Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba.

  • Bundesliga
      • 20.10.2026 13:17
      • Mayns
      • 2:0
      • Ayntraxt Braunshveyg
      • 20.10.2026 13:17
      • Hannover-96
      • 1:4
      • Hoffenhaym
      • 20.10.2026 13:17
      • Bayer
      • 2:1
      • Augsburg
      • 20.10.2026 13:17
      • Shalke
      • 1:3
      • Borussiya D
      • 20.10.2026 13:17
      • Bavariya
      • 3:2
      • Gerta
      • 20.10.2026 13:20
      • Volfsburg
      • 3:0
      • Verder

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.10.2026

      12:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Интернасьонал".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Палмейрас".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      20:40 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Бешикташ". Прямая трансляция.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Сантос".
      01:55 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Бешикташ".
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Витория". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.10.2026

      12:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Минеральных Водах. День 4.
      13:45 "Спорт. Док". Алексей Обыденнов.
      14:40 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
      16:35 "Эволюция спорта".
      17:05 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Пул. Финал.
      18:45 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Женщины. Свободная пирамида. Финал.
      20:20 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Комбинированная пирамида. Финал.
      21:55 "Лучшие из лучших".
      22:25 "Лица страны". Рамиль Гайсин.
      22:40 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      00:05 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      01:30 "География спорта". Касимов.
      02:00 "Эволюция спорта".
      02:30 Д/ф "Марадона Кустурицы".
      04:05 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.10.2026

      12:00 Новости.
      12:10 "Лица страны". Рамиль Гайсин.
      12:30 Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "География спорта". Касимов.
      16:55 "Что за спорт?".
      17:30 Новости.
      17:35 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:40 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Эдмонтоне, Канада. Хоакин Бакли против Майка Мэлотта.
      19:50 Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:55 LIVE Хоккей. Olimpbet Чемпионат МХЛ. МХК "Динамо" (Москва) - "Динамо-Шинник" (Бобруйск). Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Парма" - "Торино". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:45 Регби. Чемпионат России. Финал. "Динамо" (Москва) - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.10.2026

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      07:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд.
      10:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      11:30 Скалолазание. Женщины. Болдеринг. Финал. Мировая серия. Солт-Лейк-Сити.
      13:30 Легкая атлетика. Марафон. Амстердам.
      15:00 Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд.
      17:00 LIVE Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд. Прямая трансляция.
      21:00 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 5.
      22:00 Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд.
      23:00 LIVE Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд. Прямая трансляция.
      03:00 Снукер. Northern Ireland Open. Первый раунд.
      04:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 19.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ariyel Ortega (Argentina)

Bir muhim o‘yin oldidan u jamoa bosh murabbiyi Klaudio Ranyeriga yuzlandi va jiddiy ohangda so‘radi: “Meni o‘yinda maydonga tushiring yoki qo‘yib yuboring”. Murabbiy va’da berdi: “Ertaga Vlaovich hamda Lopes bilan hujumda o‘ynaysan”. Jamoa “Mestalya”ga keldi va kiyinish xonasida Klaudio Ranyeri maydonga tushadigan futbolchilar nomini sanadi. U esa, bu futbolchilar orasida o‘zining ismini eshitmadi va sumkasini ko‘tarib, o‘yiga jo‘nadi. Oradan ko‘p o‘tmay, uning o‘zboshimchaligini Ranyeri kechirdi va uni yanvar oyidagi "Barselona"ga qarshi mashhur o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushirdi. Aynan uning ajoyib o‘yini evaziga birinchi bo‘limdagi 0:3 hisobi o‘yin yakunida 4:3ga aylandi.

KUNIGA 300 PESO
Bugun Ariyel Ortega "River Pleyt" o‘rinborsarlariga ustozlik qilmoqda. Uning shogirdlariga aytadigan gapi ko‘p. U asosan, shogirdlariga o‘ziga o‘xshab xato qilmaslikni va faoliyatidagi bunday xatolarni aytib, ularni to‘g‘ri yo‘ldan ketishlariga umid qilmoqda.

“Bunday issiqda o‘ynash kulguli, buni yig‘ishtir”, - deya baqirardi otasi Antonio Ortega. Ammo, otasining kuyinishlariga qaramay Ariyel Ortega kuniga 300 peso ishlab olish imkoniyati bo‘lgan yakshanbadagi turnirni o‘tkazib yuborgisi kelmasdi. Ariyel dastlab regbi bilan shug‘ullanishni boshlagan, ammo bunday jussa bilan qiynalishini bilgandan so‘ng, 12 yoshida futbolni tanlashni lozim topgan. U yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan turnirni hech qachon o‘tkazib yubormagan. Faqatgina bir marta, "River Pleyt" gastrol uyushtirgani va uni ko‘rish imkoniyati bo‘lgani sababli o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelgan. O‘sha gastrolda u o‘zining sevimli futbolchilarini yaqindan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 yil o‘tgach, Ortega Argentina terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Pato Filoldan so‘raydi: “Pato, esingdami, o‘n yil oldin, Ledesmada bir bolakay senga qo‘lini ko‘tarib, baqirganida, sen unga qarab jilmaygan eding?”. Pato Filol uning qarshisida turgan Argentina terma jamoasining o‘ninchi raqamli futbolchisiga bir zum termulib, kulib yubordi: “Nahotki, bu sen eding?”.

Undan ham kulguliroq voqea 1990 yilning 27 dekabr kunida bo‘lgan edi. "River Pleyt" murabbiyi Xorxe Busti abituriyentlarga qarata “kim hujumda o‘ynashni istaydi”, deydi va qarshisida 50ga yaqin bolalarning qo‘lini ko‘tarib turganini ko‘radi. Ularning bari imtihon topshiradi. Ariyel Ortega uchun bu imtihon 15 daqiqa davom etdi va shundan so‘ng u uyiga qaytib ketdi. Oradan bir yarim oy o‘tgach u uchun barchasi o‘zgarib ketdi: velosipedda unga imtihon javobini va "River Pleyt"ga taklifnomani olib kelgan pochta xodimi, yosh futbolchilarga ajratilgan va xarobadan farqi yo‘q umumiy turar joy, devordagi dog‘lar, radiouzatgich va televizorning yo‘qligi. Xullas, yangi sarguzashtlar boshlandi.

Ammo, bunday sharoitga qaramay, Ortega asosiy jamoaga tezda qo‘shilib ketishning uddasidan chiqdi. Platensedagi muhim o‘yinlardan birida, o‘yin tugashiga besh daqiqa qolganda Klaudio Spontonning o‘rniga maydonga tushdi. Keyinroq yana bir ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. "River Pleyt" esa o‘sha mavsum chempion bo‘ldi. Jamoa faxriysi Xorxe Higuain klub prezidentini jamoa futbolchilari uchun beriladigan mukofot puli Ortegaga ham berilishiga ko‘ndirdi. Shu yili Ortega o‘zining ilk professional shartnomasini tuzdi. Buenos-Ayresga oilasini olib keldi. Uning singillari universitetga o‘qishga kirdi. Biri bioximik, ikkinchisi esa, ingliz tili o‘qituvchisi bo‘ldi. Otasi esa, "River Pleyt"ning uy stadioni hisoblangan “Monumental”ga payvandchi sifatida ishga joylashdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, ajabtovur harakatlar va ajoyib texnikaga ega futbolchi muxlislar yoqimtoyiga aylana boshladi. Uni hamma taniy boshladi. "Boka Xuniors"ga qarshi o‘yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi va sakkiz yildan beri davom etib kelayotgan noxush an’anaga barham berdi: "River Pleyt" eng asosiy raqibining maydonida g‘alaba qozondi.

BU TIRRANCHANI YOLG‘IZ QOLDIRIB BO‘LMAYDI
Ariyel Ortega 1994 yilgi Jahon chempionati arafasida Argentina terma jamoasi ustozi Koko Basiledan kutilmaganda taklif oldi. Terma jamoa himoyachisi Dario Franko mundial arafasida kutilmaganda jarohat oldi va murabbiy uning o‘rniga hujumkor yarim himoyachi Ortegani taklif qilishni ma’qul ko‘rdi.

"Salta" mehmonxonasiga joylashgan Argentina terma jamoasi futbolchilari ertasi kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bosh murabbiy yordamchisi Echevarriya terma jamoa futbolchilarini yig‘di va ularga xonalarning kalitini topshira boshladi. Barchaga kalitlarni topshirib bo‘lgan murabbiyning qarshisida faqatgina ikki futbolchi – Maradona hamda Ortega qolgan edi. Maradona yonida sheriklarisiz, doimo bir o‘zi yolg‘iz xonada yashar edi. Bu safar esa, kutilmaganda murabbiyga yuzlandi: “Bu tirranchani bir o‘zini yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi. Uni mening xonamga joylashtiraqol”.

Oradan ko‘p o‘tmay, Maradona Gresiya darvozasiga gol urdi va uni darvoza ortida turgan videokamera egasi bilan ajoyib tarzda nishonlaydi. O‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganida esa, uning o‘rniga Ortega maydonga tushiriladi.

Nigeriyaga qarshi ikkinchi o‘yin oldidan u tarkibga kirmadi, ammo o‘yin arafasida mashg‘ulotdan avval jamoa himoyachisi Ernan Diasni yo‘lakda ko‘rib qoldi: “Bugungi  mashg‘ulotlarga chiqish shart emas, g‘alaba qozonganimiz tufayli, murabbiylar bizga dam berishdi. Borib damingni olaver”. Ortega sekingina yelkalarini qisdi va xonaga qaytib uxlab olishni reja qildi. Ammo, bir oz vaqt o‘tib xonaga yordamchi murabbiy Echevarriya keladi va xonani taqillatadi: “Sen nimaga mashg‘ulotlarga chiqmading. Xatto, Maradona mashg‘ulotlarda ter to‘kmoqda, sen esa, televizor ko‘rib, xonada dam olayapsan, jo‘na pastga”. Keyinroq, Dias hazillashganini tan oldi va Ortega bundan ranjidi. O‘yin arafasida Ortegani kechirishdi va u yana jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. Ammo, ertasi kuni terma jamoa a’zolari hazil qiladigan ahvolda emas edilar: Maradonani dopingda ushlashdi. Ortega esa, tuni bilan xonada bir o‘zi yolg‘iz qolib, yig‘lab chiqdi: “Bizni borimizdan ayirishdi”.

Jahon chempionati Argentina uchun kutilmaganda tez tugadi. Ammo, Ortega uchun hammasi endi boshlanayotgan edi. U "River Pleyt" safida asosiy figuralardan biriga aylandi. Keyinroq, 1996 yilgi Olimpiada o‘yinlari arafasida "River" Libertadores Kubogi finalida Kolumbiyaning "Amerika" klubiga qarshi maydonga tushdi. Final o‘yinidan oldin kiyinish xonasida "River Pleyt" sardori Enso Francheskoli jamoa ustozi Roman Diasdan xonadan chiqib turishni va futbolchilar bilan yolg‘iz qoldirishni iltimos qildi: “Bu menga katta sovrin yutish uchun so‘nggi imkoniyat, iltimos, menga yordam beringlar”...

O‘yinning 6-daqiqasida Ortega Krespoga assistentlik qildi va "River Pleyt" g‘alaba qozondi. Oradan yarim yil o‘tgach, "River Pleyt" prezidenti Alfredo Davichche uning eshigini taqillatdi: “Valensiya" senga o‘n besh million dollar taklif qilayapti. Ammo, sen biz bilan shartnomani uzaytirmasang, seni tekinga olib ketib qolishadi”. Bungacha, albatta, agentlar Ortega bilan ko‘rishishgan va unga o‘zi uchun bir necha millionlik maosh evaziga shartnomani uzaytirmaslikni taklif qilishgan edi. Ortega esa, klub prezidentiga xavotir olmaslikni aytdi va shartnomani uzaytirishga qarshi emasligini ta’kidladi: “Xavotir olmang. "River Pleyt"ni qiyin ahvolga solib ketmayman”.

TERMA JAMOADAGI OMADSIZLIKLAR
Fransiyadagi Jahon chempionatida Argentina favoritlardan biri edi. Argentina uchun mundial juda yaxshi boshlangan edi. Yamayka terma jamoasi darvozasiga urilgan 5ta javobsiz golning ikkitasiga Ortega muallifliq qildi. Nimchorak finalda Angliya mag‘lub etilgach, avtobusda aynan Ortega “Vamos Argentina”, deya hammadan baland ovozda kuylagan edi. Hollandiyaga qarshi o‘yin esa,  uning faoliyatidagi eng alamli uchrashuvlardan biri ekani sir emas. O‘yin tugashiga uch daqiqa qolganida, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaziyatda raqib jarima maydonida Yap Stam bilan to‘qnashib ketadi va maydonga yiqiladi. Shu zahotiyoq hakam hushtagini eshitadi va penalti deb o‘ylab, o‘rnidan turadi. Ammo, u, qarshisida nuqtani ko‘rsatayotgan emas, balki cho‘ntagidan sariq kartochka chiqarayotgan hakamni va unga bir nimalar deb baqirayotgan Edvin van der Sarni ko‘radi. Shu ondayoq, Van der Sarni itarib yuboradi. Van der Sar yerga quladi va qizil kartochka. Hammasi tugadi. Ortega bir daqiqa o‘tmay, Ortega kiyinish xonasiga kirayotganda stadiondagi shovqin, baland ovozdagi hayqiriqlarni eshitadi.

“Kim gol urdi?”, - so‘raydi yonida turgan stadion xodimidan.
— Hollandiya!

Oradan to‘rt yil o‘tib, Marselo Byelsa uni Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Jahon chempionatiga olib ketadi. Argentina bu safar ham favoritlardan biri edi. Ammo, bu safar ular guruhdan ham chiqa olmadilar. Shvesiyaga qarshi guruhdagi so‘nggi tur o‘yinida o‘yin yakunida Ortega penaltini noaniq tepdi. Uning zarbasini shvesiyaliklar posboni Hedman qaytardi, ammo Krespo qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi. O‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi va Aregentina uyiga qaytadigan bo‘ldi. O‘yindan so‘ng, Ortega kiyinish xonasiga hammadan oldin kirdi va u yerda yig‘lab o‘tirgan Marselo Biyelsaga ko‘zi tushdi: “Men o‘z joyimga borib o‘tirdim va uyatdan o‘zimni qo‘yarga joy topa olmadim. Qanday qilib, bunday ajoyib murabbiy bilan biz sharmanda bo‘lganimizni aqlimga sig‘dira olmas edim”.

Ortega shundan so‘ng Yevropaga ketdi. "Sampdoriya", "Parma", "Fenerbaxche" kabi jamoalarda ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi. "Fenerbaxche"dagi og‘ir va mazmunsiz faoliyatidan so‘ng uni Argentinaga chaqirishdi. Ammo, bu safar uning jonajon klubi "River Pleyt"ga emas, "Nyuells Old Boyz"ga taklif etishdi. Bu klub safida, yana ajoyib o‘yinlar o‘tkazib, hammaga iste’dodini yana bir marta namoyish etdi. Aynan uning harakatlari va yuqori saviyadagi o‘yinlari evaziga "Nyuells Old Boys" o‘n ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana chempionlikni qo‘lga kiritdi. "River Pleyt" bilan o‘yinda, o‘z gollarini nishonlamadi va klubga bo‘lgan sadoqatini namoyish etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, "River Pleyt" Ortegani ortga qaytardi.

Bundan o‘n besh yil avval Xorxe Higuain 18 yoshli Ortegaga ham mukofot puli berilishini iltimos qilgan va klub prezidentini yosh futbolchini rag‘batlantirishga ko‘ndirgan edi. Ma’lum tanaffusdan so‘ng "River Pleyt"ga tashrif buyurgan Ortega Xorxe oldidagi qarshi qaytarishga kirishdi va uning o‘g‘li, 18 yoshli Gonsaloga katta yordam berdi.

NODIRJON tayyorladi.

O'kildi: 10009 marta.
Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 12
2 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Neftchi Stipe Perisa 8
5 Paxtakor Chinedu Stefan 8
6 Nasaf Bobur Abduxoliqov 7
7 Paxtakor Doston Hamdamov 7
8 Navbahor Husayn Norchayev 6
9 Neftchi Jamshid Iskanderov 6
10 OKMK Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.