Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Paolo Rossi (Italiya)

Yolg‘iz ovqatlana olmaydigan Pablito
Bir lahza ko‘zingizni yuming-da, Zidanni ko‘z oldingizga keltiring. Menimcha, uch rangli libosda ko‘rindi, to‘g‘rimi? Endi, Anrini tasavvur qiling. Bu safar, “Arsenal”ning qizil-oq libosida savlat to‘kib turgan Anrini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak-a. Ko‘pincha shunaqa bo‘ladi. Aksariyat yulduzlar faqat bir jamoadagi o‘yinlari bilan eng yuqori cho‘qqini zabt etishadi va muxlislar ko‘ngidan joy egallashadi.

Bugungi sizga hikoya qilmoqchi bo‘lganim, Paolo Rossi ham faqat va faqat moviy libosda barchani yodiga tushishi tabiiy. Hatto, o‘sha moviy libos qaysi yildagisi ekanligini ham bemalol aytib bera olasiz. 1982 yilda Ispaniyada o‘tgan Jahon chempionatidagi libos...

Uni yoshligidan futbolga tikuvchilik fabrikasida ishlaydigan otasi Vittorio o‘rgatdi. Uning qat’iy harakatlari evaziga Paolo 10 yoshida "Ambroziana" bolalar klubiga qabul qilindi va biroz o‘tib, “Katolika Virtus” jamoasidan joy oldi. U 15 yoshga kiriboq, mutaxassislar nazariga tushdi va “Yuventus”ning yoshlar klubidan joy oldi. Lekin, bu Paoloning zarariga xizmat qildi. “Yuventus”da uch mavsum o‘tkazgan futbolchi ketma-ket operasiya stoliga yotishga majbur bo‘ldi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qota boshladi. “Yuventus” ham unga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdi va “Komo” klubiga ijaraga berib yubordi. Bu g‘alati ijara shartnomasi edi. Ya’ni, Paolo uchun “Komo” pul to‘lamas edi, aksincha, futbolchini o‘ynatgani uchun “Yuventus” “Komo”ga pul to‘lardi. “Komo”da ham omadsiz mavsumni o‘tkazgan Rossi o‘sha paytlar haqida shunday deydi:

— Faqatgina otam menga ishonardi va shu ishonch meni harakatga keltirardi.

Uning transfer huquqining yarmi “Vichensa”ga o‘tdi, aynan o‘sha yerda Paolo o‘z murabbiyini topdi. Klub treneri Fabbri tavakkal ishga qo‘l urdi. Futbolchi jismoniy jihatdan u qadar baquvvat emas edi, shunga qaramay, doimo qanotlarda o‘ynab yurgan Paolo hujum markazidan joy egalladi. Rossi birinchi mavsumdayoq 21 ta to‘p kiritdi va jamoasini “A seriya”ga olib chiqdi.

Navbatdagi mavsum ham ajoyib boshlandi. U tinmay gol urar, Turinda esa hamon hujumchi yo‘q edi. Mavsumning yarmiga kelib xatosini anglagan “Yuventus” Rossi uchun kurasha boshladi. U paytlarda shunday qoida bor edi. Agar ikki klub bir futbolchi uchun teng huquqqa ega bo‘lsa, “yashirin savdo” o‘tkazilardi. Ya’ni, har ikki klub konvertga futbolchini yarim transferini sotib olish uchun pul qo‘yishardi. Kimning puli ko‘p chiqsa, futbolchiga ega chiqardi.

“Yuventus” o‘sha payt uchun yaxshigina summa bo‘lgan 1.5 million dollar qo‘yadi va kutilmaganda qarshi taraf ikki barobar ko‘proq pul bilan konvertni to‘ldirgan edilar. Mavsumni Rossi 24 gol bilan yakunlaydi va to‘purarlar ichida g‘olib bo‘ladi, “Vichensa” esa mavsum kashfiyotiga aylanib, kumush medalni qo‘lga kiritadi. Natijada Rossi 1978 yilgi JChda terma jamoa libosini kiyadi. U yerda Rossi o‘zini har tomonlama ko‘rsatadi va 1978 yil Italiyaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb tan olinadi. Muxlislar uni erkalab, ispanchasiga “Pablito” deb chaqira boshlaydilar.

Uning uslubi o‘ziga xos edi. To‘p oshirilayotganda ham u joyni egallashdan oldin ketma-ket aldamchi harakatlar qilardi va himoyachilarni chalg‘itardi. Uning aksariyat gollari ajoyib dribling yoki kuchli zarba oqibatida emas, oddiygina to‘pga tegib qo‘yish orqali darvozaga to‘g‘rilab qo‘yilardi. To‘p bilan nozik muomala, ayyor fintlar, kerakli pozisiyani chaqmoq misol egallash va o‘sha hamma bilgan — to‘pni qaytarib bo‘lmas qilib darvozaga to‘g‘rilab qo‘yish uning asosiy quroli edi. Uning hech qachon baquvvat himoyachilar bilan kurashga tashlab bo‘lmasdi, hal qiluvchi pallada unga sherik kerak bo‘lardi. Aynan shu rolni terma jamoada Roberto Bettega bajarardi.

Keyingi mavsumda, uning 21 ta goli ham jamoasiga yordam bera olmaydi va futbolchi “Perudja” klubiga qarzga berib yuboriladi. Aynan 1979/80 yilgi mavsum futbolchi hayotida qora iz qoldiradi (balki bu yaxshilikka bo‘lgandir). Futbol totalizatoridagi qallobliklar fosh qilinadi va bularning barchasida bosh sababchi qilib Paolo Rossi ko‘rsatiladi. Bunga ishonish juda qiyin edi. Chunki, o‘rtadagi pul uning bir xaftalik maoshidan ham kam edi. Hamma e’tibor “Perudja”ning “Avvelino” klubi bilan o‘yiniga qaratilgandi. O‘sha uchrashuvda durang qayd etilishi va Rossi ikki to‘p kiritishi kelishilgan hisoblanadi va Rossini uch yilga deskvalifikasiya qilishadi. Keyin, bu muddat ikki yilga qisqardi.

Shunday bo‘lsa ham “Yuventus” uning transferini sotib oladi va Rossi JCH-82ga ikki oy vaqt qolganda safga qaytadi. So‘nggi uch yilda atigi uchta o‘yin o‘tkazgan Rossiga JChda ishonch bildirish kerakmi yoki yo‘qmi, savoli juda ko‘p munozarani keltirib chiqaradi.

— Rossining saviyasi va mahorati ikki yillik tanaffusda yo‘qolishi mumkin emas, — deydi Jovanni Trapattoni.
— Uning mahorati Italiya terma jamoasiga kerak. Boshqalar mavsumdan charchab chiqishganda, uning oyoqlari hali tetik, — deb quvvatlaydi yana bir mutaxassis Ellenio Errera.

Bu fikrlar Enso Biarzot ham qo‘shiladi va uni Italiya terma jamoasi bilan birga Ispaniyaga olib ketadi. Dastlabki uchrashuvlar omadsiz kechadi. Ilk uch uchrashuvda Paolo ishonchni oqlay olmaydi. Biarzot tanqidlar ostida qolgandi. Murabbiy ishonardi, Rossining tetik oyoqlari o‘zini ko‘rsatishi aniq edi, lekin bu JChni tark etmasdan oldin ro‘y berishi zarur edi.

Argentina va Braziliya jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan Italiyaga (u paytlarda chorak final ham guruh sifatida o‘tardi) autsayder sifatida qarashardi. Argentina bilan g‘alaba qozonilgan o‘yin Rossi tanqid qilinmagan dastlabki uchrashuv edi. U bor imkoniyatini umuman yutishni iloji yo‘qdek tasavvur uyg‘otgan yulduzlar ansambli — Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘yinda ko‘rsatadi. Bir xil uslubda o‘ynab o‘rganib qolgan Rossi bir-biriga umuman o‘xshamaydigan 3 to‘p kiritadi va jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonadi. O‘sha uchrashuv JChlar tarixidagi eng go‘zal o‘yinlardan biri sifatida barchaning yodida qolgan.

Yarim finalda Polsha darvozasiga ikkala to‘pni kiritgan Pablito, finalda ham jamoasining ilk to‘pini kiritadi va g‘oliblik uchun eng katta xissani qo‘shadi. To‘rt yil oldingi JChda argentinalik Kampes dastlabki uch o‘yinni golsiz tark etib, oqibatda to‘purar bo‘lib shuhrat qozongan bo‘lsa, Rossi undan ham o‘tib tushadi. Ilk golini o‘zining beshinchi uchrashuvida kiritib, yakunda 6 gol bilan nemis hujumchisi Ruminiggeni ortda qoldiradi va o‘sha mavsumning barcha sovrinlarini o‘ziniki qilib oladi.

Uyog‘iga Paolo uchun haqiqiy yulduzlik davrini boshdan kechirish qolgandi. Mamlakatda hamma narsa uning uchundek tasavvur uyg‘onardi. Oyoq kiyim fabrikasi uni butun umr bepul oyoq kiyimi bilan ta’minlash tashabbusi bilan chiqdi, ikkinchisi esa vino bilan. Rossi bularning barchasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va hech qachon bu sovg‘alardan foydalanmadi.

Hatto uning rafiqasi farzand kutayotganligi sezgan jurnalistlar ko‘p vaqt tug‘ruqxona oldidan ketmadilar va chaqaloqni rasmga olish uchun harakat qildilar. O‘sha rasm uchun tagso‘zlar ham aniq edi: “21-asrdagi Italiya futboli kelajagi”

Shundan so‘ng ham Paolo juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Bular qatorida “Yuventus”ning Yevropa Kubok egalari kubogida va Yevropa Chempionlar Kubogida g‘olib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Lekin, hech qachon o‘sha chempionatdagidek porlash unga nasib qilmadi. Uning yoshligidagi jarohati tez-tez bezovta qila boshladi.

Bundan tashqari “Yuventus” tarkibiga yangi yulduz kelib qo‘shilgandi. Bu Mishel Platini edi. Kunlarning birida, mashg‘ulotlardan so‘ng, fransuz oshxonada ovqatlanib o‘tirardi. Paolo ovqatini ko‘tarib uni stoliga yaqinlashadi va:

— Birga o‘tiramizmi? — deydi.
— Men yolg‘iz ovqatlanaman, — deydi Mishel.

Bu suhbat o‘sha holat uchun kechgan bo‘lishi tabiiy, lekin haqiqatdan ham fransuz bundan buyon “Yuventus”ning ramzi bo‘lish va jamoaga yetakchilik qilishni yolg‘iz o‘zi qo‘liga olgandi.

1985 yilga kelib, futbolchi “Milan” safiga o‘tdi, lekin bu futbolchining umuman so‘nishiga olib keldi. Biarzot 1986 yilgi JChda ham uni terma jamoa tarkibiga qo‘shdi, ammo bu faqat ramziy ma’noda edi. To‘rt yil oldingi xizmatlari e’tiborga olingandi. U Meksikadagi JChda umuman maydonga chiqmadi, navbatdagi va so‘nggi mavsumini esa “Verona” safida o‘tkazdi. Hujumchi so‘nggi golini “Napoli”ga (3:0) qarshi kechgan uchrashuvda kiritdi. Qizig‘i, o‘sha uchrashuvda raqib tarkibida Diyego Maradona ham o‘ynagandi.

Futbolni yuqori saviyada tark etish barchaga ham nasib qilavermaydi. Ayniqsa, hujumchilarga. Masalan, Peleni oling. Hatto, u ham faoliyatni ancha past saviyali futbolga ega bo‘lgan AQShda tugatgandi. Maradona ham “Sevilya”da yoki “Boka Xuoniros”da o‘ynab yurganda biz bilgan Maradonadan yiroq edi. Chunki, gol urish bu o‘ziga xos vaziyat bo‘lib, faqatgina jismoniy tayyorgarlik va texnika hal qilib bermaydi. O‘sha eng zarur jihatni ilg‘ash xususiyati esa istalgan paytda Yaratgan tomonidan olib qo‘yilishi mumkin, buni esa darrov sezish qiyin. Sezish uchun esa ancha uchrashuv golsiz o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

Yillar o‘tib, Paolo Rossi jurnalistlarning bombardir bo‘lib tug‘ilish kerakmi, degan savoliga o‘ylab o‘tirmay qo‘yidagi javobni bergandi:

— Bombardir bo‘lib tug‘ilish kerak. Keyin esa mashqlar orqali mahoratni va tajribani oshirish talab etiladi degandi.

U mana shunday tug‘ma bombardir edi. Futbol tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. Yulduzlar so‘nadi, unutiladi, lekin muxlislar uni hech qachon esdan chiqarishmaydi. Esdan chiqarilgan taqdirda ham, har JCH-82 eslanganda Paolo Rossi yulduzi yarq etib charaqlab turadi.

Qahramon Aslanov

Umumiy ma’lumot
1956 yilning 23 sentyabr kuni Italiyaning Prato shahrida tug‘ilgan.
Fuqaroligi: Italiya
Bo‘yi: 174 sm
Vazni: 66 kg
Ampluasi: hujumchi

Faoliyati
Yoshlar jamoalarida
1972—1973 Yuventus
Klubdagi faoliyati
1973—1975 Yuventus — 3 (0)
1975—1976 Komo — 6 (0)
1976—1979 Vichensa — 94 (60)
1979—1980 Perujja — 28 (13)
1981—1985 Yuventus — 83 (24)
1985—1986 Milan — 20 (2)
1986—1987 Verona — 20 (4)
Milliy terma jamoada
1976—1978 Italiya (U-21) — 10 (5)
1977—1986 Italiya — 48 (20)

Erishgan yutuqlari
Italiya chempioni — 1982, 1984
Jahon chempioni — 1982
Italiya kubogi sohibi: 1983
Evropa kubok egalari kubogi sohibi: 1984
Evropa chempionlari kubogi sohibi: 1985
1982 — FIFA «Oltin butsa» sohibi
1982 — FIFA «Oltin to‘p» sohibi
1982 — Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi
1982 — Jahonning eng yaxshi o‘yinchisi
1978 — FIFA «Kumush to‘p» sohibi
Italiya A seriyasining eng yaxshi to‘purari — 1978 (30 o‘yin, 24 gol)
Italiya V seriyasining eng yaxshi to‘purari (36 o‘yin, 21 gol)
JChlarida gol urish bo‘yicha Italiya terma jamoasi rekordchisi — 9ta gol

O'kildi: 13800 marta.
Bilasizmi, 2022 yilgi JCh finali taxminan 1,5 milliard tomoshabin tomonidan televizor orqali tomosha qilingan — bu sport tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlar

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 12
2 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Neftchi Stipe Perisa 8
5 Paxtakor Chinedu Stefan 8
6 Nasaf Bobur Abduxoliqov 7
7 Paxtakor Doston Hamdamov 7
8 Navbahor Husayn Norchayev 6
9 Neftchi Jamshid Iskanderov 6
10 OKMK Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.