Yuventus

STD.UZ/YUVE

Yuventus

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Jorjo Kyellini: «Futbol boshqaruvi va biznesi ham qiziq...»

Jorjo Kyellini: «Futbol boshqaruvi va biznesi ham qiziq...»

«Yuventus»ning sobiq himoyachisi Jorjo Kyellini endi futbol bosh­qaruv tizimi, xususan, sohaning biznes-marketing yo‘nalishiga bosh suqmoqchi.

Italiya futboli afsonalari qatoridan joy olgan Jorjo Sky Sport telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusi davomida shu haqda gapirdi. U shuning barobarida sermahsul faoliyatining eng yorqin sahifalarini yodga oldi, Tyago Motta «Yuventus» bosh murabbiyligi roliga taklif etilganiga munosabat bildirdi.

- Jorjo, avvaliga faoliyatingizdan eng yorqin ikki lahzani ajratib ko‘rsatsangiz...

- Birinchisi - «Uembli»da o‘tgan Yevropa chempionati final o‘yini. Ikkinchisi? Ehtimol, ishtiyoqimni orqaga qaytargan «Real»ga qarshi o‘yin­da tushgan suratimdir...

- Sizningcha, Italiya klubining CHLda g‘alaba qozonishini qachon ko‘ramiz?

- Fikrimcha, uncha uzoq kutmasak kerak. Deylik, joriy yil «Inter»ga ozgina omad yetishmadi: «neradzurralar» o‘yin sifati bo‘yicha «Atletiko» to‘sig‘idan o‘tishga loyiq edilar. Nima ham derdim, futbolda omad ham ko‘p narsani hal qiladi ba’zan. Ha, Italiya klublari «shalpangquloq» kubok uchun kurashda hech qachon birinchi raqamli favorit­-lari qatorida zikr etilmaydi, shunga qaramay, hamisha turnirda zafar marrasiga yetish borasida umid bilan yashaymiz. Zero, ishonch qonimizda bor.

- Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spallettining istiqboliga qanday qarayapsiz?

- U nisbatan yosh jamoa shakl­lantirish yo‘lini tanladi. Hozir avlodlar almashinuvi davri ketmoqda, buni tarkibdagi futbolchilarning o‘rtacha yoshidan anglash qiyin emas. Asosiysi, yangi to‘lqinni faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida turgan Spallettidek mohir mutaxassis bosh­qarmoqda. Murabbiyda o‘ziga xos qandaydir jihatlari bor, qolaversa, milliy jamoaga nisbatan ulkan muhabbati ham. Shunday ekan, Luchano ajoyib ansambl yaratishi mumkin. Umuman, men uchun milliy jamoamiz o‘yinlarini tomosha qilishdan qiziqarli va hayajonli yumush yo‘q.

- Ammo «skuadra adzurra» Yevro-2024 favoritlari qatorida yo‘q...

- O‘ylaymanki, Italiya termasi har qanday holatda ham, asosiy favoritlar guruhiga kiradi. Xuddi Fransiya, Portugaliya va Angliya termalari kabi. Yana shuni alohida ta’kidlashni istardimki, katta tarixga ega Ispaniya va o‘z maydonida o‘zgacha ishtiyoq bilan o‘ynaydigan Germaniya termalari ham bor. Xullas, 6ta chin favorit! Aslida shaxsan men Italiya termasini hamisha bir pog‘ona pastga qo‘yishni ma’qul ko‘raman, bunda hech qanday yomon tomoni yo‘q. Zero, qog‘oz yoki tillardagisi emas, amaldagisi hisob. Ishonchim komil, raqib jamoalar hamon «pley-off»da «skuadra adzurra» bilan to‘qnashishni istamaydi. Azaldan shunday bo‘lgan va hozir ham ushbu yondashuv o‘zgarmagan.

- Yevropa chempionati tarixiga qarasak, siz bilan bog‘liq yorqin lavhalardan biri - bu finalda Bukayo Sakaga nisbatan ishlatgan qo‘polligingiz. O‘sha vaziyatni qanday tavsiflaysiz?

- Aslida ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ygandim. Oddiy aytganda, vaziyatni noto‘g‘ri baholadim, lekin raqibni to‘xtatish imkoni yo‘q emasdi. O‘ylaymanki, ehtimol, to‘g‘ri yo‘l tutgandirman, faqat barchasi chiroyli tarzda amalga oshirilmadi. O‘zi butun faoliyatim davomida nafislik yoki uslub emas, balki effekt va foydali harakatlar haqida ko‘proq qay­g‘urganman.

- Yana bir lavha bor - penaltilar seriyasida aytilgan «kirikocho» iborasi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ushbu iborani Bentankur va Dibala o‘ylab topishgan. Ular har bir penalti yoki jarima zarbasi oldidan raqiblarni chalg‘itish, asabiylashtirish uchun shu so‘zni aytishardi. Keyinchalik «kirikocho»ni men ham qabul qildim va vaqti-vaqti bilan ishlatdim. Balki «Jijio» so‘zini jo‘r ovozda aytsak, yaxshiroq chiqarmidi? Har holda, shunisi ma’noliroq chiqardi.

- Bugungi futbolda «Yangi Kyellini» bormi? Kim shunday maqomga ko‘tarilishi mumkin?

- Yo‘q, bunday taqqoslash va o‘xshatishlar hech narsaga yaramaydi. Vaqtida Kannavaro bilan birga o‘ynaganman, lekin birov menga «Yangi Kannavaro» sifatini bermagan. Men ham o‘zimni unga tenglashtirmaganman. Ayni payt har tomonlama yaxshi rivojlanayotgan yigitlar bor: yetarli tajriba to‘plashga ulgurgan Bastoni, Barella, Jorjinyo. Bundan tashqari, dunyodagi eng yaxshi darvozabon Donnarummaga egaligimiz Italiya termasi uchun qo‘shimcha plyusdir.

- Leonardo Bonuchchi ham yakunladi. Unga nimadir de­yishni xohlaysizmi?

- Ko‘p yillar davomida birga o‘ynaganmiz, juda yaqin bo‘lganmiz va unga hammasini aytishga ulgurganman. Bonuchchi bilan ko‘p unutilmas daqiqalarni baham ko‘rganim - bu sharaf.

- Sizningcha, VVS (Bonuchchi - Barsali - Kyellini) va Buffon qachondir yana birga ishlay oladimi? 

- Ajoyib g‘oya. Ehtimol, Bonuchchi murabbiy, Barsali yordamchi, Kyellini direktor va Buffon prezident bo‘lar... Ammo bu amalga oshishi imkoni yo‘q orzu-da...

- Xo‘sh, kelajak uchun rejalaringiz qanday?

- Yoz o‘tsin, Turinga qaytaman. Hozircha boshqa reja yo‘q. Los-Anjelesda ish boshladim, hozircha hammasi yoqyapti. Umuman, futbolning boshqaruv tizimi va biznes tomonini to‘liq o‘rganishni xohlayman.

- «Napoli» bosh murabbiyi Konte haqida nima deya olasiz?

- Ajoyib ittifoq. Menimcha, u Neapolda muvaffaqiyatga erishadi. Faqat bir narsani o‘zgartirmasa, bas: «Napoli»ning qoyilmaqom va portlovchi kombinasiyasini.

- «Yuventus» tanlagan Tyago Mottadan nima kut­yapsiz?

- U futbolchilik davridayoq maydonda murabbiy sanalgan. Ya’ni butsalarini mixga ilgach, murabbiy sifatida faoliyat boshlashi tayin edi. Mana, oxirgi mavsum sezilarli yutuqlarga erishdi. Qisqasi, Motta yetuk murabbiyga aylanish uchun yetarli bilim va salohiyatga ega. «Yuve»da ham katta muvaffaqiyatga erishishidan umidvorman.

- «Yuve»ning yakunlangan mavsumdagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Jamoa bor imkoniyatini ishga soldi. O‘ylaymanki, hatto Gvardiola ham hozirgi tarkib bilan bundan ko‘proq ish bajarolmasdi.

- Yevro-2024 ishtirokchilariga tilaklaringiz...

- Avvalo, atrofingizda kuzatilayotgan voqeliklardan zavqlaning. Ha, bosimsiz o‘ynash mumkin emas, lekin shunga urinib ko‘rish mumkin, albatta.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 02.07.2024 23:54. O'qildi: 969 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Manchester Siti 3 9
2 Yuventus 3 6
3 Al-Ayn 3 3
4 Vidad 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

25.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
00:45
Torino
2-2
Yuventus

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI