Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

G‘oyabardorlik (4-qism)

Baho:
+0; -0

Men to‘rtinchi maqolamni ham bir xil nom bilan yozmoqdaman. Bir voqeani har xil tomondan yoritmoqdaman. Takrorlanish bo‘lib qolmoqda. Mavzuni yoritmoqchi bo‘lib gapni goh chapdan o‘nga o‘tkazib, goh aksincha o‘ngdan chapga o‘tkazib moslama “hujum” uyushtirmoqdaman (“pozisionnaya ataka”, deyishadimi?) Zarbdor vaziyatga chiqishdan darak yo‘q.

40 yil oldin Mosfilm Korolyov haqida “Ukrosheniye ognya” deb nomlangan ikki seriyalik kino qo‘ygan edi. Bosh rolni Kirill Lavrov o‘ynagan. Kino mazmuni, g‘oyasi aniq, lo‘nda edi. Yaqinda Rossiya Kosmonavtika otaxoni Korolyov haqida sakkiz seriyalik kino qo‘ydi. Bosh rolni Dmitriy Astraxanov o‘ynadi. Ushbu yangi kino mazmuni boru ma’nosi, muddaosi, g‘oyasi yo‘q. To‘mtoq, tarsoq. Kinodan odam ma’no qidiradi. Maqolamdan o‘quvchim maqsad qidiradi. Ssenariy yozishdan avval uning kulminasiya yechimini va finalini o‘ylash kerak. Eshikni ochishdan oldin xonadan chiqishni o‘ylash kerak. Astraxanov Korolevning qamoqdagi iztirobini ko‘rsatmoqchi bo‘lganu, tasvirda buyuk olimning azobi, oddiy jinoyatchining qamoqda chekkan azobidan farqi bo‘lmay qolgan. Muallif temani yaxshi bilmas ekan. Rejissyorning maqsadi o‘ziga aniq bo‘lmagani uchun, muddaosi yo‘qligidan shunday mujmal kino paydo bo‘lgan deb o‘ylayman. Yoki buyurtma bo‘lganmi, bilmadim.

“NASAFNING” KUNI TUSHMASIN
Futbolimiz Rahbari bir qaror chiqarishidan avval muddaosi o‘ziga aniq bo‘ladimi? Katta olim kabi predmetni yaxshi o‘rganib chiqadimi? Shunga javob topaylik. Mavsum boshida Birinchi liga jamoalaridagi futbolchilarning yoshi 23dan oshmasin deb qaror chiqargan edi. Buni bilasiz. Keyin bu qarorni bekor qildi. Ana, xolos. Ahmadjonovning jilovi birovning qo‘lidami, uzangisini bir tepib ustiga chiqadiganlar bormi, yoki kimningdir qo‘lida katta Rahbarga ta’sir o‘tkazish richaglari bormi, yoki Rahbar predmetni bilmaydimi? Savollar o‘z o‘zidan ko‘payib ketmoqda. Biz nimani bilamiz? Chempionatimiz saviyasi juda past. Hatto hech kimga kerak bo‘lmagan Trifunovichni ham bizda quchoq ochib kutib olishmoqda. Malayziyada eplab-eplamay o‘ynagan Lutfulla To‘rayev yurtiga qaytib kelgach, OTMKda yetakchi bo‘lib oldi. Saviyamiz shunaqa.

“Lokomotiv”da kimlar o‘ynamadi deysiz. Hatto Ilhom Suyunov ham olib kelingan edi. Nomi chiqqan buyuk “otrabotka”larni “Lokomotiv”ga yig‘ishtirib kelishadi doim. Bizda 13 yashar messilarimiz 15 yoshida so‘lib, qurib qoladi. Qurib qolmasa, 23 yashar paytida ham yosh sanalib, zaxirada kursini isitib o‘tirishadi. Birodar Abduraimov bugungi kunda 18 yoshida asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la olmagan bo‘lardi. Bizda bugun murabbiydan natija so‘rashadi. Yosh o‘yinchilarni tarbiyalashni so‘rashmaydi. Ne azob bilan voyaga yetkazsang bormi, “nahang jamoalar” sendan tekinga olib qo‘yishadi. Boshingga “Nasaf”ning kuni tushadi.

TENGQURLAR ULFATI EMAS, BALKI...
Undan ko‘rasi nomi chiqqan taniqli, tajribali yoshi katta futbolchini o‘ynatgani yaxshi. Shunda bosh murabbiyning issiq o‘rni omon qoladi. Demak, Rahbar yosh iqtidorli futbolchilar yo‘lini ochish niyatida shu buyruqni chiqargan ekan-da. Kerakli tadbir, lekin noshud buyruq bo‘ldi. Savol tug‘iladi. Nega Oliy liga, kechirasiz Ekstra liga, tag‘in kechirasiz, qarichilik, Superliga jamoalari futbolchilarini yoshartirish kerak emas ekan. Nega buyruq faqat Pro ligaga tegishli bo‘ldi. Iqtidorli 18 yashar futbolchilar yuqori divizionda o‘ynashi kerak emasmi? Bu yerda Sharofiddinov, yo Mullajonovga o‘xshab mahorati boshqa o‘smaydigan futbolchilar o‘ynay bersinmi?

Ma’muriy yo‘l bilan ko‘p narsaga erishish mumkin. Buning uchun Rahbar odil va oqil bo‘lishi kerak. Buyruq yo‘li bilan yoshartiraman deb, Pro ligani bir xil yoshdagi futbolchilarning inkubatoriga aylantirib qo‘ysak, aqlli ish qilgan bo‘lamizmi? Axir 18 yashar Ronaldu yonida tajribali yoshi katta Ruud van Nistelroy futbol o‘ynamaganida bugun biz Krishtianu Ronaldudek yulduzni tanimagan bo‘lardik. Lushchan “Bunyodkor” tarkibini teng yoshli futbolchilar inkubatoriga aylantirib qo‘yib, yosh iste’dodli futbolchilar mahoratini boshqa o‘stirolmay qolgani esimizda-ku. Javlon Ibrohimovni ham qariyaga chiqarib qo‘ygan edi. Demak, katta Rahbar klublar tarkibini teng yoshdagi tengqurlar ulfatiga aylantirib qo‘ymasdan, yoshi katta futbolchilar sonini cheklab qo‘yib buyruq chiqarishi kerak edi. Masalan, Pro ligada yoshi 25dan katta futbolchilar sonini uch nafar bilan cheklab qo‘yish, Superligada 27dan katta futbolchilarning sonini 7 nafar bilan cheklab qo‘yish ayni muddao bo‘lar edi. Masalan, xorvatlar 25 yoshdan katta futbolchilarni chempionat klublarida butunlay o‘ynatmay qo‘ygan. Modrichga o‘xshagan eng kuchlilari Yevropa top klublarining yulduzi hisoblanishsa, sal-pal kuchsizrog‘i Yevropaning oddiy klublarida futbol o‘ynashadi. Bolqonning qolgan-qutgan futbolchilari bizning klublarda kuchli legioner hisoblanishadi. Demak, biz yoshi katta futbolchilar sonini cheklab qo‘yishimiz kerak edi. Buning o‘rniga Ahmadjonov futbolimizni yoshartirishdan butunlay voz kechib o‘z buyrug‘ini o‘zi bekor qildi. Orqaga tislandi.

BELINGDA BELBOG‘ING BORMI?
Endi maqolamning bosh mavzusi bo‘lgan, og‘izda ovoza bo‘lgan voqeaga qaytaman. Oltin ochkolar mojarosiga. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Chorak final bahsida bosh hakamni so‘ngi daqiqalarda almashtirish mojarosi oltin ochkolar mojarosini xiralashtirib, eskirtirib yubordi. Jurnalistikamizni yana bir bor maqtab qo‘yay. Ular hozir oltin ochkolarni qoralab maqola yozishdan bir oz to‘xtashgan. Ularga yangi mojaro, yangi shov-shuv bo‘lsa bo‘lgani. Lekin oltin xira tortmaganidek, oltin ochkolarga qaytaman. Namangandagi durangdan so‘ng birinchi bosqichni birinchi o‘rinda tugatib ikkinchi bosqichni uchinchi o‘rinda boshladik deb, Arveladze zorlandi. Oldingi davrimizga o‘xshab ochko to‘plab olib, finish paytida zo‘riqmay, maydonda mayda qadam, mayda o‘yin qilib chempion bo‘lishni xohlagan ekan-da, Arveladze.

Byudjeting boshqalardan necha barobar katta bo‘lganidan “Metallurg”dagi G‘ofurlar, Yo‘lchilar emas, “Paxtakor”dagi Mirzakarimboylar, Salimboyvachchalar zo‘r bo‘ladilar-da. Yig‘ib kelgan boyliging, kechirasiz, ochkolaring endi hisobmas. Final bosqichida hammaning, ya’ni boyu-gadoning imkoniyati teng bo‘ldi. Zo‘r bo‘lsang, zo‘rligingni tag‘in bir bor isbotla. Boyligingdan, haybatingdan cho‘chimasdan Mo‘minjonov o‘z “faqir”lari bilan “boy”larga qarshi maydonga belini bog‘lab tushmoqda. Buning nimasi yomon? Belingda belbog‘ing bo‘lsa, zorlanmay zo‘rligingni ochiq jangda yana bir bor isbot qil. Sen bo‘lsang oltin ochkolardan shikoyat qilib yuribsan. Yoki oldindan yiqilar joyinga yumshoq somon to‘shab qo‘ymoqchimisan.

MASXARA GOLNI TATIB KO‘RISHDI
Oltin ochkolarning yana bir jihati bor. Lushchan “So‘g‘diyona”ga kelib futbolchilar o‘yinini emas, ko‘tarma pullar evaziga jamoa tarkibini kuchaytirib oldi. Hozir ushbu klub uchun issiqxona sharoiti yaratilgan. Klub sha’nini deb emas, olajak katta pullarini deb “So‘g‘diyona”da yangi futbolchilar jamlangan. Ularni, ya’ni otarchilarni ochko bermaydigan “o‘tkinchi” o‘yinlarda jang qilishga chog‘lantira olmagan Lushchan, o‘tkinchi o‘yinlar menga kerak emas deb, oltin ochkolar qoidasini bekor qilish kerak deb zorlangan edi. “Neftchi” ayni shu format tufayli, o‘tkinchi o‘yinlar, ya’ni hech narsa yutmaydiganu yutqazmaydigan o‘yinlar tufayli, jamoaviy o‘yinni, futbolchilar mahoratini muttasil o‘stirib bordi. O‘z yigitlari bilan yangi jamoaviy o‘yinni shakllantirib oldi. Oltin ochkolar qoidasi bo‘lmaganida “Neftchi” oxirgi o‘ringa birinchi davradayoq mixlanib qolib, ikkinchi davrada jang qilishi ma’nosiz bo‘lib qolib, yigitlar boshqa jamoa izlab, bosh murabbiy iste’foni o‘ylab yurgan bo‘lishardi.

Bahrom Haydarov oxirgi o‘rindan cho‘chimasdan mazmunli, intizomli, jangovar futbol ko‘rsatib o‘yinchilar mahoratini o‘stirib bordi. “Nasaf” ham shu yo‘l bilan, tablodagi raqamlarni o‘ylamasdan, Gevorkyanu To‘rayevlarni qayta yig‘ib kelmasdan yangi jamoani yaratmoqda. “Paxtakor”u “Buxoro” o‘yiniga nisbatan mazmunliroq, jangovarroq o‘yin Farg‘onada bo‘lib o‘tdi. “Neftchi”- “Nasaf” 3:1. Kecha Toshkentda nima bo‘ldi? Ikki-yu noldan keyin “Paxtakor”ning o‘yin intizomi bo‘shashib, “sherlar”da ishtiyoq pasayib ketgan edi. 90 daqiqa ichida biron marta xavfli hujum qila olmagan buxorolik yigitlar “Paxtakor”ga masxara golini urib olishdi. 1:2. Farg‘onadagi jangni ko‘rmagan Arveladze uch ochko oldim deb mamnun bo‘lib yurgandir. “Bahoing uch, Arveladze. Bu yil chempion bo‘larsan. Kelasi yil OCHLda shunaqa o‘yining Seni sharmanda qiladi-ku”, deydigan odam yo‘q. Ochiq, achchiq gapni aytadigan, ikki tomchi dorini sendan ayamay shifo gapni, zahar gapni aytadigan hotam yo‘q. “Paxtakor”, hech yerda sanga qarshi qo‘yilgan biron bir qadam yo‘q. Katta Rahbardan cho‘chimayman. Dilimdagini aytaman. Gapimni tergaydigan onam yo‘q, otam yo‘q. “Nasaf”da emas, “Buxoro”da emas, unda emas, menda emas, Senda, faqat Senda katta pullar bilan siylaydigan Alisher Usmonov bor. Boshqa nimang bor, boshqa kiming bor?

HISSIYOTLARNI BIRMA-BIR SANASh
Ehtirosga berilib, mavzudan bir oz chekindim. Jurnalistikamiz jo‘rligida kelasi mavsum oltin ochkolar qoidasi olib tashlanadi, chog‘i. Ahmadjonov bir necha bor aytgan so‘zidan qaytmoqda. Bu gal ham shunday bo‘ladi, chog‘i. Bu nimaning belgisi? Bu savolga javob topish uchun Ravshan Haydarov misoliga qaytib kelaman. Ahmadjonovni 20-asrning katta davlat arbobi, buyuk shaxs bilan qiyoslagan edim. Yakka hokimlikni tahlil qilgan edim. O‘sha tarixiy zot katta mas’uliyatni yelkalagan bo‘lsa-da, hech kim oldida boshini egmagan, deb yozgan edim. Futbolimizning yakkahokim Rahbari Ahmadjonov-chi?

Haydarovning onlayn orqali katta Rahbardan kechirim so‘ragan voqeasini olaylik. Nima uchun bu voqea sodir bo‘ldi? Chunki katta rahbar ularni qishda tantanali kutib olishlar, tabrik-olqishlar, Malibular bilan siylab qo‘ygan edi-da. Yegan og‘iz uyaladi. Tantanavorlik, ulug‘vorlik, haddan ortiq olqishlar, chegara bilmas siylashlar, besabab jazolashlar azaldan yakkahokimlik belgisidir. Bularning hammasi inson g‘ururini yerga urish, o‘zini kamsitish ekanligini bilasizmi? Bu bilan Rahbar Sizdan mutlaqo ustun ekanligini namoyish qilishini har bir ruhoniyati sog‘lom odam yaxshi biladi. Shu yo‘l bilan rahbar o‘ziga nisbatan qaram hissini, qo‘rquv hissini, qullik hissini kuchaytiradi. Stalindan hamma qo‘rqar edi. Xrushchyov undan necha bor yig‘lab kechirim so‘raganini bilamiz. Haydarov yigitlar bilan birga Rahbardan kechirim so‘raganiga nima deymiz. Futbolimizda totalitar rejim hukm surmoqda deymiz-da.

Bu hol futbolimiz rivojiga zarar yetkazmoqda. Gapimni taxminlarim bilan izohlayman. Karislarga qarshi kechgan chorak final o‘yinidan oldin katta Rahbar Haydarov bilan, balkim butun jamoa bilan uchrashgan. Ular bilan gaplashgan. G‘alaba tilab turib, bu futbol, bu oddiy o‘yin, xolos. O‘zingizni erkin tutib rohat qilib jang qilinglar, shunda sizdan o‘yini bo‘yicha bir kalla yuqori bo‘lgan karislarni, xudo xohlasa yutasizlar, deb aytmagan. Faqat g‘alaba talab qilib, yurt sha’nini eslatgan, balkim, ota-onalarini yodga solgan va hokazo gaplarni gapirgandir. Chunki Rahbarning o‘zi ham Katta Akamiz oldida titrab tursa kerak-da. Karislarga qarshi o‘yinda yigitlarimizda asabiylik ustuvorligini hamma ko‘rdi. Umrida qilmagan xatoga Ashurmatov shu o‘yinda yo‘l qo‘ydi. Aliboyevni aytmaysizmi. Yengil vazni bilan yengil va yumshoq futbol ko‘rsatadigan bola-ya. Qizil oldi-ya.

MIRJALOL KIM?
Bir kimsadan kechirim so‘rash kerak bo‘lsa, masalan, o‘tmishda mohir yarim himoyachimiz bo‘lgan Tazetdinovning, Bazilevich oldida murabbiylik qilgan, keyin o‘zini futbolga baxshida qilib aviafalokatda halok bo‘lgan Tazetdinovning ayolidan (u ayol hali tirik ekan) mag‘lubiyat uchun emas, futbolimiz saviyasi haligacha pastligi uchun Ahmadjonov kechirim so‘rasin. Tazetdinov sardorlik qilgan “Paxtakor” jamoasi Yaponiya terma jamoasini 5:0ga yutib ketgan edi. Hozir Yaponiya futboli qaydayu, bizning saviyamiz qayda.

Futbolimiz Rahbari Katta Akamiz oldida titrab turishi tufayli FIFA tasnifiga kirmagan Osiyo o‘yinlari turniriga olimpiyachilarni emas, ularning o‘rniga kattaroq yoshdagi kelgusi yo‘q jamoani olib bordi. Shunday yo‘l tutib boshqa davlatlarning yoshroq futbolchilarini yutib g‘alabaga erishib, qanday bo‘lmasin Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lib qaytmoqchi bo‘lgan edi Ahmadjonov. Tantanavor kutib olishlarni qumsagan edimi. Xo‘jako‘rsinlik. Hech qaysi davlatning futbol federasiyasi Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonishni o‘ziga sharaf deb bilmaydi. Balki, olimpiada yo‘lidagi bir turnir deb biladi. Ahmadjonov qor jangidan ruhlanib, tag‘in g‘alaba nashidasini surmoqchi bo‘ldi. Falonchi Akamiz oldida g‘oz turmoqchi bo‘ldi. U Futbolimiz ravnaqiga zarar yetkazmadimi shunday yo‘l tutib? Endi hammasiga Mirjalol Qosimov balogardon bo‘lar ekan-da. Hamma ishni noldan boshlashi kerak bo‘ladi. Oldingi Osiyo o‘yinlarida ko‘rsatgan bemaza, bemazmun o‘yini, yo shimoliy karislardan olgan mag‘lubiyati esidan chiqdimi? Yiqilgan polvon kurashga to‘ymaydimi? Keyrush ham “Real” bilan sharmanda bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘zini tiklab olgan edi-ku, dersiz. Ha shunday bo‘lgan. Lekin Keyrush o‘shanda ustozi Fergyusson oldiga qaytib kelib, tahsilni davom ettirgan edi. Mirjalolning ustozi kim bo‘ladi? Kuper boshqarayotgan murabbiylar shtabida nima uchun bizning trenerlarimizdan hech kim yo‘q. Yordamchi bor.

Katta Rahbar bizdan kuchli bo‘lgan janubiy karislarga qarshi jang ko‘rsata olgan Haydarovni yoshlardan haydab Mirjalolni topibdi-da. Tag‘in Qosimovmi? Bunisi fars bo‘lmayaptimi? “Bunyodkor”da boshlab qo‘ygan uning ishlari nima bo‘ladi? Gyodeni hisobga olmasam, hech kim, Babayan ham, Abramov ham, Musayev ham, boshqa mayda nomlar ham yoshlarimiz bilan Haydarov kabi shunday mazmunli hujumkor o‘yin ko‘rsata olmagan edi. Nega Mirjalol Qosimov bunga ko‘ndi. Mirjalolning Futbolga, yurtimizga bo‘lgan mehri balandmi, yoki u shon-shuhrat bandasimi? Bilmadim, bilolmadim. Vaqt ko‘rsatadi. Sizu biz omon bo‘lsak ko‘ramiz.

Xitoy o‘zining olimpiadachilariga Gus Xiddinkni bosh murabbiy qilib tayinlagan bir paytda biz katta Rahbardan navbatdagi qarorni qabul qilib oldik.

Stadionda ko‘rishguncha sog‘-omon bo‘laylik deb, Hasanali-otangiz yozdim. 24.09.2018y.

Kiritilgan sana: 25.09.2018 21:14. O'kildi: 6710 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.