
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
| Baho: |
+0; -0
|
Bir vaqtlar uning iqtidori haqida so‘zlashganda mamlakat futbolida yangi Maldini paydo bo‘ldi deya bong urishdi. Mamlakatning grand klublari uni o‘z tarkibida ko‘rishni istadi. Uni dunyo yulduzlari darajasidagi o‘yinchi deb maqtashdi. O‘shanda "Fiorentina" safida to‘p tepayotgan bu yosh iqtidor egasi mamlakat Olimpiya terma jamoasi bilan Afina-2004 Olimpiadasiga olib ketildi. Uning jamoasi musobaqaning yarim finalida Argentinadan sharmandali mag‘lubiyatga uchradi - 0:3. 3-o‘rin uchun matchda esa Osiyo qit’asi vakili Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib Olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning katta futboldagi dastlabki qadami edi.
Olimpiada o‘yinlaridan keyin uni mamlakat futboli grandlaridan biri "Yuventus" o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘sha mavsumdayoq "Yuve" bilan mamlakat chempioni bo‘ldi. Kelgusi mavsumda ham u jamoasi bilan Skudettoni qo‘lga kiritdi. Biroq hamma narsani ostin-ustun qilib yuborgan bir voqea yuz berib, uning jamoasi jiddiy zarar ko‘rdi. Italiya futbolidagi ayrim ko‘zbo‘yamachiliklar fosh etildi-da, "Yuventus" , "Milan" kabi grand klublar ayovsiz jazolandi. Masalan, "Yuventus"dan oxirgi ikki Skudetto olib qo‘yildi. Bu ham yetmaganday, Turin superklubi "B" seriyaga surgun qilindi. Bundan nafaqat "Yuventus" balki mamlakat futboli ham jiddiy zarar ko‘rdi. Bir vaqtlar Yevropada birinchi o‘rinda tilga olingan Italiya jamoalari mana necha yildirki, oldingi holatiga qaytolmayapti.
O‘sha voqeadan keyin "Yuventus"ni ko‘pgina yetakchilar tark etishdi. Ammo qahramonimiz eng og‘ir damlarda ham "Yuventus"ni tashlab ketmadi. Ha, u Maldini va Nesta darajasidagi futbolchi. Uning mahoratiga shak-shubha yo‘q. Ammo unga eng kerakli narsa — omad yetishmasdi. Shunday o‘yinlar bo‘ldiki, jamoasi yirik hisobda o‘yinni boy berganda ham yolg‘iz uning faolligi maydonda sezilib turdi.
Oradan vaqt o‘tdi. Asta-sekin uning ishlari "Yuventus" safida ham, Italuya terma jamoasi safida ham yaxshilana bordi. Yevro-2012 musobaqasida Italiya terma jamoasi finalga qadar yetib bordi. Finalga qadar uning yetakchiligidagi himoya chizig‘i juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Finalda uning jamoasini jahon va Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasi kutib turardi. Ana shunday mas’uliyatli bahsda uni yana bitta omadsizlik qarshi oldi. O‘yinning 21-daqiqasida u jarohat olib maydonni erta tark etdi. Ana shundan keyin ispanlar Buffon darvozasiga javobsiz 4 ta gol joyladi. Bu hali omadsizlikning birinchi qismi edi.
2014 yilda Braziliya maydonlarida o‘tgan mundialni ham Italiya terma jamoasi yaxshi boshladi. Dastlabki o‘yinda uning jamoasi Angliya termasidan ustun keldi — 2:1. Biroq navbatdagi bahsda Kosta-Rika terma jamoasiga kutilmaganda o‘yinni boy berdi — 0:1.
Navbatdagi hal qiluvchi o‘yinda Urugvayga qarshi bahsda durang ham Italiyani qanoatlantirardi. Ana shu bahsda qahramonimiz bilan bog‘liq qiziq viqea yuz berdi. Urugvayliklar yetakchisi Luis Suares uni tishlab oldi. Ammo hakam bunga parvo qilmadi. O‘sha o‘yinda "skuadra adzurra" raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatn boy berdi va mundial bilan xayrlashdi.
Omadsizlikning navbatdagi seriyasi Yevro-2016 da ham davom etdi. Italiya terma jamoasi bu turnirda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, chorak finalda Germaniya bilan kuch sinashdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasi boshlanishiga bir necha soniya qolganda bosh murabbiy uning o‘rniga Simone Dzadzani tushirdi. Xuddi ana shu Dzadza penaltilar seriyasida xatoga yo‘l qo‘ydi va yana uning jamoasi nusobaqani barvaqt tark etdi.
Qahramonimizning omadsizliklari "Yuve" safidagi o‘yinlarda ham davom etdi. Jamoasi bilan qatorasiga 6 marta Skudetto yutganiga qaramay xalqaro maydonda baribir hal qiluvchi pallada omad yuz o‘giraverdi. Masalan, uning jamoasi 2 marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi. Birinchisida u jarohati sabab final o‘yinini o‘tkazib yubordi. Natijada "Barselona" raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi.
Navbatdagi finalda u "Real"ga qarshi 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Ammo uning jamoasi "Real"ning ayyorona taktikasi oldida ojiz qoldi. Ana shunday qilib omadsizlik haqidagi hikoyamizni shu yerda to‘xtatamiz. Balki keyingi musibaqalarda unga omad kulib boqor. Axir hayot faqat qora ranglardan iborat emas-ku...
Safarali SIDDIQOV
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|