«Nasaf» Qatarda Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» klubiga qarshi bahsda umidlarni oqlamadi - 0:2 va futbolimiz OCHL yakuniy qismida yana oddiy tomoshabin maqomida. Afsus.
Binobarin, futbolimiz «Nasaf» timsolida loaqal yana bir raundda ishtirokchi sifatida qolishini istagandik...
Tan olish kerak, Doxadagi «Al-Janub» stadionidagi o‘yinda Saudiya jamoasi har tomonlama kuchliroq ko‘rindi. Deylik, arablar Abduvohid Ne’matov darvozasi tomon 18 marta zarba yo‘llashdi va 7ta urinishlari aniq chiqdi. «Ajdarlar»da esa bu ko‘rsatkichlar 8/2ni tashkil etdi. Shuning o‘zi «Shabab» katta ustunlikka erishganini bildirib turibdi. Aslida «ajdarlar» o‘yinni yomon boshlashmadi, ammo 12-daqiqada raqibning markaz bo‘ylab amalga oshirgan hujumiga talab darajasida e’tibor qaratilmagani ortidan yuzaga kelgan rikoshet-gol umumiy manzarini keskin buzib tashladi. Oddiy aytganda, Husayn al Qahtoniy urgan tezkor gol «Shabab»ga xotirjamlik bag‘ishladi, «Nasaf»ga esa shoshma-shosharlik. Deylik, Oybek Bozorov qulay vaziyatda mo‘ljaldan adashdi.
Ikkinchi bo‘limning taxminan 10-daqiqasiga kelib, argentinalik Ever Banega «Al-SHabab» xotirjamligini ikki hissa mustahkamladi. Albatta, Ro‘ziqul Berdiyev 0:2dan keyin tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdi, ammo buning samarasi sezilmadi. Ayniqsa, maydon markazida o‘yinni boshqaradigan ijrochi topilmadi. Xullas, murabbiy o‘yindan keyin aytganidek, «Nasaf» bunday darajadagi o‘yinga hali tayyor emas ekan.
* «Al-SHabab» tarkibning umumiy bahosi bo‘yicha OCHLning eng qimmatbaho jamoasidir (39,8 million yevro). «Nasaf» esa 9,3 mln. yevroga teng umumiy summa bilan 1/8 finalchilar orasida 10-ko‘rsatkichga ega.
«Al-SHabab»ning eng qimmatbaho futbolchisi: Aaron Bupenza (8 mln. yevro)
«Nasaf»ning eng qimmatbaho futbolchisi: Husayn Norchayev (900 ming yevro)
* «Nasaf» OCHL guruh bosqichidagi 2ta g‘alaba va 3ta durang ortidan 130 ming dollar ishlagandi. Agar «Al-SHabab»ni yengganida, OFK tomonidan yana 100 ming dollar mukofot puli olardi.
Manba: «Интерфутбол» газетаси
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Neftchi | 16 | 39 |
| 2 | Paxtakor | 16 | 35 |
| 3 | OKMK | 16 | 28 |
| 4 | Navbahor | 16 | 28 |
| 5 | Buxoro | 16 | 27 |
| 6 | Lokomotiv | 16 | 25 |
| 7 | Nasaf | 16 | 25 |
| 8 | Andijon | 16 | 21 |
| 9 | Dinamo | 16 | 21 |
| 10 | Bunyodkor | 16 | 19 |
| 11 | Xorazm | 16 | 19 |
| 12 | So‘g‘diyona | 16 | 18 |
| 13 | Surxon | 16 | 18 |
| 14 | Qizilqum | 16 | 17 |
| 15 | Qo‘qon-1912 | 16 | 12 |
| 16 | Mash’al | 16 | 4 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Al-Hilol | 7 | 19 |
| 2 | Traktor | 8 | 17 |
| 3 | Al-Ittihod | 8 | 15 |
| 4 | Al-Ahli (SA) | 7 | 14 |
| 5 | Al-Vahda | 7 | 14 |
| 6 | Shabab al-Ahli | 7 | 11 |
| 7 | Duhayl | 8 | 8 |
| 8 | As-Sadd | 8 | 8 |
| 9 | Sharja | 8 | 8 |
| 10 | Al-G‘arafa | 8 | 6 |
| 11 | Ash-Shorta | 8 | 5 |
| 12 | Nasaf | 8 | 4 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Nasaf | 9 | 18 |
| 2 | Paxtakor | 9 | 17 |
| 3 | Metallurg | 9 | 17 |
| 4 | Lokomotiv | 9 | 16 |
| 5 | Andijon | 9 | 15 |
| 6 | OKMK | 9 | 14 |
| 7 | Navbahor | 9 | 13 |
| 8 | Buxoro | 9 | 11 |
| 9 | So‘g‘diyona | 9 | 11 |
| 10 | Dinamo | 9 | 10 |
| 11 | Surxon | 9 | 8 |
| 12 | Qo‘qon-1912 | 9 | 7 |
| 13 | Qizilqum | 8 | 7 |
| 14 | Bunyodkor | 8 | 7 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| 1 | Nasaf | 20 | 34 |
| 2 | Qizilqum | 20 | 31 |
| 3 | Qo‘qon-1912 | 20 | 28 |
| 4 | OKMK | 20 | 27 |
| 5 | So‘g‘diyona | 20 | 24 |
| 6 | Neftchi | 20 | 18 |
| № | Jamoa | O' | O |
|---|---|---|---|
| Final | |||
|---|---|---|---|
| 05.09.2026 | |||
| 19:00 | Paxtakor |
|
Nasaf |
| 05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final. | |||
| 19:00 | ![]() Paxtakor |
2-1 | ![]() Nasaf |
| Uchrashuv qayd etilmagan! |