Real Madrid

STD.UZ/REAL

Real Madrid

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tyago Pitarch – yangi Modrich?

Tyago Pitarch – yangi Modrich?

«Real Madrid» hozir ancha murakkab davrni boshdan kechirmoqda: o‘yindagi beqarorlik, mag‘lubiyatlar va kadr muammolari jamoani qiynamoqda. Eng muhimi — yaqin yillarda jamoa o‘yinini kim atrofida qurish masalasida aniqlik yo‘q. Ayniqsa, himoya bilan hujumni bog‘lab turuvchi markaziy yarim himoyachi pozisiyasida muammo sezilmoqda.

Toni Kroos va Luka Modrich davri ortda qolgach, bu rolda turli variantlar sinab ko‘rildi. Eduardo Kamavinga va Dani Sebalyos bu vazifani bajarib ko‘rdi, so‘nggi oylarda esa bu pozisiyada ko‘proq Arda Gyuler o‘ynadi. Biroq turk futbolchisi o‘zini hujumchi ortida erkinroq his qilayotgani ko‘rindi — u yerda u Kilian Mbappe bilan yaxshi aloqa o‘rnatib, ko‘plab golli paslar bermoqda. Albatta, Gyuler pressing ostida to‘pni saqlash, texnika va pas madaniyati bilan ajralib turadi. Ammo u chuqurroq pozisiyada o‘ynaganda, jamoaga bu rol uchun maxsus ixtisoslashgan futbolchi kerakdek tuyuladi.

Rodri — yechimmi?

Bu muammo haqida Xabi Alonso ham gapirgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u mavsum boshlanishidan oldin klub prezidenti Florentino Peresdan aynan shu tipdagi yarim himoyachini sotib olishni so‘ragan. Bu borada ko‘p bor «Shtutgart» futbolchisi Angelo Shtiller nomi tilga olingan.

Biroq klub rahbariyati bu transferga rozi bo‘lmagan va hozir ham bu pozisiya uchun futbolchi qidirmoqda. Shu sababli so‘nggi vaqtlarda «Real»ning «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodriga qiziqishi haqidagi xabarlar ko‘paydi. «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan ispaniyalik iyunda 30 yoshga to‘ladi, ammo u jarohatdan keyin yana o‘zining eng yaxshi formasiga qaytib bormoqda.

Shu bilan birga, bunday transfer ayrim savollarni ham keltirib chiqaradi. Rodri o‘yin uslubi jihatidan Orelyen Tchuameniga o‘xshash. Klub esa fransuz yarim himoyachisini zaxiraga o‘tqazishni ham, sotishni ham istamaydi. Shuning uchun ularning bir vaqtda maydonda o‘ynashi ayrim taktik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Kutilmagan debyut

«Real» bosh murabbiyi lavozimiga Alvaro Arbeloa kelgach, u avval o‘zi ishlagan «Kastilya»dan bir necha yosh futbolchilarni asosiy jamoaga jalb qila boshladi. Ular orasida ayniqsa 18 yoshli yarim himoyachi Tyago Pitarch alohida ajralib turibdi.

U 17 fevral kuni Chempionlar ligasi «pley-off» bosqichida «Benfika»ga qarshi o‘yinda asosiy jamoada debyut qildi. Maydonda bor-yo‘g‘i bir daqiqa o‘ynagan bo‘lsa-da, bu futbolchi uchun unutilmas lahza bo‘ldi. Javob uchrashuvida unga 6 daqiqa berildi, keyin La Ligada ham ilk bor asosiy tarkibdan joy berildi.

«Selta»ga qarshi navbatdagi tur o‘yinida (2:1) esa Pitarch butun 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi va markaziy bog‘lovchi yarim himoyachi vazifasini bajardi. Uning harakatlari yosh futbolchi uchun ancha ishonchli ko‘rindi.

Ilk qadamlar

Tyago Madrid yaqinida tug‘ilgan, ammo darhol «Real» tizimiga kelmagan. U 2013-2018 yillarda «Atletiko» akademiyasida tarbiyalangan, keyin «Xetafe»da 4 yil o‘ynagan. Keyinchalik «Leganes»da o‘zini ko‘rsatib, top-klublar skautlari e’tiborini tortgan. Unga «Benfika» ham jiddiy qiziqish bildirgan, ammo Pitarch «Real» akademiyasi — «La Fabrika»ni tanladi. O‘tgan yozda Arbeloa uni «Kastilya»ga olib chiqdi. Sentyabrda esa Ispaniya U-20 terma jamoasi bilan jahon chempionatida qatnashib, chorak finalgacha yetib bordi.

Qizig‘i, uning xalqaro kelajagi hali aniq emas. Otasi tomonidan u marokashlik ildizlarga ega. Shu bois kelajakda Ispaniya va Marokash terma jamoalari o‘rtasida tanlov qilishi mumkin.

O‘yin uslubi

Mutaxassislar Pitarchni yoshiga nisbatan juda xotirjam va aqlli futbolchi deb ta’riflaydi. U maydonni yaxshi ko‘radi, to‘pni aniq taqsimlaydi va o‘yin tempini boshqara oladi.

U «oltilik» — tayanch sifatida ham, «sakkizlik» pozisiyasida ham o‘ynagan. Ba’zan esa markazga siljiydigan «soxta» chap qanot hujumchisi sifatida ham foydalanilgan. Uning eng mos pozisiyasi — 4-3-3 sxemasidagi markaziy «sakkizlik» yoki 4-2-3-1 tizimida hujumga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan markaziy yarim himoyachi.

Eng muhimi — imkoniyat

Pitarch asosiy jamoaga tasodifan chaqirilgan futbolchi emas. Klub uning istiqboliga ishonadi. Ayniqsa, jamoadagi jarohatlar — Jud Bellingem va Dani Sebalyos aprelgacha maydonga tusha olmasligi — yosh yarim himoyachiga ko‘proq imkoniyat berishi mumkin.

Albatta, «Real» kabi klubda natija doimo darhol talab qilinadi. Shuning uchun Pitarchni hozirning o‘zida asosiy yechim deb hisoblash erta. Biroq u jamoa uchun foydali zaxira varianti bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan haqiqiy liderga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas.

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 24.03.2026 23:31. O'qildi: 2302 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 38 94
2 Real Madrid 38 86
3 Vilyarreal 38 72
4 Atletiko 38 69
5 Betis 38 60
6 Selta 38 54
7 Xetafe 38 51
8 Rayo Valyekano 38 50
9 Valensiya 38 49
10 Real Sosyedad 38 46
11 Espanyol 38 46
12 Atletik Bilbao 38 45
13 Elche 38 43
14 Alaves 38 43
15 Sevilya 38 43
16 Osasuna 38 42
17 Malyorka 38 42
18 Levante 38 42
19 Jirona 38 41
20 Real Ovyedo 38 29

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Klublar o‘rtasida JCh

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Real Madrid 3 7
2 Al-Hilol 3 5
3 Zalsburg 3 4
4 Pachuka 3 0

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. La-liga. 38-tur.
00:00
Real Madrid
4-2
Atletik Bilbao

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI