Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Romario — beshinchi bombardir (Braziliya)

Futbol afsonalari haqida himoyamiz bu safar biroz boshqacharoq bo‘ladi. Buni maqola davomida tushunib olasiz.

Aslida futbol va hayot umuman boshqa tamoyillarga asoslanar ekan, hayot qonunlariga zid ravishda Romario, Stoichkov kabi futbolchilar muxlislar mehrini qozona olishar ekanlar.

Aslida futbolchining hayotdagi va maydondagi holati bir-biriga ters kelsa-da, uni ajratib olish o‘ta mushkul ish ekan. Men Romarioning hayoti bilan qiziqdim, faqat janjallar-u maqtanchoqlikni ko‘rdim. Men uning maydondagi faoliyati bilan qiziqdim va faqat raqamlarni ko‘rdim. Faqat gollar, raqamlar. Biroz zerikarli. Lekin hujumchi uchun shunisi muhim emasmi?

U Braziliya chempionati bahslarining birida o‘zining 1000-golini penaltidan kiritdi. Ko‘p statistlar uning Pele, Myuller yoki Pushkashlarning natijalari aslida haqiqatdan uzoq ekanligini, bu hisob-kitobda ularning o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi yoki o‘smirlar tarkibidagi gollarning e’tiborga olinganligini ta’kidladilar. Keyin esa dunyoning buyuk bombardirlarining ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra Romario 700 lik dovonni zabt etgan 5 hujumchidan (Pele, Bisan, Myuller, Pushkash, Romario) biri sifatida e’tirof etildi.

1966 yilning 29 yanvarida Rio-De-Janeyroning kambag‘al oilasida Romario de Souza Farias dunyoga keldi.

— Men kechqurun tug‘ilganman, tungi hayotni yaxshi ko‘rishimning sababi shundadir balki. Tun — mening eng yaqin dugonam. Yana men futbolni yaxshi ko‘raman. O‘zimning ilk o‘yinimni onamning qornida o‘ynaganman va albatta yutganman. Chunki Pele ham menchalik o‘ynay olmagan. Maradona esa mening oldimda bolakay.



Ha, bu o‘sha Romarioning so‘zlari. Ikki abzas yuqorida keltirganim, ya’ni uning natijalari va yuqorida eslaganimiz — uning so‘zlari Romario qanday futbolchi va qanday inson ekanligini ko‘rsatib turibdi. Men yuqorida maqolaning biroz boshqacha bo‘lishi haqida ogohlantirganimning sababi shu edi. Ya’ni, uning futbolchi va inson sifatida ajratib olish va xulosa berishning umuman imkoni bo‘lmadi. Men uning faoliyatini boricha xikoya qilaveraman, xulosa o‘zingizdan.

Yanvar, 1982. “Vasko Da Gama” klubining yoshlar tarkibida bitta o‘yinda 16 ta gol kiritadi. Bu bo‘yining pastligi uchun e’tibor berilmagani uchun klub murabbiylariga bo‘lgan javobi edi.    

May, 1986. O‘zining 20 yoshida Romario “Vasko”ning asosiy tarkibiga kiritildi, terma jamoaga jalb qilindi. Ammo terma jamoa bosh murabbiyi uni Meksikadagi JChga olib ketmadi, ko‘proq tajribali futbolchilarga suyanishini bildirdi. Buni braziliyalik jurnalistlar 1958 yilda JChda Pelening terma jamoaga jalb qilinmagan bo‘lishi mumkinligi darajasidagi xato deb tan olgandilar (Pele JCH-58 da qatnashib, asosiy qahramonga aylangandi).

Sentyabr, 1988. Romarioning yetti goli terma jamoaga Olimpiada finali eshiklarini ochdi. Ammo finalda SSSR terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol Romarioning hisobiga yozildi. Olimpiadadan so‘ng Romario Yevropaga yo‘l oldi va PSV bilan shartnoma imzoladi.

Mart, 1990. Italiyadagi jahon chempionati oldidan u oyog‘ini sindirib oldi. Yotgan joyidan bayonot berdi: “Hamma biladi, mensiz PSV — jamoa emas, bir uyum axlat”.

Terma jamoa vrachi Nilton Patrone uni mundialga tayyorlay boshladi. Ammo murabbiy Lazzaroni Myullerga ko‘proq ishonch bildirdi va Romarioni jalb qilmadi. 1/8 finaldagi Argentinadan mag‘lubiyatdan so‘ng Romario jim turmadi:
— Myuller hech kim emas. Terma jamoa esa karikaturaning o‘zginasi. Bu jamoaga aloqam yo‘qligidan baxtliman.
Myuller haligacha u bilan gaplashmaydi. Unga esa buning ahamiyati bir chaqa.

Iyul, 1993. Romario Gollandiyada ajoyib uch yilni o‘tkazdi. Uning eng sermahsul natijasi ham aynan PSVga to‘g‘ri keladi (1 o‘yinga o‘rtacha 0.98 gol). U “Barselona”ga o‘tdi va har yili 30 tadan gol urishga qasam ichdi. U bu yo‘lda ajoyib o‘yinlarni ko‘rsata boshladi. Ketma-ket gollarni qalashtirib tashladi. Ayniqsa, u “Atletiko” darvozasiga ajoyib gol kiritdi. Zarbadan oldin u Laudrup bilan uch marta “devor uslubida” birtepar to‘p oshirishgandi.

Xo‘sh, bundan keyin u nima qildi? Topdingiz. Uning tili ishga tushdi.
— Butun Kataloniyada Kruiffni (o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy — A.Q.) ko‘klarga ko‘tarishmoqda. Aslida uni emas, Laudrup va meni olqishlashlari lozim.

U umuman mashg‘ulotlarni xush ko‘rmasdi. Ko‘pincha shug‘ullanmasdi. Lekin maydonga tushib gol uraverardi.
Uni tartibga chaqirgan Kriuff ham eshitadiganni eshitdi:
— Sen o‘zi kimsan meni tergaydigan? Otammisan? Boshqa gapirma, men o‘zimga nima yoqsa o‘shani qilaman.

Sentyabr, 1993. Murabbiylarga qiyin edi. Uni tarkibga jalb qilmagan terma jamoaning bosh murabbiyi Parreyra qiyin ahvolda qolgach, egilishga majbur bo‘ldi. Faqat g‘alaba qoniqtiradigan Urugvay bilan o‘yinga chaqirishga majbur bo‘ldi. Natija 2:0. Har ikkala gol Romario hisobiga yozildi.
— Men har qanday dard uchun eng yaxshi davoman. Menga to‘p beringlar va barcha muammolaringiz o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.
Nachora, eshitishga majburmiz.

Aprel, 1994. Romario o‘zining 30 goli bilan “Barselona”ni chempionlik shohsupasiga olib keladi.
— Barselona Rioga juda ko‘p jihati bilan o‘xshab ketadi. Plyajlar, tungi klublar, chiroyli qizlar. Bundan tashqari klubda men bilan yana bir o‘zimga o‘xshagan jinni o‘ynardi. Xristo Stoichkovni eng yaqin do‘stlarimdan biri deb bilaman. Bu borada yana shuni aytamanki, agar boshog‘rig‘i istamasangiz ikkalamizni bir xonada saqlamang.


May, 1994. Braziliyada uning otasini o‘g‘irlab ketishadi. Romario agar otasi topilmasa jahon chempionatida o‘ynamasligi ma’lum qiladi. Otasi shu zahotiyoq qaytariladi.

Iyun, 1994. Romario faoliyatidagi eng nurli turnir. JCH-94da Braziliya terma jamoasi 24 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritadilar. Romario o‘zining besh goli bilan asosiy ishni bajaradi, ayniqsa pley-offda AQSh va Shvesiya terma jamoalariga qarshi o‘yinda u jamoasining yagona golini kiritadi. JCH-70 qahramonlaridan biri Tostao shunday degandi:
— Braziliya juda zerikarli va yomon o‘yin ko‘rsatdi. Romario esa odatdagidek barcha muammolarni hal qildi.

Romario bu safar hech kimni xafa qilmadi:
— Men bu g‘alabamni xalqimga bag‘ishlayman. Ular meni eng qiyin vaqtlarda ham quvvatlashdi va men ularga oz bo‘lsa-da xizmat qilganimdan baxtiyorman. Ko‘p millatdoshlarim kambag‘allikda kun kechirishmoqda va bu g‘alaba ular uchun ajoyib yupanch vazifasi o‘tab berdi.
U chempionatning va dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.

Yanvar, 1995. “Flamengo” klubining 100 yilligi munosabati bilan Romario vataniga qaytdi. Keliboq o‘zini “Flamengo” tarixidagi eng buyuk o‘yinchi deb atadi. Bu ko‘proq Zikoni xafa qildi va namoyishkorona “Flamengo”dan yuz o‘girdi. Romario jim turmadi:
— U menga xasad qilmoqda. Men jahon chempioniman, u esa yo‘q.     
Javob:
— Albatta, Romario futbol maydonida mendan ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ammo inson sifatida u jirkanch.
Romario klubning eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchisi bo‘ldi va Braziliya chempionligini olib berdi.  

Iyul, 1996. Romario qisqa muddatga “Valensiya”ga borib keldi.
— Uning futbol haqida misqolchalik tushunchasi yo‘q.
Bu Romario tarafidan “Valensiya” murabbiyi Luis Aragonesga berilgan “teran” xulosa edi va uni yana “Fdemengo”ga qaytarib yuborishdi.

Aprel, 1998. U terma jamoa safida Ronaldo bilan birlikda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va birgalikda saralash bahslarida 40 ta gol kiritdilar. “Ro-Ro” juftligi haqida butun dunyo gapira boshlagan paytda Romario yengil jarohat oldi. O‘sha paytda terma jamoa menejeri bo‘lib ishlayotgan Ziko uni tarkibdan chetlashtirish uchun qo‘lidan kelganini qildi.

Romario JCh dan chetda qolgach, matbuot anjumanida yig‘laganini hamma ko‘rdi. U Zikoni o‘zining shaxsiy dushmani deb e’lon qildi. Aynan Braziliya Norvegiyaga 1:2 hisobida yutqazgan kuni Romario “Flamengo” tarkibida xet-trik qayd etayotgandi.
— Bu faoliyatimdagi eng yomon palla, — degandi Romario, — men tinmay mehnat qildim, meni esa ahmoq qilishdi. Ularni kechirmayman, ularning bu xatosi uchun Braziliya chempion bo‘la olmadi.    

Iyul, 2001. “Vasko” tarkibida hali ham gol urishda davom etayotgan Romarioni terma jamoa murabbiyi Skolari Amerika Kubogiga chaqiradi. Davolanish kerakligini bahona qilgan futbolchi turnirda qatnashmaydi. Davolanishdan boshqa hamma ishni qilib yurgan Romariodan Skolarining jahli chiqadi va terma jamoa eshiklari uning uchun yopiladi. Mundial oldidan Romarioni tarkibga jalb qilish borasida murabbiy juda katta bosimga duch keldi, ammo Skolari jarohatdan endigini qutulgan Ronaldoni afzal bildi. Ronaldo o‘zining sakkiz goli bilan barcha ishonchni oqladi, hatto final o‘yinidagi hal qiluvchi rolni o‘ynagan birinchi golini Romario uslubida kiritganini tan oldi.
— Men baribir eng zo‘rman, Skolarining esa omadi keldi.
Bu bayonotning avtorini aytib o‘tirishim shart emas, menimcha.

Avgust, 2002. Romario “Fluminense” tarkibiga qo‘shildi. 26 o‘yinda 17 golga mualliflik qildi. Qizig‘i, jamoadoshlari uni faqat o‘yin paytida ko‘rishardi.
— O‘ynashni bilmaydiganlar shug‘ullansin.

Mart, 2005. 39 yoshli Romario “Vasko” bilan yangi shartnoma tuzdi va 900-golini ham kiritdi. Bu voqeadan so‘ng Pelening futbol bilan xayrlashish haqidagi maslahati o‘ta qo‘pol tarzda qarshi olindi:
— Pele kamroq gapirsa yaxshi bo‘lardi. O‘zining bemaza og‘zi bilan u odamlarga baxtsizlik keltirmoqda.

U Qatarda ham o‘ynadi, bizga tanish “Adelaida” kiyimini ham kiydi. Ammo o‘zgarmadi. Faqatgina qizining kasalvand tug‘ilishi uni biroz jiddiylashtirdi. Birovlarni hurmat qilishni o‘rgatdi. O‘zining faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvida goldan so‘ng futbolkasini yirtib tashladi. Ichki kiyimida esa qo‘yidagi yozuvni yozib olgandi:
“Mening qizim daunizm bilan kasallangan, ammo u men uchun — malika. Hakam Martin Vaskes esa menga sariq kartochka ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay men undan xafa bo‘lganim yo‘q, chunki men hayotni yaxshiroq tushuna boshladim”.

U mana shunaqa inson. Uning barcha kamchiliklari va xatolari futboldagi natijalari oldida yuvilib ketaveradi va futbolchi sifatida e’zozlanishiga mone’lik qilmaydi. Bir rus jurnalisti xikoya qiladi.

“Men qandaydir klubimiz bilan Braziliyaga borgandim. Taniqli futbol agentlaridan biri, mening tanishim yo‘q bo‘lib qoldi va kechqurun mehmonxonaga qaytib keldi. Aytishicha, qo‘shni shaharda “Fluminense” o‘ynayotgan ekan va u Romarioning o‘sha o‘yinda kiygan futbolkasini ko‘tarib keldi.

— Magazinda Romario ismi yozilgan bunday futbolkalarni istalgancha topish mumkin, shuni deb 100 kilometr yo‘l bosish shartmidi? — deb so‘radim.
— Yo‘q ular boshqa. Axir, qaragin bunisida Romarioning xidi hali ketgani yo‘q.
Shundagina mening savolim naqadar ahmoqona bo‘lganligini anglab yetgandim”.

— Men uchun futbol — narkotik, — degandi Romario, — men hech qachon narkotik iste’mol qilmaganman, faqat futbol menga miyamni tozalash va rohat olish imkonini yaratardi. Men futboldan zavq olaman. Menga qarshi kim o‘ynayotganligini ahamiyati yo‘q, men faqat baxt tuyush uchun o‘ynayman.  

Romario kabi futbolchilar haqida o‘ylar ekanman yana bir haqiqatni anglagandek bo‘laman. Ilohiy muvozanatni. E’tibor berganmisiz, qobiliyat va harakat teskari proporsionaldek tuyuladi, nazarimda. Insonning qobiliyati qanchalik yuksak bo‘lsa, mehnatkashlik sifatlari pastroq bo‘ladi. Bu bilan insonlar o‘rtasidagi muvozanat tenglashtirib turilar, oddiy insonlarga harakat uchun kuch va umid bag‘ishlar. Agar Romario, umuman braziliyalik futbolchilar yevropaliklarga o‘xshab mehnat qilishganda futbolning qizig‘i bo‘lmasmidi... Tag‘in bilmadim...

Qahramon Aslanov

Futbolchilik faoliyati
O‘rinbosarlar jamoalarida
1979—1980  Olariya
1981—1985  Vasko da Gama
Klublarda
1985—1988 Vasko da Gama — 47 (17)
1988—1993 PSV — 109 (98)
1993—1994 Barselona — 46 (34)
1995—1999 Flamengo — 62 (37)
1996—1997 Valensiya — 11 (5)
2000—2001 Vasko da Gama — 46 (41)
2002—2004 Fluminense — 60 (34)
2003 As-Sadd (Qatar) — 3 (0)
2005—2006 Vasko da Gama — 32 (24)
2006 Mayami (AQSH) — 25 (19)
2006 Adelaida Yunayted (Avstraliya) — 4 (1)
2007 Vasko da Gama — 6 (3)
2009 Amerika RJ — 1 (0)
1985—2009 Jami — 451 (313)
Milliy terma jamoa safida
1985  Braziliya (U20) — 11 (11)
1987—2005 Braziliya — 70 (55)
1988 Braziliya (olimpiya) — 8 (8)
Murabbiylik faoliyati
2007—2008 Vasko da Gama

Yutuqlari
Jamoaviy
Jahon chempioni: 1994
Amerika kubogi g‘olibi: 1989, 1997
Konfederasiyalar kubogi g‘olibi: 1997
Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori: 1988
Braziliya chempionati g‘olibi: 2000
Ispaniya chempioni:1993, 1994
Gollandiya chempioni: 1989, 1991, 1992
Gollandiya kubogi sohibi: 1989, 1990
Karioka ligasi chempioni: 1987, 1988, 1996, 1999
Merkosur kubogi g‘olibi: 2000

Shaxsiy sovrinlar
Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi: 1989
Jahon chempionatning eng yaxshi futbolchisi:1994
Jahonning eng yaxshi futbolchisi: 1994
Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi: 2000
Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi: 2000
Karioka ligasining 7 karra eng yaxshi futbolchisi
FIFAning eng yaxshi 100 nafar futbolchilar ro‘yxatiga kirgan

O'kildi: 18670 marta.
Bilasizmi, 2022 yilgi JCh finali taxminan 1,5 milliard tomoshabin tomonidan televizor orqali tomosha qilingan — bu sport tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlar

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 12
2 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Neftchi Stipe Perisa 8
5 Paxtakor Chinedu Stefan 8
6 Nasaf Bobur Abduxoliqov 7
7 Paxtakor Doston Hamdamov 7
8 Navbahor Husayn Norchayev 6
9 Neftchi Jamshid Iskanderov 6
10 OKMK Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.