Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Dragan Cheran va Oybek Bozorov 2 ta, Sherzod A’zamov esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Dragan Cheran va Oybek Bozorov 2 ta, Sherzod A’zamov esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi 2021 yilgi mavsum so‘ngi turida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yuz bergan holatlar bo‘yicha qarorlar chiqardi.

Jumladan, 2021 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston kubogi yarim final doirasidagi «Paxtakor» — «Bunyodkor» uchrashuvida «Paxtakor» jamoasi futbolchisi Dragan Cheran o‘yinning 21-daqiqasida to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga zarba bergan. Hakam ushbu vaziyatda uni uchrashuvdan chetlashtirgan. Shuningdek, mazkur o‘yinda «Paxtakor»ning yana bir futbolchisi Sherzod A’zamov 120+2 daqiqada o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani, ya’ni to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog‘ining kaft qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Paxtakor» jamoasi futbolchilari Dragan Cheran 2 ta o‘yinga, Sherzod A’zamov esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi yarim final doirasidagi yana bir bahs «AGMK» — «Nasaf» uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Marko Stanoyevich o‘yinning 61-daqiqasida qoidani jiddiy ravishda buzgan. Ya’ni u to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining tizza qismiga zarba bergan va o‘yindan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, unga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, 2021 yilning 4 dekabr kuni «Paxtakor» — «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final uchrashuvining 34-daqiqasida «Nasaf» jamoasining futbolchisi Oybek Bozorov o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani, ya’ni to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘piq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Nasaf» klubi futbolchisi Oybek Bozorov 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan «Andijon» — «Navbahor» uchrashuvining 89-daqiqasida «Andijon» jamoasi safida harakat qilgan Usmonali Ismonaliyev «Navbahor» jamoasi muxlislari joylashgan sektorga qarab nojo‘ya harakatlarni amalga oshirgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Usmonali Ismonaliyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Lokomotiv» uchrashuvida «Nasaf» jamoasi futbolchisi Jo‘rabek Mannonov o‘yinning 65-daqiqasida qoidani jiddiy buzgan, ya’ni oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog‘ining kaft qismiga zarba bergan va o‘yindan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Nasaf» jamoasi futbolchisi Jo‘rabek Mannonov 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — «Surxon» — «Mash’al» bahsida mehmonlar vakili Najmiddin Normurodov o‘yinning 90+6 daqiqasida raqibga orqa tomondan yelkasi bilan zarba bergan. Hakam ushbu vaziyatda uni o‘yindan chetlashtirgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Mash’al» jamoasi futbolchisi Najmiddin Normurodov 1 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Shuningdek, Superliganing ushbu turidan o‘rin olgan «AGMK» — «So‘g‘diyona» uchrashuvida «AGMK» jamoasi futbolchisi Aleksandr Kasyan o‘yin yakunidan so‘ng hakamlikdan noroziligini qo‘pol tarzda bildirgan va unga qizil kartochka ko‘rsatilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aleksandr Kasyan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz

Kiritildi: 22.02.2022 23:15. O'qildi: 2967 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI