«Nasaf» Ukraina klubi bilan durang o‘ynadi (videosharh)
"Nasaf" kecha Turkiyadagi yig‘in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Ukrainaning «Polissya» jamoasi bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda jitomirliklar yaxshiroq harakat qilishdi va uchrashuvning 39-daqiqasida Vasiliy Grisuk uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limda «ajdarlar» uyg‘onishdi. 60-daqiqada dastlab Javohir Sidiqovda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Javohir deyarli raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ukraina jamoasi darvozaboni Javohirga so‘ngi zarbani berishga yo‘l bermadi. 76-daqiqada G‘aybullayevdan to‘pni qabul qilgan Norchayev raqib jarima maydonchasiga chap tomondan kirib bordi va hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, qarshiliklar Antaliyadagi ikkinchi nazorat uchrashuvida durang natija qayd etishdi.