UZ Football Awards-2021: Yosh yulduz bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Yosh yulduz bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.
Hojimat Erkinov (O‘zbekiston milliy hamda U23 terma jamoasi va «Paxtakor») — O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi, Coca Cola Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2021 finalchisi
Asadbek Jo‘raboyev («Navbahor» U18) — O‘zbekiston U18 chempionati-2021 bronza medali sohibi va to‘purari
Muhammadali O‘rinboyev (O‘zbekiston U16 terma jamoasi va «Paxtakor» asosiy jamoasi, U21, U18, U16 jamoasi) — Coca Cola Superliga-2021 chempioni, U21 vise-chempioni, U18 vise-chempioni, U16 chempioni
Diyor Xolmatov (O‘zbekiston U23 terma jamoasi va «Paxtakor» ) — Coca Cola Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2021 finalchisi
Husain Norchayev (O‘zbekiston milliy hamda U23 terma jamoasi va «Nasaf») — O‘zbekiston Coca Cola kubogi sohibi, OFK Kubogi-2021 finalchisi va to‘purari
Behzod Shamsiyev (O‘zbekiston U23 terma jamoasi va «Olimpik») — Pro liga uchinchi o‘rin sohibi, Superliga-2022 yo‘llanmasi
Husain Ergashboyev («Navbahor» asosiy va U21 jamoasi) — U21 chempionati to‘purari
Manba: ufa.uz