri Amirlikka yangi o‘yinni pishiq-puxta qilib olib kelishibdi. Men yangi o‘yin tasvirini, masalan, Xitoy termasida va o‘z o‘yinimizda ko‘rmadim. Biz intizomli futbol o‘ynashga intildik, xolos.

 

Davomi bor.

Kiritilgan sana: 26.02.2019 14:38. O'kildi: 10415 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.