Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

O‘zbek klublarining 6 "oltin" ligeonerlari

O‘zbek klublarining 6 "oltin" ligeonerlari

  Hozirgi kun Osiyo futbolida yaxshiroq natija qayd etish uchun kuchli ligeonerlar juda zarur. Arab jamoalari yoki Xitoy klublarining asosiy muvaffaqiyati ham “ajinabiy” futbolchilarning samarasi orqali vujudga kelmoqda. Bundan bir necha yillar ilgari bizning futbolda ham saviyali chet elliklarni ko‘p bor uchratganmiz. Quyida yurtimiz futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan ligeonerlar haqida so‘z yuritamiz.

Marko Simich (“Paxtakor”  2017-2019 yillar)

 Chernogoriyalik himoyachi deyarli barcha o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish. Buning birinchi sababi uning yurtimizdagi muvaffaqiyatli karyerasi bo‘lsa, ikkinchi sabab uning o‘zbek maydonlarida to‘p surganiga hali kko‘p vaqt bo‘lmagani. Marko O‘zbekiston futbolidagi eng kuchli chet ellik himoyachilardan biri hisoblanadi. Shota Arveladze davrida jamoaga kelgan Marko “Paxtakor” safida 53 o‘yin o‘ttkazib, 6 gol kiritishga erishgan. Faoliyati davomida Simich “Apoel” va “Rostov” kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan. Aynan Isroildagi faoliyati Arveladze davrida bo‘lganligi tufayli Shota uni “Paxtakor” tarkibiga olib kelgan. “Paxtakor”dagi faoliyatidan so‘ng Simich Latviyaning “Liapaya” jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan va hozir ham u o‘sha jamoa a’zosi hisoblanadi. Marko Chernagoriya termasida 50 uchrashuv o‘tkazib 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Boyan Miladinovich (“Paxtakor” 2009-2015 yillar)

Yana bir Serbiya va Chernogoriya fuqaroligiga ega futbolchi yurtimizning sevimli ligeonerlaridan biri edi. Boyan ham Simich singari mudofaa chizig‘iga mas’ul bo‘lgan va “Paxtakor”ning rostmana o‘tib bo‘lmas devori edi. Boyan yurtimizda ancha vaqt mobaynida faoliyat olib borgan. Umuman olganda futbolchining eng yorqin o‘yini ham O‘zbekistonda payti bo‘lgan. U 70 o‘yinda maydonga tushib 9 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan. Faoliyatini Serbiyaning “Napredak” jamooasida boshlagan bolqonlik hozir ham o‘sha jamoa sharafini himoya qilmoqda. Uning yoshi 39da ekanligini hisobga olsak, Menimcha Boyan o‘z uyida “butsani mixga ilsa” kerak.

Ivan Boshkovich (“Nasaf” 2011-2012 yillar)

Yurtimiz asosan Serbiya va Chernogoriyalik ligeonerlarni olib kelishi hammaga ma’lum. Ular orasida Ivan Boshkovich ham bor. Ivanning qolgan ligeonerlardan farqi shundaki, u klubimizga qit’a maydonlarida sovrin yutishiga ko‘maklasha olgan. 2011 yil “Nasaf” OFK kubogida zafar quchgan o‘sha paytlar jamoaning asosiy hujumchisi aynan Boshkovich edi. Musobaqa davomida Ivan 10 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi. O‘sha turnirning eng yaxshi futbolchisi Artur Gevorkyan deb topilganligini ham eslatib o‘tish joiz. Ivan “Nasaf”dagi faoliyati davomida 50 o‘yinda 20 bor raqiblar darvozasiga to‘p kiritgan. Qarshi klubidan ketgach, Boshkovich Taylandning 8 klubida o‘yin o‘tkazib ulgurdi va O‘zbekistondagidek sermahsullik uning faoliyatida kuzatilmadi. Hozirda Ivan Taylandning “Gulay Talaying” jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Stevisa Ristich (“Bunyodkor” 2010 yil)

Ristich o‘zbek futbolida juda kam vaqt o‘ynadi. Ammo shu jihati borki, Ristich yurtimizda to‘p surgan eng mahoratli hujumchilardan biri. 2008-2009 mavsumda “Poxang Stilers” Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Chorak finalda ular “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin o‘tkazgan va ikki o‘yin natijasi 4-4 bo‘lib, match ekstra-taymlarga murojaat qilgan. 102 daqiqa Ristich koreys jamoasiga g‘alaba keltirgan.  Ristich “qaldirg‘ochlar” tarkibida to‘liq bo‘lmagan bir mavsum o‘tkazgan. U 17 o‘yinda 11 bor gol kiritishni uddalagan. Ristich “Bunyodkor”dan ketishga Rossiyaning “Amkar” klubidan bo‘lgan yaxshi taklif sabab bo‘lgan. Stevoning so‘nggi jamoasi Janubiy Koreaning “Chonnam” klubi hisoblanadi. Futbolchi 2016 yilgacha o‘sha jamoada to‘p surgan. Uning keyingi hayoti haqida ma’lumotlar yo‘q.

Xose Luis Vilyanueva (“Bunyodkor” 2008-2009 yillar)

Chililik Bekxem laqabini olgan futbolchi o‘zbek futbolining sevimli ligeoneridir. Vilyanueva O‘zbekitonga kelganida “Bunyodkor” endi shakllanayotgan ungacha jamoa nomi “Quruvchi” bo‘lgan davrlar edi. Chililik futbolchi ham O‘zbekistonni juda yoqtirishini keyingi intervyularida ham ko‘p bor aytgan. Xose kelgan yili “Bunyodkor” OCHLda yarim finalgacha yetib borgan, o‘zbek klublari ichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan edi. O‘sha paytlar jamoada ikki ligeoner bor edi. Biri Xose bo‘lsa, ikkinchisi haqida keyinroq to‘xtalamiz. Chililik futbolchi ikki mavsum jamoamiz tarkibida 36 o‘yinda 19 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Keyin esa Skolari  va braziliyalik futbolchilar kelishi natijasida klub uni keraksiz ligeoner deb hisoblab, u bilan xayrlashgan. Xose 2014 yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan. U erishgan yagona chempionlik bu O‘zbekiston ligasi va kuboggi g‘olibligidir.

Rivaldo (“Bunyodkor” 2008-2010 yillar)

 Rivaldo O‘zbekistonda to‘p tepgan eng mashxur futbolchi hisoblanadi va uni bu ro‘yxatga qo‘shmasak adolatsizlik qilgan bo‘lar edik. Rivaldo ham Vilyanueva singari jamoa endi shakillanayotganda kelgan va o‘zbek futboliga ko‘p narsa bera olgan. Haligacha esimda “Bunyodkor” mehmonda o‘yin o‘tkazadigan tur o‘sha stadion liq to‘lar edi. Hamma Rivaldoni ko‘rish uchun tashrif buyurardi o‘shanda. 1999 yilgi “Oltin to‘p” sohibi “qaldirg‘ochlar” tarkibida 61 o‘yinda maydonga tushib 37 marta golga mualliflik qilgan.  U haqida ko‘p gapirishga hojat yo‘q. Rivaldo yurtimizdan ketgach, asosan Braziliya klublarida to‘p surgan. U 2015 yil “Moji-Mirin” jamoasida o‘z foliyatiga yakun yasagan. Kuni kecha esa Rivaldo o‘zining 50 yoshini nishonladi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 20.04.2022 09:00. O'qildi: 5750 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI