Yuventus

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Gleyson Bremer: «O‘yin chizmalari muammo emas»

Gleyson Bremer: «O‘yin chizmalari muammo emas»

Gleyson Bremer yangi mavsum oldidan «Yuventus» bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi.

Braziliyalik himoyachi unga muvofiq, 2029 yilning iyun oyiga qadar «keksa sinyora» ixtiyorida bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Turin superklubi safiga 2022 yilning yozida qo‘shilgan 27 yoshli futbolchi hozirga qadar jami 83ta rasmiy o‘yinda qatnashdi. «Yuve» matbuot xizmati esa yangi kelishuv bahona Gleysondan alohida intervyu olishni lozim topdi.

- Aslida xizmatingizga nafaqat Yevropa, balki Saudiya Arabistonining yetakchi klublari tomonidan jiddiy qiziqish bor edi. Mana, «Yuventus» bilan shartnomangiz muddatini uzaytirib, barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydingiz. 

- Xuddi shunday. Aslida o‘ta jiddiy klublardan takliflar oldim, lekin o‘ylab qarasam, «Yuve» ularning hech biridan qolishmaydi. Shundoq ham katta klubda o‘ynayapman. Unda nega endi boshqasini tanlab, barchasini yana noldan boshlashim kerak? Asosiysi, Turinda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va aynan «Yuve» formasida g‘alabalarga burkanishni xohlayman. Qolaversa, 6 yildan buyon Italiyada yashayman, bosh­qacha aytganda, Turin ikkinchi uyimga aylanib ulgurdi.

- Aytingchi, yakuniy tanlovingizga Juntoli va Motta o‘rtasidagi yangi kelishuv nechog‘li ta’sir qildi?

- Albatta, «Yuventus» loyihasiga ishonaman va barchasi bir necha yilga mo‘ljallanganidan ham xabarim bor. Qisqasi, loyiha kattaligini nazarda tutib, bu yerda uzoq vaqt qolishga qaror qildim. Barcha buyuk jamoalar qatori «Yuve» ham faqat bitta maqsadga ega - g‘alaba qozonish! Italiya kubogi men uchun faoliyatimdagi birinchi sovrin bo‘ldi va bu bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q.

- Juntoli «Kontinassa»ga kelishi bilan nimalarni o‘zgartirdi?

- Uning jamoada ish boshlashi shaxsan menga mutlaq xotirjamlik keltirdi. Ayni payt o‘zaro tez-tez gaplashib turibmiz. Bundan ko‘prog‘iga qodirligimni ich-ichimdan yaxshi bilaman, Juntoli yigitlarni faqat oldinga undaydi, hattoki dam olishga imkon bermaydi. Qisqasi, jamoamiz ajo­yib motivatorga ega.

- Yangi bosh murabbiy - Tyago Motta qanday taassurot qoldirmoqda?

- Juda samimiy inson, u bilan portugal tilida bemalol muloqot qilishimiz mumkin. Motta katta natijalarga erishishni va raqobatbardosh mutaxassis ekanligini isbotlash ishtiyoqiga to‘la. Hozir haddan ziyod ko‘p shug‘ullanyapmiz. Asosiysi, mashg‘ulotlar yigitlarni zeriktirmaydigan darajada xilma-xil. Murabbiy bizdan mudom yaxshilanishni talab qilmoqda. Oddiy aytganda, mentalitet bo‘­yicha bir-birimizga yaqinligimizni his qilib ulgurdik.

- Yangi mavsum uchun qanday shaxsiy ambisiyalaringiz bor?

- Shartnomani yangilaganim aynan ambisiyalarga ham bog‘liq. To‘g‘ri, hozir «Yuve» yangi murabbiy qo‘l ostidagi birinchi mavsumda nimalar yutishi haqida gapirishga hali erta. Lekin klubimiz hamon Italiyada eng yaxshilardan biri ekan, chempionlik uchun kurashamiz, albatta.

- 2 yildan buyon «Yuventus»-dasiz. Ortda qolgan davr­-ni qanday tavsiflaysiz?

- Birinchi mavsum ko‘nikish-moslashishga ketdi, chunki har 3 kunda yuqori darajada o‘ynashga ham jismonan, ham ruhan qiynalishim turgan gap edi. Ikkinchi mavsum nisbatan yaxshiroq o‘tdi, har holda, skudetto uchun kurashdik. Bularning barchasi futbolchi taraqqiyotining bir qismidir, endi Tyago bilan yanada kuchayishdan umidvorman. Hozir yangi sayohat boshida turibmiz, demak, yanada ko‘proq ishlash talab etiladi.

- Amerika kubogi-2024dan keyin sizni juda og‘ir mavsum kutmoqda. Binobarin, «Yuve» naq 5ta turnirda qatnashadi. Tiklanish masalasida qandaydir formulaga amal qilasizmi? 

- Barchasini tizimli mash­g‘ulotlar yordamida yengib o‘tish mumkin. O‘zi terma jamoada ko‘p o‘ynamadim, 20 kunlik ta’tildan keyin qit’a chempionatiga atigi 3 hafta davomida tayyorgarlik ko‘rdim. Barchasini oldindan hisobga olgan holda, Braziliyada yakka tartibda ham shug‘ullandim. 

- Ayni payt «Kontinassa»da qanday atmosfera hukmron?

- Jamoa yanada uyg‘unlashgani sezilmoqda. Ha, ilgari ham shunday edi, lekin hozir hammasi tartibga asoslanganini ko‘rish mumkin. Uzun mavsum zeriktirmasligi uchun o‘zingizni ma’lum ritmga sing­dirishingiz kerak. Bu borada sira tashvishlanmayman.

- Psixologiya bo‘yicha murabbiy bilan ham ishlayapsizmi?

- Ochig‘i, Kyellini bilan muloqot katta yordam berdi. Birinchi yili unga tez-tez murojaat qildim, murakkab o‘yin­larda qanday yo‘l tutish haqida ma’lum tushuncha oldim. Ayniqsa, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmi muvaffaqiyatsiz boshlangach, Kyellini yordamiga ko‘proq ehtiyoj sezdim. Hozir u xuddi akamdek bo‘lib qoldi - aqliy  murabbiyim. Jorjo xususan, hujumchilarni qanday nazorat qilish masalasida zarur maslahatlar beradi.

- «Yuventus» himoyasi ajoyib tarixga ega. O‘zingizni aynan qaysi afsonalardek tutishga harakat qilasiz?

- Shubhasiz, Kyelliniga o‘xshashga intilaman. Braziliyadan Italiyaga kelganimda, bizni birinchi bo‘lib Massarri taqqoslagandi: «Kyelliniga juda o‘xshar ekansan. Uningdek o‘ynashga harakat qil». Murabbiy keyinchalik meni ikki yoki uch marta Kyelliniga qarshi qo‘yib, harakatimni   diqqat bilan kuzatdi. Lekin to‘g‘risi, boshida Jorjo bilan raqobatda o‘zimni uncha erkin his qilolmaganman. «Yuventus»ga o‘tgach, undan libosini so‘radim va o‘sha paytdan e’tiboran o‘rtamizda ajoyib munosabat shakllana boshlandi. Faqat bitta narsadan afsuslanaman: shunday himoyachi bilan birga o‘ynash nasib etgani yo‘q.

- Motta uslub bo‘yicha 4 nafar himoyachidan iborat mudofaa chizig‘i sezilarli darajada oldinga siljigan holda o‘ynashini talab qiladi. Bu borada siz uchun nima o‘zgardi va yangi chizmaga ko‘nikish qanchalik og‘ir?

- Taktika bo‘yicha yangiliklarga allaqachon o‘rganib qolganmiz, muammo yo‘q. Chindan ham, yangi mavsumda 4 nafar himoyachi chizmasiga ko‘proq taya­nilsa kerak, men esa Braziliya­da xuddi shu taktikada o‘ynab ko‘rganman. Klub tarkibiga yangi yigitlar kelishdi, jumladan, oyoq bilan o‘ynash va oldinga chiqib turishga moyil darvozabon ham. Hozir hammasi shakllanish jarayonida. O‘zimga kelsak, tabiatan oldinroqda o‘ynashni yoqtiraman. O‘ylaymanki, mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali yangi uslubni hali yanada takomillashtiramiz.

- «Bolonya»da Tyago Motta ixtiyorida himoyadan tash­qari, hujumda ham samarali o‘ynagan Kalafyori bor edi. Aytingchi, bu ishni bajarish uchun yetarli fazilatlarga egamisiz?

- Uddalasam kerak. Hamma gap mashg‘ulotlarda - agar har kuni nimanidir o‘rgansangiz, bu o‘yinda ham ko‘rinadi. O‘tgan mavsum vaqti-vaqti bilan hujumga qo‘shilib turdim. Endi hammasi yanada tizimlashtiriladi.

- «Napoli», «Milan» va «Yuve»da murabbiy o‘zgardi, «Inter»da esa yo‘q. Sizningcha, kuchli beshlik yanada muvozanatlashdimi?

- «Inter» - favorit, shubhasiz. Lekin aniq taxminni ilgari surishga hali erta. Axir hozir transferlar oynasi ochiq, ko‘plab jamoalar o‘z tarkibini kuchaytirmoqda. Demak, «A» seriya favoritlari o‘rtasida raqobat yanada kuchayishini kutish mumkin.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 23.08.2024 07:18. O'qildi: 521 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Manchester Siti 3 9
2 Yuventus 3 6
3 Al-Ayn 3 3
4 Vidad 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

25.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
00:45
Torino
2-2
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI