Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliga 6-tur o‘yinlarini tashkil etishni eplay olmagan klublarga jazo qo‘llanildi

Superliga 6-tur o‘yinlarini tashkil etishni eplay olmagan klublarga jazo qo‘llanildi

18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

«Xorazm» 0:0 «Bunyodkor»
Har ikki klub vakillari Countdown’ga amal qilmagani qayd etilgan. Komissar bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarini 3 daqiqa kech yakunlagan. Shuningdek, tomonlarning U21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qolganidagina xorazmlik futbolchilar kiyim almashtirish xonasidan chiqib kelgan. Oqibatda uchrashuv 4 daqiqa kech boshlangan.

Asosiy tarkib o‘yinida kechikish kuzatilmagani sabab Liga har ikki klubni rasman ogohlantiradi. Komissarning reglament asosidagi talabi kelgusi turda ham paysalga solinsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Qizilqum» 1:0 «Qo‘qon-1912»
Komissar bildirgisida «Dinamo» stadioni personalida hozirga qadar tegishli akkreditasiyalar mavjud emasligi qayd etilgan. Bu o‘z navbatida texnik hudud va uning atrofida faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan ishlashda komissar ishiga halal bergan.

«Qizilqum» klubi «Dinamo» stadionidan ijara asosida foydalanib kelayotgan bo‘lib, klub 4 may kuni Navoiy shahriga qaytadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga «Qizilqum» klubini rasman ogohlantiradi. Garchi klub o‘z uy uchrashuvlarini safarda o‘tkazgan bo‘lsa-da, rasmiylar mezbonlik bilan bog‘liq majburiyatlarni his qilishi va ularga to‘liq amal qilishi shart. Navoiydagi o‘yinda shu kabi holat kuzatilsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Dinamo» stadioni xodimlari bilan esa «Dinamo» klubi vakillari ishlashi shart. «Dinamo» klubining kelgusi uy uchrashuvida stadion xodimlari Liga talab qilgan ko‘rinishda akkreditasiya bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Buxoro» 1:3 «Nasaf»
Tez tibbiy yordam mashinasi stadionga o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangan va mazkur holat jonli efirga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Shuningdek, stadion suxandoni kechikishi oqibatida, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalada kechikish kuzatilgan. Reglamentning 16.35-bandi esa e’tiborsiz qoldirilgan.

Mikst-zona tartibga solinmagan, klub matbuot xizmati mazkur masalaga yetarlicha e’tibor qaratmagan.

Reglamentning 15.14-bandini buzish orqali to‘p olib beruvchi bolalarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘yilgan.

Komissar xonasida internet ishlamagan. Qo‘shimchasiga, printer mavjud bo‘lmagan.

«Buxoro» futbol klubi mezbonlik bilan bog‘liq talablarga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lgani uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Neftchi» 0:4 «Paxtakor»
Uchrashuv davomida na komissar xonasi va darvoza ortida joylashgan fotograflar nuqtasida internet ishlagan.

Jamoaviy suratga tushish uchun Liga homiysining 2025 yilgi mavsum uchun ishlangan konstruksiyasi emas, 2024 yilgi mavsumdagisi olib chiqilgan. Bunga sabab sifatida stadionning yangi konstruksiya turgan xonasi qulflanib qolgani ko‘rsatilgan.

Liganing shartnomaviy majburiyatlari bo‘yicha talabiga loqayd munosabatda bo‘lgani uchun «Neftchi» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Surxon» 1:0 «Navbahor»
Hakamlar joy olgan mashina tushunarsiz sabablarga ko‘ra stadion hududiga 15 daqiqa davomida kiritilmagan. Xavfsizlik uchun javobgar organlar bilan lozim darajada ish olib borilmaganidan kelib chiqib, «Surxon» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Andijon» 1:2 «Dinamo»
Uchrashuvning 74-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarurati vujudga keldi. Komissar bildirgisida qayd etilishicha, tez tibbiy yordam mashinasida bint, qaychi va kerakli dori vositalari bo‘lmagan, oqibatda futbolchiga yetarlicha yordam ko‘rsatilmagan. Liga Andijon viloyati rasmiylaridan tez tibbiy yordam mashinasi futbol uchrashuviga rasmiyatchilik uchun emas, chindan ham jarohatlangan futbolchiga birinchi yordamni ko‘rsatish uchun kelishi masalasini eslatib o‘tishni lozim topadi.

Manba: pfl.uz

Kiritildi: 24.04.2025 22:38. O'qildi: 1539 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI