Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar. 16-tur

16-tur So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-tur Paxtakor 2-2 Buxoro
16-tur Surxon 0-1 Navbahor
16-tur Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-tur Xorazm 2-0 Mash’al
16-tur Neftchi 5-0 Qizilqum
16-tur Bunyodkor 2-3 OKMK
16-tur Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11895 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Д/ф "Беккенбауэр - король".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Крузейро".
      15:15 Чемпионат Португалии. "Брага" - "Спортинг".
      17:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Касымпаша".
      19:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:30 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      22:30 Журнал Чемпионата Бразилии.
      23:00 Чемпионат Португалии. "Маритиму" - "Порту".
      01:00 Чемпионат Португалии. Обзор тура.
      01:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Коринтианс".
      03:40 Журнал Чемпионата Бразилии.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Витория".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      05:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук.
      10:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:15 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      12:20 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Квалификация.
      14:40 "Страна спортивная".
      14:55 "Эволюция спорта".
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 "Страна спортивная".
      17:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Ташкенте, Узбекистан. Финалы.
      18:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      20:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      22:00 "Лучшие из лучших".
      22:30 Д/с "Зенит навсегда".
      00:50 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      01:50 "Эволюция спорта".
      02:20 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 4.
      03:25 "Династия". Коростелёвы-Мориловы.
      03:55 Велотрек. Чемпионат мира в Китае.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Австралии. Мужчины.
      08:00 "Эволюция спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. 1/8 финала. Аргентина - Египет.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 Специальный репортаж.
      14:45 Новости.
      14:50 "Чемпионы на все времена". Александр Дитятин.
      15:25 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Китае. Прямая трансляция.
      17:15 Новости.
      17:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Крылья Советов" (Самара) - "Балтика" (Калининградская область). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      01:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:20 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      03:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Велоспорт. Тур Энеко. Пролог. Женщины, мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Снукер. Открытый чемпионат Уханя в Китае. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      13:35 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      17:20 LIVE Велоспорт. Тур Энеко. Этап 1. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Тур Венето в Италии. Прямая трансляция.
      19:45 Велотрек. Чемпионат мира в Шанхае, Китай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Женщины. Тур Энеко. Этап 1.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Гуйяне, Китай. Скоростная эстафета. Финалы.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. День 2. Сессия 2.
      00:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      01:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      03:00 Снукер. Открытый чемпионат Великобритании в Челтнеме. Финал. Сессия 2.
      04:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
  • FAZA6-TVkanal
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oktyabr, 2026
D S C P J S Y
     
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ferens Pushkash (Vengriya)

1953 yil. London. “Uembli” stadioni. O‘z maydonida Yevropa jamoalaridan mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Angliya terma jamoasi maydonga tushmoqda. Qarshilarida Olimpiada chempionlari Vengriya terma jamoasi turgan bo‘lsa-da, yuzlari kibrga to‘la. Buni sharhlovchilarning o‘zaro suhbatidan ham bilish mumkin.

— Ularda eng zo‘ri kim o‘zi?

— Aytishlaricha, huv o‘sha kichkina o‘yinchi.

— Anovi semiz va qiyshiq oyoqlimi? Unda biz hozir ularni yanchib tashlaymiz.

Oradan to‘qson daqiqa o‘tib, o‘sha sharhlovchilar ham, o‘yingohdagi tomoshabinlar ham, ingliz futbolchilarinig o‘zi ham bu kichkina, baqaloq futbolchi aslida baland bo‘yli, uzun oyoqli va tezkor ekanligiga qasam ichishga tayyor edilar. Ha, bu Ferens Pushkash edi, u va jamoadoshlari inglizlar ta’biri bilan aytganda o‘zga sayyoraliklarga hos o‘yin ko‘rsatgandi. O‘sha o‘yin 6:3 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Ferens Pushkashning ko‘rinishi umuman superforvardga o‘xshamasdi. O‘rta bo‘y, to‘ladan kelgan, buning ustiga o‘ng oyoqda umuman o‘ynay olmasdi, havo kurashlarida doim yengilardi. Ammo o‘sha chap oyog‘ida shunday ishlar qilardiki, tomoshabin hayratdan qotib qolar, raqiblarning oyoqlari qaltirashdan to‘xtamasdi.

— Vengr chap oyog‘ini qoshiqdek ishlatardi, — eslaydi unga qarshi maydonga tushgan sobiq ittifoq himoyachisi Aleksey Paramonov, — hamda juda tezkor futbolchi edi. Uni ta’qib qilish juda katta kuch talab qilardi, bunday o‘yinlardan keyin o‘zimga kelish uchun uch kundan kam vaqt yetmasdi.

U bilan Vengriya terma jamoasida o‘ynagan Yeno Buzanski:

— Bilishimcha, haqiqiy professional futbolchi to‘pga egalik qilganda hujumni davom ettirish uchun uchta variant bo‘lishi kerak. Aniq ishonamanki, Pushkashda bunday variantlar kamida beshta bo‘lardi.

Ferens Pushkash Budapesht yaqinidagi kichik Kishpesht shahrida tug‘ildi. Futbolchining faoliyati o‘sha paytlardagi ko‘pgina futbolchilar kabi an’anaviy boshlandi. Futbol uning hayotiga bolalikdan kirib keldi, boshqacha qilib aytganda u qadam tashlash va to‘p tepishni deyarli bir vaqtda o‘rgangandi. Ularning uyi mahalliy stadion yonginasida joylashgandi, shuningdek, Ferensning otasi ham professional futbolchi bo‘lib, “Kishpesht” jamoasida o‘ynagan, keyinchalik murabbiy bo‘lgandi.

U va do‘sti Yozef Bojik (u ham futbol yulduzlaridan biri bo‘lib yetishdi) 1936 yilda “Kishpesht”ning bolalar jamoasidan joy oldilar. O‘n olti yoshida esa Pushkash jamoaning asosiy tarkibida, chap qanot hujumchisi sifatida maydonga tusha boshladi. O‘shandayoq uning kuchli va aniq zarbasi mamlakat darvozabonlariga muammo tug‘dirardi, o‘ng oyoqda esa deyarli zarba bera olmasdi. Aynan Pushkash va Maradona futboldagi “buyuk chapaqaylar” sifatida tilga olinadilar.

Ferens 18 yoshida terma jamoadan taklif oldi. Dastlabki chaqiruvda zahira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchi Avstriya terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushib gol kiritdi. Vengriya 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yana ikki yil yuqori saviyadagi futbolni namoyish qilgan Pushkashga Italiyaning “Yuventus” klubi qiziqa boshladi, ammo u hech qayerga ketishni istamadi.

— Men hech qachon “Kishpesht”imni, do‘stlarimni va oilamni tark etmayman, — dedi Ferens.

O‘sha paytlarda “Kishpesht” mamlakatda autsayderlardan biri edi, ammo ikkinchi jahon urushi tugab, klub milliy armiya qaramog‘iga o‘tgandan so‘ng kuchaya boshladi. Jamoaga ajoyib murabbiy Gustav Shebesh keldi, klubda mamlakatning eng yaxshi futbolchilarni osonlikcha qo‘lga kiritish imkoniyati bor edi. Chunki harbiy hizmatni o‘tash barcha futbolchilar uchun majburiy edi. Ferens ham klubda o‘ynash orqali bu majburiyatni bajardi, hatto keyingi muvaffaqiyatlari sababli mayor unvoniga ham loyiq ko‘rilgandi.

Gustav Shebesh terma jamoani ham o‘z qo‘liga oldi va bu bilan Vengriya futbolida afsonaviy yillar boshlandi. Ulkan strateg bo‘lgan Shebesh terma jamoani turli usullarda shug‘ullantirar, asosiysi jamoaga raqiblik qilishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar uslubidagi klublarni topib, ular bilan tinmay o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazardi.

Ajoyib darvozabon Dyula Groshich, yarim himoyachi Yojev Bojik, hujumda buyuk uchlik Kochish, Xidegkuti va Pushkashlar bilan Vengriya terma jamoasi to‘rt yil davomida yo‘lida uchragan barchani yanchib tashlayverdi. Finlandiyada o‘tkazilgan 1952 yilgi Olimpiadada jamoa oltin medalni qo‘lga kiritdi, bir yil o‘tib yuqorida yodga olingan “Uembli” o‘yini bo‘lib o‘tdi. Keyingi yilning boshida esa inglizlar Budapeshtda butunlay sharmanda qilindilar — 7:1

Shveysariyada o‘tgan JCH-54 ni ham Vengriya ajoyib boshladi va asosiy favorit sifatida tilga olina boshlandi. Janubiy Koreya (9:0) va GFR (8:3) bilan kechgan uchrashuvlardajamoa haqiqatdan ham o‘zga sayyoraliklar o‘yinini namoyish qilgandi. Ammo...

Aynan nemislar bilan kechgan uchrashuvda Librix bilan to‘qnashib ketgan Pushkash jarohat oldi va bu vengrlarni chempionlikdan mahrum qilgan holat sifatida baholandi. Keyingi uchrashuvlarda Ferens maydonga tushmadi, hatto mashg‘ulotlarda ham qatnasha olmadi. Yana nemislarga qarshi kechgan final o‘yinida esa murabbiylar uni tushirishga majbur bo‘ldilar. O‘yinning boshidayoq Vengriya 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tgan sayin Pushkashning tushirilishi xato bo‘lganligi oydinlasha boshladi. Jarohat va finalning yuqori bosimiga birgina chap oyoqning dosh berishi qiyin edi, o‘sha paytlarda jahon chempionatlarida o‘yinchi almashtirish qoidasi yo‘qligi bois jamoa qiynala boshladi. “Mayor”ning o‘yini qovushavermagach, o‘z-o‘zidan jamoa o‘yini ham izdan chiqa boshladi. Natijada hisobni tenglashtirgan GFR o‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganda Gelmut Ranning golidan so‘ng g‘alabani ilib ketishdi. Vengriya turnirda atigi bir marotaba mag‘lubiyatga uchradi, ammo bu eng muhim o‘yinda ro‘y berdi.

Keyinchalik ushbu buyuk jamoadan asar ham qolmadi. Bunga futbol emas, siyosiy voqealar ham sabab bo‘ldi. “Kishpesht” tarkibida chet el safarida yurgan terma jamoa yetachilari mamlakatda notinchlik boshlanganligi haqida xabar topdilar va qaytishni istamadilar. Vengriya futbol mutasaddilari Yevropadagi boshqa sosialistik davlatlarnnng ko‘magida FIFA ga ta’sir o‘tkaza boshladilar va futbolchilarni umrbod futboldan chetlashtirishga harakat qila boshladilar. FIFA Ferens Pushkashni ikki yilga futboldan chetlashtirdi.

Muddat tugagach Ferens Yevropa bo‘ylab o‘ziga klub axtara boshladi. Italiya va Avstriya klublariga o‘zini taklif qildi. Ammo hech kim o‘ttiz yoshni urib qo‘ygan, deyarli 20 kiloga semirib ketgan hujumchining eski saviyasiga qaytishiga ishonmasdi. O‘sha paytlarda “Real”ni shug‘ullantirayotgan “Gonved”ning sobiq murabbiyi Emil Osterrayxer yordamga keldi. U “Real”ni ushbu shartnomaga ko‘ndirdi va tez orada adashmaganligiga amin bo‘ldi.Pushkash o‘z sport formasini tiklash uchun jamoadan olti oy muhlat so‘radi va faoliyatidagi ikkinchi fasl – klublar futbolini boshladi.

1958/59 yildan boshlab rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishni boshlagan futbolchi keyingi olti yil davomida barqaror o‘yin ko‘rsatdi va har mavsumda uning gollar ko‘rsatkichi 20 dan oshdi. Ikki yillik tanaffusni boshdan kechirgan Ferens o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, hatto jamoaning asosiy hujumchilaridan biri Ektor Rialni zahiraga o‘tqizib qo‘ydi. Jamoaning Chempionlar Kubogida zafar quchishiga o‘z hissasini qo‘shdi. “Atletiko” ga qarshi kechgan ikki yarim finalda ikki gol muallifiga aylandi. So‘nggi tur oldidan u va “Real”ning yana bir afsonasi Di Stefano kiritgan gollar bo‘yicha teng ko‘rsatkichda edilar. So‘nggi tur uchrashuvida u ochiq darvozaga gol kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ammo to‘pni yonida turgan Di Stefanoga oshirib beradi. U shunaqa ayyor o‘yinchi edi. Muxlislarga aslida kim bombardir ekanligini ko‘rsatib qo‘yish bilan birga, “Real”ning ungacha tengsiz yetakchisiga o‘zini ruhiy tomondan yomon his qilishiga yo‘l qo‘ymagandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket to‘rt yil Pushkash Ispaniya chempionati to‘purari bo‘ldi. Pushkash – Di Stefano tandemi hozirgacha futboldagi eng buyuk juftlik sifatida tilga olinadi. Ayniqsa 1960 yilgi Yevropa Chempionlar kubogi finalidagi afsonaviy uchrashuv haqida haligacha Madridda eslashadi. Hozirgacha turnirda rekord bo‘lgan 135000 tomoshabin guvohligida kechgan o‘yinda ular birgalikda Frankfurtning “Ayntraxt”i darvozasiga yetti gol kiritishdi (7:3). Pushkash pokerga erishgandi.

O‘sha mavsumda Pushkash ismini Fransiskoga o‘zgartirdi va Ispaniya fuqaroligi oldi. Uning Ispaniya terma jamoasidagi debyuti siyosiy voqea bo‘lishi ham mumkin edi. Aynan sosializmdan qochib kelgan Pushkash Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda Moskvada maydonga tushishi kerak edi. Ammo general Franko terma jamoa murabbiyi Elenio Erreradan Sobiq Ittifoqqa qarshi o‘yinda g‘alabaga kafolat berishni talab qildi. Murabbiydan kerakli javobni olmagach, jamoaga musobaqaga qatnashishga izn bermadi. Pushkashning Ispaniya terma jamoadagi debyuti 1961 yilga to‘g‘ri keldi, ammo futbolchi ispanlar tarkibida bor-yo‘g‘i to‘rt o‘yinda maydonga tushdi xolos.

1964 yilda oxirgi marta bombardirlar poygasida g‘olib bo‘lgan Pushkash Chempionlar kubogi finalida ham o‘ynadi. Ammo bu safar “Inter”ning qo‘li baland keldi. Uning “Real” tarkibidagi oxirgi rasmiy uchrashuvi esa 1965/66 yilgi Yevropa chempionlari kubogi nimchorak finalidagi “Kilmarnok”ka qarshi uchrashuv bo‘ldi. So‘nggi golini esa 1/16 finalda “Feyenord” darvozasiga kiritgandi.

Yillar o‘tib, 1981 yilga kelib uni yana maydonga ko‘rishdi. U Budapeshtga qaytdi va sharafiga shou-uchrashuv tashkil qilindi. Ancha semirib ketgan 54 yoshli Pushkash maydonda hali ham m’jiza yarata olishini isbotladi. Uning chap oyoqda 40 metrlar masofaga bergan pasi himoyachining shundoq orqasiga tushdi va hujumchi qulay vaziyatda to‘pni darvozaga kiritdi. Yuz ming tomoshabin hayratdan yoqa ushlashdi, haqiqiy talant hech qachon yo‘qolmasligi va hech qanday pulga sotib olib bo‘lmasligining isboti qarshilarida turgandi.

80-yillar boshida bo‘lib o‘tgan yana bir voqea ko‘pchilik tomonidan esga olinadi. Turli mamlakat vakillari bo‘lgan murabbiylar guruhi Avstraliyaga tashrif buyurishadi va mahalliy bolalarga futbolni o‘rgatish tadbirlarida qatnashadilar. Murabbiylar ichida yaqindagina futbolni yakunlagan Buyuk Britaniyalik buyuk futbolchilar Jorj Best va Denis Loular ham bor edilar va albatta ularning o‘yinlari barcha bolalarning xotirasiga muhrlangandi.

Shug‘ullanuvchi bolalar ko‘pligi bois, barchaga Best yoki Louni topib berib bo‘lmasdi. Bir nechta “omadsiz”lar chekiga ko‘rinishidan umuman futbolchiga o‘xshamaydigan, past bo‘yli, qari, semiz, inglizchani zo‘rg‘a gapiradigan murabbiy tushdi. Bechoralar bundan xafa edilar, haligi kishining ustidan tinmay kulishar, katta qorni bilan mashg‘ulotni ko‘rsatib berayotganda kulgi yanada kuchayardi. Mashg‘ulotlar oxiriga borib, bolalar uni eshitishni xohlashmas, to‘plarni tepib yuborib uni yugurishga majbur qilishardi.

Ushbu holatni chetdan ko‘rib qolgan Best va Lou bolalarni oldiga kelishdi. Albatta “buyuk”larni barcha o‘rab oldi, avtograflar, maslahatlar so‘ray boshlashdi. Hech narsaga javob bermay Best darvozaga yigirma metrlar chamasi uzoqlikda o‘nta to‘pni qo‘yib chiqdi.

— Nima deb o‘ylaysiz, murabbiylaring o‘n zarbaning nechtasida darvoza to‘siniga tekkiza oladi, — deb so‘radi Best

Yana kulgi boshlandi. Inglizchani uncha yaxshi bilmaydigan qariya ustidan kula boshladilar.

— Bitta ham emas, — deb javob berdi bolalardan biri, — chunki, u to‘pni ko‘ra olmaydi, qorni to‘sib qoladi.

Uyog‘iga sirk boshlandi. Baqaloq ketma-ket darvoza to‘sinini aniq nishonga ola boshladi. So‘nggi to‘pni esa u oyog‘i bilan yuqoriga ko‘tardi, peshonasi bilan qabul qildi va bir muddat ushlab turdi, ikki yelkasi va tovoni bilan to‘pni o‘ynatdi va o‘ta kuchli zarba bilan to‘pni tepdi. To‘p to‘singa tegib darvozani zirqiratib yubordi.

— O‘rganinglar, bolalar, — dedi Best, — qarshilaringda — Ferens Pushkash!

Qahramon Aslanov

 

MA’LUMOT

Ferens Pushkash

1927 yil 2 aprelda Kishpeshtda (Vengriya) tug‘ilgan

O‘ynagan jamoalari:

“Kishpesht” (1943-1956, 1948 yildan “Gonved” deb atalgan) – 354 o‘yin, 357 gol

“Real” (1958-1967) – 179 o‘yin, 154 gol

Qo‘lga kiritgan yutuqlari: Olimpiada chempioni (1952) Yevropa chempionlar kubogi sohibi (1959, 1960), Qit’alararo kubok sog‘ibi (1960).

Vengriya chempioni (6 karra), Ispaniya chempioni (5 karra)

Vengiya chempionati bombardiri (4), Ispaniya chempionati bombardiri (4)

Vengriya terma jamoasi tarkibida 85 o‘yinda maydonga tushib, 84 gol kiritgan.

O'kildi: 16320 marta.
Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 12
2 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Neftchi Stipe Perisa 8
5 Paxtakor Chinedu Stefan 8
6 Nasaf Bobur Abduxoliqov 7
7 Paxtakor Doston Hamdamov 7
8 Navbahor Husayn Norchayev 6
9 Neftchi Jamshid Iskanderov 6
10 OKMK Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.