Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      05:20 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:40 "Страна спортивная".
      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Новости.
      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Blog

Mazmun.uz — барчаси футбол учун

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Roberto KARLOS: «NIYATIM QACHONDIR BRAZILIYa TERMA JAMOASINI BOSHQARISh»

Baho:
+0; -0

 Karlos — Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi safida to‘p surgan oxirgi 30 yillikning eng kuchli futbolchilaridan biri. U futbolchilik davrida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ayniqsa, Braziliya terma jamoasi bilan birga to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan.

Jurnalistlar mazkur sport afsonasi bilan suhbat uyushtirishdi. Intervyu chog‘ida Roberto Karlos Braziliya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ishtiroki, Neymarning iqtidori, Qatarda bo‘ladigan mundial, Zidanning murabbiylik faoliyati va boshqa mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Jahon chempionatida g‘olib bo‘lganingizda nimalarni his qilgansiz?

— Men 1991 yilda terma jamoada o‘ynay boshlaganman. 1994 yilda esa AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirok etuvchi 23-26 nafar futbolchilar orasida bo‘lishim mumkin edi, ammo terma jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiysi Alberto Parreyra mening termada o‘ynashga yoshlik qilishimni aytdi. O‘rnimga esa boshqa bir yosh futbolchi — Ronaldoni olib ketishdi. 1998 yilda esa biz finalgacha yetib bordik, ammo hal qiluvchi o‘yinda Fransiya termasiga 0: 3 hisobida yutqazib qo‘ydik. 2002 yil esa men uchun eng omadli davr bo‘ldi, biz jahon chempioni bo‘ldik, umuman, terma jamoamiz bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik. 2006 yilda esa biz jahon chempionatining chorak final bosqichida mag‘lubiyatga uchradik, ammo bu vaqtga kelib, mening orzularim amalga oshib bo‘lgandi.

— Asosiy turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritganingizda ko‘nglingizdan nimalar kechgan?

— U kunlarni aslo unuta olmasam kerak. Menda kubokni qabul qilib olayotganim aks etgan surat bor. To‘g‘ri, barcha sardorlar kubokni xursand bo‘lib qabul qilishadi, ammo men boshqacha quvonganman. Bolalarcha xursand bo‘lganman. O‘shanda menga berilgan sovg‘alarning hammasi shaxsiy muzeyimda saqlanadi. Bu rasm menga ko‘p narsani eslatadi. Terma jamoa libosida jahon chempionligini qo‘lga kiritganing, Braziliya va boshqa mamlakatlardan kelgan millionlab muxlislarning seni quvongancha olqishlashi, brazilcha futbolning nimalarga qodir ekanini isbotlaganing — bularni shunchaki so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Bu rasmni juda yaxshi ko‘raman, chunki u menga birinchi sovrinni qanchalik ko‘p kutganimni anglatib turadi.

— Tajribali futbolchilardan qaysi biri, sizningcha, jarima zarbalarini qoyillatib bajaradi?

— Krishtianu! Krishtianu Ronaldu. Hech kim to‘pni Ronalduchalik tepa olmaydi. Men, asosan, yerlatib zarba yo‘llardim, faqat kuchga e’tibor berardim. Ronaldu ham shunday. Faqat uning qachon qanday tepishini hech kim bilmaydi. Yana kim jarima zarbalarini qoyillatib bajaradi?! Bunday o‘yinchilarni istagancha uchratish mumkin. Masalan, «Deli Daynamos» jamoasida (Hindiston superligasi ishtirokchisi) shogirdlarim bilan ko‘p bora mashq qilardik, ammo ularning zarbalari ko‘ngildagidek chiqmasdi.

— Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?

— Agar menda o‘zimni murabbiy sifatida boshqa klubda sinab ko‘rish imkoni tug‘ilsa, shak-shubhasiz bunga rozi bo‘lardim va nimalarga qodir ekanimni isbotlardim. Men zamonaviy murabbiyman, ishim ham yangicha qarashlarga asoslangan. Juda ko‘p o‘qiyapman, o‘z ustimda ishlayapman, ko‘plab xalqaro turnirlarni kuzatib boraman, umuman, bor vaqtimni futbolga bag‘ishlayman. Mening niyatim qachondir Braziliya terma jamoasini boshqarish. Chunki bu mening karyeram va tajribamni oshirishim uchun kerak. Turkiyada yaxshi ishladim, Rossiyada ham hammasi ko‘ngildagidek kechdi, qolaversa, Hindistonda ishlab ham ko‘p tajriba orttirdim.

— Murabbiylardan qaysi biriga taqlid qilasiz?

— Juda ko‘plab murabbiylarni tajribali deb hisoblayman. O‘ylashimcha, men uchun eng yaxshilari Gus Xiddink va Visente del Boske. Men o‘yinchiman, rahbar emasman. Men Roberto Karlosman va futbolchilarim bilan g‘alaba qozonishni istayman. Shogirdlarim meni tushunishini va o‘yinimiz yaxshi chiqishi uchun jon-jaxdi bilan harakat qilishini xohlayman. Bu usulim esa aynan Gus Xiddinknikiga o‘xshaydi.

— Qatarda olib borilayotgan ishlarni qanday baholaysiz?

— Hammasi juda ajoyib: menimcha Qatar jahon chempionatini o‘tkazishga shunchaki a’lo darajada tayyor. Men 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham o‘ynaganman. O‘shanda bizni noqulayliklar anchagina qiynagandi. Masalan, o‘yindan keyin doim bir mehmonxonadan boshqasiga ko‘chib o‘tish uchun kun davomida ovora bo‘lardik. Qatarda esa barcha ob’ektlar maksimal darajada metroga yaqin atrofda qurilgan, mehmonxonadan stadionga borish uchun mashinada 40 daqiqa sarflaysiz, xolos. O‘ylashimcha, Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati mundiallar tarixidagi eng yaxshisi bo‘ladi. Infratuzilmalar kishining ko‘zini quvnatadigan darajada. Men tashkilotchilarni a’lo darajadagi tayyorgarlik bilan tabriklashni istardim.

— Jahon chempionatiga tashrif buyurasizmi?

— Albatta. Men hamma o‘yinni tomosha qilmoqchiman, chunki bir stadiondan boshqasiga tezda bora olasiz, ya’ni bir kunda uch yoki to‘rtta o‘yinni ko‘rishingiz mumkin. Bu ajoyib imkoniyat.

— Neymar haqida qanday fikrdasiz?

— Sobiq futbolchi va murabbiy sifatida aytishim mumkinki, u juda iqtidorli futbolchi. «Barselona»ga ko‘chib o‘tganidan keyin Neymarning iqtidori yanada oshdi. Bugun u dunyoning eng kuchli uchta futbolchisidan biri hisoblanadi. U juda tezkor bo‘lishi bilan bir qatorda harakatchan ham. Mas’uliyatdan qochmaydi. Messi jarohat olgan paytda aynan Neymar barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va buni ajoyib tarzda uddaladi.

— Zayniddin Zidan va uning «Real»dagi ishi haqida fikringiz qanday?

— Zidan «Kastilya»da tajriba to‘pladi, ammo grant klubning bosh murabbiysi bo‘lish boshqa masala. U hozircha yaxshi boshladi va doim ishi ana shunday omadli bo‘lishini istayman, men unga yordam berishga hamisha tayyorman. U har doim g‘alabalar va sovrinlarga intilib kelgan — bu Zidanning asosiy kuchi, shiori. «Real» o‘tgan mavsumdagidan tuzukroq harakat qilishini istardim. Bu klub uni Zidan boshqarayotgani uchun ham o‘zini baxtli his qilishi kerak, chunki Zizu futbolchilarni qanday o‘ynatishni yaxshi biladi. O‘yinchilar Zidanning so‘zini yerda qoldirmagan holda bir-birini tushunib harakat qilishi lozim. Muxlislar ham Zidanning o‘yinchi almashtirish va asosiy tarkibni aniqlash borasidagi qarorlariga e’tiroz bildirishmasin, chunki u futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi baholay oladi.

 

 

 

Kiritilgan sana: 26.06.2017 23:22. O'kildi: 9705 marta.
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.