Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Karantin dasturxoni

Baho:
+1; -0

Bobur Akmalov. Mavsumning uchinchi turi o‘tishi bilan na yangi mavsumga baho bera oldik, na uch turga xulosa chiqara oldik. Hamma narsa to‘xtab qoldi. Koronavirus degan qotil tufayli hayot o‘z izidan chiqib ketdi. Futbol ham.

Hasanali Qodirov. Boburjon, Siz qotil degan atamani ishlatdingiz. O‘zi kim qotilu, kim mahkumu, kim zolimu, kim mazlumligi noma’lum. 20-asrga kelib odam degan mahluqot o‘z nafsidan emas, tabiat ustidan hukmronlik qilishni boshlab yubordi. Olchoq va ochko‘z odam degan zot ma’naviyat cho‘qqilarini emas, koinot cho‘qqilarini zabt eta boshladi. Bir avlod umri davomida odam iqlimni o‘zgartirib yubordi. Elliginchi yillarda, masalan, Taxtapul suvi qishda yaxlab qolar edi. Biz yaxmalak uchar edik. Hozir yoqqan qor bir kunda erib ketmoqda. Toshkent havosida, ariqdagi suvida, hovlim yerida ming turli hashorat bo‘lar edi o‘sha paytlarda. Hozir ular qirilib ketishgan. Ular yo‘q. Hovlim bor. Inson puldor bo‘lib ketgan. Masalan, Neymar xususiy uchog‘iga bir o‘zi minib San-Paulusiga uchib borib, tishiga plomba qo‘ydirib qaytib uchib kelar ekan. Puli yetadi. Lekin parvozni deb falon tonna kerosin emas, falon tonna kislorodni o‘zi uchun yoqishiga nima deysiz? Inson nafsidan yer kurramiz charchab qolmoqda.

Sarvari Koinot hijrat qilar paytlarida hamrohlari bilan birgalikda yarim kosa echki sutini bir ho‘plamdan ichib, shunga qanoatlanib, shundan quvvatlanib, yaratganga shukr qilib, tag‘in bir necha kun yo‘lda davom etgan ekanlar. Andijonlik Umarjon “Osiyo Grand” koshonasida muhtaram kishilariga necha yuz kilo osh damlab bergan paytida dasturxonlarni olamda topilmas taomlar bilan yasatgan edi. Topgani halol bo‘lsa, qandini ursin deymizmi, deymiz. Dasturxonga bir ho‘plamdan sut qo‘yib 10 kishini taomlantirsin demaymiz (qilgan isrofgarchiliklarini emas). Qilgan ehsonini Egam dargohida qabul qilsin deymiz. Boshqa misol keltiraman. Appenin bo‘ylarida qirg‘oq yaqinida langarda turgan Deripaskasining yaxtasida boyning saxovati oshib ketganidan har kuni ellik kishilik taom tayyorlanib qo‘yilar ekan. Keyin har kuni kechqurun o‘sha yemaklarni suvga tashlab yuborishlariga nima deysiz? Bizning boylar bunday isrofgarchilik qilishmaydi deysizmi? Balkim, shundaydir yo bundan battarini qilishar. Faqat bizning jurnalistlar hech narsani oydin-oshkor yozishmaydi. Boshqalarni bilmayman. Menga kelsak, men boylarga havas qilmayman. To‘g‘ri, ular o‘z pullarini sarflashadi, menikini emas. “O‘rta asrlardan o‘tib ketganmiz. Agrotexnikamiz kuchli”, deysizmi? Lekin bitta obi nonni dasturxoningizga yetkazish uchun kurramizning yuz kvadrat metr bo‘lagi bir yil band bo‘lishi bilan nega bizning ishimiz yo‘q. Kurramiz odam nafsini qondira olmayapti.

Hayvonlarni yovvoyi deymiz. Aslida kim yovvoyi? Ular Parvardigorimiz buyurganidan boshqasini, keragidan ortig‘ini yeyishmaydi, yeya olishmaydi. Bunga ularning aqli yetmaydi. O‘txo‘ri go‘sht yemaydi. Yirtqich bo‘ri bo‘ri go‘shtini yemaydi. Odamga kelsak, odam odamni yakson qilishga tayyor. Qonxo‘r bo‘ri boshqa bo‘riga rizqlanishda yordam beradi. Odam boshqa bir odam rizqi evaziga boyib olish, “kuchayib olish” payida tirishqoqlik qilmoqda. Boshqa bir odam payini qirqmoqda. Ochko‘z, badnafs, badhulq Odam degan mahluq hamma narsani yeya oladi, yeydi ham. Keragidan ortig‘ini ham yeydi. Bir yarim mlrd. odam ortiqcha vazndan harsillab, lorsillab yurishini gapirmayman. Bunday odamzod nafsi dastidan yer kurramiz inson oyoqlari ostida harsillab qolganiga nima deysiz? Ummonlarni aytmayman, koinotni ham chiqindi bilan bulg‘alatib bo‘ldi odam. Koinotni. Yer ostiga kirib, Ummon tagiga tushib, Osmon ustiga chiqib hukmronlik qilaroq odamzodni ko‘zga ko‘rinmas zarra, ya’ni koronavirus titratib yubordi. Hayotini izidan chiqarib yubordi. Buni Boburjon, topib aytdingiz. Lekin, nega virusni qotil deb atadingiz? Qancha tirik mavjudotlarni yo‘q bo‘lish chohiga olib kelgan odam, qanchasini yo‘q qilib bo‘lib, o‘zini qudratli sanagan odam, ikki yuz qulochdan baland uy qurib olib, so‘ngra ustiga chiqib tomida bog‘ yaratib olib, keyin o‘z “osmon”ida nafasi yetmay qolib, yurgan yo‘liga kislorod hidlagichlar qo‘yib olib, o‘zini qudratli sanagan takabbur odam o‘zining-da, tabiatning qotili bo‘lmayaptimi?

Orifjon Tolipov. Butun hayotimiz shu virusni deb ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Siz esa, Otaxon, birgina so‘zga osilib falsafa so‘qimoqdasiz. Mayli, uni odamzodga yopishgan baloi-ofat deylik. Qotil demaylik.

H.Q. Gap atamada emas. Zarracha virus takabbur odamiyzod qanchalar ojizligini, hayoti, xayoli qanchalar tubanligini, noaql, noshukr, noma’qul, nobudligini o‘ziga ko‘rsatib qo‘ydi. Orifjon, oddiygina xabarlar bilan ozuqalanib qoldik. Issiqqina xabarlardan. Fikr-mulohazaga undovchi so‘zni, ma’noli so‘zni tushunmay qo‘ydik, qadrlamay qo‘ydik. Uni “falsafa so‘qish” deymiz. Turgan gap, xitoy xalqi haromni haloldan ajratmay qo‘ygani uchun bu ofatga chalindi. Ofatni olamga tarqatgan Turizmga qanday baho beramiz. Faqat turizm orqasida kun ko‘ruvchi davlatlar bor. Ular na ziroatni, na tijoratni, na hunarotni bilishadi. Hozir hunarotni sanoat deyishadi. Boylik oqib turgan bo‘lsa mehnat qilib bir nima yaratishning kimga keragi bor deydilar ular. Turizm yer kurrasini qamrab olgan baloga aylanib ketmadimi? Turistlar baloni Xitoydan olib butun dunyoga tarqatib yuborishdi.

B.A. Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra degan hikmatli xalqimiz. Musofir bo‘lmaguningcha musulmon bo‘lmaysan, degan maqol ham bor. Turizmga yopishmang.

H.Q. To‘g‘ri gap. Boshqa maqol keltiraman. Yo‘l azobi — go‘r azobi. Azob ko‘rgan odam hayotni qadrlaydi. Bugungi turistlar yo‘l azobini bilmaydi. Boshqa tomondan aytsam, safarga chiqish har gal sal kam hijrat qatorida bo‘lishi kerak. E’tiqod yo‘liga fidoiylik ma’nosida aytmoqdaman. Parvardigor yaratgan dunyoni tanish, uni bilish imonni mustahkamlaydi. Bugungi turistlar qurib ketmasin. Bunday safarga chiqqanlarning musofir bo‘lishi qiyin. Ular yo‘lda azob chekarmishmi? Dunyoni bilish, o‘rganish maqsadi ham yo‘q ularda. Bugun turizm to‘qlikka sho‘xlik bo‘lmoqda. Kecha turist Xitoyga borib chinqirtirib stress paytida so‘yilgan it go‘shtini yeb kelgan bo‘lsa, bugun Bangkokda tay massajini oladi, ertaga Parijga borib butiklarni aylanadi. Ismi sharifini bilmayman falonchi do‘xtir Parijga bir haftaga borib shohi chiqib kelmadi. Yurtimizga virus olib keldi.

O.T. Pandemiyaga bo‘lgan munosabat bugungiday jiddiy bo‘lishi uchun kimdir virusni olib kelishi kerak edi-da. Turizmning bunga dahli yo‘q. Aybi ham yo‘q.

H.Q. Men turizmga emas, turizmga nisbatan bizda urf bo‘lgan rahbarlarning siyqa, yuzaki, foydaxo‘r munosabatini qoralayman. Bizning rahbarlarga qo‘yib bersangiz, Pizadagi og‘ishdan qiyshayib qolgan imoratni to‘g‘rilab, Afinadagi Akropolday tarixiy yodgorlikni barbod qilib Parfenon harobalarini qayta “tiklab” qo‘yishadi. Bibixonim qoldiqlarini shunday qilishdi-ku. U endi 14-asrdan qolgan yodgorlik emas. 21-asr chalasovodlaridan qolgan yodgorlik bo‘ldi deymizmi?

Turizmning boshqa atamasi yo tamg‘asi bormi? Masalaning ikkinchi tarafi qanday? Sayyohlarning safarga bo‘lgan munosabatlari ham siyqa. Chetga chiqsa, sovg‘alar olsa bo‘lganimi, deyman. Etnoturizm, ekoturizm, ilmiy yo sport turizmi qani? Bir gala odamni poda qilib ko‘chama-ko‘cha aylantirib yuramiz, xolos. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvini ko‘rgani namanganlik ancha-muncha ishqibozlar Toshkentga kelib, stadionda baqir-baqir qilib qaytib ketishdi. “Paxtakor” muzeyiga, yo Toshkent muzeyiga kirishdimi? Yo‘q. Bunday muzeylarning o‘zi bormi? Yo‘q. Xususiy muzeychilik bizda umuman yo‘lga qo‘yilmagan. MirAbror-aka, oxiratlari obod bo‘lsin, meni Dohaga Osiyo kubogi-2011ni kuzatish uchun bir oyga federasiya hisobidan yuborgan edilar. U damlarni umrbod esimdan chiqarmayman. Toshkentga kelgan ishqibozni shu bir kunini esidan chiqmaydigan qilib kutib olsak bo‘lmasmidi?

B.A. Otaxon, siz internetdan foydalana bilmaysiz. Turistlarni ayblayapsiz. Chetga ish qidirib ketganlar turistlardan juda-juda ko‘p. OAVda, bilasiz, tanqidiy, tahliliy maqolalarni topa olmaymiz. U yerda Kattani maqtab boshlash keragu, Kattani maqtab maqolani tugatish kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot ko‘p. O‘sha yerda Fransiyaga borib kelgan do‘xtir ayolda hech qanday ayb yo‘qligini yozishgan. Voqea bunday bo‘lgan. Do‘xtir o‘zida kasallik alomatlarini sezgan-u, Do‘mbirabotdagi 16-kasalxonaga borgan. U yerdan uni yuqumli kasallar shifoxonasiga jo‘natishgan. U yerdan bemorni Yunusobodga, virusologiya institutiga yuborishgan. Voqea shunday bo‘lgan. Siz bu gaplardan bexabarsiz. Boshqalar ham. Bu ayol orqali 15 kishi infeksiyani yuqtirib olgan bo‘lsa, qolgan 80 kishiga chet elda ishlab kelgan bizning hamyurtlarimizdan yuqqan.

O.T. Gasterbayterlarimizdan deng, legioner mardikorlarimizdan deng, Boburjon.

H.Q. Orifjon, kinoya qilyapsizmi? Gap muhim va jiddiy mavzularga tegib o‘tdi. Biri oshkoralik, biri mavsumiy migrasiya, boshqasi koptoklanish. Pandemiya sharoitida jurnalistikamiz passiv ekanligidan, qo‘lbolaligidan, saroygarchiligidan, sharafli nomiga munosib emasligidan jamiyat hayoti zarar ko‘ryapgani oydin bo‘ldi. Buni kim tan oladiyu, kim olmaydi. Jurnalist tahlilda, tafsifda, ta’rifda, tasvirda, taklifda, tadbirda, eng muhimi taqdirda ommadan bir qadam oldinda bo‘lishi kerak. Dunyodagi jurnalistlar to‘g‘ri kelsa, haqiqat yo‘lida hayotlarini qurbon qilishadi. Biznikilar haqiqat yo‘lida uch so‘mlik lavozimini qurbon qilishni istashmay, labbay taqsirchilik qilishadi. Bugungi og‘ir sinovli favqulotta sharoitda bu nuqson bilinib qoldi. Esimga boya aytganim o‘sha voqea tushdi. Federasiya ishini tanqid qilib maqola yozdimu, federasiya qa’rida yo‘qolib ketmasin deb, orqadan turib gapirmayin deb, maqolani Mirabror-akaning ofislariga o‘zlariga olib borib berdim. Nikimbayev begonalarni federasiya hovlisiga kiritmas edi o‘sha kezlarda. Bir hafta o‘tmasdan Rahbar o‘z huzurlariga meni chaqirdilar. “Chempion” tahririyati O‘rdada joylashgan edi. Tahririyatdagilarning ichi o‘tib ketdi. Gazetani yopib qo‘yishsa, nima bo‘ladi? Federasiya prezidenti men bilan yarim soat yolg‘iz qolib gaplashdilar. Yozishda davom etishimga rag‘bat berdilar. Yozganlarimning yarmiga qo‘shilganlarini aytdilar. Ularni O‘ZI rahmatiga olgan bo‘lsin. Oldilariga Fozilovni chaqirib federasiya nomidan OCH-2011ga olib borishini buyurdilar. Abdurahmonga ming rahmat. U ikki kunda barcha hujjatlarimni tayyorlab bergani uchun man Osiyo kubogining barcha o‘yinlarini stadionda mediasektorlarda o‘tirib ko‘rgan edim. Bu voqeani nega esladim? Bizda totalitar muhit tugatilgan. Oshkoralik, musaffolik, haqiqatparvarlik muhitini o‘rnimizga Matmusa tajang, yo Hasan kayfiy yaratib bermaydi. Rahbariyatning avtoritar uslubda boshqaruvi emas, jurnalistikaning jur’atsizligi birinchi planga chiqmoqda.

O.T. Siz Mirabror-akaga ro‘baro‘ kelgansiz-da. Abramov boshqa bir rahbarga nisbatan tanqidiy fikr bildirgani uchun bir umrga futboldan badarg‘a qilinib farmon chiqqan edi. Buni bilganmisiz? Bilgan bo‘lsangiz, qayerdan bilgansiz? Shundan keyin ham avtoritar tizimni oqlay olasizmi?

H.Q. Tizimni hozircha bir chetga surib turaylik. O‘sha majlisda ancha jurnalistlar bo‘lgan. Birontasi voqea tafsilotini yozmagan. Haqiqatni yashirishgan. Men uzunquloq gaplardan ushbu xabarni topganman. Bironta jurnalist bu voqea ustida tekshiruv olib borganmi?. Yo‘q. Bizda jurnalist safsatachi, qiziqchi, ko‘ngil xushlovchi, o‘xshab qolsa xabarchi bo‘lishi mumkinu, aslo to‘rtinchi qudrat emas. Oy sayin, kun sayin katta o‘zgarishlar kutmoqda yurt hayotini. Bunday dinamik davrda bugungi kamchiliklar, nuqsonlar, qusurlar ertaga ko‘chishi kerak emas. Hayotdan o‘chishi kerak. Hayot ko‘zgusini jurnalist tutmasa, oldimizda kim tutadi? Bugungi pandemiya to‘lqini ostida har bir gap oldiga “muhtaram prezidentimiz”ni keltirish beo‘xshovligi bilan, ajralib qoldi. Ommaviy ajal xavfi ostida labbay taqsirchilikka nima bor. Ofat shohu-gadoni teng qilib qo‘ydi. Pandemiya har bir odamdan o‘z vazifasini tezlikda va mukammal, sidqidildan bajarishini talab qilmoqda. Taqsiri ham o‘z vazifasini bajarsin, boshqasi ham.

B.A. Chetga chiqmaylik. Butun dunyo koronavirusni deb yurgan bo‘lsa-yu, biz mayda gap qilib o‘tirsak. Juda bo‘lmaganda futbolimizdan gaplashaylik.

H.Q. Uzr, so‘rayman. Lekin pandemiya falokati tufayli illatlar o‘zini yanada kuchliroq, dag‘alroq ko‘rsata boshladi. Bugun Turkiyadan qaytgan bir hamyurtimiz koronavirusni olib kelganligi xabarlardan ma’lum bo‘ldi. Kechagi xabarda 2500 nafar yurtdoshlarimiz vatanga qaytmoqchi bo‘lib Istanbulda navbat kutib turishgan ekan. Mardikorchilik bugungi ko‘rinishda qanday qilib va qachon paydo bo‘ldi? O‘rta asrlarda beklar, xonlar kanal, zovur, zakan qazish ishlarida yuzlab, minglab mardikorni kuniga bir tanga berib ishlatgan ekanlar. Urushdan keyingi 50-yillarda Toshkent aholisida bir-birlarinikida hashar qilish rasm bo‘lgan. 60-yillarda ba’zi studentlar yakshanba kunlari Chorsuda joy topgan jar yoqasidagi mardikor bozoriga chiqishar edi. Ittifoq davrida aholi, ishchi kuchi va ish joylari reja ostiga olingan edi. Ishsizlik bo‘lmagan. Hamma ko‘chada qolgan 90-yillarda mardikorchilik ommaviy tus oldi. Davlat mulki xususiylashtirib yuborildi. Davlat rejasi ham, nazorati ham yo‘q hozir. Hamma narsa bozorning talabiga bo‘ysunadi. Bozorning ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan. Hamma foyda ketidan quvmoqda. Kamida 500 kishi ishlaydigan “Malika” trikotaj fabrikasini xususiylashtirib, halqa yo‘lini tiqiltirib, uni savdo maskaniga aylantirib yuborishdi. Bu qandayin nodonlik bo‘ldi. Yangi ish joyini yaratish, aholi bandligini va migrasiyasini hisoblash ishlarini bajaruvchi tashkilot bormi?

Eplasang Rigada kafe, yo Istanbulda nonvoyxona och. Istasang o‘risga yo qozoqqa chiqib it yotish-mirza turish qilib, haq-huquqsiz, xor-zor holda ishlovchi mardikor bo‘lgin. Hammasiga ruxsat etilgan. Qozoqda oyiga 400 dollar, yo o‘risda 600 dollar miqdorida pul topib kelib qishlog‘ingda kerilib yurasan, shundaymi. Keyin 100 kilo guruch damlab yurtga osh berasan. Chipron to‘y qilib, tilga tushasan. Keyin qoq-qurib yana o‘risga yo qozoqqa ketasan. Bu ham har kimning o‘z xohishi, o‘z ishi. Qo‘shnimizga o‘xshab 5 yil AQShda ishlab kel, oyiga 1000 dollardan pul topib kel. Keyin 80-yillarda otang qurib bergan imoratingni tag-tugi bilan buzib tashlab yangitdan uy ko‘targin qo‘shnimga o‘xshab. Axir, Amerikasida eng past ishlarni qilib katta pul topib kelgansan-da. Hammasi o‘z qo‘lingda.

Aziz yurtdoshim, befarq bo‘lmasang, shuni ayt. O‘zbegim shu ahvolga nega tushmoqda, nega? Nega qozoq yo turk, yo o‘ris kelib yurtimizda mardikor bo‘lib yurmaydi, chetga chiqib biz yuramiz. Yurtimizda qahatchilik quturganmi? Yo‘q. Axir oyiga 100 dollar olib ishlasang, ish egasiga 1000 dollarlik mahsulot ishlab berasanku. Bu qonun. O‘z ishingni och. O‘zing uchun ishla. Yurtingni obod qil. Ish ochishga pul yo‘q deysanmi? Bankirlar, iqtisodiyotni ko‘tarish o‘rniga qachongacha mijozlaring hisobiga boyib yotasanlar. Biror marta yurtdoshingga oyoqqa turib olishida yordam qilganmisanlar? Yo‘q. Qachon bizda sherikchilik asosida birorta bank ishlay boshlaydi? Nega davlat bu holatni o‘zgartirmaydi... Nega, nega?!

Koronavirusga qarshi kurashayotganlarning brifingda aytgan gapi bo‘yicha chet elda qolgan yurtdoshlarimizni e’tiborsiz qoldirmas ekanmiz... Bechora yurtim... Bechora xalqim... Uzr, qarichilik. Ko‘zlarimga yosh qalqib ketdi...

Eldor Shomurodov Rossiyadagi eng mashhur gasterbayterimiz bo‘ladi. Bu boshqa gap. Qani edi, professor olimlarimizni Kembrij universitetida leksiya o‘qishga, jarrohlarimizni Yevropaga amliyot uchun, quruvchi firmalarimizni eng noyob imoratlarni qurish uchun chet elga chaqirishsa. Qani edi. Buni chetga chiqib ishlash degan bo‘lardim... Yevropada Malidan kelgan qanchalab Traorelar o‘ynaydi. Yevropa bizga yo‘l bo‘lsin. Shahboz Erkinov tojikka chiqib ishga joylasholmay qaytib kelib “Bunyodkor”ga qo‘shildi... Uzr. Chetga chiqib ketdim.

O.T. Otaxon, uzr so‘ramang. Mavzudamiz. Bemor koptok bo‘lgan voqeani qarab chiqaylik. Bizda hamma ko‘rsatma bajaradi. O‘z ishining ma’nosini tushunmagan holda, ishiga vujudi bilan berilmasdan, oyligini oqlash chegarasida, o‘rnatilgan tartibni saqlagan holda hamma ish bajaradi. Bir so‘mlik ortiqcha ish qilmaydi. Hamma ko‘proq pul topish payida ishga borib keladi. Hatto do‘xtirlar ham. Bemorni koptok qilish sababi shu yerda.

H.Q. Futboldayam xuddi shu ahvol ildiz otgan. Misol keltiraman. Shodiyevlar “Paxtakor”ni shunchalar kuchaytirib yuborishdiki, chempionat o‘z mazmunini yo‘qotib yubordi. Vaziyatni tuzatish tayanchi-yu dastagi PFLning qo‘lida bor. Lekin yuqoridan ko‘rsatma bo‘lsagina, uni ishga soladi. PFL tepaga, O‘FAga qaraydi. O‘FA ham yuqoridan ko‘rsatma kutadi. Tepayu pastdagilar faqat oylikni oqlab ishga borib kelib yurishibdi. Endi futbol chempionatimiz pachoqmi-puchuqmi, maymoqmi-so‘yloqmi, koronavirusga baribir, pandemiya tufayli hammasi barbod bo‘ldi.

O.T. Bu qanday richag ekanki, fiksiyani, bronzamatni chempionatga aylantirib yuborsa? Shodiyevlarga rahmat. Ularda nima ayb? Boshqa bir oligarx ham biror klubni olib, uni shunday kuchaytirsa qaniydi.

H.Q. Bu yo‘l bilan futbolimiz rivojlanmaydi. Butun Futbol xo‘jaligimizni tozalab, keyin uni kuchaytirishimiz kerak. Richakka kelsak, karantin tufayli uning ahamiyati yo‘q. Lekin aytaman. Chempionat formati kuchli richagdir. Chempionatda davralar tugagach, 1-4-o‘rinlarni egallagan jamoalar uchun sovrinlarni yutish maqsadida pley-off yarim final va final janglarini o‘tkazishdir. Formatdagi ushbu kichik o‘zgarish, oddiygina tadbir raqobatni kuchaytirib yuborardi. Shuni ham qilishmadi. Tepadan ko‘rsatma kutishdi. Nima uchun shunday bo‘lmoqda? Bizda, kimdir jonkuyarlik qilsa bormi, do‘xtirga o‘xshab koptok bo‘ladi. Qilmagani yaxshi. Bu sog‘lom holat emas. Bunday illat bilan futbolimiz rivojlana olmaydi. Bunday illat bilan pandemiyaga qarshi kurashib bo‘lmaydi.

B.A. Ko‘chalarimiz bo‘m-bo‘sh. Hayotimiz to‘xtab qolgan, qotib qolgan. Ko‘ngilga futbol hecham sig‘mayapti.

O.T. Pandemiya ofatidan insoniyat erta-indin qutulib oladi. Bu aniq. Lekin butun dunyoda uning asorati juda og‘ir bo‘ladi. Dunyoni qamraydigan katta iqtisodiy krizis arafasida turibmiz.

H.Q. To‘g‘ri aytdingiz, Orifjon. Borgan sari ko‘proq va ko‘proq daromad ko‘rishni maqsad qilgan foydaxo‘r kapital egalari uchun pandemiya tufayli “krizis” payti keb qoldi. Ular yo‘qotish yukini yo‘qsillar yelkasiga tashlaydi, albatta. Bu aniq. Sizu-bizga kelsak, Tramp emasmiz. “Milliardlarimiz” omon qoladi. Nimadan qo‘rqamiz. Bir burda nonga qorin to‘yadi. Futbolimiz omon bo‘lsin. Futbolga ishqi tushgan odamlar stadionga kelgach, boymi-gadomi, hamma birjon-birtan bo‘lishib ishqibozchilik qilishadi. O‘z-be-kis-ton deb vatanparvarlik tuyg‘usini izxor qilishadi. Albatta, shunday bo‘ladi. Shubhasiz shunday bo‘ladi. Mendek qariya aytmoqda bu gaplarni. Pandemiya ofati qarshisida ham, bizni kutib turgan qaqshatqich krizis oldida ham hammamiz birtan-birjon bo‘lishimiz kerak. Hammani teng qiladigan, birlashtiradigan narsa bu vatanparvarlik, oydinlik, shaffoflik va haqiqatparvarlikdir. Bunday tahlikaviy damda qalamkashlarimdan umidim katta. Uyg‘oninglar.

Sizga sihat-salomatlik tilab Hasanali-otangiz yozdim. Aziz vatandoshlarim, doim omon bo‘ling. Hecham kasal bo‘lmang. 26.03.2020y.

Kiritilgan sana: 28.03.2020 21:21. O'kildi: 10010 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.