Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Abbos, «gaz»ni bos!

Abbos, «gaz»ni bos!

Transfermarkt portalida O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi transfer bahosi e’lon qilindi.

Xo‘sh, yangi ro‘yxatda qanday o‘zgarishlar bor? Kimlar narx yorlig‘i bo‘yicha katta o‘sishga erishishdi? Aksincha, qaysi futbolchilarning transfer huquqi arzonlashdi portal talqini bo‘yicha? Umuman, ayni payt Superligadagi eng qimmatbaho futbolchilar reytingini kim boshqarmoqda?

Transfer bahosi bo‘yicha ko‘tarilish

Oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha aytsak, yaqinda O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga chaqirilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevning transfer bahosiga 450 000 yevro qo‘shildi va bu Superliga vakillari uchun eng katta yuksalishdir. Endilikda futbolimiz umidining transferi 750 ming yevroga baholanmoqda.

«Navbahor» yetakchisi Oston O‘runov va «Neftchi»da o‘zini qayta namoyon eta boshlagan Nurillo To‘xtasinov 300 ming yevrolik o‘sishga erishishdi. Har ikki futbolchining yangi transfer bahosi 800 ming yevroga teng. «Dinamo»dan «Navbahor»ga o‘tib, darhol barqaror o‘ynay boshlagan Ibrohim Yo‘ldoshevning transfer bahosi 275 ming yevroga qimmatlashib, 500 mingga yetdi - bu chempionatimizdagi 4-yuqori natija. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va «Nasaf» klubi o‘ng qanot vakili Zafarmurod Abdurahmatov oxirgi 6 oydagi faolligi evaziga transfer summasiga 250 ming yevro qo‘shdi. Portal bunga qadar yosh futbolchining transferini 100 ming yevroga baholayotgandi. Superliga kashfiyoti bo‘lishga da’vogar «Surxon» klubining ikki vakili - Silvanus Nimeli va Asilbek Jumayev narx bobida 200 ming yevrolik plyusdalar. Alohida aytish kerak, 18 yoshli Jumayev bunga qadar portal ro‘yxatida ham yo‘q edi. O‘zbekiston U-20 termasi yetakchilaridan biri Behruz Asqarov («Paxtakor») o‘z bahosiga 175 ming yevro qo‘shgan bo‘lsa, Husniddin Aliqulov («Nasaf») va Xurshid G‘iyosov (OKMK)da o‘sish darajasi 150 ming yevroni tashkil etdi.

Transfer bahosi bo‘yicha pasayish

Transfer summasi bo‘yicha eng katta yo‘qotishga duch kelganlar orasida «Paxtakor» vakillari Sardor Rashidov va Sherzod A’zamov «peshqadam».

Har ikki tajribali futbolchining bahosi 150 ming yevroga pasaydi. Shuningdek, Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Javohir Qahramonov («So‘g‘diyona»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Dushan Stoilkovich («Turon»), Zakariya Beglarishvili («Turon»), Azim Ahmedov («Turon»), Humoyun Murtozayev («Turon») va Muhammadali ben Salim (OKMK)ning transfer yorlig‘idan 100 ming yevro ayrib tashlandi. Diqqat qiling, «eng ko‘p pul yo‘qotgan» futbolchilardan 4 nafari «Turon»dan. Ha, ko‘p narsa natijaga ham bog‘liq.

Eng qimmatbaho futbolchilar

Yangilanishdan keyin O‘zbekiston chempionatida transfer summasi bo‘yicha 1 million yevro marrasini zabt etgan futbolchilar soni 2 nafarga yetdi. Bungacha uzoq muddat Odil Hamrobekov («Paxtakor») Superliganing eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgandi. O‘zgarishlardan keyin «Nasaf» himoyachisi Husniddin Aliqulov u bilan tenglashdi. Qimmatbaho futbolchilar reytingida keyingi o‘rinlar «Paxtakor» vakillari Doston Hamdamov, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo‘jayev va OKMK yetakchilaridan biri Xurshid G‘iyosovga tegishli - 900 ming yevrodan. «Navbahorchilar» - Jamshid Iskanderov va Shohruz Norxonovning yorlig‘i bundan 50 ming arzonroq (850 ming yevro). Ortda qolgan o‘yinlarda yaqqol ajralib turgan Oston O‘runov («Navbahor») endi 800 ming yevroga teng yorliq bilan top-10da. «Nasaf» chap qanot himoyachisi Sherzod Nas­rullayevning transfer summasi ham shuncha.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 19.06.2023 08:00. O'qildi: 5505 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI