Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Yovan Jokich: «Ishoning, hammani jiddiy final kutmoqda»

Yovan Jokich: «Ishoning, hammani jiddiy final kutmoqda»

24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma olgan «Navbahor» joriy yilgi maqsadlaridan biri tomon yana bir qadam tashladi.

Final ostonasida Ulug‘bek Baqoyev bosh­qaruvidagi «So‘g‘diyona»ning jiddiy qarshiligiga uchragan «lochinlar» penaltilar seriyasi orqali Buxoro chiptasini o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Uchrashuvning ertasi kuni «Navbahor»ning serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Jokich bilan bog‘lanib, uning taassurotlariga qiziqdik.

- «Navbahor» uzoq tanaffusdan so‘ng nihoyat, yana kubok finaliga yo‘llanma oldi. Lekin o‘yinda ancha ter to‘kishinglarga to‘g‘ri keldi...

- «So‘g‘diyona»ning xuddi shunday, tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatishi tayin edi. To‘g‘ri, agar behisob vaziyatlarning loaqal 1tasida gol urganimizda, ishimiz ancha yengillashardi katta ehtimol. Ayni shu masalada kamchiligimiz sezildi va buning oqibatida hammasi penaltilar seriyasigacha cho‘zildi. Muhimi, seriyaga ishonch bilan kirishdik va final chiptasini qo‘lga kiritdik. Maqsad ham shu edi.

- Oldinda jamoani muhim derbi kutmoqda. Og‘ir o‘yindan so‘ng «Neftchi»ga qarshi bahsga jismonan tayyor bo‘la olasizlarmi?

- Mavsum finish marrasiga yaqinlashmoqda. Bu pallada har bir uchrashuvning qiymati baland, ayniqsa, biz uchun. Shunday ekan, ichki resurslarni to‘liq yuzaga chiqarishga harakat qilamiz.

- «So‘g‘diyona» so‘nggi paytlar «Navbahor» uchun eng noqulay raqiblardan biriga aylandi. Bu nima bilan bog‘liq, sizningcha?

- Birinchidan, «So‘g‘diyona»da kuchli ijrochilar yig‘ilishgan. Ikkinchidan, jamoa asosan himoyaga zo‘r berib, qarshi hujumlarga tayanadi. Qolaversa, o‘yini ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

- Ochig‘ini ayting, penal’tilar seriyasida nechog‘li hayajonlandingiz? 

- Faoliyatim davomida penaltilar seriyasida ko‘p bora qatnashganman. Lekin har doim bosim seziladi, baribir. Axir bittagina xato zarba jamoani g‘alabadan mahrum etishi hech gap emas.

- Finaldagi raqib - «Nasaf» ochiq futbolga moyil. Qolaversa, Qarshi jamoasi «Navbahor» uchun qulay raqiblardan hisoblanadi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Final o‘z nomi bilan final - ikki tomon ham g‘alabani ko‘zlaydi. Boz ustiga, o‘rtada OCHL yo‘llanmasi ham bor. Demoqchimanki, qanday uslubda o‘ynaydigan raqibga qarshi o‘ynashingizdan qat’iy nazar, bor imkoniyatni ishga solish talab etiladi. Ishoning, hammani o‘ta jiddiy va qiziqarli bahs kutmoqda.

- «Navbahor» tarkib bo‘­yicha O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri. Biroq o‘yinida haligacha kamchiliklar ko‘p. Sizningcha, mukammal o‘yinni yo‘lga qo‘yish uchun qancha vaqt kerak?

- Yo‘q, bu fikringizga qo‘shilmayman. Har holda, o‘yinimiz chakki emas. Ha, ba’zi kamchiliklar bor, lekin aksariyat uchrashuvlarda ko‘ngildagidek harakatlanyapmiz. Bunga Superliga turnir jadvalidagi o‘rnimiz va kubokdagi natijalarimiz yaqqol isbotdir.

 - Ha, natijalar yaxshi, lekin muxlislarning o‘yin sifatiga bog‘liq e’tirozlarini ham inkor etib bo‘lmaydi. Ayting-chi, «Navbahor» ayni payt o‘z imkoniyatlaridan necha foiz foydalanmoqda?

- O‘ylaymanki, ko‘p narsaga qodirligimizni kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda ko‘rsatdik. Tushunarliki, futbolda hammasi har doim reja bo‘yicha ketmaydi, lekin eng muhimi - bahs yakunidagi natija. Umid qilamanki, oldinda turgan uchrashuvlarda potensial imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanamiz. 

- «Navbahor» qaysi yo‘lni tanlaydi - finalga jarohatlarsiz yetib borish va g‘alaba qozonishnimi yoki ortiqcha tavakkal qilmay, chempionlik uchun oxirigacha kurashishni?

- Chempionat hisobidan yana 5ta tur bor. Oldindan biror nima deyish qiyin. Chunki futbol taxminlarni tan olmaydi. Ha, hozir ta’qibchi rolidamiz, lekin har turda kutilmagan natijalar qayd etilayotganini inobatga olsak, oxirigacha chempionlik uchun kurash olib borishimiz aniq.

- Sizni Namangan ko‘chalarida ko‘p uchratamiz. Muxlislar tanib qolib, bezovta qilishmayaptimi, ularning munosabatlari qanday?

- Ha, ba’zida oilam va do‘stlarim bilan shahar aylanish yoki ovqatlanishga chiqaman. Namangan futbol shahri ekanligini hamma biladi, muxlislar «Navbahor»ning har bir futbolchisini yaxshi tanishadi. Ularning munosabatlariga kelsak, hammasi a’lo. Bu borada qandaydir muammo yo‘q.

- Shahar va sharoitlar haqidagi fikringiz...

- Namanganga bog‘liq taassurotlarim ijobiy. Bu yerda oilangiz bilan bemalol aylanishingiz mumkin. Sharoitlarga kelsak, hayot uchun zarur hamma narsa bor. Muxlislar esa O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turishadi.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 21.10.2022 19:00. O'qildi: 2047 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI