Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Sergey Lushan: “YAgona gol uchrashuv taqdirini hal qilishini oldindan bilgandik”

Sergey Lushan: “YAgona gol uchrashuv taqdirini hal qilishini oldindan bilgandik”

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. “Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

— Ikki jamoa uchun ham og‘ir bahs bo‘ldi. Yagona gol uchrashuv taqdirini hal qilishini oldindan bilgandik. Jamoalar kuchi teng edi, ammo darvozamizga yo‘llangan yagona zarba golga aylandi. Balki, “Nasaf”da mahorat ustunlik qilib, omad kulib boqqandir? Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. “Nasaf” bejizga birinchi o‘rinda bormayotganini isbotlamoqda. Endi “Nasaf”ni chempion bo‘lishiga judayam ishonaman. Bizda ham 1-2ta vaziyatlar bo‘ldi, lekin biz vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Umuman olganda, ta’kidlaganimdek, uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ammo omad qarshiliklarga kulib boqdi.  

— “Navbahor”  FIFA kunlarida nazorat uchrashuvi tashkil qilganida, jamoaga foydaliroq bo‘larmidi?
— Yo‘q. Bu bizga kerak emas edi. Men bosh murabbiy sifatida jamoamga nima ko‘proq foyda berishini bilaman.

— “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bugun “Navbahor” o‘yinda ustunlik qildi, deb aytib o‘tdi. Jamoangiz bugun haqiqatdan ham raqibdan ustunroq edimi? Ro‘ziqul Berdiyevning fikrlariga qo‘shilasizmi?
— Biz g‘alaba qozonganimizda, men ham xuddi shunday degan bo‘lardim. Biz raqib yo‘l qo‘yib berganicha o‘ynadik. Biz birinchi bo‘limda ikkita va 2-bo‘limda yarimta xavfli vaziyatga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib esa darvozamiz tomon bor-yo‘g‘i bitta aniq zarba berdi va bu gol bilan yakunlandi. Bugun omad raqiblarga kulib boqdi, lekin omad faqat kuchlilarga kulib boqadi. O‘yin natijasi bitta golgacha kechishi aniq edi. Yosh futbolchimiz birinchi marotaba bunday o‘yinda ishtirok etdi, ammo xatoga yo‘l qo‘ydi. Yosh o‘yinchilar bunday vaziyatlarda xatolar qilishadi. Hechqisi yo‘q, bu futbolchimizga saboq bo‘ladi. U juda iqtidorli va men u namoyish etgan o‘yindan to‘liq qoniqdim.

— Jamshid Iskanderovda uchrashuvning 2-bo‘limi yarmidan so‘ng, biroz charchoq alomatlari sezilgandek tuyuldi? Ushbu holatga fikr bildirib o‘tsangiz...
— Iskanderov terma jamoa bilan edi. Lekin termada unga o‘yin amaliyoti berilmadi. Ta’kidlash joizki, terma jamoada esa faqat taktik tomonlama tayyorgarlik ko‘riladi. Qolgan jihatlar ustida deyarli ishlanmaydi. Jamshid terma jamoa safida ikki hafta davomida mashg‘ulotlarda qatnashdi, ammo maydonga tushirilmadi. Futbolchi terma jamoa safida zaxira qolishi bu normal holat. To‘g‘risini aytsam, bugun Hamrobekovni zaxirada qoldirish niyatim ham bor edi. Ochig‘i, men faqatgina 5 oktyabr sanasini kutib yashayapman. Qolgani meni umuman o‘ylantirmaydi. Shunday uchrashuvlar orqali finalga tayyorgarlik ko‘rib kelamiz. Mavsumdagi asosiy maqsadimizni bajarish uchun finalda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ko‘p savollarga shu yerda javob berdim, deb o‘ylayman.

— Bugun jamoangizning g‘alaba qozonishi yoki durang qayd etishiga nima xalal berdi?
— Raqib jamoa xalal berdi. Biz himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Sayfiyev qizil kartochkasi sababli, o‘yinni o‘tkazib yuborayotgani uchun yosh futbolchini birinchi marotaba qaydnomaga kiritdik. Boshqa ilojimiz yo‘q edi.

Shunday bo‘lsada, uning o‘yinidan to‘liq qoniqdim. Uning kelajagi porloq. O‘sha futbolchi o‘zi uchun asosiy bo‘lmagan pozisiyada harakatlandi. Shunga qaramay, “Nasaf”ning eng asosiy o‘yinchisini to‘liq zararsizlantira oldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz

Kiritildi: 15.09.2024 00:52. O'qildi: 2063 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI