Yuventus

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Manuel Lokatelli: "Yo‘q, milanlik emasman, qalbim "Yuve"ga tegishli"

Manuel Lokatelli: "Yo‘q, milanlik emasman, qalbim "Yuve"ga tegishli"

Italiya terma jamoa­si va «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli «keksa sinyora» qiyofasi o‘zgarayotganidan xursand.

Tajribali futbolchi yangi bosh murabbiy Tyago Motta g‘oyalari jamoani katta g‘alabalar sari eltishiga to‘liq ishonmoqda. Manuel shuningdek, Milanga yaqin hududda tug‘ilgan bo‘lsada, qalban «Yuventus»ga tegishli ekanligini baralla ta’kidlamoqda. 

- Manu, keling, avvalo bolaligingiz haqida gaplashamiz. Boshida yaqinlaringizdan aynan kim salohiyatingizga ko‘proq ishongan? O‘zingizchi, futbolda muvaffaqiyat qozonishingizni qachon teran tushungansiz? Umuman, qaysi klubda o‘ynashni orzu qilgansiz?

- Ota-onam har doim menga to‘liq ishonishgan va mashg‘ulotlarda muntazam qatnashishimni ta’minlash uchun ko‘p narsalarni qurbon qilishgan. Ayniqsa, «Atalanta» yoshlar jamoasida o‘ynaganimda. Chunki klub har kuni ham avtobus ajratmasdi va otam, onam yoki buvim meni bazaga olib borardi. «Milan» yoshlar jamoa­siga ko‘chib o‘tganimdan keyin avtobusda mustaqil borishga odatlandim. Lekin onam shunda ham qo‘limga yeguliklar tut­qazardi, baribir. O‘sha yillar xotiramga abadiy muhrlangan. Deylik, men bilan birga shug‘ullangan barcha yigitlarni eslab qolganman, vaholanki, ko‘plab tengdoshlarimga professional futbolchi darajasiga ko‘tarilish nasib etgani yo‘q. Muhimi, deyarli hech biri bilan aloqani uzmaganman. «Milan» yoshlar jamoasi safida Primaverada o‘ynay boshlaganimda, ikkinchi mavsumdayoq murabbiy Brokki meni vise-sardor maqomi bilan taqdirlagani esimda. Aslida boshqa yiigitlardan ancha yosh edim. Tabiiyki, murabbiyning bunday ishonchidan rosa quvondim, vujudimda o‘zgacha tetiklik his qildim. Keyinchalik meni doimiy ravishda asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etishdi va o‘zimga so‘z berdim: «Manuel, bo‘ldi, bu yerda muvaffaqiyatga erishishing shart!» Shu tariqa ishga munosabatimni keskin o‘zgartirdim, ayniqsa, mashg‘ulotlarda. Oldinlari barchasiga to‘liq e’tibor bilan qaramasdim. Deylik, yuklama haddan ortiq oshib ketsa, o‘zimni yengilroq qo‘yib yuborardim, e’tiborni 100 foiz jamlay olmasdim. Keyin qo‘qqisdan omad kulib boqdi: mavsum oxirida «Milan» boshqaruvini qo‘lga olgan Brokki «A» seriyada debyut qilishimga imkon berdi. Orzumga kelsak, faqat va faqat «A» seriya darajasiga chiqish, «Yuventus» formasida o‘ynashni o‘ylaganman, lekin kimgadir kumir sifatida qaramaganman. Orzumga esa avvalo, Yaratganning irodasi, qolaversa, o‘zim va oilam harakati evaziga erishdim. Yoshligimda Del Pyero, Ned­ved va Totti ijrosidagi o‘yin­lardan hayratlanardim. Klub bazasida Nedved bilan ilk marta ko‘rishganimda, hayajonimni sira bosolmagan edim. Umuman, hamon futbol oshuftasiman, deylik, so‘nggi bir necha yil davomida Kroos o‘yinini diqqat bilan kuzatib keldim - shunchaki, fantastik yarim himoyachi.

- Otangiz ham sizga bevosita murabbiylik qilgan ekan.

- Ha, u notiqlik bobida tengsiz ustoz edi, lekin o‘zini haqiqiy murabbiydek tutardi. Otamning ismi - Emanuele. Meni butkul chap oyog‘da o‘ynashni o‘rganishga majburlagan inson - aynan otam.

- Milanda ulg‘aygan bolakay qanaqasiga «Yuventus» fanatiga aylanishi mumkin?

- Yo‘q, sof milanlik emasman, aslida Lekkodanman. Uyi­miz Milandan 40 kilometr uzoqlikda. Umuman, biz azaldan oilaviy tarzda «Yuven­tus»ga muxlislik qilamiz.

- Hozir Next Gen («Yangi avlod») yigitlari bilan shug‘ullanyapsiz. 16-18 yoshli Manuel bilan taqqoslaganda, qandaydir yaqqol farqni sezasizmi? Yondashuv, xatti-harakatlarda o‘sish-rivojlanish bormi?

- Albatta. Esimda, «Milan»­ning asosiy jamoasi mashg‘ulotiga ilk marta qo‘shilganimda, 16-17 yoshli o‘smir edim. O‘sha vaqt jamoada Kaka va Robinyo kabi katta futbolchilar o‘ynashardi, yoshlarning bunday yulduzlar davrasiga qo‘shilib ketishlari oson emasdi. Hozir esa akademiyadan endi chiqqan yigitlar ham har qanday muhitda ancha erkin ishlashadi. Asosiysi - o‘zaro hurmat saqlash. Tabiiyki, yoshi kattaroq futbolchilar yoshlardan mashg‘ulotlarda jiddiy ishlashni talab qilishga haqlilar.

- «Yuve»da 4-mavsumni o‘tkazyapsiz. Bu oraliqda nechog‘li o‘zgardingiz, yanada kuchayganingizni his qil-yapsizmi?

- Ha, ham inson, ham futbolchi sifatida ancha ulg‘aydim. Deylik, 3 yil davomida nisbatan barqaror futbolchiga aylandim. Hozir ham oldimga yangi marralarni qo‘ymoqdaman.

- Xo‘sh, maydondagi vazifalaringiz qanchalik o‘zgardi?

- Hozir jamoada to‘p nazoratiga e’tibor kuchli. Statistik ma’lumotlar esa men to‘p bilan ko‘proq muloqot qilayotganimni ko‘rsatyapti. Gap  butunlay boshqacha o‘yin uslubi haqida ketmoqda va unga muammosiz moslashganimdan mamnunman.

- «Roma» va «Napoli»ga qarshi o‘yinlarda to‘pga egalik qilish bo‘yicha katta ustunlik yetarlicha vaziyatlar taqdim etmaganini qanday tushuntirasiz?

- Bu o‘yinlarda «Napoli» va «Roma»ga nisbatan ancha yaxshi o‘ynaganimiz - haqiqat. Faqat Konte jamoasi barcha zonalarni yopib qo‘yishni uddaladi. Allaqachon vertikal o‘yin va raqib jarima maydoniga ko‘proq kirib borish haqida bahslar boshlandi. Hechqisi yo‘q, axir yangi yo‘lga endi kirishdik.

- Yangi futbolchilardan qay biri kuchliroq taassurot qoldirmoqda?

- Hozir kimnidir ajratib ko‘rsatishim nojoiz. Chunki har bir futbolchida o‘ziga yarasha ustun jihatlari bor. Faqat yangi yigitlar chinakamiga hayron qoldirishayotganini ta’kidlashim mumkin. O‘ylaymanki, «Yuve» oilasiga chindan ham, munosib ijrochilar qo‘shilishdi.

- Vaqtida «Arsenal» sizni o‘z tomoniga og‘dirishga uringanini eslab turasizmi?

- Yo‘q. Lekin «Arsenal» o‘yin­larini katta qiziqish bilan ko‘raman, xususan, jamoa murabbiyi Artetaga hurmatim baland.

- Joriy mavsum mashg‘ulotlarda qanday farq bor? Yuklamalar ortgani rostmi?

- Boshqacha metodika asosida, yuqori intensivlikda ko‘proq ishlayapmiz. Bor gap shu. Oxir-oqibat, faqat bir jihat muhim - g‘alaba!

- Tyago Motta haqida nima deya olasiz? Uni siz bilan ilgari ishlagan murabbiylar oldiga qo‘ysangiz, nima ko‘zga tashlanadi?

- Ilk taassurot ijobiy - Motta avvalo, shaxs sifatida juda kuchli. U bu borada «Yuve» darajasidagi klubda ishlashga munosib. Ochig‘i, Motta o‘z ishida dahodek ko‘rinmoqda.

- Brokki, Montella, de Zerbi, Mixaylovich, Allegri - bulardan qay birini o‘ziga xos murabbiy sifatida ta’riflaysiz va nima uchun?

- Eng o‘ziga xosi - de Zerbi, shubhasiz. Har holda, u eng aqldan ozgani. Asosiysi, shunday aqldan ozish de Zerbini katta natijalar sari yetaklaydi. Allegri ham qo­yilmaqom murabbiy, albatta.

- «A» seriya ancha muvozanatga kelgandek ko‘rinmoqda. Qiziq, qaysi klubni joriy mavsumning bosh favoriti o‘rnida ko‘ryapsiz?

- Menimcha, «Inter» hamon yetakchi maqomida - bu eng bar­qaror jamoa. Lekin derbida o‘z kuchini namoyish etgan «Milan», shuningdek, «Napoli»ni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. Yana «Yuventus» ham bor, albatta. Bizda yaxshi o‘yin ritmi shakllanayotganini yashirish befoyda, hammasi shundoq ko‘rinib turibdi.

- Oxirgi savol televizorda qanday dasturlarni ko‘rishingiz mumkin? 

- Triller shaydosiman. Ayniqsa, ultradinamik, yaxshi kiyingan advokatlar ishtirokidagi «Fors-majorlar» serialini yaxshi ko‘raman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 13.10.2024 23:44. O'qildi: 961 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Manchester Siti 3 9
2 Yuventus 3 6
3 Al-Ayn 3 3
4 Vidad 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

25.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
00:45
Torino
2-2
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI