Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

G‘olib G‘aybullayev: «Kubok finalida «Paxtakor» darvozasiga to‘p kiritishimni his qilgandim»

G‘olib G‘aybullayev: «Kubok finalida «Paxtakor» darvozasiga to‘p kiritishimni his qilgandim»

Futbolda himoyachining o‘rni katta. Uning zimmasiga nechog‘li mas’uliyat tushishini aytish shart emas. Tabiiyki, ortdagi ishlarni bajarish barobarida hujumga qo‘shilib, raqib darvozasini «o‘q»qa tutuvchi himoyachi alohida qadr­lanadi. Oddiy misol, Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi finalida «Nasaf»­ga g‘alaba keltirgan golni himoyachi G‘olib G‘aybullayev urdi. Maxsus muxbirimiz final qahramoni bilan uchrashib, bafurja suhbatlashdi. Gap g‘oliblikka intilgan G‘olibning dadil odimi haqida boshlandi.

- G‘olib, avvalo, «Nasaf»­ning kubok turniridagi g‘alabasi bilan tabriklaymiz. 4 dekabr kuni «Paxtakor»ga qarshi kechgan final uyinida urgan golingiz barchani junbushga keltirdi...

- Rosti, maydonga tushishdan oldin ham shu kuni «Paxtakor» darvozasiga to‘p kiritishimni his qilgandim. Oybek Bozorov qizil kartochka olib, maydondan chiqib ketgach, bu ishonch yanada kuchaydi. Bahrom Abdurahimov hisobni tenglashtirgach, avvalo, hovliqmaslikka intildik. O‘zi kubok finali jamoamiz uchun so‘nggi imkoniyat edi. Zero, chempionatda medallardan mosuvo qoldik, boz ustiga, OFK kubogi hal qiluvchi bahsida imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Xullas, kubok olish orqali xalqaro maydonga chiqishni o‘ylagandik. Shunga yarasha tartibli himoyalanib, qarshi hujumlarga e’tibor qaratdik. 75-daqiqada  Suhrob Nurulloyev burchak zarbasini amalga oshirgach, to‘pni Eldor Suyunov darvozasiga yo‘lladim va telbalarcha muxlislar tomon yugurdim. Axir o‘yindan oldingi his-tuyg‘u haqiqatga aylandi-da...

- Hujumga qo‘shilish payti asl joyingiz bo‘shab qolishi va bu raqibga qo‘l kelishi mumkinligidan cho‘chimaysizmi?

- Futbol - jamoaviy o‘yin. Oldinga o‘tsam, o‘rnimni sheriklarim yopib turishadi. Qolaversa, agar hujum o‘xshamasa, darhol ortga qaytaman.

- Oldinga o‘tishingiz jamoangizga qimmatga tushgan holatlar ham bormi?

- Eslolmayman. Tabiiyki, himoyadagi bo‘shliqlar raqiblarga asqotishi mumkin. Shunday ekan, mudom sergaklikni unutmaslik kerak.

- Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. «Nasaf»dagi raqobatga munosabatingiz...

- Ha, raqobat bor ekan, futbolchi o‘z o‘rnini yo‘qotmaslik uchun qattiq ishlaydi. Husniddin Aliqulov va Umar Eshmurodovdek tajribali himoyachilar bilan bir qatorda bo‘lish - katta mas’u­liyat. Ulardan o‘rganish asnosida o‘yinni takomillashtirish - o‘ziga xos saboq.

- Har kim professional futbolga turlicha kirib keladi. Sizda bu jarayon qanday kechgan?

-1996 yilning 22 yanvar kuni Koson tumani Yangibog‘ mahallasida tug‘ilganman. Otam Shokir Abdurahmonov - tadbirkor. Onam Gulshan Nomozova - o‘qituvchi. Oilada 5 farzandning to‘rtinchisiman. Dastlab kurash to‘garagiga qatnaganman. Keyinchalik futbolga qiziqish kuchlilik qildi. Bunda ashaddiy muxlis Quvvatxon Hamroyevning ta’siri bor. Mahalladagi birinchi murabbiyim - Amin Tursunov. 4-sinfdan tahsilni Qarshidagi maxsus futbol maktabida davom ettirdim. U yerda Bahrom Usmonov qo‘l ostida shug‘ullandim. Yana 4 yildan so‘ng «Nasaf» maxsus futbol maktabiga kirib, Yevgeniy Smirnov va Valentin

Poddubniydan saboq oldim. Keyinchalik «Nasaf»ning Birinchi ligadagi jamoasida, 2014 yildan yoshlar tarkibida o‘ynadim. 2017 yili «Navbahor»ga qarshi kechgan mavsumning oxirgi o‘yinida asosiy jamoada debyut qildim. 2018 yili esa Superliga doirasida 23 marta maydonga tushdim. Esimda, Qarshida «Paxtakor»ga qarshi bahsda Eldor Suyunov darvozaga gol urgandim.

- Demak, «Paxtakor» uchun noqulay o‘yinchisiz.

- Yo‘g‘-e, unchalik emas. Shunchaki, omad kelgan bo‘lsa kerak. 2019 yili chempionatning 22ta o‘yinida 2ta gol urdim. 2020 yili esa 20ta o‘yinda yana 2ta gol. Yakunlangan mavsum Superligada 18ta uchrashuv o‘tkazdim va «Mash’­-al» darvozasini nishonga oldim.

- Superligada qaysi himoyachilar o‘yini ko‘proq manzur bo‘l­yapti?

- Sherzod A’za­-mov va Igor Golban o‘yinlaridan ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Ular bilan tez-tez qo‘ng‘iroqlashib turaman.

- G‘olib G‘aybullayev hakamlardan tez-tez kartochka oladigan futbolchi...

- Bu yilgi mavsumda 7 marta sariq kartochka oldim, avvalgi mavsum ham shuncha edi. Shukr, bu borada o‘sish yo‘q. Nasib etsa, kelasi mavsum yanada tartibli harakatlanaman.

- Yaqinlaringiz ham o‘yiningizni bexato kuzatib borishsa kerak.

- Otam, opam va ukam o‘yinni miriqib ko‘rishadi. Ammo onam televizor qarshisida o‘tirolmaydi. Aytishlaricha, o‘yin vaqti tez-tez «Nima bo‘l­yapti, tinchlikmi?», - deb so‘rab turar ekan.

- Maoshingiz ham ko‘pchilikni qiziqtiradi?

- Nolimayman, birovdan ortib ham ketganimiz yo‘q, kam ham emasmiz.

- Eshitishimizcha, yangi yilda o‘ylanar ekansiz.

- Nasib etsa, albatta. 2022 yil uchun orzular ko‘p.

- Oybek Bozorov bilan bitta qishloqdansiz...

- Shunday. Oybek chiroyli o‘yinlari bilan barchamizni quvontiryapti. Uning uchun xursandman, albatta. Kamtar va kamsuqum yigit.

- Yangi mavsum, yangi rejalar... Boshqa jamoalardan do‘stlaringiz va shaxsan sizga takliflar tushayotgandir.

- 2022 yilgi mavsum yanada shiddatli o‘tishi kutilmoqda. Har holda, Superligada kuchli jamoalar soni tobora oshyapti. «Nasaf» yangi mavsumni OCHL saralash o‘yinlari bilan boshlaydi. Rejaga ko‘ra, yangi yil arafasida to‘planib, tayyorgarlik jarayoniga kirishamiz. Takliflarga kelsak, bu borada gapirishga hojat yo‘q. Chunki hozircha «Nasaf»dan ketishni o‘ylayotganim yo‘q. Shu jamoada o‘ynab, rizq-ro‘z, hurmat-e’tibor top­yapmiz. Qisqasi, «Nasaf»ga sodiqmiz. Bu borada bosh murabbiyimiz Ro‘ziqul aka Berdiyev bizga ibrat va namuna.

- Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.

- Sizga ham.«InterFutbol» - sevimli nashr. Har bir sonini o‘qib boramiz. Fursatdan foydalanib, gazeta jamoasi va muxlislarni 2022 yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yil barchamizga xotirjamlik va omad keltirsin. G‘oliblikka intilib, hamisha g‘olib bo‘laveraylik.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 26.12.2021 08:42. O'qildi: 2553 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI