Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Lisenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK lisenziyasini, 9 ta klub esa milliy lisenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi

Lisenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK lisenziyasini, 9 ta klub esa milliy lisenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi

OFK veb-saytida 2021 yilgi lisenziyalash jarayoni natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bu yil 12 ta o‘zbek klubi OFK lisenziyasiga ega chiqdi. Lisenziya olgan klublar soni bo‘yicha O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng BAA bilan 3-pog‘onani bo‘lishib turibdi.

Umuman lisenziyalash jarayoni o‘tkazilishing eng asosiy sababi – klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, ularning har jihatdan professional maqomga mos tushishiga erishish sanaladi.

Shuni inobatga olib O‘zPFL yil avvalida qit’a futbol konfederasiyasi bilan hamkorlik qilgan holda yangi “Klublarni lisenziyalash reglamenti” ishlab chiqdi va uning ijrosini mavsum davomida nazorat qilib bordi. Bunda klublar OFK onlayn platformasi – AFC CLASga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini yuklab borishdi.

Bu yil masalaga jiddiy yondoshuv o‘z samarasini berdi va birinchi bor har bir klub maxsus platformaga hujjatlarni to‘liq joyladi. Ilgari xalqaro maydon uchun imkoni bor klublargina lisenziyalashga jiddiy e’tibor bergan, qolgan klublar talabni deyarli bajarmagan.

Shuningdek, tarixda ilk bor Pro liga klublari ham lisenziya olish uchun potensial nomzodga aylandi, ko‘plab klublar stadion yoritish tizimini yaxshlash zarur ekanini anglab, bu borada oldinga qadam tashladi.

Shu kungacha professional klublarimiz duch kelgan eng katta muammo auditorlik hisobotlari bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘zPFL bu yo‘nalishda OFK bilan bir necha bor muzokara olib bordi va yakunda barcha klublar uchun auditorlik hisoboti bo‘yicha yagona na’muna ishlab chiqildi. Biz auditorlik xulosalari xalqaro standartlari asosida OFK platformasiga joylashtirilishni uddaladik.

Yakunda 12 ta klubimiz OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi.

Yuqoridagi barcha jihatlarni inobatga olgan holda 2022-yilgi musobaqalarda qatnashish uchun lisenziyalar 3 xil toifada taqdim etildi:

 

OFK lisenziyasi (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy lisenziya (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy lisenziya (shartli ravishda – 9 ta klub) – “Mash’al”, “Navbahor Lochinlari”, “Qo‘qon-1912”, “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangiyer Quruvchi”, “Aral Samali”.

 

E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, “Neftchi”, “Buxoro” va “Dinamo” Pro ligada ishtirok etgan bo‘lsa-da yakunda OFK va Milliy lisenziya talablarini bajara oldi. Ushbu 3 klubni aksar Superliga ishtirokchilariga o‘rnak sifatida ham ko‘rsatish mumkin. Zero ular zarur kamchiliklarini vaqtida bartaraf etdi va hujjatlar to‘plamlarini to‘liq tarzda topshirishdi.

Lekin ba’zi klublar projektor borasida hamon muammoga ega. Shu boisdan “Mash’al”, “Qo‘qon-1912”, “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangiyer Quruvchi”, “Aral Samali” klublari Milliy lisenziyani ham shartli ravishda qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, ushbu klublarda yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha dastur, ya’ni akademiya yoki futbol maktabi yo‘riqnomasi bo‘yicha ham kamchiliklar kuzatildi. Ushbu sanab o‘tilgan klublar kelasi mavsum startiga qadar ushbu kamchiliklarini tuzatishlari lozim bo‘ladi. “Navbahor Lochinlari” esa qolgan barcha mezonlarga to‘liq javob bersa-da, klubning sobiq murabbiylari oldidagi qarzdorligi masalasi hal etilganicha yo‘q.

Qolaversa, mavsum o‘rtasida Pro ligani tark etgan “Oq-tepa”ga lisenziya rad etildi. Hali tashkil topganiga va O‘zPFL musobaqalarida qatnashayotganiga 2 yil bo‘lmagan “Olimpik” esa Lisenziyalash reglamenti “2-yillik qoida”siga mos tushmagani bois lisenziyalashda rasman ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan boshlab OFK lisenziyalash talablarini qat’iylashtirib, uni yangi bosqichga olib chiqa boshladi. Shu tariqa 2018 yil OFK lisenziyasiga sanksiyasiz ega chiqqan klublar soni 4 tani tashkil qildi, 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 6 taga yetdi. 2020 yilda biz mazkur raqamni 7 taga olib chiqqandik. Bu yil esa 12 talik dovonga yetib keldik.

Manba: pfl.uz

Kiritildi: 22.11.2021 23:45. O'qildi: 3524 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI