Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.10.2026

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия". Прямая трансляция.
      07:30 "Бесконечная история". "1998 год".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Фламенго".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Коринтианс".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша". Прямая трансляция.
      00:10 LIVE Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг". Прямая трансляция.
      02:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Коринтианс".
      04:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.10.2026

      05:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане.
      09:40 "Мы знаем, что они делали этим летом". Специальный репортаж.
      09:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация. Прямая трансляция.
      12:00 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3. Гран-при Шанхая в Китае. Гонка.
      13:05 "География спорта". Магас.
      13:35 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
      15:50 "Эволюция спорта".
      16:15 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
      17:40 "Небесная грация".
      17:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы. Прямая трансляция.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      19:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Крепость Грозная".
      20:25 LIVE Гандбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Динамо-Синара" (Волгоград) - "Лада" (Тольятти). Прямая трансляция.
      22:05 "Лучшие из лучших".
      22:35 Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане.
      00:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      02:00 "Эволюция спорта".
      02:30 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.10.2026

      06:05 Регби. Чемпионат России. 1/2 финала. "Красный Яр" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане. Прямая трансляция.
      16:30 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Прямая трансляция.
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане. Прямая трансляция.
      20:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Арсенал" (Тула) - "Спартак" (Кострома). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Малага" - "Эспаньол". Прямая трансляция.
      02:00 Евротур.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.10.2026

      06:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
      09:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Женщины, мужчины. Скоростная эстафета. Финалы.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      13:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      16:00 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
      17:00 Велоспорт. Тур Ломбардии 2025 в Италии.
      20:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Смешанная скоростная эстафета. Финал.
      23:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      00:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Качкар, Турция. Обзор.
      01:00 Велоспорт. Тур Ломбардии 2025 в Италии.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:30 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 09.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Shuhrat Shokirjonov

Kelajak futboli

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Shokoterapiyaga tayyormisiz?

Baho:
+1; -0

Jahon chempionati saralashida Qatarga qarshi o‘tgan o‘ta qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonishni epladik. Garchi, Suriyaga qarshi turgan tarkibdan Toshkentdagisi keskin farq qilsa-da o‘yin sifati o‘sha-o‘shaligicha qolganiga barcha guvoh bo‘lmoqda. Bu g‘alaba alamli mag‘lubiyatdan so‘ng achishayotgan yuraklarga malham bo‘la oladimi? Arziydimi shunga?

Quyidagi postda shular haqida mushohada yuritiladi.

O‘yin borasida chuqurroq to‘xtalib ham o‘tirmoqchi emasman, zero, arzimaydi: Qatarga qarshi o‘tgan o‘yinning taktik sxemasi o‘sha-o‘sha — futbolchilarimiz raqiblar karra-karra jadvalidek yodlab olgan pozisiyalarda harakat qilishdi, buni barchangiz ko‘rdingiz. Faqatgina xavfli standart vaziyatdan urilgan golgina jonimizga ora kirdi.

Hozirga kelib, aniq-ravshan bo‘lib qolayotgan narsa shuki, Malayziyada bo‘lgan uchrashuvda hech qanaqasiga Suriyaga mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi. Qarang, Suriya bilan oramizdagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda. Bekorga eng yaqin ta’qibchi bilan bo‘ladigan o‘yinni 6 ochkolik o‘yin, deyishmaydi. Mana, yaqqol misol! Agar o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonishni eplay olganimizda oradagi farqi 10 ochkoni tashkil etar va bugungi kunda Suriya bizdan amalda yetib ololmaydigan darajada ortda qolgan bo‘lardi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo‘lib, eng kamida pley-off uchrashuvlarini naqd qilib turgan bo‘lar edi.

Bularning barchasiga kim aybdor? Melakdagi stadionning yomon ahvoldagi chimi emas, har qalay?

Bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Babayan terma jamoa ruliga kelgach, terma jamoa manfaati deb, jurnalistlarni, klublarni yig‘ib majlislar o‘tkazdi, aytish lozim bo‘lsa JChga chiqish uchun, kerak bo‘lsa - unga xalaqit bermasliklari uchun, hammaning oldiga o‘z talablarini qo‘ydi. Hattoki olimpiya terma jamoasiga ham o‘zi rahbarlik qilib, Rio olimpiadasiga chiqishga urinib ko‘rdi. Nima bilan tugaganini ko‘rdik. 

Ammo bugungi kunda ko‘rib turibmizki, bugun futbolimizda umumiy tanazzul. Yoshlarimiz, o‘simirlarimiz muntazam qatnashib kelayotgan Jahon chempionatlaridan mosuvo, klublarimizda ham shu ahvol. Xalqaro maydonda tajriba oshirmayotgani vaji bilan yosh futbolchilarimizning milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilinishini mutlaqo ko‘rayotganimiz yo‘q. Terma jamoamiz esa saralashda qatnashayotgan 12 terma jamoasi ichida eng qariya terma jamoa. Haligacha Qatar-2011 qahramonlari terma jamoamiz asosini tashkil etishmoqda. Maksim Shaskixni chaqirish qolgan, xolos.

Milliy terma jamoaning o‘yinlariga chiptalarni nominalidan 10 barobarga xarid qilib bo‘lsa ham kirib kelgan muxlislar oqimi esa tobora sustlashmoqda! Milliy terma jamoa o‘yiniga! Vatanning birinchi raqamli jamoasi o‘yiniga, e’tibor bering!

Aytaylik, siz futbol birinchi raqamli sport turi bo‘lgan biror davlatda shunday ahvolni ko‘rganmisiz?

Vaziyat shu darajaga yetdiki, Babayandan keyin keladigan murabbiyga umuman oson bo‘lmaydi. Terma jamoa siqib suvi olingan, bujmaygan anordek uning qo‘liga topshiriladi. Terma jamoada avlodlar almashinuvi larzalarsiz, sekin-sekin tarkibga singib borish bilan emas, shok terapiyasi holatida keskin almashtiriladigan ahvolga kelindi. Buning natijasini tasavvur qilish qiyin emas: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoning 4-5-o‘rinlarida yuradigan grandlari safidan 10-12-o‘ringa tushib ketishi muqarrar. FIFA reytingi ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Bunaqa tempda yon qo‘shnilarimiz Tojikiston va Qirg‘iziston darajasiga tushib qolishimiz hech gap emas. Keyin esa 48ta jamoa ishtirok etadigan JCH-2026 yilda Osiyoning to‘qqizinchi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan bo‘lamiz. Qalay?

Bizni endi mehmonda o‘ta qiyin ikki uchrashuv kutmoqda.

Ularning dastlabkisi Eronda bo‘ladi va agar bu o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasak, Eron terma jamoasiga Rossiya-2018 yo‘llanmasini muddatidan oldin taqdim etib kelamiz. Eronning keyingi o‘yinlari esa aynan bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblarimiz bilan - ular Koreyaga borishadi va Suriyani qabul qilishadi. JCh yo‘llanmasi qo‘lga kiritib bo‘lingach, Eron ikkinchi sinov tarkibini tushirib, ushbu o‘yinlarda mag‘lubiyatga ham uchrashi mumkinligini hisobga olsak, Samvel Babayan Malayziyada kechirib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ygani oydinlashadi.

Qatar bilan o‘yindan oldin Babayan muxlislarning qo‘llovi kerak, dedi. O‘yindan keyin muxlislarga tashakkur ham aytdi, rahmat, buning uchun. Lekin keyingi o‘yinlarda — Eron va Xitoyda ularni hech kim qo‘llay olmaydi, axir! Tehronda 100 ming, Vuxanda 55 ming muxlis "eyman" deb turibdi...

Esingizda bo‘lsa, Eron to‘rt yil muqaddam Tehronda biz ular ustidan g‘alaba qozonganimizdan so‘ng JCH-2014 saralashida shunaqa ahvolga tushgan va JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishi uchun qolgan uch uchrashuvda g‘alaba qozonishga mahkum etilgan edi. Eron qolgan uch o‘yinning barchasida sharaf bilan g‘alaba qozonib, Braziliya maydonlariga yo‘l olgan edi.

Bizning futbolchi va murabbiylarda Eron natijasini takrorlash uchun g‘urur, hamiyat bormi?

Ishonmayman! Chunki, murabbiyga yaqin ishlovchilar, terma jamoalar markazi xodimlari ham ijtimoiy tarmoqlarda bizning Osiyo o‘rnimiz shu, bormiz, shu bo‘lganimiz shu, deya Saralash guruh bosqichida 3-o‘ringa loyiq ekanligimizni pisanda qilishmoqda. Futbolimiz ichida yurgan odamlar ishonmagach, muxlislar nima qilishsin?! Inson o‘z imkoniyatlari darajasidan bir kalla yuqori sakray olishni ham bilishi kerak. Imkoniyatga chegara qo‘yilgan joyda o‘sish bo‘lmaydi, tanazzul bo‘ladi. Buni anglab yetish uchun qalin kitoblarni o‘qish shart emas. Mutaxassislarki, guruhda joyimiz aniq 3-o‘rin, deb turgan ekanki, demak biz shu o‘ringa ham loyiq emasmiz.

Internet-saytlarda "Million" qiziqchilar jamoasi rahbari Davron Kabulov "yashab turgan xonadonimni o‘rtaga qo‘yib, O‘zbekistonni JChga olib chiqaman", degan hazilomuz gapni aytdi. Buni kimdir istehzo, kimdir jiddiy qabul qildi.

Ma’lumki, bankdan kredit oladigan bo‘lsangiz, albatta biror narsangizni garovga qo‘yasiz. Xo‘sh, Babayan muxlislar va mutasaddilarning ishonch krediti uchun nimani garovga qo‘ymoqda? 

Esingizda bo‘lsa JCH-2002 ga Xitoy terma jamoasini olib chiqqan Bora Militunovich "Agar Xitoyni JChga olib chiqa olmasam o‘zimni Buyuk Xitoy devori ustidan tashlayman", degan endi. Yuragida o‘ti bor, o‘ziga ishongan mutaxassisninggina bunday gaplarni aytishga yuragi dov beradi.

Babayan-chi? Eronni yuta oladimi u? Yoki garov uning odatdagidek oldi-qochdi va quruq gaplarimi? Quruq qoshiq — og‘iz yirtar, unutmaylik.

Qarang, 4 yil oldin ham shu gapni yozgan edim (faqat familiya boshqa edi), yana qaytarishga majburman, odatdagidek...

Mabodo futbolimiz tepasida turgan mutasaddilarga futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Rossiyada 2018 yilda o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqishi qiziq va muhim bo‘lsa, zudlik bilan terma jamoani Eron, Xitoy va Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinlarga g‘alaba uchun olib tusha oladigan xorijiy top-mutaxassis terma jamoa ruliga zudlik bilan jalb qilinishi kerakdek. Zero, 13 iyungacha hali vaqt bor. Hammasini o‘nglash mumkin aslida. Lekin bunday bo‘lishiga ishonch kam. Chunki kechagi o‘yindan so‘ng chimni o‘pish oldidan hamkasbini itqitib, so‘kib yuborgan Babayanga ishonch qaytgan ko‘rinadi.

Biroq, "Stadionlarimiz yaxshilanib bormoqda", "O‘zbekistonda futbol rivojlanmoqda", degan vaju karsonlar bilan terma jamoa bosh murabbiyi oldiga tarkibni yoshartirish kabi (mujmal) vazifalar belgilangandi, degan javob yangraydigan bo‘lsa Samvel Vyacheslavovich Babayan shu vazifaga juda mos. Bemalol ishlayverishi kerak. Murabbiylarimiz konkret bo‘lmagan, mujmal vazifalarni ortig‘i bilan uddalashadi. O‘tgan martadagi postimda yozganimdek, bu holatda Babayan oxirigacha ishlayverishi va saralash siklidagi natija uchun yakkash o‘zi javob berishi kerak. Lekin qanday qilib va nima bilan javob beradi, degan savol muxlislar uchun ochiqligicha qolib ketadi... Chunki mujmal vazifaning so‘roviyam, javobiyam mujmal bo‘ladi. Tabiat qonuni!»

Kiritilgan sana: 29.03.2017 21:30. O'kildi: 23573 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.