Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Neftchi» – «Nasaf» o‘yinida ko‘rsatilgan qizil kartochka noto‘g‘ri berilgani ma’lum qilindi

«Neftchi» – «Nasaf» o‘yinida ko‘rsatilgan qizil kartochka noto‘g‘ri berilgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Superligasining 25-turi 24 noyabr kuni yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda ushbu tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bellashuvlarda jami 9 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

1-vaziyat. “Neftchi” — “Nasaf” qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka

“Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 12-daqiqasida mehmonlarning 6-raqamli futbolchisi farg‘onaliklarning 19-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab bahsni davom ettirdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga noto‘g‘ri aralashgan. Futbolchi to‘p uchun o‘ynamoqchi bo‘lgan, ammo ehtiyotsizligi bois raqibiga qo‘pollik ishlatgan. Chetlatish uchun asos yetarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini noto‘g‘ri, deb hisobladi.

2-vaziyat: “Qizilqum” - “Navbahor” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi

“Qizilqum” - “Navbahor” uchrashuvining 8-daqiqasida mehmonlarning 55-raqamli a’zosi o‘z jarima maydonida to‘pni qaytardi. Bosh hakam Timur To‘xtasinov dastlab bahsni davom ettirdi. Ammo monitor yoniga borib holatni o‘rgangach qo‘l bilan o‘yin borligini ma’lum qildi, lekin sal oldin navoiyliklarning 71-raqamli vakili ham qo‘li bilan o‘ynagani uchun penalti belgilamadi va jarima zarbasiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Penalti belgilash uchun asos yetarli.  Biroq nominal mezbonlar a’zosi bu vaziyatdan oldin qo‘li bilan o‘ynagan va qoidani buzgan. Shu bois, komissiya hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

3-vaziyat. “Qizilqum” - “Navbahor” to‘qnashuvi: mehmonlarning goli

“Qizilqum” - “Navbahor” uchrashuvining 66-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi yordamchi hakam bayroqchasini ko‘targandan so‘ng bosh hakam Timur To‘xtasinov ofsayd borligini qayd etdi, ammo VAR o‘yindan tashqari holatni o‘rganib chiqqach referiga faktik qarorini e’lon qildi va gol inobatga olindi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to‘g‘ri qilgan. Mazkur epizodda to‘p navoiyliklarning 6-raqamli a’zosidan hujumchiga kelib tushgan. O‘z-o‘zidan o‘yindan tashqari holat uchun asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

4-vaziyat: “Olimpik” - “Bunyodkor” bellashuvi: bahsli vaziyat

“Olimpik” - “Bunyodkor” uchrashuvining 67-daqiqasida toshkentliklarning 57-raqamli vakili mezbonlarning 8-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to‘pga ulgurmagan holda raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bu vaziyatda qizil kartochka berish uchun asos yo‘q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat: “Andijon” - “Dinamo” o‘yini: bahsli penalti

“Andijon” - “Dinamo” uchrashuvining 31-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli a’zosi raqib jarima maydonida to‘p uchun darvozabon bilan kurash olib bordi va yiqilib tushdi. Bosh hakam Doston Rahmonov bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan. Posbon raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan. U hujumchiga qarshilik qilgan, ammo bu muvozanat yo‘qotish uchun yetarli emas. Darvozabon tomonidan futbol qoidalariga zid xatti-harakat qilinmagan. Penalti belgilash uchun asos yo‘q. Komissiya hakamning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

6-vaziyat. “Andijon” - “Dinamo” qarama-qarshiligi: qizil kartochka

“Andijon” - “Dinamo” uchrashuvining 52-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli futbolchisi andijonliklarning 71-raqamli a’zosiga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam Doston Rahmonov dastlab bahsni davom ettirdi. Ammo monitor orqali epizodni ko‘rgach futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan ortiqcha harakat qilib, unga jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan. Bu kabi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

7-vaziyat: “Andijon” - “Dinamo” o‘yini: bahsli penalti

“Andijon” - “Dinamo” uchrashuvining 73-daqiqasida mezbonlarning 21-raqamli a’zosi raqib jarima maydonida to‘p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Doston Rahmonov monitor orqali vaziyatni o‘rgangach bu epizodda penalti yo‘qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan. Hujumchi penalti ishlash maqsadida o‘z oyog‘ini raqib oyog‘i yo‘liga qo‘ygan. Shu sababli, penalti belgilash uchun asos yo‘q. Komissiya hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

8-vaziyat. “So‘g‘diyona” - “Lokomotiv” qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi

“So‘g‘diyona” - “Lokomotiv” uchrashuvining 78-daqiqasida mehmonlarning 70-raqamli futbolchisiga tegdi va u to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev to‘p qo‘lga tegdi, deb hisobladi va jarima zarbasi belgiladi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR hakami holatni aniq isbotlab beruvchi kadr mavjud emasligi bois vaziyatga aralashmagan. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

9-vaziyat. “So‘g‘diyona” - “Lokomotiv” to‘qnashuvi: mezbonlarning bekor qilingan goli

“So‘g‘diyona” - “Lokomotiv” uchrashuvining 63-daqiqasida mezbonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev mazkur holatda qo‘l bilan o‘yin borligini qayd etdi va golni bekor qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda yetarli asosi bo‘lmagani sabab VAR holatga aralashmay to‘g‘ri qilgan. Videotakrorlar orqali ko‘rinib turibdiki, to‘p qo‘lga teggan yoki tegmaganligini isbotlovchi aniq dalil yo‘q. Lekin kadrlar orqali to‘p qo‘lga teggani ehtimoli yuqori ko‘rinmoqda va bu holatda epizodga eng yaqin turgan bosh hakam qarori qo‘llab-quvvatlandi va ma’qullandi. Shu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm.uz

Kiritildi: 25.11.2024 21:04. O'qildi: 2239 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI