
Ronaldu

Messi

Saloh

Lamin Yamal

Vinisius

Xoland

Mbappe

Levandovski

Flik

Alonso

Gvardiola

Fayzullayev

Masharipov

Shomurodov

Husanov

Kapadze
| № | Davlat |
|
|
|
Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Xitoy | 169 | 89 | 83 | 341 |
| 2 | Yaponiya | 83 | 95 | 91 | 269 |
| 3 | Janubiy Koreya | 39 | 43 | 68 | 150 |
| 4 | Hindiston | 21 | 27 | 37 | 85 |
| 5 | O‘zbekiston | 21 | 25 | 24 | 70 |
| 6 | Eron | 19 | 18 | 15 | 52 |
| 7 | Tailand | 18 | 13 | 21 | 52 |
| 8 | Qozog‘iston | 12 | 24 | 48 | 84 |
| 9 | Gonkong | 11 | 19 | 24 | 54 |
| 10 | Bahrayn | 11 | 5 | 6 | 22 |
| № | Jamoa | O' | O | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | ![]() |
Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | ![]() |
OKMK | 16 | 28 |
| 4 | ![]() |
Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | ![]() |
Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | ![]() |
Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | ![]() |
Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | ![]() |
Andijon | 16 | 21 |
| 9 | ![]() |
Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | ![]() |
Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | ![]() |
Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | ![]() |
So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | ![]() |
Surxon | 16 | 18 |
| 14 | ![]() |
Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | ![]() |
Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | ![]() |
Mash’al | 16 | 4 |
| 16-tur | So‘g‘diyona | 1-0 | Andijon |
| 16-tur | Paxtakor | 2-2 | Buxoro |
| 16-tur | Surxon | 0-1 | Navbahor |
| 16-tur | Lokomotiv | 2-1 | Dinamo |
| 16-tur | Xorazm | 2-0 | Mash’al |
| 16-tur | Neftchi | 5-0 | Qizilqum |
| 16-tur | Bunyodkor | 2-3 | OKMK |
| 16-tur | Nasaf | 0-0 | Qo‘qon-1912 |
Qahramon Aslanov
Hasanali ota
Furqat Qurbonov
Xolis tahlilchi blogi
Jaloliddin QobiljonovIntervyular olami va tahliliy maqolalar
Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Safarali Siddiqov
«InterFutbol» gazetasi
O'zbekiston Milliy axborot agentligiUzA.uz — sport xabarlari blogi
“Surxon” Super ligaga da’vogar...mi?
Ma'murjon Ibragimov
|
||||||||
| D | S | C | P | J | S | Y | ||
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|||||
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
||
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
||
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
||
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
31
|
|||
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya chempionati, 36-tur
| «El-klasiko», 6 may, 23:45. Bosh hakam: Ernandes Ernandes | ||
BARSELONALuis Suares (10)
Lionel Messi (53) |
2 : 2 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (15)
Garet Beyl (72) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 23.Samuel Umtiti 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 20.Serji Roberto 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 14.Filippe Koutinyo 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
01.Keylor Navas (D) 06.Nacho 04.Serxio Ramos 12.Marselo 05.Rafayel Varan 10.Luka Modrich 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema 11.Garet Beyl |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 25.Tomas Vermalen 02.Nelson Semedu 06.Denis Suares 15.Paulinyo 11.Usmon Dembele 17.Pako Alkaser |
13.Kiko Kasilya (D) 03.Xesus Valyexo 15.Teo Ernandes 20.Marko Asensio 23.Mateo Kovachich 24.Daniel Sebalyos 17.Lukas Vaskes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
Lionel Messi (45) Luis Suares (44) |
Nacho (12) Rafael Varan (31) Serxio Ramos (45) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
Serji Roberto (45+3G‘ |
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Toomnlar jangovar durangga imzo chekishdi |
| 90+5' | ![]() |
"Real" so‘nggi daqiqalarda ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi |
| 90+4' | ![]() |
"Barselona" naq 4 kishi bo‘lib oldinga o‘tib ketdi. Ammo Paulinyo Rakitichga aniq uzatma bera olmadi va ajoyib vaziyatni yo‘qqa chiqardi |
| 90+3' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Paulinyo zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvozagacha yetib bormadi |
| 90+3' | ![]() |
Paulinyo burchak to‘pi ishladi. |
| 90+1' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Luis Suares o‘rniga Pako Alkaser tushdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 85' | ![]() |
"Madrid" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos ofsaydda qoldi |
| 84' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kroos o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi |
| 84' | ![]() |
Marselo uzatma berdi. Alba bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 82' | ![]() |
Vuuuuh! Yana bir xavfli vaziyat! Messi bu safar chap qanotdan kirib, o‘tkir burchak ostida o‘ng oyoqda zarba berdi. Navas qutqardi! |
| 82' | ![]() |
VUUUUUUUH! Ramosning xatosidan keyin Messi to‘pni egallab oldi, u jarima maydonchasi ichida Ramosni yana bir marta aldab, chap oyoqda olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
"Real"ning ikki futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatildi. Beyl qoidabuzarlik uchun, Marselo esa avvalgi vaziyatda simulyasiya ishlatdi deb hisoblangani uchun |
| 76' | ![]() |
Ehhh, hakam! Xordi Alba o‘z jarima maydonchasi ichida Marseloni chalib yiqitdi. Ammo Ernandes jim! |
| 75' | ![]() |
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:2! Jarima maydonchasi ostonasi tomon ochilayotgan uelslik futbolchiga Asensio uzatma berdi. Beyl to‘pni to‘xtatmasdan 18 metrlardan aniq zarba berdi. Ter Shtegen ojiz qoldi. Chiroyli gol! |
| 71' | ![]() |
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi |
| 70' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Mezbonlar dahshatli qarshi hujum tashkil qilishdi. Leonel Messi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Keylor Navas to‘g‘ri pozisiya tanlagani uchun ajoyib seyv namoyish qildi! |
| 67' | ![]() |
Asensio jarima maydonchasi ichida zarbavor vaziyatga chiqdi. Ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi |
| 66' | ![]() |
To‘p nazorati Zidan shogirdlari tomoniga o‘tdi |
| 65' | ![]() |
Beyl Pikening oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib jarima maydonchasiga kirdi, ammo Umtiti unga imkoniyat bermadi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Messi ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 63' | ![]() |
Messi ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 62' | ![]() |
Nacho o‘z jarima maydonchasi yaqinida Messini yiqitdi. Darvozagacha 25 metrlar... |
| 59' | ![]() |
VUUUUUUH! "Barselona" o‘ta xavfli hujum tashkil qildi. Suaresning uzatmasidan keyin Semedu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Paulinyoga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchiga to‘pga biroz yeta olmadi va Navasga urilib ketdi. Hammasi joyida, Keylor o‘yinni davom ettiradi |
| 58' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Paulinyo tushirildi. Muxlislar Andresni olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Inyesta faoliyatida so‘nggi klasikoda ishtirok etdi |
| 56' | ![]() |
Nacho o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p Ter Shtegenning o‘lchasiga aylandi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:1! Luis Suares qanotda Varan bilan to‘p uchun kurash olib bordi va qoidani buzgan holda raqibidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tdi. Hakamlar fol qayd etishmadi. Urugvaylik futbolchi Messiga pas berdi. Leo raqibning ikki futbolchisini aldab, 16 metrlardan o‘ta aniq zarba berdi. |
| 52' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Asensio ikkiga-ikki vaziyatda raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Beylga uzatma bermadi va o‘zi 14 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 47' | ![]() |
Oho! Marselo "Barsa" jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan zarba berdi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 46' | ![]() |
"Real"da esa kutilmagan o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Asensio tushirildi |
| 46' | ![]() |
"Barsa"da kutilgan o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Nelson Semedu tushirildi |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Real" 1:1. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Aslida bir daqiqa oldin Beyl maydondan chetlatilishi krak edi. U ochiqchasiga Umtitining oyog‘iga butsaning tishlari bilan tepgandi |
| 45+3' | ![]() |
Serji Roberto qizil kartochka oldi. Yo‘q joydan! Himoyachi to‘psiz joyda Marseloning yelkasiga zarba berdi. Braziliyalik futbolchi yiqilib berishni o‘xshatdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Messi ham ogohlantirildi. Ramosga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun |
| 44' | ![]() |
Luis Suares va Serxio Ramos ogohlantirish olishdi |
| 42' | ![]() |
VUUUUUUH! Koutinyoning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasiga kirdi va Navasni aldashga harakat qildi. Keylor so‘nggi pallada qo‘llari bilan to‘pni yon tomonga urib yuborib, xavfni bartaraf etdi |
| 40' | ![]() |
Oho! Madridliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Benza raqib jarima maydonchasiga kirar-kirmas olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 38' | ![]() |
Mezbonlar Marselo qanotidan ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda. Braziliyalik himoyachining uzatmasiga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Messi jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Umtiti to‘pga zarba berdi. Ofsayd |
| 31' | ![]() |
Rafael Varan ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Suaresni qo‘li bilan tortib yiqitdi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh! Messining ajoyib uzatmasidan keyin Alba yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi, Beyl to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 28' | ![]() |
Vuuuuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Krishtianu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
VUUUUUUUH! Beylning uzatmasidan keyin Ronaldu birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi!!! |
| 26' | ![]() |
Kroos jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Noaniq |
| 24' | ![]() |
Marselo chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Pike boshi bilan to‘pni qaytardi. Nacho o‘ng qanotdan to‘pni "Barsa" jarima maydonchasiga qaytardi. Ronaldu bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 22' | ![]() |
"Barselona" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi, ammo ish xavfli vaziyatgacha yetib bormadi |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Albaga Messi uzatma berdi. Xordi to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon burishga harakat qildi, ammo bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, "Barselona" - "Real" - 1:1! Hujumni portugaliyalik futbolchining o‘zi boshlab berdi. U chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirdi va tovoni bilan Kroosga uzatma berdi. Toni olis ustun tomondagi Benzemaga yuqoridan uzatma berdi. Karimning bosh bilan pasidan keyin Ronaldu yaqin masofadan darvozani zabt etdi! |
| 12' | ![]() |
Nacho sariq kartochka oldi |
| 10' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis SUARES! "Barselona" - "Real Madrid" - 1:0! Mezbonlar qarshi hujumda raqibini jazoladi. Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto o‘ng qanot bo‘ylab yolg‘iz oldinga o‘tdi. Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Messini yopishdi, ammo Roberto ochilayotgan Suaresga to‘pni yetkazdi. Urugvaylik futbolchi aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 9' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Messi birga-bir vaziyatga qochdI, ammo ofsayd |
| 9' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi, so‘ngra uni Ter Shtegen egalladi |
| 6' | ![]() |
Marseloning ajoyib uzatmasidan keyin Ronaldu yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo birozgina ofsayd |
| 5' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan jarima to‘pini raqib darvozasini oldiga yetkazdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi |
| 4' | ![]() |
VUUUUUH! Ilk xavfli vaziyat! Messining uzatmasidan keyin Suares "Real" jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi. To‘p Varanning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 3' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan Inyesta va Alba yordamida hujum tashkil qilishdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni qaymoqranglilar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yinga eng jangovar tarkibni tanlashgan. Faqatgina "Real"da Karvaxal yo‘qligi bilinishi mumkin. "Qirollik klubi" safida Iskoning yo‘qligini bilintirmaydigan futbolchilar yetarli. Isko ikkinchi bo‘limda madridliklarni kuchaytirishi mumkin edi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 36-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilmoqda. Navbatdagi el-klasikodan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| № | Futbolchi | Gol | |
|---|---|---|---|
| 1 | ![]() |
Lyupcho Doriyev | 12 |
| 2 | ![]() |
Anvarjon Hojimirzayev | 9 |
| 3 | ![]() |
Temurxo‘ja Abduxoliqov | 9 |
| 4 | ![]() |
Stipe Perisa | 8 |
| 5 | ![]() |
Chinedu Stefan | 8 |
| 6 | ![]() |
Bobur Abduxoliqov | 7 |
| 7 | ![]() |
Doston Hamdamov | 7 |
| 8 | ![]() |
Husayn Norchayev | 6 |
| 9 | ![]() |
Jamshid Iskanderov | 6 |
| 10 | ![]() |
Nodirbek Abdurazzoqov | 5 |
Shuhrat Shokirjonov |
|
|
Qahramon Aslanov |
|
|
Sherzod Rajabov |
|
|
Hasanali Qodirov |
|
|
Stadion.uz |
|
|
Abdurahmon Fozilov |
|
|
| barcha konferensiyalar » |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar. |
|