Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliga. Aprel oyida tomosha qilishingiz shart bo‘lgan 5 ta o‘yin

Superliga. Aprel oyida tomosha qilishingiz shart bo‘lgan 5 ta o‘yin

O‘zbekiston Superligasida mart oyi qiziqarli o‘yinlarga boy o‘tdi. Aprel oyida ham muxlislarni bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

«Andijon» — «Navbahor»

O‘zbekiston Superligasining 6-turi doirasida muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo‘lishadi. 7-aprel kuni tur doirasida «Andijon» klubi «Bobur arena»da Namanganning «Navbahor» klubini qabul qiladi.

Yil boshida o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan «Andijon» va «Navbahor» klublari mavsumni bir maromda o‘tkaza olmayapti. Dastlabki 4 ta turda ham ikki jamoa 2 tadan g‘alabaga erishdi va yana 2 tadan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda jamoalar turnir jadvalida yonma-yon bormoqda. Shunday ekan, bu galgi vodiy derbisi nafaqat prinsipial jihatdan, balki turnir jadvalidagi o‘rin borasida ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

«Neftchi» — «Paxtakor»

Mavsumni juda yuqori kayfiyatda boshlagan Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi 15-mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda «Paxtakor»ni mag‘lub etib musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi. 9-aprel kuni ushbu jamoalar Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida endi O‘zbekiston Superligasi doirasida o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.

«Paxtakor» jamoasi Superkubokda mag‘lub bo‘lish orqali o‘z muxlislarini ancha xafa qilib qo‘ydi. Shunday ekan, bu o‘yin nafaqat Superligadagi kurash, balki muxlislarga yupanch bo‘lish jihatdan ham yuqori ahamiyatga ega. Lekin mavsumni juda barqaror o‘tkazayotgan «Neftchi» jamoasi ham bu bellashuvda faqat g‘alaba uchun o‘ynashi aniq. Shundan ekan, biz 9-aprel oqshomida juda qiziqarli o‘yinni kutmoqdamiz.

«Paxtakor» — «Dinamo»

Samarqandning «Dinamo» jamoasi uchun mavsum omadli boshlanmadi. O‘tgan yili Superligada to‘rtinchi o‘rinni egallagan Vadim Abramov jamoasi ayni vaqtda Superliga jadvalida 4 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu jamoa 18-aprel kuni Superliganing 8-turi doirasida «Paxtakor» klubi mehmoni bo‘ladi.

Ahamiyatlisi, o‘tgan mavsum ushbu jamoalar o‘rtasida Toshkentda kechgan bahsda «Dinamo» klubi Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozongan edi. Xo‘sh, «Dinamo» bu gal ham Toshkentdan g‘alaba bilan qayta oladimi yoki «Paxtakor» o‘z maydonida qo‘lga kiritilgan navbatdagi g‘alabasini tantana qiladimi? Bu savolga 18-aprelda bo‘lib o‘tadigan o‘yinni tomosha qilish orqali javob topamiz.

«Neftchi» — «Nasaf»

Mavsumni barqaror boshlay olmagan «Nasaf» jamoasi medallar uchun kurashdan osonlikcha chiqib ketmasligi aniq. Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi jamoani 18-aprel kuni musobaqaning amaldagi chempioniga qarshi muhim o‘yin kutmoqda.

Ushbu jamoalar o‘rtasida o‘tgan mavsum Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bahsda «Neftchi» qiyin g‘alabaga erishgan va yakunda ushbu g‘alaba jamoaning chempionligida muhim ahamiyat kasb etgandi. Xo‘sh, bu galgi to‘qnashuvda qanday natija qayd etiladi? Buni 18-aprel kuni «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsdan so‘ng bilib olamiz.

«Paxtakor» — «Nasaf»

O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida «Paxtakor» jamoasi o‘z maydonida «Nasaf» klubini qabul qiladi. Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlar hamisha muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgan. Bu galgi bahs ham bundan holi emas.

Ayni paytda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turgan «Paxtakor» klubi o‘tgan mavsum Toshkentda o‘tgan o‘yinda «Nasaf»ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi. Xo‘sh, bu galgi bahsda qanday natija qayd etiladi? Bu savolga 28-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinni kuzatish orqali javob topamiz.

Manba: pfl.uz

Kiritildi: 02.04.2026 06:22. O'qildi: 1893 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI