Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bobur Abduxoliqovning muammosi ruhiyat bilan bog‘liq»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bobur Abduxoliqovning muammosi ruhiyat bilan bog‘liq»

Superliga 3-turidan o‘rin olgan Nasaf hamda Qizilqum jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (2:1) so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin og‘ir o‘tishiga o‘zimiz sababchimiz. Birinchi bo‘lim to‘liq nazoratimiz ostida o‘tdi, ammo 60-daqiqadan so‘ng tizgin mehmonlarga o‘tdi. Ba’zi vaziyatlarda so‘nggi uzatma, ayrimlarida so‘nggi zarbani berishda kechikdik. Agar, ushbu holatlardan foydalanganimizda, yaxshi bo‘lardi.

Da Silvani maydondan olish orqali maydonga yangi kuchlarni tashlashni maqsad qilgan edik. Ular qarshi hujumlardan yaxshi foydalanishini kutgan edik. U ko‘p vaziyatlar yaratdi, Marushichda ham, Viktorda ham o‘ta qulay imkoniyat bo‘ldi.

Abduxoliqovning muammosi ruhiyat bilan bog‘liq. Undan talab qilinayotgan narsa bajarilmayapti va bosim bilan harakat qilyapti. Buni yengib o‘tish uchun bitta to‘p kiritib olish lozim. Boburda yetarlicha qobiliyat bor va umid qilamanki, tez fursatda ushbu holatdan chiqib keta oladi.

Andijonga qarshi bahs to‘la stadion va ajoyib atmosferada o‘tishini tasavvur qilyapman. Burgutlar ikki yildan buyon deyarli bir xil tarkibda harakat qilishmoqda va o‘yinlari ham yaxshi shakllangan. Uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lishi aniq.

So‘nggi bahslarda biz raqibga ham ochilib o‘ynash imkoniyatini bermoqdamiz. Boisi, tarkibimizda tezkor futbolchilar mavjud va qarshi hujumlardan unumli foydalanish mumkin. Ko‘p yillar davomida biz hujum qilib, raqib jamoa himoyalanganda yorib o‘tish qiyin bo‘lardi. Shuning uchun, ba’zi narsalarni o‘zgartirdik.

2:0 hisobi futboldagi eng yomon hisob. Bu futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir qiladi. To‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng himoyada biroz sarosima boshlandi. Ayni shu sababli, hisobni saqlab qolishga intildik. Qarshi hujumda aniqroq harakat qilganimizda, rejamiz to‘liq amalga oshgan bo‘lardi. O‘yin esdan chiqadi, ammo natija qoladi.

Jo‘rabekov hamda Shulayaning qanotdagi o‘yinlaridan xabarimiz bor edi. Ular bellashuv so‘nggiga qadar faol bo‘lishdi. Bunga Muhiddinov hamda Bozorovning charchab qolgani sabab bo‘ldi. Oybek bir oydan buyon ilk bor maydonga tushdi va jismoniy jihatdan to‘liq tayyor emasligin bilar edik. Rahmatov kutilmaganda o‘zini zaxiraga olishni so‘rashi sababli Nasrullayevni maydonga tushirdik. Shu sababli himoyada chap qanotda qiynaldik.

Kenjaboyev so‘nggi muolajalarni olib bo‘ldi va ertadan umumiy guruhga qo‘shiladi. Umid qilamanki, Andijon bilan bellashuvga qadar safga qaytadi.

Nasrullayev esa deyarli uch oy maydonga tushmadi. Uning yo‘qligi sababli ko‘p narsalarni o‘zgartirishga majbur bo‘lyapmiz. Uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynayapmiz. Hujumda yaxshi o‘ynadi, himoyada esa kurashlarda o‘yin amaliyoti yo‘qligi sezilib qoldi. Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, ularni yaxshi holatga keltirishga ulguramiz, deb o‘ylayman.

Rahmatov olimpiya termasidan, Abdurahmatov, Ne’matov va Abduxoliqov esa milliy terma jamoadan chaqiruv olgan. Ular 28 mart kuni jamoaga qaytishadi. Biz esa 30 mart sanasida o‘ynaymiz. Qolgan futbolchilar bilan Andijonga qarshi uchrashuvga tayyorlanamiz.

Rahmatovni Turkiyadagi yig‘in davomida qanotda sinab ko‘rdik. Sababi, qanot himoyasida muammolar bor edi. Abdurahmatov termada edi, Muhammadiyev esa jarohatda. Murod tezkor, to‘p bilan yaxshi muomala qiladi, tez charchab qolmaydi. U bu raqobatda markazda ham o‘ynashi mumkin. Bunga shubham yo‘q. Beshta bellashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, u barchasida ajoyib harakat qildi va bejizga terma jamoadan taklif olmadi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: pfl.uz

Kiritildi: 16.03.2024 23:13. O'qildi: 1963 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI