Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Akmal Mozgovoy: «Hali o‘z ustimda ko‘p ishlashim kerak»

Akmal Mozgovoy: «Hali o‘z ustimda ko‘p ishlashim kerak»

Oxirgi yillar katta futbolda yangi iste’dod, yangi nomlar kashf etildi. «Nasaf»ning markaziy yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy shunday topilmalardan biridir. Akmal bilan suhbatlashish asnosida ham uning o‘ziga xos qirralarini kashf etdik.

- Akmal, har bir yigit katta futbolga turlicha kirib keladi...

- Haqiqat shuki, futbol sir-asrorlarini mukammal o‘rganmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. Ba’zilar tezkor va epchil yoshlarni  ko‘rib, «Attang, nega shu bolalarni jamoaga olishmaydi?» -deya bosh irg‘ashadi. Aslida yoshlikdan ustoz ko‘rgan futbolchining xatti-harakati, to‘p bilan muomalasi boshqacha bo‘ladi.

- Demoqchisizki, ishtiyoqning o‘zi kam, professional yondashuv ham kerak.

- Shunday. Biz ham mitti tumanda bolalar bilan to‘p ortidan yugurib, ulg‘ayganmiz. Qo‘shnimiz Dilshod aka Nizomov kunlardan birida to‘xtatdi: «Akmal, senda futbolchi uchun zarur xislatlar borligini sezyapman. Yur, Qarshiga, «Dinamo» klubiga olib boraman». Shunda quvonchdan ko‘zim porlab ketgandi. U yerda murabbiy Sobir Hasanovdan saboq oldim. Keyin «Geolog» stadionida tashkil etilgan «Kichik brazil» jamoasida shug‘ullandim. 9 yoshda «Nasaf» futbol maktabiga o‘tib, Nurali Sultonov va Bahodir Annamatov qo‘l ostida o‘ynay boshladim. Maktabdagi tartib-intizom va talablar o‘laroq, ancha toblandim, mas’uliyat nimaligini tushundim. Hozirgi darajaga chiqishimda tajribali murabbiy Pavel Kishnyakinning ham hissasi katta. Xullas, ustozlarning o‘git-maslahatlari va astoydil shug‘ullanganim asta-sekin samara bermoqda.

- Ilk marta «Nasaf» tarkibidan joy olishingiz ham g‘ayratingizni oshirib yuborgandir...

-2015-2018 yillar oralig‘ida «Nasaf» yoshlar jamoasida to‘p surishim iste’dodimni ancha charxladi. Tajribali murabbiylar - Muhammad Rahimov va Zafar Xolmurodovning ko‘rsatmalari asosida tinimsiz ishladik. Shuning ortidan katta futbolga muammosiz kirishdim, menimcha. 2019-2020 yillarda asosan zaxiradan maydonga tushdim. Mana, 2021 yilgi mavsum ancha samarali kelib, chempionat doirasidagi 24ta o‘yinda qatnashdim, 2ta gol urdim. Shuningdek, O‘zbekiston kubogida 6ta, OFK kubogida esa 7ta o‘yin o‘tkazdim. Muhimi, bularda 1ta golga mualliflik va yana 2tasiga assistentlik qildim. Umumiy aytganda, oxirgi 3 yilda 95ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 5 bora nishonga oldim, yana 6ta samarali uzatma yig‘dim.

- Statistikaga qarasak, yakunlangan mavsum «Nasaf» safida hattoki, serbiyalik Marko Stanoyevichdan ham ko‘proq harakatlandingiz. Lekin tajribali ampluadoshingizning samaradorligi balandroq - u Superligada 6ta gol urdi.

- Marko Stanoyevichdek ko‘pni ko‘rgan futbolchi bilan raqobatlashish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak. U o‘yinni ustalik bilan boshqaradi, shuningdek, standart vaziyatlarda darvozani nishonga olishda benazir. Yana Bahrom Abdurahimovning markazdagi o‘yinlari ham tahsinga loyiq. «Paxtakor»ga qarshi kechgan kubok finalida aynan uning goli bizni g‘alaba sari yetakladi.

- Jizzaxda «So‘g‘diyona» bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng 2ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindingiz. Buning sababi nima edi?

-To‘g‘risi, o‘zim ham tushunmadim. Hakamlar qaroriga qarshi borolmayman. O‘yindan so‘ng kelib chiqqan tartibsizlikda meni ayblashdi. Vedeoyozuvlardan chiqarilgan xulosaga ko‘ra, 2ta o‘yinga chetlatishdi. Bu ham o‘ziga xos dars, albatta. Ke­yingi uchrashuvlarda yanada tartibli o‘ynashga intildim, buyog‘iga qiziqqonlikka berilmaslikka harakat qilaman.

- «Nasaf» o‘tgan yili nisbatan ko‘proq o‘yin­da mag‘lubiyatga uchradi...

- Jamoamiz aso­san yoshlardan iborat. Tarkibda yosh yigitlar ko‘p, yana zaxiramiz ham ancha tor edi. Xullas, ba’zi uchrashuvlarda tajriba kamligi va himoyadagi xatolar pand berdi. Jumladan, o‘zim ham kamchiliklarga yo‘l qo‘ydim ba’zida. Asosiysi, yanada ko‘proq ishlash kerakligini obdon anglab oldik.

- 2021 yil milliy jamoadan ham chaqiruv oldingiz.

- Vadim Abramov bosh murabbiyligi davrida Tojikiston termasiga qarshi kechgan o‘yinda debyut qildim. Umuman, bosh jamoamizning 6ta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdim. Jumladan, Srechko Katanes ham Iordaniya va Malayziya termalari bilan bahslarda imkoniyat berdi. Shvesiyadagi uchrashuvni esa zaxira o‘rindig‘ida kuzatdim. O‘ylaymanki, hammasi hali oldinda.

- Abramov va Katanes o‘rtasida qandaydir farqni ilg‘adingizmi?

- Birinchi ko‘zga tashlangan jihat - Abramov har bir futbolchi bilan yaqin munosabatda bo‘lardi, Katanes esa avvalo, tartib-intizomga katta e’tibor qaratmoqda.

- «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev-chi?

- Tabiiyki, har bir murabbiyda o‘z qarashi va uslubi bor. Ochig‘i, ularning faoliyatiga baho berishim joiz emas. Faqat Ro‘ziqul aka vaqtida kuchli futbolchi bo‘lganini, yigitlar ko‘ngliga yo‘l topishda benazirligini aytishim mumkin. Qisqasi, mashg‘ulotlar jarayonida yaxshi kayfiyat hukm surishini ta’minlaydi. Hattoki, ko‘pincha bizlarga qo‘shilib, to‘p tepadi. Xatti-harakati hali ham chakki emas.

- Odatda bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazasiz?

- Bo‘sh vaqtning o‘zi yo‘q. Muayyan kasb egasi o‘z ustida qunt bilan ishlamasa, «qo‘li chiqib ketadi». Biz ham mudom tayyorgarlikka e’tibor qaratmasak, o‘yinimizni yo‘qotib qo‘yamiz. To‘g‘ri, ta’tilni asosan oilamiz davrasida o‘tkazaman. Fantastik-dedektiv va komediyali filmlarni yoqtiraman.

- 2022 yil mavsumidan nimalar kutyapsiz?

- Yangi mavsum yanada murakkab kechsa kerak. «Paxtakor», «Navbahor», «Bunyodkor», AGMK, «So‘g‘diyona» klublari harakati ancha jiddiy. Qolgan jamoalar ham jim qarab turayotgani yo‘q. Xullas, Superligada kuchsiz raqibning o‘zi qolmadi. Maqsadga kelsak, asosiysi - muxlislarni quvontirish, albatta. O‘zim raqobatda jamoadoshlarimdan ortda qolmaslikka harakat qilib, «Na­saf»­ning yutuqlariga munosib hissa qo‘shmoqchiman.

- 2022 yil barchamiz uchun omadli bo‘lsin.

- Rahmat. Yil barakotli kelsin, jumladan, futbolda ham.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 06.01.2022 08:17. O'qildi: 3911 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI