Abduvohid Ne’matov: “Muxlislar orzusini amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”
O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matov Match TV nashri bilan suhbatda jamoa 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini haqida gapirdi.
— O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy voqelik – Jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin. Intizorlik bilan kutyapsizmi?
— Xudo xohlasa, hammasi biz o‘ylagandek ketmoqda. Orzumizni amalga oshirishga oz qoldi. Oldinda yana to‘rtta o‘yin bor, Jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.
— Terma jamoangiz Shimoliy Amerikaga sayyoh sifatida boradimi?
— Hech qachon! Biz O‘zbekiston bayrog‘i va madhiyasi uchun kurashamiz.
— Husanov “Manchester Siti”ga o‘tdi. Buni katta transfer deb hisoblaysizmi?
— Bu juda yaxshi transfer bo‘ldi. U ingliz klubida o‘ynab keta olishiga darhol ishonganman. Abduqodir bilan bitta jamoada o‘ynayman, shu bois sizlardan ko‘ra u haqida ko‘proq bilaman. Umid qilamanki, Husanov katta yulduz bo‘la oladi.
— Sizning tanlovingiz qaysi — “Real” yoki “Barselona”?
— “Barselona”, deydi Nematov Match TV bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hozirda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mart oyida MTJ Qirg‘iziston va Eronga qarshi bahs olib boradi.
Manba: daryo.uz