Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Яҳёхўжа Улуғхўжаев

Tanganing ikkinchi tomoni

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Mening jannati dodam bor edi…

Baho:
+2; -0

Bugun ertalabdan Bahodir dodamni - buvamni ( Toshkent shevasida doda deb yuritiladi) xotirladim…

Bahodir dodamni eslasam, birinchi bo‘lib ko‘z o‘ngimga keng hovlining burchagida yoqimli ovozda Qur’on tilovat qilgancha, mis qumg‘ondagi suv bilan ihlos ila tahorat olayotganlari keladi. Bilmadim nega?

Bolalik chog‘larimda dunyodagi eng badavlat inson - mening dodam bo‘lsa kerak, deb o‘ylar edim. Sababi, bizni ko‘rgani kelsalar uyimizning derazasi tagida «Volga» mashinasining signali quvnoq jaranglar, men va ukam eshikka chopar edik. Adam darrov sergak tortar, hurmat yuzasidan o‘zlari peshvoz chiqishga oshiqardilar. Onam esa…Onam o‘zlarini qo‘yarga joy topa olmasdilar.

Dodam keldi! Men va ukamdan baxtli inson yo‘q! Sababi, dodamlarning biror marotaba bizning uyga sovg‘asiz kelganlarini eslay olmayman. Onam choy qo‘yib, dasturxon tuzashga berilib ketar, oshxonaga kirib-chiqib dodam bilan suhbatlashishga urinar edilar. Dodam avval adam bilan quyuq so‘rashgach, biz kichkinalarga yuzlanar edilar. Bizning hayolimiz bugun nima sovg‘a olib kelganlari bilan band bo‘lsada, onam o‘rgatganlaridek sabr bilan kutardik. Oxirida dodam «Qizim, kel o‘tir. Biz hozir yo‘lda ovqatlanib kelyapmiz. 5 daqiqa o‘tir, hozir ketaman»,- deya muloyim jilmayar edilar.

Onam har safar otalari ketgach, ortlaridan qarab qolar, ba’zida yig‘lab ham olar edilar. Bilmadim nega? Balki ko‘proq oldilarida bo‘lishlarini istagandirlar, balki yaxshilab mehmon qilgilari kelgandir, balki mahkam bag‘irlariga bosmoqchi bo‘lgandirlar? Kim biladi deysiz?

Men uchun dodam dunyodagi eng mehribon inson edilar. Doim kulib turuvchi mehribon ko‘zlariga monand qalin qoshlari ularni salobatli ko‘rsatar, lekin cho‘zinchoqroq oq yuzlaridan arimaydigan tabassumlari odamni o‘ziga mahliyo qilib qo‘yar, ular bilan suhbatda bo‘lgan inson vaqt qanday o‘tib ketganini sezmay qolar edi. Ana shunaqa dilkash dodam bor edi…

Dodamlar gapga usta bo‘libgina qolmay, usta savdogar ham edilar. Tijorat ishlari uchun ko‘p vaqtini sarflaydigan inson bo‘lishlariga qaramasdan dodamlar nafis she’rlar ham yozib turar, bot-bot matbuotda ko‘rinish berar edilar. Avvalari bu jihatga e’tibor bermagan ekanman. Ulg‘aygach, ko‘plab mashhur shoir va yozuvchilar bilan suhbatda bo‘lgan bo‘lsamda, ular bilan dodamlarning o‘rtalarida farq bordek edi. Keyinchalik bu farq nimada ekanligini tushunib yetdim. Bahodir dodam she’riyatdan shuhrat qozonish, boylik orttirish maqsadida foydalanmagan ekanlar. Aynan, ulardagi samimiylik va yurakdan yoza olish men ko‘rgan ko‘plab shoirlarda umuman yo‘q edi. She’riyatdan hech nima talab qilmaydigan, uni shunchaki chin yurakdan sevadigan inson edi mening dodam!

So‘lim Turbat qishlog‘idagi uzoqroq qarindoshimiznikiga mehmonga bordik. Men qo‘shni bola bilan kun bo‘yi ko‘cha changitdim, Toshloqdagi suvda cho‘mildim. So‘ngra uyga shoshildik.Axir, kechqurun ularnikida to‘y-ku! Kiyinib, qo‘shni bola bilan ularnikiga chiqqanimizda qosh qorayib qolgan, uzoqdagi insonning yuzini ko‘rib bo‘lmas edi. Hovli ichi yoritilgan, hamma o‘zi bilan o‘zi ovvora. Biz bilan mehmonlar uchun bezatilgan uyga kirib o‘tirdik. Shu payt eshik ortida to‘y egalarining suhbati qulog‘imga chalinib qoldi. Eri «Bahodir Sobit keldimi?»,- dedi, ayoli yo‘q ishorasini qildi shekilli, eri «Alohida xona tayyorlanglar, Bahodir akam shovqin-suronni yoqtirmaydilar»,- deya nari ketishi bilan eshik ochilib, ayol xonaga kirdi-da bizni «Katta mehmonlar kelishyapti, boringlar ko‘chada o‘ynanglar»,- deb chiqarib yubordi. Ho‘rligim kelib ketdi, shartta men Bahodir Sobitning nabirasiman degim keldi-yu, bunga yurak qayerda deysiz?!

   Tashqariga chiqsam, kastyum-shim kiyib olgan porum odamlarning o‘rtasida dodam hamma bilan so‘rashib o‘tib borar, mening ikki ko‘zim ularda, ko‘pchilikning salobati bosdimi, yo bolaligimga bordimmi miq etmasdan turaverdim. Dodam zinalardan ko‘tarilib keta boshlaganlarida menga ko‘zlari tushib qoldida, iya deb oldilariga chaqirdilar. O‘sha damda yer yuzida mendan baxtli inson yo‘q edi. Murg‘ak qalbimda qandaydir yoqimli hisni tuygancha ularning qo‘llaridan ushlab atay bezatilgan xonaga kirib ketdim. Uyog‘i esimda yo‘q, onamning aytishlaricha tizzalariga bosh qo‘ygancha o‘sha xonada charchab uxlab qolgan ekanman.

Keyinchalik o‘sha yoqimli tuyulgan narsa nima ekanligi haqida ko‘p o‘ylaganman, ancha ulg‘aygachgina o‘sha daqiqalarda dodam bilan faxrlanganimni anglab yetdim. Ana shunday faxrlansa arziydigan dodam bor edilar! Yillar o‘z so‘zini ayta boshladi, dodam biznikiga kam kelar, sovg‘alarning biz uchun qizig‘i qolmagan, ammo baribir dodamni ko‘rganimda yuragim hapqirib ketar edi. Dodam chiroyli qaridilar. Qalin qora qoshlar va o‘zlariga ho‘b yarashgan mo‘ylovlariga qirov oraladi, ammo ko‘zlar o‘sha-o‘sha! Mehribon, yoqimli, qalblarni eritib yuboruvchi ko‘zlar… Umrlarining so‘nggi kunlari arafasini to‘shakda o‘tkazishdan cho‘chidilarmi, yoki hech kimga ozor bermasdan yashab o‘tgan umrlarining so‘nggida ham o‘z odatlariga sodiq qoldilarmi, bilmadim, lekin hazrati dodam bu olamni darrov, qandaydir soatlar ichida tark etdilar.

Janozaga qo‘shni respublikalardan ham ko‘plab odamlar yig‘ildi. Hazrati dodajonim yotgan tobut odamlar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Hamma yaqin insonini yo‘qotib qo‘yganidan o‘ziga kela olmas, qadrdonini so‘nggi bekatiga munosib kuzatib qo‘yish bilan ovvora. Hazrati dodajonim yotgan tobut esa dengizning yoqimli to‘lqinida chayqalib ketayotgan kema misoli Jannat bog‘lari tomon suzib ketardi. Mening ana shunday jannati dodam bor edi…!

               Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Kiritilgan sana: 17.04.2019 11:43. O'kildi: 9143 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.