Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba.

  • Bundesliga
      • 20.10.2026 13:17
      • Mayns
      • 2:0
      • Ayntraxt Braunshveyg
      • 20.10.2026 13:17
      • Hannover-96
      • 1:4
      • Hoffenhaym
      • 20.10.2026 13:17
      • Bayer
      • 2:1
      • Augsburg
      • 20.10.2026 13:17
      • Shalke
      • 1:3
      • Borussiya D
      • 20.10.2026 13:17
      • Bavariya
      • 3:2
      • Gerta
      • 20.10.2026 13:20
      • Volfsburg
      • 3:0
      • Verder

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.10.2026

      06:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      08:00 Д/ф "Тони Кроос".
      10:00 Чемпионат Турции. "Генчлербирлиги" - "Галатасарай".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      16:00 Чемпионат Турции. "Генчлербирлиги" - "Галатасарай".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Палмейрас".
      20:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      22:00 Чемпионат Турции. "Генчлербирлиги" - "Галатасарай".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Сантос". Прямая трансляция.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Палмейрас".
      04:00 Профилактика.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.10.2026

      05:20 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Астане, Казахстан. Финалы.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      07:55 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      09:10 "Вы это видели".
      10:00 "Дело №".
      10:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      14:05 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Минеральных Водах. День 3.
      15:55 "Эволюция спорта".
      16:25 "Век нашего спорта". Александр Зайцев.
      16:55 Художественная гимнастика. Гала-концерт "Дорогая моя столица, золотая моя Москва!".
      19:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      19:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
      21:15 "Лучшие из лучших".
      21:45 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Минеральных Водах. День 4.
      23:30 "Эволюция спорта".
      00:00 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
      04:00 Профилактика.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.10.2026

      08:00 Профессиональный бокс. Костя Цзю против Хулио Сезара Чавеса.
      08:20 Профессиональный бокс. Мэнни Пакьяо против Лехло Ледвабы.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      14:05 Новости.
      14:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Урал" (Екатеринбург) - "Нижний Новгород". Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 11-й тур. "Динамо" (Москва) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      20:50 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Милан" - "Аталанта". Прямая трансляция.
      23:00 После футбола с Георгием Черданцевым.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Севилья". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 "Матч! Парад".
      04:00 Профилактика.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 4.
      09:00 Велоспорт. Тур Энеко. Этап 4.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      11:30 Велоспорт. "Велошоу".
      11:45 LIVE Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Тур Энеко. Этап 4.
      15:30 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 5. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 5. Прямая трансляция.
      18:45 LIVE Велоспорт. "Классика Венето" в Италии. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      04:30 Велошоссе. Чемпионат мира в Монреале, Канада. Женщины. Групповая гонка.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 19.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Paolo Maldini – abadiy va takrorlanmas yulduz

Betakror Paolo Maldinining butsalarini mixga ilgani va «Milan»ning unga tegishli «3» raqamini muomaladan chiqarganiga ham bir zumda 6 yil bo‘libdi. Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri «Milan» klubidagi uzoq muddatli faoliyati davomida qo‘lga kiritishi imkoni bor deyarli barcha sovrinlarga ega chiqqani bilan maqtana oladi. Aniqroq aytsak, Paolo CHL|CHKda naq 5 marta g‘olib chiqqan (ilk marta - 1989 yili, oxirgi marta - 2007 yili), 16 yil ichida 7 marta skudetto sohibiga aylangan, shuningdek, Italiya kubogi va Klublar o‘rtasidagi JChda zafar quchgan. «Milan» futbolkasini ilk marta 16 yoshida kiygan himoyachi 41 yoshida nafaqaga chiqdi. U shundan buyon klub rekordchisidir: 4ta o‘nlik davr ichida jahonning eng buyuk jamoa­laridan biri safida o‘tkazgan faqat oliy darajadagi o‘yinlari soni 902taga yetgan. Bu borada Paolo bilan Rayan Giggz va Xavyer Zanettigina raqobatlashishlari mumkin, xolos. Yana bir tomoni, Maldini Italiya terma jamoasini naq 74 marta sardor sifatida maydonga boshlab tushgan hamda 3ta JCh va 4ta Yevropa chempionatida ishtirok etib, har ikki turnirda g‘oliblik sharafiga muyassar bo‘lgan. U zamonaviy himoyachilar uchun chinakam o‘rnak namunasidir. Zero, yuqori tezlik va alohida jismoniy kuchga ega bo‘lmay turib, shunchalik samarali o‘ynagan. Chunki o‘yinni yaxshi o‘qiy olardi va to‘p bilan ishlashni qoyillatardi.

Paolo Maldini, Franko Barezi, Alessandro Kostakurta va Mauro Tasotti - bu to‘rtlik futbol tarixidagi eng kuchli himoya chizig‘i hisoblanadi. Eng qizig‘i, maydonda doimo yetuk ijodkorlik va novatorlik xususiyatlari bilan ajralib turishgan bu futbolchilardan hech biri murabbiylik yo‘lidan yurgani yo‘q. Vaholanki, ularning «Milan»dagi klubdoshlari - Marko van Basten, Ruud Gullit, Frank Raykaard, Karlo Anchelotti, Roberto Donadoni, Klarens Zeedorf va Marko Simeone yangi sohada ham ozmi-ko‘p nom qozonishdi. To‘g‘ri, Kostakurta ma’lum muddat «V» seriyasida «Montova» bilan ish yuritdi, ammo deyarli hech narsaga erisholmadi. Tasotti esa Karlo Anchelotti va Massimiliano Allegri davrida «San Siro»da assistent rolini bajardi. Lekin ayni payt har ikkisi murabbiylik sexidan ancha yiroqda. Maldiniga kelsak, u hattoki, bu sohada ishlash varianti ustida o‘ylab ham ko‘rmagan. Paolo uzoq yillar davomida otasi - Chezaredan ko‘p narsalar o‘rgandi. Bilasiz, katta Maldini ham futbolchi sifatida nom qozongan, keyinchalik 5ta klub va milliy jamoani boshqargan. Xullas, Paolo bolaligidanoq otasi izidan yurib, futbol masalasida muayyan tushuncha hosil qilib ulgurgandi. Keyin esa naq 25 yil davomida to‘p surdi. Ko‘rinishidan, futboldagi shuncha vaqtni yetarli bildi, shekilli. Endilikda Paolo uchun yangi yumushlarga vaqt topildi: tennis, boks, asosiysi, oila...

- Boshidayoq murabbiylikka alohida xohishim yo‘qligini sezdim, - deydi Paolo.  - Zero, otam murabbiy edi va doimiy tarzda safarlarda bo‘lardi. Qisqasi, biz oilada hech birga o‘tirolmasdik. Qolaversa, futboldan dam olishni istadim. Qisqasi, o‘zimni murabbiy rolida tasavvur qilolmadim. «Milan» tizimiga 10 yoshimda qo‘shilib, 41 yoshimgacha klubda qoldim. O‘ylaymanki, bu futbol uchun yetarli vaqt». Aytish joiz, Maldini futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yganidan bir necha hafta o‘tib, unga «Chelsi»dan qo‘ng‘iroq qilib, Anchelottiga assistent bo‘lishini taklif etishgandi. Biroq Paolo bu chorlov ustida jiddiy bosh qotirgani yo‘q va darhol rad javobini berdi. E’tiborlisi, shundan buyon unga turli joylardan taklif yuborishni kanda qilishmayapti. Ayniqsa, Fors ko‘rfazi klublari italyanni faollik bilan chaqirishyapti. Biroq sobiq himoyachi har safar bunday suhbatlarga muloyimlik bilan xotima yasaydi: «Rahmat, biroq yo‘q». Chunonchi, Maldinida sportga bog‘liq qiziqishlar qatori yana biznesga moyillik ham sezildi: u yangi tuzilgan «Mayami» klubining xo‘jayinlaridan biriga aylandi.

Paolo hozir 47 yoshda, sochlari oqara boshladi, tizzasidan olgan jiddiy jarohati ham o‘zini eslatib turadi. Ya’ni endi maydonda binoyidek to‘p surolmaydi. Ammo aytishicha, oilasi davrasida futboldagidan kam zavq olmayotgan ekan.

- Ha, o‘zimga yarasha qiziqish va ishlarim bor, lekin ular futbolga daxldor emas. Endilikda o‘zim uchun mustaqil ravishda kun tartibi tuzish imkoniyatiga egaman. Ya’ni hayotni boshqacha his eta boshladim, - kuladi Maldini. - Ayni payt asosan oilam davrasida vaqt o‘tkazyapman. Axir uzoq vaqt oilamni e’tiborsiz qoldirib, bu masalada qarzdor bo‘lib qolgandim. Shuningdek, tennis o‘ynash jonu-dilim. Yana 3 yil boks bilan shug‘ullandim. Sizga aytsam, bu menga yoqib qoldi. Boks - og‘ir, shuning barobarida, ajoyib sport turi. Mashg‘ulotlardan qanday zavq olganimni ta’riflab berolmayman.

To‘g‘ri, o‘g‘illari  - 19 yoshli himoya­chi Kristian va 14 yoshli hujumchi Daniel uning futboldan, xususan, «Mi-lan»dan batamom uzoqlashishiga imkon berishmaydi. Ulardan biri vaqti kelib, hozircha «muzlatib» qo‘­yilgan «3» raqami vorisiga aylansa, ajabmas. Buning uchun qaysidir biri asosiy jamoaga kirsa, bas.

Tabiiyki, Paolo sobiq jamoasining hozirgi holatiga ham befarq emas. Axir «rossonerlar» 2011 yili «A» seriyasida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsalar, o‘tgan mavsum 10-pog‘ona bilan kifoyalanishdi  - sezilarli pasayish.

- Hozir futbolchilarga juda og‘ir... Yaqin orada vaziyatning ijobiy tomonga o‘zgarishi dargumon. Ehtimol, ular hozirda nima qilishni ham umuman tushunishmayotgandir. Paoloning bu gapida jon bor. Har­qalay, hozirgi «Milan» 80-yillar oxiri va 90-yillar boshidagi oltin davr darajasidan ancha yiroqda. O‘sha vaqt Berluskonining sarmoyasi va Arrigo Sakki hamda Fabio Kapelloning taktik bilimdonliklari evaziga klub 1988-1996 yillar oralig‘ida naq 5ta skudetto yutgandi. Boz ustiga, «A» seriyasi o‘shanda jahondagi eng boy va raqobatbardosh liga hisoblanardi. Futbolchilar kelib-ketishardi, Maldini esa o‘z joyida mustahkam turardi. Garchi keyinchalik «Milan»ning ichki arenadagi ishlari ortga ketgan bo‘lsada, Paolo yana bir qator yorqin g‘alabalarni tantana qildi - 2004 yilda Italiya chempioni bo‘ldi, 2003 va 2007 yillarda CHL kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. U aynan shu davr, ya’ni o‘z do‘sti Karlo Anchelotti boshqaruvidagi vaqtlarni alohida eslaydi:

- Menga jamoadoshlar va klub prezidenti masalasida omad kulib boqqan. Chunki «Milan» xo‘jayini barchasida eng yaxshi bo‘lish yo‘lida pulni ayamasdi, futbolchilar esa maydonda bor mahoratlarini ishga solishardi. Yana bir e’tiborli tomoni shuki, menga ko‘plab yetuk murabbiylar qo‘l ostida o‘ynash nasib etdi. Deylik, Nils Lidxolm futbol shunchaki, o‘yin ekanligi va undan faqat zavq olish zarurligini teran tushuntirgandi. Sakki esa yangi darajaga chiqishimga katta yordam bergan. Kapello va vaqtida men bilan birga o‘ynagan Anchelotti haqida ham xuddi shunday fikr bildiraman. Ayniqsa, Anchelotti bilan barchasi o‘ta ajoyib kechgandi. Axir biz futbolni bir xil tasavvur qilardik. U ajoyib yigit va shunday mutaxassis. Biz birga o‘ynagan payt qalin do‘st edik, u murabbiy bo‘lgach ham, munosabatlarimiz zarracha o‘zgarmadi. Futboldagi oxirgi 7 yilni Karlo bilan birga o‘tkazdim va bu davr faoliya­timdagi eng yaxshisidir. Chunonchi, barchasi ikkimizga ham rohat bag‘ishlardi: nafaqat o‘yinlar yoki g‘alabalar, balki har kunlik ish. Ha, ajoyib damlar.

Maldini yana «Milan»ning yosh darvozaboni Janluiji Donnarummaga e’tibor qaratdi. Xabaringiz bo‘lsa, «Milan» bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich uni 16 yoshu 8 oylik vaqti, ya’ni oktyabr oyida «Sassuolo»ga qarshi bahsda maydonga tushirdi.

- Men ilk marta maydonga tushganimda nisbatan yoshroq edim, - kuladi Paolo. - Ya’ni16 yoshu 7 oylik vaqtim debyut qilgandim. Umuman, Janluiji haqida u maydonga tushmasidan oldin ko‘p gaplarni eshitgandim. Zero, o‘tgan yili hamma faqat u haqda gapirdi. Ko‘rinib turibdiki, yigitcha ulkan iqtidorga ega. Bilasiz, golkiperning maydondagi roli mutlaqo boshqacha. Unga qiyin. Lekin eng muhimi, Janluiji hozircha o‘z vazifasi uddasidan chiqmoqda.

Maldini o‘z yutuqlari orasida bittasini alohida ajratib ko‘rsatolmaydi: na CHK-89dagi ilk g‘alabani, na 1994 yili «Barselona»ni 4:0 hisobida tor-mor etilganini (o‘shanda Paolo himoyada Barezi va Kostakurtasiz ham ajoyib tarzda harakatlangandi).

- Faoliyatim shunisi bilan ajo­yibki, men CHLda 5 marta g‘olib chiqqanman va 20 yil davomida naq 8ta finalda o‘ynaganman. Bunga ishonish qiyin, - deydi u.  - Ha, «Mi­lan»da tengsiz tarkib bor edi. Ya’ni men o‘ynashni boshlagan paytda ham, faoliyatimni yakunlagan chog‘da ham ajoyib yigitlar bilan birga to‘p surganman. Aynan shu narsa meni ko‘proq quvontiradi.

Maldini yana bir Qator masalalar xususida

Galliani haqida

- Agar «Milan» cho‘qqiga qaytishni xohlasa, unga g‘oyalar va sarmoya kerak. Ya’ni klub futbolni teran tushunadigan odamlarga ehtiyoj sezmoqda. Ayni payt bundaylar ko‘rinmayapti, afsus. Galliani  ajoyib rahbar, ammo unda futbolga daxldor kamchiliklari ko‘p. Deylik, o‘yinchilar va ularning saviyalarini to‘g‘ri baholay olmaydi. Demak, bu funksiyani boshqa kishiga topshirishi kerak.

«Milan»ga nima yetishmayotgani xususida

- Men o‘ynagan payt ajoyib tarkib bor edi, shuningdek, aniq tuzilgan loyiha ham. Shuning hisobiga g‘alabalarni nishonlaganmiz. Lekin ertangi kunga ishonch bilan qarash uchun avvalo, odamlarni joy-joyiga qo‘yish lozim. Shaxsan menga ko‘p funksiyali ma’mur tizimi aslo yoqmayapti.

«Unutilish»

- Oxirgi yillarda Leonardo, Zeedorf, Allegri va hattoki, Barbara Berluskoni menga qo‘ng‘iroq qilib, ishga chorlashdi. Silvio Berluskoni esa «Milan»dan ketganim bo‘yicha biror marta aloqaga chiqmadi. Vaholanki, jamoada barcha muhim qarorlarni aynan u qabul qiladi.

Mixaylovich haqida

- «Milan»da ishlash oson emas. Axir gap futbol tarixidagi eng sovrindor klublardan biri haqida ketyapti. Milanello, «San Siro», «Milan» - bularning barchasi bosim yuklaydi. Futbolchilar ham, menejerlar ham bu bosimni yaqqol his etishadi. Murabbiylik lavozimiga debyutantlarni taklif etish g‘oyasi avvalgi davrdagi kabi omadli yurish hisoblanmasa kerak. Menimcha, bu katta tavakkalchilik. Hattoki, Zeedorf chakki natija ko‘rsatmaganini hisobga olsak ham, shunday. Tajriba kerak. Yaxshiyamki, Mixaylovichda tajriba bor.

Kelajagi xususida

- Yaqindagi saylovlar arafasida meni FIFAga chorlashdi. Lekin bu o‘ta siyosiy tashkilot. Men esa siyosatga aralashmoqchi emasman. Yaqinda Infantino ham murojaat etib, yordam berishimni so‘radi. U atrofiga sobiq futbolchilarni jamlamoqchi, shekilli. Ko‘ramiz. Ammo shaxsan men o‘zimni hech qachon bunday rollarga taklif etmagan bo‘lardim...

H. MASAIDOV tayyorladi

O'kildi: 15330 marta.
Bilasizmi, Ko‘pchilik "Krishtianu Ronaldu"ni ism va familiya deb o‘ylaydi. Aslida bu ikki ism (qo‘sh ism deyilar) ekan. Yani Krishtianu Ronaldu ismi, familiyasi

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 12
2 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Neftchi Stipe Perisa 8
5 Paxtakor Chinedu Stefan 8
6 Nasaf Bobur Abduxoliqov 7
7 Paxtakor Doston Hamdamov 7
8 Navbahor Husayn Norchayev 6
9 Neftchi Jamshid Iskanderov 6
10 OKMK Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.