Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 13.10.2026

      07:00 Журнал Чемпионата Бразилии.
      07:30 "Бесконечная история". "1998 год".
      08:00 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      12:00 Журнал Чемпионата Бразилии.
      12:30 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Мирасол".
      14:30 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      15:10 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      19:10 Журнал Чемпионата Бразилии.
      19:40 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      21:40 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      22:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:35 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      01:30 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Мирасол".
      03:25 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 13.10.2026

      05:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Блочный лук.
      10:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      11:55 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      12:25 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      16:15 "Эволюция спорта".
      16:45 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      00:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 2.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 2.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип ВR03.
      04:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 13.10.2026

      05:55 Новости.
      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Женщины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Мексика - Англия.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 "Что за спорт?".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Брендан Аллен против Кристиана Лероя Данкана.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Локомотив" (Москва) - "Акрон" (Тольятти). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Краснодар" - "Факел" (Воронеж). Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Испании. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 13.10.2026

      06:00 Снукер. Chinese Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      10:00 Снукер. Chinese Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Имолы. Гонка.
      14:00 Снукер. Chinese Open. Финал.
      16:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      17:00 Велоспорт. Париж Тур. Мужчины.
      18:00 Гравийный велоспорт.
      19:00 Гравийный велоспорт.
      20:00 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      20:50 LIVE Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины. Прямая трансляция.
      00:15 Гонки на моторных лодках.
      00:45 Автогонки на выносливость. Секрет выносливости: Гонка за совершенством.
      01:15 Кузовные автогонки.
      01:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      03:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 13.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Odobni bilmagan gaplarim

Baho:
+0; -0

Kuni kecha terma jamoamiz yopiq eshiklar ortida Qirg‘isiston termasi bilan Qoziravotdagi “Bunyodkor” stadionida nazorat o‘yinini o‘tkazdi. O‘yin ishqibozlar, jurnalistlar uchun yopilganidan norozi bo‘lgan Saydullayev (“Futbol Ekspress”, № 68) yopilish sababini topolmay maqola yozgan. Oldimizda turgan ikki o‘yin haqida ikki og‘iz gapni ikki kun qolganda hamma yozmoqda. Yozmay bo‘ladimi? Aslida bu haqda ikki oy davomida chalg‘imay, aljimay, tonmay, tinmay yozish kerak edi. Men ikki oy avval ertakka muhtoj ertagimni yozdimu, tinchib qoldim, jimib qoldim. Kutdim. Men bir ishqiboz bo‘lsam, mutaxassislar bir nima desin deb, ulardan bir nimani kutdim. Yozganimni kimdir qoralab chiqsa bo‘lardi. Sabr-toqat bo‘g‘zidan jon chiqsa chiqadi-yu, ulardan sado chiqmadi. Go‘yo ular boshqa yurt fuqarosi bo‘lib, yetti yot begona odam kabi o‘zni tutib, oldimizda turgan ikkita muhim o‘yin haqida o‘z fikrini gazetaga yozib berishmadi. Jim turishdi.

Yoki ular terma jamoamiz taqdirini Babayan yelkasiga tashlab qo‘ymay, amalda terma jamoamiz hayotida faol qatnashib, terma xizmatini qilib yurgan bo‘lsalar-chi, bunga nima deysiz? Buni bizdan yashirib kelmoqdalarmi? Ishqiboz xalqini futbolimiz hayotidan nari ushlab turish uchun oldimizda, omma oldida shundayin jimgina yurishibdimi? Yoki odob saqlayman deb, Babayan ishiga aralashmay, termamiz taqdiriga, oxirgi ikkita o‘yin natijasiga betaraf bo‘lib jimgina yurishibdimi? Bilmadim. Bilolmadim.

OMADSIZLIK EMUSh
Va nihoyat, Xitoyga safar oldidan qirg‘izlarga qarshi nazorat o‘yinimizga bir kun qolganida, ikki emas, bir og‘iz gapni Rustam Akramov hissiz, e’tirozsiz, ehtirossiz, e’tirofsiz so‘zlar bilan yozib beribdilar. “FE”ning 67- sonida bosib chiqaribdilar. Na umid, na g‘urur, na afsus, na alam, na shikoyat, na haqiqiy ishonchni tuydim bu maqolada. Aslida maqola emas, intervyu emas, soxtakashlikning bir nimasi ekan yozib berganlari. Shunday paytlarda shunchaki aytiladigan navbatchi so‘zlar ekan aytgan gaplari. Firdavsxonning savollariga yarim og‘iz aytilgan yarimta javoblar ekan o‘qiganlarim.

“Sizga shuni ishonch bilan ayta olamanki, biz ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonamiz, bu aniq. Safarda Xitoyni yutib qaytganimizdan keyin hammamiz bitta kuch bo‘lib koreyaliklarni yengamiz”. Bu gaplarni, Rustam-aka, bu so‘zlarni Siz aytmagansiz. Siz o‘z fikringizni o‘zbek tilida bayon qila olmaysiz. Rus tilida aytgan gaplaringizni Firdavsxon to‘g‘ri tarjima qilgan deb umid qilaman. Ming qilgandayam tarjima asliday bo‘lmaydi. Asliday bo‘lsa, ikki kallani bir xurjunga nega tiqib tashladingiz? Ikki o‘yin tasvirini, taqdirini, mas’uliyatini nega bir biriga qorishtirib tashladingiz? Jurnalist savollaridan tezroq qutilish uchunmi?

Maydonga tushgan har bir jamoa g‘alaba qozonish uchun tushadi. G‘alabaga ishonib tushadi. Yigitlarimizning ishonchini kuchaytirish uchun, ularning kuchiga kuch qo‘shish uchun o‘yinchilarga qarata aytiladigan gaplarmidi bu so‘zlaringiz? Unday bo‘lsa, yigitlar oldiga kirib ayting ushbu vazni yengil gaplaringizni. Balkim foydasi tegar. Matbuotga chiqib yurt oldida gapirar ekansiz, demak, bu ishonchni asoslab berishingiz kerak emasmidi? Toki barchamizda ham to‘liq ishonch paydo bo‘lsin. Ikki jamoa kuchini solishtirib tahlil qilib aytsangiz edi. Chiziqlarimiz kuchini baholab aytsangiz edi. Boshqacha bo‘lar edi. Asossiz quruq gap bo‘lib qoldiku bunday so‘zlaringiz. O‘yinchilarga qo‘shilib biz ham Sizga ergashib, quruq gaplaringizga ishonib qolsak, maydonda sharmanda bo‘lib qolamizku.

Firdavsxon ham Akramovdan o‘z ishonchini asoslab berishini so‘ragan. Javobini eshiting. “Albatta, bungacha biroz omadsizliklar bo‘ldi. Ammo endi oxirida hammasi biz uchun omadli bo‘lishi kerak”.

Ana xolos. Futbol qarta o‘yinimi? Eronga qarshi o‘yinda biror marta zarbdor vaziyatga chiqa olmaganimiz “biroz omadsizlikmidi”? Hamma narsani omadga bog‘lab qo‘yibdi bu kishi. Ushbu taniqli mutaxassisning gapi shu bo‘lsa, jurnalistdan, ishqibozdan nimani kutish mumkin? Hamma narsani, jumladan Erondan olgan mag‘lubiyat sababini tushunib tursa-da, nima uchun ishqibozdan o‘z fikrini yashiradi? Ishqibozni omi, go‘l, baqiroq fanat deb tushunadimi? O‘z haqiqatini gapirib, bizga ilinib, bizning bilim darajamizni oshirib ishqibozchilik madaniyatini o‘stiray demaydimi? O‘z daftariga barcha o‘yinlarni tahlil qilib yozib borayotgandir. Vaqti kelib Babayanning yo‘l qo‘ygan xatolarini tahlil qilib ma’ruza o‘qib beradiku. Hozirgi o‘ta muhim davrda o‘z fikrini ichiga yutadimi? Nega bong urmaydi? Terma jamoamizning o‘yin sifati uning uchun o‘z ma’ruza sifatidan quyiroq turadimi? Vatanparvarlik tuyg‘usi uning uchun odob saqlash talabidan past turadimi? Omad emish. Bechora, hamma narsaga balogardon OMAD. Quvonchu xursandchilikning, g‘am-g‘ussaning yolg‘iz sababchisi o‘ta mardon OMAD. Ojizga himoya qo‘rg‘oni bo‘lgan, mardga xizmatkor bo‘lgan OMAD.

BUGUN SHOH, ERTAGA GADO
Server “Istiqlol” tarkibida o‘ynab uzoq masofadan aniq zarba bilan gol urgan ekan. Omadi chopgani uchunmi yo tajribayu, zarbasining ishlovi balandligidanmi, yo o‘yinni, vaziyatni yaxshi o‘qiy olganidanmi? Rustam Akramov bu narsalarni sizu mendan ko‘ra juda yaxshi tushunadi. Rustam-aka, Siz gapirmasangiz man odobni chetga surib ko‘p yillik ishqiboz bo‘lganim uchun oddiy quruvchi holimga gapiraman.

Biz yigitlarimizning o‘yin darajasiga, mahoratiga ko‘ra oxirgi bosqichning oxirgi o‘yinlariga yetib keldik. Endi murabbiyning mahorati ish beradigan payt keldi. O‘yinchilarimizning mahorati kamlik qiladi. Mundialga olib chiqish vazifasi Babayanga, O‘zbekiston darajasidagi murabbiyga og‘irlik qilmoqda. Har bir inson shtangachi kabi o‘z vazniga yarasha tosh buyuradi va uni boshi uzra dast ko‘taradi. Samvel buni tushunmaydimi? Tushunadi. Shunday bo‘lsa, nima uchun ikki oy oldin rahbarlardan terma uchun kuchli mutaxassisni har qanday sifoyatda, har qanday muddatga olib kelishni so‘ramadi? Babayan shuhratparast emas-ku. Balkim so‘ragandur. Bu bizga qorong‘u. Jurnalistlar hammasini bilsalarda, haqiqatni ommaga yetkazmaydilar. Ular yo saroy, yo devon, yo internet jurnalistlaridir. Barcha mutasaddilar ishqibozdan futbolimizdagi hamma muhim gaplarni yashiradilar. Navbatdagi O‘FF prezidenti kim bo‘ladi? Nechta nomzod bor? Ularning dasturlari qanday? Javobsiz qolayotgan savollar ko‘p. Lekin hamma narsa ishqibozdan yashirin tutiladi. Ishqibozga hamma etagini qoqqan. Ishqiboz bunga javoban o‘z futbolimizga burnini qoqib stadionlarimizga kelmay qo‘ygan. Yevrodevonda yotib yevroremont xonalarda Yevrofutbol ko‘radi. Bunday gaplarga bugun urg‘u bermaylikmi? Bugungi suhbatga dahli yo‘q mavzu deysizmi? Bunday emas. Bizda hamma narsa idora xonasida bir kishining xohish-irodasiga ko‘ra hal qilinar ekan, bundan keyin ham termamizning ahvoli, keyingi babayanlarning ahvoli shunday bo‘lib qola beradi. Bosh murabbiylarimiz bugun shoh bo‘lsalar, ertaga gado bo‘lib yura berishadi.

O‘Z FIKRIMNI BABYANGA ISHONAMAN
Samveljan, boshqalar o‘z fikrini sizdan yashirishsa, men bor gapimni Sizga ishonib aytaman:

1. Server butun maydon bo‘ylab o‘yinni taqsimlay oladi. Server o‘yinning aqli bo‘la oladi. Bultur Mirkoni chempion qilgan, “Lokomotiv”ga kubokni olib bergan Server bo‘ladi (qo‘shimcha qilsam, yigitlarning o‘ta yuqori jismoniy holati bo‘ladi). Server kuchini “Istiqlol” murabbiyi yaxshi biladi. Server bo‘lmasa, Odilning o‘yini o‘xshamay qoladi. Chunki Odilning o‘yini o‘zidan kuchli sheriklari oldida yaxshi ko‘rinadi. Mazmunli bo‘ladi. Odiljon, yakkaxon o‘yin qila olasiz. Buni bilamiz. Lekin sheriklaringizni passiv holatga tushirib qo‘yish evaziga qilmang. Ikki o‘yinchi Sizni o‘rab olgan zahoti to‘pni ochilayotgan sherigingizga oshiring. Gavda bilan to‘pni to‘sib uchta raqib ichida to‘pni oldirmay o‘ynashingiz mumkin. Lekin hozirgi futbolda xuddi shu daqiqa ichida tezkor sakkizta oshirma bilan to‘pni hujumning boshqa chekkasiga o‘tkazib zarbdor vaziyatga chiqishmoqda. Siz esa... Odiljon, maydonning tashqarisida, Sizni haqli ravishda qaysidir ma’noda G‘alcha qishlog‘ida ham, Namangan shahrida ham, hatto butun O‘zbekistonda bittayu-bittasiz deb bilamiz. Lekin maydon ichida o‘yin paytida o‘ntaning birisiz. Buni unutmang. Ko‘rpani o‘zingizga tortmang.

Samveljan, himoya markazida doimo bo‘ydor Yap Stamp oldiga bitta chaqqon Karles Puyolni qo‘yish kerak bo‘lmoqda. Bu yozilmagan qonun. “Real”ning markaziy himoyachilari bo‘lgan Varan bilan Ramos ikkalasi ham baland bo‘yli deb, e’tiroz bildirishingiz mumkin. Lekin ularga chaqqonlikda, abjirlikda bo‘ydor tana xalal bermaydi. Markazdagi Anzur Ismoilovni ikkita qilmang. Buxoroda Kalon minorasi bittaku. Ikkinchisi ortiqcha.

2. Xitoydagi o‘yinda birinchi bo‘limda ikkala tomon gol o‘tkazib yubormaslik payida bo‘lishadi. Samveljan, ikkala bo‘limda jiddiy himoyalanib o‘tkir, tezkor hujum uyushtiringlar. Hujumda ezmalanib yurmanglar. Ortiqcha hujumchilar, ortiqcha oshirmalar kerak emas. Messi dunyoda bitta. Himoya maydon markazidan boshlanishi kerak. Hujumimiz esa, o‘z jarima maydonimizdan boshlanib tezlik olishi kerak. Markazdagilar yarim himoyachi emas, balki butun himoyachi, butun hujumchi bo‘lishlari kerak. Markazda raqibga o‘yin bermang. Maydon markazidayoq raqib hujumini bo‘g‘ib turing. Buning uchun hatto hujumchilarimiz ham orqaroq qaytib himoyalanishi kerak bo‘ladi. O‘ng qanot himoyasida og‘ir karvon Hoshimov o‘ynasa, himoyani unutmasin. Hujumga berilib ketmasin. Tezkor xitoyliklar jazolab ketmasinlar bizlarni.

3. Server, jamoa sardori bo‘lmasangizda, o‘yin sardori bo‘ling. Xitoyliklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishsa, ular albatta fitnakashlik qiladilar. Fitnachi Lippi o‘z so‘zini aytadi. Baxtiyor Ashurmatov Lippining shogirdi bo‘lsa kerak. “Loko”ga qarshi o‘yinda buxoroliklar maydon bo‘ylab fitna uyushtirib yurishganini Eronda turib, ko‘rmagandursiz. Maydon chetidagi nazoratchi hakam ko‘rib turdi va Maxaradzega qizil o‘rniga sariq ko‘rsatib adolatni tikladi. Raqibning fitnakash harakatlaridan ehtiyot bo‘linglar. Osiyoning hakamlari bunday o‘yinlardagi bahsli vaziyatlarda doim bizga qarshi hukm chiqarishlari an’ana bo‘lib qolgan.

Server, faqat Sizning yutamiz degan so‘zlaringiz (“Interfutbol”, №66) ishonarli bo‘ldi. Haqiqiy bo‘ldi. Albatta, xitoyliklarni yutasizlar. Intervyu bergan Guseynov (“Interfutbol”, №66) bizning o‘yinchilarimiz raqibdan kuchliroq bo‘lishsa-da, 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan Lippi Babayandan ancha kuchli debdi. To‘g‘ri gap. Lekin, maydonda murabbiylar futbol o‘ynashmaydi. Futbolchilar, ya’ni sizlar o‘ynaysizlar. Eslaysizmi, Domenekni chetga surib barcha o‘yinchilar Zidan atrofida birlashib JCH-2006da finalga yetib kelishgan edi. Babayanni chetga surish kerak emas. U Domenek emas. Samvel samimiy odam. U jamoaning aqli bo‘lolmasada, uning yuragi bo‘la oladi. U Lippi kabi katta mutaxassis emas. Lekin u o‘z vatandoshimizdir. Lippi kabi pul uchun yollangan emas. Uning yonida, to‘g‘ri, Rafael Benites darajasidagi maslahatchisi bo‘lganida, yomon bo‘lmas edi. Buning o‘rniga nechundur jismoniy holat bo‘yicha mutaxassisni olib kelishdi. Mirko Yelichich besh kunlik yig‘inda jismoniy holatni tuzatib bo‘lmaydi degani esimda. Shunday ekan, termamizga Mishel Oneke kelgani sababini tushunmadim. Besh kun ichida Hoshimov tezligini oshirib bera olmaydi. Hisobot majlisi oldidan TJM “ishlayapganini” hammaga ko‘rsatish uchun qildimi bu ishni? Bosh murabbiylikka katta tajribaga ega mutaxassisni olib kelish kerak degan gaplarim, zorlanishlarim xom xayolligicha qolib ketdi. Muhlat o‘tdi. Hayit esa, oldinda. Babayan bayramga tayyorlana turib o‘yinimizga zeb bersin. Men hinani futbolimiz qo‘ligamas tilimga surmoqdaman. Siz, azizlarim, bayramga dasturxonni tayyorlang.

Shunday ekan, bugungi kunda hammaning bo‘lajak o‘yin bo‘yicha fikri bir joydan chiqishi kerak. Bir butun bo‘lishimiz kerak. Bir tanu bir jon. Ortiqcha gap kerak emas. Yigitlar, maydonda so‘nggi nafasingiz qolguncha, o‘zingizni ayamay jang qilishingiz kerak. O‘z o‘yiningizga ishoning. Xitoy termasini albatta, yutamiz. Yutishimiz shart. Yurtimiz ko‘chalarida bayram bo‘lsin, to‘y bo‘lsin.

27.08.2017yil. Sizlarga hamdard bo‘lay deb, Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 27.08.2017 17:28. O'kildi: 9441 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.