Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      05:20 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:40 "Страна спортивная".
      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Новости.
      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Safarali Siddiqov

Futbol — sport qiroli!

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

G‘oliblikning mashaqqatli yo‘li

Baho:
+0; -0

Ushbu mavsum Yevropada kambeklar mavsumi. «Ayaks» «Real»ni safarda yirik hisob bilan yengib, ajoyib ertakni boshlab bergan bo‘lsa, keyin ular «Yuventus» bilan o‘yinda ham shu ertakni davom ettirdi.

So‘ngra «Tottenxem» nomli ertak. Ular dastlab APLdagi mag‘lubiyatlar uchun «Siti»dan boplab o‘ch olishdi. Bu o‘yin YECHLni bezab berdi. Hali bu holva ekan. Yarim finalda «Tottenxem» deyarli bir oyog‘i bilan finalda turgan «Ayaks»ni yo‘ldan olib tashladi.

«Liverpul»- «Barselona» to‘qnashuvi alohida mavzu. Bunaqa o‘yin futbol tarixini bezaydi. Muxlislar qalbida uzoq vaqt saqlanib qolibgina emas, hech qachon unutilmaydi. «Liverpul» 2005 yilda Istanbuldagi qahramonligini «Enfild»da takrorlay oldi.  Endi ana shu o‘yin haqida alohida to‘xtalib o‘zimning ayrim farazlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Ulardan biri agar Saloh va Firmino o‘ynaganda ehtimol «Liverpul» finalga chiqolmasmidi?

Ma’lumki, «Liverpul» finalga chiqqani bilan ular bu mavsum YECHLda qiynalishdi. «O‘lim guruhi»dan o‘rin olgan mersisaydliklar safardagi 3 ta o‘yinni ham berishdi. Belgradda «Srvena Zvezda»da qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin, o‘z maydonida «Napoli»ga qarshi bahsda so‘nggi soniyalarda Alisson seyv ko‘rsatmaganda hozir biz finalda «Liverpul»ni ko‘rmasligimiz mumkin edi. Saloh va Firmino masalasiga kelsak, ulardan biri Kataloniyadagi bahsda «Barselona» futbolchilarning qurshovida qolib ketdi. Natijada «qizillar»ning hamma urinishlari o‘shanda chappasiga ketdi. Javob o‘yinida esa nuqul zaxira o‘tiraverib zerikib ketgan Veynaldum, Shakiri, Origi kabilarga hayotidagi eng unutilmas damlarni o‘tkazishga imkoniyat tug‘ildi. Ular bu vazifani ortig‘i bilan uddalashdi.

Yana bir holat, menimcha, «Liverpul»ni finalga chiqishi uchun kifoya qildi deyish mumkin. Esingizdami, «Kamp Nou»da Messi uchinchi golni urgandan keyin, «Liver»da imkoniyat paydo bo‘ldi. Salohning zarbasi ustunga tegib qaytganda «Liverpul» muxlislari o‘rinlaridan sakrab turishdi. Ehtimol, gol bo‘lganda javob o‘yinida jamoamizga oson bo‘lardi deyishdi ular. Lekin gol bo‘lganda ularning jamoasiga oson emas, qiyin bo‘lishi mumkin edi. Sababi, o‘z maydonida gol o‘tkazib yuborgan «Barselona» safarda masalaga jiddiyroq yondashishi mumkin edi.

«Barcelona» javob o‘yinida finalga chiqqaniga ertaroq ishonib yubordimi? Menimcha, yo‘q! Birinchi bo‘limda Messi, Suares, Alba tomonidan berilgan zarbalarni eslang. Agar darvozada Alisson Bekerdan boshqa darvozabon bo‘lgandami?  Shunchaki, «Liverpul» ishtiyoq kuchlilik qildi. Ular «Barsa»ning yoshi o‘tib qolgan futbolchilaridan tezroq yugurishdi. Yarimta imkoniyatdan ham unumli foydalanishdi, o‘yin oxirigacha kambek haqida, final haqida, mo‘’jiza haqida, qahramonlik haqida o‘ylashdi. Natijada Saloh, Mane, Firminoning zaxiraga olinishini kutib o‘tiradigan Shakiri, yulduzli onlari asta-sekin o‘tmishda qolishi aniq bo‘lib borayotgan Veynaldum, boshqa jamoalarga ijaraga berilaverib-berilaverib hatto gol urishni ham esdan chiqarib qo‘ygan Origi, jamoada Stiven Jerrardning munosib o‘rinbosari deb qaralayotgan, ammo hali katta o‘yinlarga tajribasi yetishmaydi deb qaralayotgan Trent Aleksander-Arnold «Liverpul»ni tarixiy g‘alaba sari yetaklashdi.

«Tottenxem» ko‘rsatgan qahramonlik ham «Liverpul»nikidan kam bo‘lmadi. Ularda ham asosiy ishni zaxira fuqarosiga aylantirilgan futbolchilar bajarishdi. «Etihad stadium»dagi qahramonlikda o‘z hissasini qo‘shgan Son Xeung Mindan tashqari 34 yoshli Fernando Lyorente o‘yindagi hal qiluvchi golni kiritdi. Ispaniyalik futbolchini ko‘pchilik esdan chiqarib yuborgani tabiiy. Agar Xarri Keyn jarohat olmaganda biz uni hech qachon maydonda ko‘rmasligimiz ham mumkin edi. Aslida u hozirgi kunda finalda o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning hammasidan ko‘ra saviyaliroq sovringa ega — Ispaniya terma jamoasi bilan jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. Endi navbat Chempionlar ligasi g‘olibligiga...

Yarim finalda «Ayaks»ga qarshi kechgan dramatik bahs. Bu o‘yinda «qizil lolalar» har tomonlama «Tottenxem»dan ustun ekanligini ko‘rsatishdi. Ammo londonliklardagi g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq oxirigacha so‘nmadi. O‘z maydonidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «taqachilar» ustozi jurnalistlarga shunday intervyu berdi: «hali hisob bor-yo‘g‘i 0:1-ku».

Uning o‘ziga ishongani bejiz emas ekan. «Tottenxem» nafaqat 0:1, balki 0:3 ni yo‘qqa chiqarishga ham irodasi yetar ekan. Ular tarkibida o‘ynagan Denni Rouz va Lukas Moura har ikki yarim final o‘yinida alohida ajralib turishdi. Ayniqsa, bir vaqtlar yuksak iqtidor egasi deb «Ko‘hna qit’a»ga olib kelingan, zaxira o‘tiraverib asta-sekin unutilib borayotgan Lukas Moura faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinni o‘tkazdi. Shunday futbolchini Kopa Amerikaga olib ketmagan Braziliya terma jamoasi ustozi Titeni qanday tushunish mumkin?

Evropadagi kambeklar mavsumida ana shunday ertakmonand voqealarning guvohiga aylandik. Final qanday o‘tadi bilmadim, bu mavsumning chiroyli o‘tganiga hech qanday soya sololmaydi. Shunday bo‘lsa ham finalda bundanda unutilmas taassurotlarni kutib qolamiz. Axir chiroyli davom etgan ertakning oxiri ham chiroyli tugashi kerak.

Safarali SIDDIQOV

Kiritilgan sana: 31.05.2019 19:00. O'kildi: 13258 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.