Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.10.2026

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия". Прямая трансляция.
      07:30 "Бесконечная история". "1998 год".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Фламенго".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Коринтианс".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Баия".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша". Прямая трансляция.
      00:10 LIVE Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг". Прямая трансляция.
      02:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Коринтианс".
      04:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.10.2026

      05:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане.
      09:40 "Мы знаем, что они делали этим летом". Специальный репортаж.
      09:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация. Прямая трансляция.
      12:00 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3. Гран-при Шанхая в Китае. Гонка.
      13:05 "География спорта". Магас.
      13:35 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
      15:50 "Эволюция спорта".
      16:15 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
      17:40 "Небесная грация".
      17:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы. Прямая трансляция.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      19:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Крепость Грозная".
      20:25 LIVE Гандбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Динамо-Синара" (Волгоград) - "Лада" (Тольятти). Прямая трансляция.
      22:05 "Лучшие из лучших".
      22:35 Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане.
      00:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 1.
      02:00 "Эволюция спорта".
      02:30 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Краснодаре.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.10.2026

      06:05 Регби. Чемпионат России. 1/2 финала. "Красный Яр" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане. Прямая трансляция.
      16:30 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Прямая трансляция.
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Азербайджане. Прямая трансляция.
      20:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Арсенал" (Тула) - "Спартак" (Кострома). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Малага" - "Эспаньол". Прямая трансляция.
      02:00 Евротур.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.10.2026

      06:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
      09:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Женщины, мужчины. Скоростная эстафета. Финалы.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      13:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      16:00 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
      17:00 Велоспорт. Тур Ломбардии 2025 в Италии.
      20:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Чунцине, Китай. Смешанная скоростная эстафета. Финал.
      23:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      00:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Качкар, Турция. Обзор.
      01:00 Велоспорт. Тур Ломбардии 2025 в Италии.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Шэньчжэня в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:30 Велоспорт. Гонка "Гран Пьемонте" в Италии.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 09.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Фурқат Қурбонов

Sayoz fikrlar

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Furqat Qurbonovdan O‘zbekiston U23 - Eron U23 o‘yini tahlili

Baho:
+0; -0

Yoxud etik yechib...

Prolog:

Hamid Estiliy: "Bu guruhdan o‘rin olgan barcha 4ta jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatga ega. Biz O‘zbekistonni yaxshi bilamiz. Ularning yaxshi murabbiyi va yaxshi futbolchilari bor. Professional ligamizdan eng yaxshi eronlik futbolchilarni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik. Biz — Eronmiz! Nima qilishni bilamiz!

Bizda bu musobaqaga tayyorgarlik jarayonida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosan taktik jihatlarga e’tibor qaratgan edik. Tarkibdagi o‘zgarishlar sabab biz boshqacha o‘yin qila oldik".

Lyubinko Drulovich: "Osiyo chempionatida g‘alaba qozonish qiyin. Shu chempionlikni himoya qilish undan ham murakkab. Biz shu vazifani bajarishga harakat qilamiz…".

Bu ikki murabbiyning kechagi o‘yindan oldin va keyin bo‘lgan ruhiy holatlari va shundan kelib chiqib bildirgan fikrlari.

Syujet:

O‘yinni ko‘rdik, o‘yin vaqti va o‘yindan keyin barchani (kamida 10 000 000 o‘zbekistonlik ishqibozlarni) hamma fikrlariga qo‘shilaman va qo‘shimcha qilaman:

1. O‘yin boshidan eronliklar to‘pga egalik qilish uchun maksimal pressing bilan o‘ynashdi va markazni egallab olishdi. Yarim himoyamiz ishdan chiqdi va sinib qoldi. Hamid Estiliy bilgich ekan. Abdulla Abdullayev (№4), Aziz G‘aniyev (№6), Nurillo To‘xtasinov (№8) maydonda qilish kerak bo‘lgan ishlarni (hujum tashkil qilish va raqib hujumini markazda bartaraf qilish) bajarishiga eronliklar tomonidan yo‘l qo‘yilmadi va shu sabab, bu o‘yindagi ularni Foydali Harakatlar Koeffisenti (KPD) 5 ballik tizimda 2 ballga teng bo‘ldi.

Murabbiy Drulovich shu vaziyatda na taktik, na rotasion o‘zgarish qildi. U kutdi. Kimni yoki nimani, faqat o‘ziga ma’lum. Aksincha, Eron murabbiyi Hamid Estiliy yonida, o‘yindagi vaziyatlarga qarab, dam-badam tinmay unga ko‘rsatmalari bilan yonida yurgan 4 nafar (!) yordamchini ko‘rdim. Drulovich esa shu damda, Elba orolidagi tanho qolgan Napoleon qiyofasida, maydon chetida o‘yinni tik turib kuzatardi... Aytmoqchi, Ravshan aka Haydarov qayerdalar?!

2. Eronliklarga yakka kurashlarda yutqazib, to‘psiz qolgan futbolchilarimizning xatolarini, orqa va qanotlardagi boshqa futbolchilar to‘g‘irlash o‘rniga, o‘z zonalarida qolib vaziyat qanday tugashini tomosha qilib turishdi. Jamoaviy ong juda bo‘sh. Olimpiadaga bormoqchi bo‘lgan yaxlit jamoaga o‘xshamadi. Fikri ojizimcha, bu jamoa ichida ruhiy inoqlik zo‘r emasligidan dalolat! “Afsona 17” filmida jamoaviy ruh qanday bo‘lish kerakligi haqida, murabbiy tomonidan ko‘rsatilgan kichik master klass epizod bor. Ruhan zo‘r jamoa namunasi Qatarga 0:2 da yutqazib, durangga erishgan Suriya, Avstraliyadan birinchi gol qo‘yib yuborib hisobni 1:1 qilgan Iroq, Yaponiyani 2:1ga yenggan Saudiya!

3. Taktik xato! O‘zbekiston MTJda markaz va tayanch yarim himoyasida eng effektiv natija bergan o‘yinchini, Olimpiyachilar safida chap qanot yarim himoyasida o‘ynatish, kechirasiz, absurd qarordek ko‘rindi va yakunda o‘z tasdig‘ini topdi! Sanjar Qodirqulov markaz va tayan yarim zonasida, o‘yin davomida piyoda yurgan Abdulla Abdullayev (№4) va hujum tashkil qilishga javobgar Nurillo To‘xtasinov (№8)dan ko‘ra ko‘proq effekt berardi. Sanjar esa chap qanotda, xuddi Ferarriga solyarka qo‘yilgan vaziyatdek ko‘rindi.

Kulminasion yechim:

1. Markazni songa solish zarur! Aziz G‘aniyev (maydonda borligi ko‘rinmagan bo‘lsa ham, imkoniyatini bilganimiz uchun ishonamiz, agar ruhan va jismonan o‘zini tiklab olishga ulgurmasa, Abrorbek Ismoilov (№14) — muqobil variant) yoniga Sanjar Qodirqulov qo‘yilib, Nurillo To‘xtasinov o‘rniga “italiyalik” Mirjahon Mirahmadov qo‘yilib, chap qanotga yarim himoyasiga “bumer” Islom Kenjaboyevni sinab ko‘rish mumkin.

2. Chap qanot himoyasiga Sharof Muhiddinov (№7)ni qaytarish zarur. Eron asosiy hujumlarni aynan chap qanotimizdan qayta va qayta uyushtirdi, sababi Ilhom Alijonov (№19) hali bo‘sh (eronlik “Messicha” Mehdi Qoidiy (№11)dan salom!) va yangi pozisiyada o‘ynashga qiynalgan S.Qodirqulov bu qanotni to‘liq yopa olishmadi.

3. O‘yin paytida jamoaning ruhan liderlari Jasurbek Yaxshiboyev (№9) va Bobur Abdixoliqov (№10) imkoni boricha erkin va individual harakat qilib, darvoza tomon zarba beraverishlari zarur! Ular texnik tomondan yaxshi yetilishgan va bu harakatlar raqiblarni xato qilishga olib kelishi imkoni mavjud. Bo‘lmasam, gol ura olmaymiz.

Syujet yechimi:

Kaminaning tarkibi
O‘zbekiston U-23:
1.Abduvohid Ne’matov (to‘pga havodan chiqishda braklar kamaytirishi va o‘z zonasida uy egasidek dadilroq harakat qilishi lozim),
2.Islom Qobilov (jamoa sardoriga xos yigitlarni ishonchli harakati orqali har qanday holatda oldinga yetaklashi zarur),
3.Hojiakbar Alijonov (o‘z zonasida konsentrasiyani ushlab, raqib provokasiyalariga uchmasligi zarur)
22.Sanjar Qodirqulov (markazdagi teshiklarni yopa olsa bo‘ldi, qolganini o‘zi yaxshi biladi),
6.Aziz G‘aniyev (hech bo‘lmasa 1 bo‘lim o‘zini real kuchini ko‘rsatishi shart),
7.Sharof Muhiddinov (dribling va hujumga qo‘shilish imkoniyati keng, faqat himoyani unutmasa bo‘ldi),
11.Mirjahon Mirahmadov (qo‘lidan ko‘p narsa keladi, faqat o‘zining vaziyatlarida sovuqqonlik zarur)
9.Jasurbek Yaxshiboyev (bilgan ishini qilsin, faqat driblinga berilib kamroq to‘pni oldirib qo‘ysin)
10.Bobur Abdixoliqov (“qarshilik Pele”ning qo‘lidan ko‘p ish keladi, o‘zi vaziyat yaratishi kerak, qulay vaziyatni kutmasin),
17.Islom Kenjaboyev (tezlik va texniksi zo‘r, o‘zini ko‘rsata olsa yutamiz),
20.Husniddin Aliqulov (faqat standartlarda hujumga qo‘shilishi shart, qolgan vaqt o‘zini zonasini sementlab tursa kifoya).

Xitoy jismonan va taktik jihatdan, kamida Eronga teng jamoa. Xitoyda darvozabon, 4 himoyachi, soch turmagi Cho Yun Fatga o‘xshash jamoa sardori va o‘ng qanotdagi 13-raqamli futbolchilari juda yaxshi formadalar va ularni yengish uchun, jamoa o‘z o‘yinini xitoyliklarga o‘tkaza olishi kerak. Koreya 90 daqiqa davomida shu ish bilan ovora bo‘ldi va uddalay olmadi (qo‘shimcha vaqtda zargarona pas va individual harakat evaziga 3 ochkoni yulib olib ketishdi).

Demak, faqat kutilmagan qarorlarni qabul qilib, darvoza tomon o‘xshasa o‘xshamasa zarbalar berilishi zarur, standartlarda bo‘yi uzun himoyachilar hujumga qo‘shilishi va hujum paytida yarim himoyachilar tomoshabin bo‘lmay, hujumchilarga aql bilan yordam berib turishlari kerak.

Epilog:

Xullas, etikni oldin yechib yuboribman, oyoqlarim sovqotdi...

Agar murabbiylar shtabi yigitlarni ruhini ko‘tarib, taktik sxemalarda kerakli o‘zgarishlarni qilib, jon berib jon olib Xitoyni yenga olsak, Koreya bilan bo‘ladigan o‘yin “Super Batl” maqomida bo‘ladi. Yana fikri ojizimcha, Eron Koreyadan 2-turda ochko tortib oladi va Koreya biz bilan oxirgi o‘yinda borini berib o‘ynaydi!

Metaldan bo‘lgan asablarni talab etadigan 2 ta zo‘r o‘yinlar bizni kutmoqda!

Zero, bu yoshdagi futbolchilardan stabil bir xil o‘yin kutish qiyin va shu sabab, 3 ta turda 1 ta jamoa 3 xil o‘yin ko‘rsatishi mumkin!

Menga eng yoqqan tomoni, birorta guruhda yaqqol autsayder yo‘q, jamoalar shunday yoshdaki, faqat kulguli xatolar tufayli chiroyli gollar kiritilmoqda, hali 5 ta gol o‘tkazib yuborgan Bahrayn ham, kichik syurpriz ko‘rsatish extimoli katta!

Shu sabab, Olg‘a Oq Bo‘rilar!

Kiritilgan sana: 18.01.2020 09:56. O'kildi: 11360 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.