Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.10.2026

      05:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      07:30 "Бесконечная история". "1998 год".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      09:55 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Мирасол".
      11:50 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      13:50 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      15:50 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Мирасол".
      17:45 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      19:45 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      21:45 "Герои Мельбурна". "Никита Симонян".
      22:45 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:15 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      23:55 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Тенерифе" - "Жирона". Прямая трансляция.
      01:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      03:55 "Герои Мельбурна". "Никита Симонян".
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.10.2026

      06:25 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3. Гран-при Шанхая в Китае. Гонка.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане.
      09:45 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      10:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      11:55 "Страна спортивная".
      12:15 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:35 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      16:20 "Эволюция спорта".
      16:50 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Женщины.
      21:35 "Лучшие из лучших".
      22:05 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Блочный лук.
      00:20 "Герои Мельбурна". Никита Симонян.
      01:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 1.
      02:30 "Эволюция спорта".
      03:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 1.
      04:10 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.10.2026

      06:05 Гандбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Динамо-Синара" (Волгоград) - "Лада" (Тольятти).
      07:35 "Матч! Парад".
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Ольга Фомина.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Бразилия - Норвегия.
      13:30 Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Герои Мельбурна". Никита Симонян.
      17:35 Новости.
      17:40 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:55 Смешанные единоборства. ONE FC.
      20:15 Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      21:20 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Аталанта" - "Венеция". Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Леванте" - "Севилья". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      13:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Шамони.
      14:00 Снукер. Финал.
      16:00 Гравийный велоспорт.
      17:00 Гравийный велоспорт.
      18:00 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      20:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Шамони.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Рим. Global Champions Tour.
      23:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      01:00 Велоспорт. Париж Тур. Мужчины.
      02:00 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      03:00 Снукер. Chinese Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Имолы. Гонка.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 12.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Safarali Siddiqov

Futbol — sport qiroli!

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Kambek» — futbol bezagi

Baho:
+0; -0

"Barselona"ning Chempionlar ligasida "kambek" namoyish qilgani haqidagi afsona uzoq yillar hech kimning yodidan o‘chmasligi, shubhasiz. Garchi o‘yindagi shubhali penaltilar, hakamning qarorlari kimlargadir yoqmagan bo‘lsa-da, bu g‘alaba, bu natija tarixga aylandi.

Futbol tarixida ana shunday "kambek"lardan bir nechtasi sodir etilgan. JCH-1954 o‘yinlari gollarga boy o‘tgan. O‘sha musobaqa chorak finalidagi Shveysariya - Avstriya o‘yinida darvozalarga jami 12 ta gol kiritildi. Dastlab Shveysariya 3:0 hisobi bilan oldinda bordi. Keyin esa Avstriya terma jamoasi vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirib, raqib darvozasini birin-ketin ishg‘ol qilishga kirishib ketdi. Yakuniy hisob hatto xokkeyda ham kamdan-kam ko‘rinadigan hisob bilan yakunlandi — 7:5. Avstriya foydasiga.

Oradan yillar o‘tdi. JCH-1966da Osiyo vakili KXDR terma jamoasi kashfiyotlardan biri sifatida porladi. Ular guruhda Italiya va Chili kabi kuchli terma jamoalarni ortda qoldirib, chorak finalda Eysebio boshliq Portugaliya terma jamoasi bilan ro‘baro‘ kelishdi. Dastlabki 30 daqiqada koreyslar mo‘jiza ko‘rsatib, raqib darvozasiga 3 ta gol kiritdi. Keyin esa Portugaliya terma jamoasi "kambek" namoyish etishga kirishib ketdi. Raqib darvozasi ketma-ket 5 ta to‘p kiritdi. Gollardan 4 tasi jamoa yetakchisi Eysebio hisobiga yozildi. Ha aytgancha, Portugaliya futboli afsonasi Chempionlar Ligasi-1961/1962 finalida ham "kambek" namoyish qilgandi. O‘shanda uning jamoasi "Benfika" o‘yinning dastlabki daqiqalarida Madridning "Real" jamoasidan 0:2 hisobida ortda bordi. Keyin "qora marvarid"ning sa’y-harakatlari evaziga vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi. Eysebio raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi. Bir yil muqaddam "Barcelona"ni ham finalda "kambek" qilib yenggan "Benfika" bu safar "Real"dan ustun keldi — 5:3.

JCH-1982 yarim finalida GFR-Fransiya o‘yinida undan-da, chiroyli "kambek" ko‘rdik. Yevropaning ikki kuchli terma jamoasi o‘rtasida o‘tgan o‘yinda asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha 30 daqiqalikning dastlabki daqiqalarida fransuzlar 3:1 hisobi bilan oldinga chiqib olishdi. Ana shunday keyin qolgan 10-12 daqiqa mobaynida "nemis mashinasi" "kambek"ni boshlab yubordi. Rummenigge va Fisherning gollaridan keyin hisob 3:3 ko‘rinishini oldi. Penaltilar seriyasida esa har doimgidek nemislarga omad kulib boqdi.

Odatda nemis jamoalari "kambek"ning haqiqiy ustalari sanalishadi. Bremenning "Verder" jamoasi UYEFA kubogi-1987/1988 nimchorak finalida Moskvaning "Spartak" jamoasiga dastlabki o‘yinda safarda yirik hisobda yutqazdi — 1:4. Javob o‘yinida esa raqibni butunlay nokaut qilishdi — 6:2.

"Verder" ijrosidagi navbatdagi "kambek" Chempionlar ligasi-1993/ 1994 guruh bosqichidagi "Anderlext"ga qarshi o‘yinda qayd etildi. "Mashshoqlar" o‘sha kuni o‘z maydonlarida birinchi taymdan keyin 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishayotgan edilar. Tanaffusdan keyin ular nemis jamoasi ekanliklarini eslab qolishdi chog‘i, birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol etishga kirishib ketishdi. Yakuniy hisob — 5:3.

Darvoqe, "Barselona" bundan oldin ham "kambek" qilgan. Kataloniyaliklar Chempionlar ligasi-1985/1986 yarim finalida birinchi o‘yinda Shvesiyaning "Gyoteborg" jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. "Kamp Nou"da kechgan bahsda jamoa faxriysi Pichi Alonso xet- trik qayd etib "kambek" sari dadil qadam tashladi. Penaltilar seriyasida "Barselona"ning omadi keldi.

Xuddi shuningdek, PSJ ham "kambek" qilishga erishgan. UYEFA Kubogi-1992/1993 chorak finali dastlabki o‘yinida Madridning "Real" jamoasiga 1:3 hisobida yutqazgan PSJ javob o‘yinida "kambek" bilan javob berdi — 4:1. "Real" tarkibidagi 1994 yilgi jahon chempioni Rikardo Rocha, Fernando Yerro, Luis Enrike, Ivan Samorano kabi taniqli nomlar "kambek"ka qarshi biror chora qo‘llay bilishmadi.

Xuddi shu musobaqaning 1993- 1994 mavsumidagi "Karlsrue" - "Valensiya" bahsidagi natijani "superkambek" desak yarasharmikan. Nemis jamoasi birinchi o‘yinni 1:3 hisobi bilan boy berib, javob bahsida "ko‘rshapalaklar" darvozasiga oz emas- ko‘p emas javobsiz 7 ta gol joyladilar.

Ko‘pchilik Chempionlar ligasi- 1999 finalidagi "Manchester Yunayted" ko‘rsatgan "kambek"ni eslaydilar-u, xuddi o‘sha o‘yinning ko‘chirilgan nusxasi bo‘lgan Yevro-2004 dagi Fransiya-Angliya o‘yinini hech kim eslamaydi. O‘shanda dastlab Frenk Lempardning aniq zarbasidan keyin ingliz hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Devid Bekxem penaltini ko‘kka sovurdi. O‘yindagi to‘xtalishlar uchun hakam 3 daqiqa qo‘shib berdi. Ana shu daqiqalarda Fransiya yetakchisi Zineddin Zidan "dubl" qayd etdi va 1999 yilda Barselonada qayd etilgan "kambek"ni takrorladi.

Keyinchalik, "Liverpul" - "Milan" o‘yinidagi "kambek" futbol tarixidagi eng yaxshi "kambek"lardan biri bo‘ldi.

Ha darvoqe, Angliya liga kubogi-2004 dagi "Tottenxem"- "Manchester Siti" bahsi haqida hech narsa demabmiz-ku. O‘shanda birinchi bo‘limdan keyin 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan "Manchester Siti" maydonda bir kishi kam qoldi. Ammo ana shu bitta kam qolgan tarkib bilan raqib darvozasiga birin-ketin 4 ta gol kiritishga erishdi.

2013 yil bahorida o‘tkazilgan "Borussiya"(Dortmund) - "Malaga" o‘yinida ham ajoyib "kambek" ko‘rdik. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan "Borussiya" hakam tomonidan qo‘shib berilgan oxirgi 2 daqiqada 2 ta gol kiritishga erishdi.

Xullas, futbol tarixida qayd etilgan ajoyib "kambek"lar juda ham ko‘p. Biz kelgusi musobaqalarda bundan ham chiroyli "kambek"larni kutib qolamiz. Axir futbol shunisi bilan go‘zal.

Safarali SIDDIQOV

Kiritilgan sana: 12.03.2017 12:32. O'kildi: 13898 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.