Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Sherzod Nasrullayev: "Jamoada qolishim aniq emas"

Sherzod Nasrullayev: "Jamoada qolishim aniq emas"

O‘tgan haftada o‘zbek futbolida mavsum yakunlanib, barcha jamoalar qishki tanaffusga yo‘l olishganidan xabardorsiz.

Garchi, joriy yilda O‘zbekiston Kubogi va OCHL-2 musobaqasida omadsiz ishtirok etgan bo‘lsada, Qarshining «Nasaf» klubi uzoq kutilgan Superliga chempionligini tantana qildi. Biz o‘z tarixida ilk bor mazkur sovringa ega chiqishda munosib hissa qo‘shgan «ajdarlar» yetakchisi Sherzod Nasrullayev bilan bog‘lanib, mavsum taassurotlari va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

- Joriy yilgi chempionlik orqali «Nasaf» klubi hamda sizning sovrinlar kolleksiyangizda O‘zbekistonda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha medallar to‘liq jamlandi. Bu bilan tabriklaymiz!

- Rahmat! Xabaringiz bor, mavsum avvalida jamoamiz oldiga Superligada chempion bo‘lish vazifasi qo‘yilgandi, shukurki maqsadimizga erishdik. Qashqadaryo xalqi anchadan buyon mazkur sovrinni qo‘lga kiritishimizni kutayotgan edi. Nihoyat, buni uddaladik. Biz uchun Superliga chempionligi ichki birinchilikda shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz orasida eng qadrlisi va qiymati yuqori bo‘lgan muvafaqqiyatdir. Sababi, «Nasaf» va uning muxlislari uchun o‘ziga xos tarixiy natija qayd eta oldik. Endi bizni «ajdarlar»ning tarixdagi ilk chempionligini mana shu futbolchilar bilan qo‘lga kiritishgan, deb ko‘pchilik xotirlaydi. Bundan faxrlanamiz, albatta.

- «Nasaf» hamda sizning faoliyatingizda o‘chmas iz qoldirgan joriy yilgi mavsum taassurotlari qanday?

- «Nasaf» o‘z uyimday bo‘lib qolgan. Boisi, yoshligimdan shu yerda to‘p surib, hozirgi darajaga erishdim. Mazkur klub hech qachon yodimdan chiqmaydigan xotiralarni eslatib turadi. Jamoaga bu yilgi muvafaqqiyatli ishtirokida yordamim tekkanidan xursandman. To‘g‘ri, mavsum davomida og‘ir o‘yinlarni o‘tkazib, salbiy natija qayd etgan kunlarimiz ham bo‘ldi. Ammo, doimo bizni munosib qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizga kattakon rahmat, deb qolaman.

- Chempionlikka erishilgach, u yog‘iga jamoa natijalari kutilganidek bo‘lmadi. Bu emosiya tugab qolgani bilan bog‘liqmi?

- Tan olaman, asosiy vazifani bajarganimizdan so‘ng, jamoada sustkashlik paydo bo‘ldi. Shuning oqibatida mavsum so‘nggiga kelib ko‘ngilsiz natijalar qayd etildi.

- Hozir bolalikdagi orzularining deyarli barchasiga erishgan futbolchisiz. Aytingchi, faoliyatingizni endigina boshlayotgan paytingizda bugungidek muvafaqqiyatlarga erishaman, deb o‘ylaganmidingiz?

- Albatta, har bir futbolchi faoliyati davomida ko‘plab sovrin va muvafaqqiyatlarga erishishni niyat qiladi. Xudoga shukur, orzularim ushalmoqda. Lekin hali yetarli emas, deb o‘ylayman hamda bundanda ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritish niyatidaman. Umid qilamanki, bu boshlanishi.

- Ortga nazar tashlab, bolalikdagi Nasrullayevni eslab turasizmi? Hozirgi Sherzod qay darajada o‘zgargan?

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, bolalikdan «Nasaf»da katta bo‘ldim. Qay darajada o‘zgarganimni meni yaxshi biladiganlardan so‘raganingiz ma’qul. Lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hozir yoshlikda boshdan kechirgan qiyinchiliklar rohatini ko‘rib yashayapman. Kishi masaqsad sari astoydil intilib, tinimsiz mehnat qilib, qiynchiliklarni sabr bilan yengib o‘ta olsa, Yaratganning o‘zi kutganidanda ziyodasini in’om etadi. U yog‘iga hayotdan zavq olib yashasa bo‘ladi.

- Endi MTJ haqida ham biroz gaplashsak, termamizning keyingi bosqichga chiqishi o‘z qo‘lida, ammo bu yog‘iga ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q...

- Ha, buni terma jamoaning har bir futbolchisi yaxshi tushunib turibdi. Maqsadimiz mundial yo‘llanmasini shu bosqichdayoq hal qilish. Albatta, ochko yo‘qotmaslikka harakat qilamiz. Mas’uliyatli davr yaqinlashgani bois hozir biroz bosim sezilmoqda. Biroq, buni yengib o‘ta olishimizga ishonaman.

- Terma jamoaga ilk bor chaqiruv olgan damlaringizni qanday eslaysiz. Bu xabarni birinchi bo‘lib sizga kim yetkazgandi?

- Bu haqda birinchi bo‘lib klub vakillari aytishgandi. O‘sha paytdagi his-tuyg‘ularimni so‘z bilan ta’riflab berolmayman. Futbolchi uchun eng katta xushxabar - terma jamoadan chaqiruv olish nazarimda. O‘z mamlakatining bosh jamoasida o‘ynash har bir futbolchining orzusi.

- KXDRga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘tkir Yusupov «bugun yigitlar bilan taktikaga ham qaramasdan o‘ynab g‘alaba uchun borimizni berishga kelishib olgandik» -  degan gapi biroz g‘alati tuyuldi. Aslida termamiz a’zolarida bosh murabbiyga nisbatan ishonch qay darajada?

- Biz KXDRga qarshi chiroyli o‘yin emas, natija uchun maydonga tushgandik va buni uddaladik. Katanesga butun jamoa ishonadi, jumladan o‘zim ham. Nasib qilsa, uning qo‘l ostida zimmamizga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajaramiz.

- Agar mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa, futbolimizda nimalar o‘zgarishi mumkin?

- Birinchi galda hududlarda millionlar o‘yiniga bo‘lgan e’tibor yanada ortadi. Shuningdek, xorij jamoalaridan o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Umuman olganda, yaxshi tomonga o‘zgarishlar ko‘p bo‘ladi nazarimda. Nasib qilsa, shu safar xalqimiz duosi, ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi orqali azaliy orzuga erishamiz.

- PFL talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan jamoadoshingiz Akmal Mozgovoyga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz?

- Joriy mavsumda ko‘plab futbolchilar ushbu sovringa munosib o‘yin namoyish etishdi. Shular qatorida Akmal ham o‘zining muhim gollari hamda yaxshi o‘yinlari bilan ajralib turdi va haqli ravishda sovringa loyiq ko‘rildi. Bu to‘g‘ri tanlov bo‘ldi nazarimda.

- Endilikda yangi chaqiriqlar bo‘sag‘asida turgan «Nasaf»ni oldinda Elit Chempionlar ligasi kutib turibdi. Hozirdan qaysi raqiblarga qarshi to‘p surishni xayol qilyapsiz?

- Bilasizmi...? Hozircha «Nasaf»da qolishim aniq emas. Ayni damda oila davrasida dam olyapman. Keyingi rejalar haqida yanvar oyidan bosh qotiramiz. Yashirmayman, boshqa jamoalardan takliflar bor. O‘ylab ko‘rib bir qarorga kelamiz. Savolingizga kelsak, kelajakda nimalar bo‘lishini taxmin qilish qiyin. Elit Ligada oddiy jamoalar tushmaydi, buni bilasiz. Lekin «Nasaf» har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdan tashqari, ijobiy natijani ko‘zlagan holda maydonga tushishi aniq.

- Demak, «Nasaf»dan ketishingiz ham mumkin shundaymi?

- Hozircha aniq aytolmayman. Agentim bir necha jamoalar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Tez orada barchasiga oydinlik kiritiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Qarshidagi faoliyatimdan yorqin xotiralar qoladi. Jamoada qo‘ldan kelganicha o‘yin namoyish etdim va qayd etilgan natijalarga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman. Qarshidan ketamanmi-qolamanmi bilmadim-ku, lekin «Nasaf»dek jamoa sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman. Kelajakda top klublarda ham shunday natijalarga erishish niyatim bor.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 02.01.2025 23:02. O'qildi: 2978 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI